Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 02.08.2013 yildagi 217-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markazi faoliyatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq kurort dam olish zonasida “Chorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markazi qurilishini tugallash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 10-yanvardagi 10-son qaroriga muvofiq hamda aholining Chimyon-Chorvoq kurort-dam olish zonasida faol dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, “Chorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markazining faoliyatini yanada yaxshilash va majmuaviy yaxlitligini saqlab qolish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi tizimidagi “Chorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markazi va “Ipoteka-bank” ATIB o‘rtasida 2004-yil 3-dekabrda tuzilgan kredit shartnomasiga asosan 2013-yil 11-aprelgacha xorijiy valyutada qaytarish sharti bilan 3 553 043,48 yevro miqdorida Germaniyaning “Bayerishe Xipo Ferayns bank” kredit liniyasi orqali kredit ajratilganligi hamda ushbu kredit shartnomasiga asosan “Chorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markazi tomonidan to‘lovlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmaganligi sababli kreditning asosiy qarzi va foizlaridan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu kredit bo‘yicha Toshkent shahar hokimligiga tegishli Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon-Chorvoq kurort-dam olish zonasidagi 1 va 2-korpuslar garovga rasmiylashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Germaniyaning “Bayerishe Xipo Ferayns bank” foydasiga belgilangan muddatlarda “Ipoteka-bank” ATIBning o‘z mablag‘lari hisobidan 3 553 043,48 yevro miqdorida kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar to‘liq qaytarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markaziga Germaniyaning “Bayerishe Xipo Ferayns bank” kredit liniyasi orqali xorijiy valyutada ajratilgan kreditning qolgan qismini milliy valyutaga aylantirish hamda kredit majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni so‘mda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditning qaytarish muddatini 2020-yil 31-dekabrgacha uzaytirish va kredit bo‘yicha foiz miqdorini kredit shartnomasini qayta rasmiylashtirilgan kundagi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorda belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Ipoteka-bank” ATIBga “Chorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markaziga xorijiy valyutada ajratilgan kreditni milliy valyuta (so‘m)ga qayta rasmiylashtirilgan holda, kredit bo‘yicha foiz miqdorini kredit shartnomasi qayta rasmiylashtirilgan kundagi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorda belgilab, kreditni qaytarish muddatini 2020-yil 31-dekabrgacha uzaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Chorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markazi va “Ipoteka-bank” ATIB bilan birgalikda bir oy muddatda kredit va garov shartnomalari qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi “Chorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markazi bilan birgalikda bir oy muddatda “Chorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markazining xo‘jalik faoliyatini moliyaviy barqaror darajaga olib chiqadigan hamda kredit va boshqa majburiyatlarini o‘z vaqtida qoplash istiqbollarini o‘z ichiga qamrab olgan biznes-reja ishlab chiqsin va unga qat’iy amal qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 2-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 32-son, 428-modda)