O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-iyul,
212-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-iyuldagi 212-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “109” raqami “127” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Axborot-konsalting xizmati xodimlari sonini psixologlar, vrachlar, ijtimoiy va boshqa xodimlar qo‘shimcha lavozimlarini kiritgan holda 56 nafargacha ko‘paytirish”.
2. 1-ilovada:
a) “Axborot-konsalting xizmati” ustunidagi “38” raqami “56” raqami bilan almashtirilsin;
b) izohdagi “109” raqami “127” raqami bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 31-son, 408-modda)