Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi va “Geologiya muzeyi” davlat korxonasini joylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, “Geologiya muzeyi” DKni kerakli maydonlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Oʻzbekneftegaz” MXK tomonidan quyidagi takliflariga rozilik bildirish:
Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining balansidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi “Geologiya muzeyi” DK balansiga, foydalanish huquqi bilan, tasarruf etish huquqisiz asosda davlat mulki boʻlgan, Toshkent shahri,T. Shevchenko koʻchasi, 11 a manzilida joylashgan umumiy 2128 m² maydonga ega boʻlgan binoning maʼlum qismini oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi “Kompleks geologik-qidiruv ekspeditsiyasi” DK balansidan “Oʻztransgaz” AK balansiga Toshkent shahri, Olimlar koʻchasi 64-a manzilida joylashgan binoni, qiymatni baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan narx hisobi boʻyicha, mulk huquqi asosida oʻtkazish;
“Oʻztransgaz” AK balansidan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi balansiga davlat mulki sifatida, tasarruf etish huquqisiz, Toshkent shahri A. Temur va Matbuotchilar koʻchalari kesishmasida joylashgan bino va inshootlarning bir qismi, baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan qiymat boʻyicha oʻtkazilishi. “Oʻztransgaz” AK mulkida qoldiriladigan uchinchi qavat bundan mustasno;
2. Oʻzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasiga va “Oʻzbekneftegaz” MXKlariga ikki hafta davomida mazkur qarorning 1-bandidagi obyektlarning belgilangan tartibda baholanishi va qabul qilib olinishini taʼminlasin.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi balansiga topshirilayotgan binolar va inshootlarning baholash qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining “Kompleks geologik-tasvirga olish qidiruv ekspeditsiyasi” DKdan qabul qilinadigan binoning baholash qiymatidan oshgan taqdirda, farq summasi “Oʻztransgaz” AKning moliyaviy natijalariga kiritilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining “Kompleks geologik-tasvirga olish qidiruv ekspeditsiyasi” davlat korxonasidan qabul qilinadigan binoning baholash qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi balansiga beriladigan bino va inshootlarning qismining baholash qiymatidan oshgan taqdirda, farq summasi “Oʻztransgaz” AKning ustav fondiga davlat ulushi sifatida kapitalizatsiya qilinishi belgilansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 333-F-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari G.I. Ibrohimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-iyul,
203-son