23.07.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2483
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining qarori, 23.07.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2483
Kuchga kirish sanasi
29.07.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 23-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2483]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais J. KADIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 9-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA

I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Yoʻriqnoma birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Yoʻriqnoma talablari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) tizimidagi tashkilotlar hamda birinchi guruh moddiy boyliklarni masʼul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Guruch yormasi deb sholi donidan toʻponi, aleyron qatlami va murtagi butunlay yoki qisman tozalangan, butun yoki yanchilgan yorma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat zaxirasiga topshirilayotgan guruch yormasi sifat koʻrsatkichlari boʻyicha normativ hujjatlar talablariga asosan qabul qilinadi, shuningdek mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida nazarda tutilgan tur va navlarga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guruch yormasining tur hamda navlari tavsifi va meʼyorlari mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat zaxirasiga topshirilayotgan guruch yormasi xavfsizligi boʻyicha SanPiN RUz 0283-10 “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha gigiyenik talablar” ga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat zaxirasiga topshirilayotgan guruch yormasi oʻz sifatiga koʻra uzoq muddat saqlashga yaroqli boʻlishi kerak. Bunda sifati buzilgan, saqlash davrida qizib ketgan, don mahsulotlari zararkunandalari bilan zararlangan guruch yormasini yetkazib berish va topshirish qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Guruch yormasini qadoqlash, yorliqlash va tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat zaxirasiga topshirilayotgan guruch yormasi normativ hujjatlar talablariga asosan qadoqlanadi, yorliqlanadi, tashiladi va saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Guruch yormasi yangi iplardan toʻqilgan oziq-ovqat qoplariga yoki polipropilen qoplarga 45, 50 va 70 kg standart ogʻirlikda qadoqlanadi, qoplar tikilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Guruch yormasini qoplarga qadoqlash vaqtida har bir qopga mustahkam kartondan, qop uchun qogʻozdan, A rusumli oʻrash qogʻozlaridan yoki tashish va saqlashda yorliqning saqlanishini taʼminlovchi boshqa materiallardan 6 x 9 sm oʻlchamdagi yorliqlar biriktiriladi. Qoʻshimcha maʼlumotlar koʻrsatilishi uchun yorliqlarning oʻlchamlarini ikki baravar, yaʼni 12 x 18 sm gacha kattalashtirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yorliqqa mahsulotni tavsiflovchi quyidagi maʼlumotlar yozilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar belgisi (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi/yetkazib beruvchi tashkilotning nomi, manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot nomi, turi, navi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
netto massasi (kg);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan yoki qadoqlangan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash muddati (yaroqlilik muddati, agarda normativ hujjat bilan belgilangan boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash sharoiti (“quruq joyda saqlansin!” soʻzlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ hujjat nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulot uchun “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” degan soʻzlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yorliqlardagi yozuvlar qora rangda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat zaxirasiga topshiriladigan guruch yormasini transportda tashish normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Guruch yormasi yuk tashish qoidalariga rioya qilgan holda har qanday transport turida tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Temir yoʻl yoki avtomobil transporti orqali tashishlarda qoplarning ogʻzi tikuv mashinasida tikilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Guruch yormasi temir yoʻl orqali yopiq, texnik jihatdan soz va toza transport vositalarida tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Guruch yormasini iflos, oldin yuk tashilgan (koʻmir, ohak, sement, tuz va hokazo), hidli va zaharli yuk qoldiqlari qolgan, boʻyogʻi qurimagan va tekkanda iflos qiladigan yoki hidi ketmagan transport vositalarida tashish qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bir turdagi guruch yormasi bitta transport vositasida bitta yuk oluvchiga joʻnatilganda yukning kamida toʻrtta joyiga tamgʻa bosiladi. Bunda normativ hujjatlarga muvofiq “Namlikdan asrang” degan ogohlantiruvchi belgi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Guruch yormasini yetkazib berish va qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Guruch yormasini miqdor va sifat boʻyicha qabul qilish shartnomaga asosan, qonunchilik hujjatlari va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Guruch yormasi yuk oluvchining omborida yetkazib beruvchining vakili ishtirokida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Guruch yormasi partiyalab qabul qilinadi. Guruch yormasi partiyasi bitta tur va navli, bir vaqtda qabul qilish, joʻnatish, saqlash va sifat tekshiruvi oʻtkazishga moʻljallangan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari rasmiylashtirilgan maʼlum miqdordagi guruch yormasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Har bir guruch yormasi partiyasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologik xulosasi yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2017-yil 15-noyabrdagi 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2483-1, 06.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2483-1/0377-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Omborga yetkazib berilgan guruch yormasining ishlab chiqarilgan sanasi 3 oydan ortiq boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Guruch yormasini qabul qilishda Qoʻmita tizimiga kiruvchi yoki Qoʻmita bilan shartnoma asosida moddiy boyliklarni masʼul saqlovchi tashkilotlar vakillari tomonidan qoplar, oʻramlar, yorliqlar va tamgʻalar normativ hujjatlar talablariga javob berishi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Guruch yormasini belgilangan talablarga javob berishini tekshirish uchun normativ hujjatlar talablariga asosan namunalar tanlab olinadi. Namunalar soni normativ hujjatlarga asosan partiya hajmidan kelib chiqqan holda mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Guruch yormasini sifati normativ hujjatlarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar asosida quyidagi ketma-ketlikda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rangi, hidi, taʼmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatli magʻzining koʻrsatkichlari, qoʻshimchalar, buzilgan va siniq magʻzi miqdori, tozalanmagan, sargʻaygan va qizil donlar miqdori va hokazo;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don zararkunandalari bilan zararlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nordonligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrobiologik koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy koʻrsatkichlari (tarkibda mis, qoʻrgʻoshin, simob, kadmiy, sink miqdorlarini aniqlash).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish natijalari barcha partiyalarga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mahsulot yoki idishning buzilishi (shikastlanish, namlanish, ifloslanish), mahsulotning nomi, miqdori yoki oʻrinlari transport hujjatlarida belgilanganidan farq qilgan taqdirda tijorat dalolatnomasi tuziladi. Yetkazib beruvchi tashkilotning vakili ishtirok etmagan hollarda esa, mustaqil ekspertlar jalb qilinadi va qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Guruch yormasining sifati, qadogʻi, tamgʻasi normativ hujjat talablariga javob bermasligi aniqlangan taqdirda yetkazib beruvchi ushbu mahsulotni shartnomaga muvofiq almashtirib berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Omborlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat zaxirasiga qabul qilingan guruch yormasini saqlash uchun ajratilgan omborlar normativ hujjatlar talablariga toʻliq javob berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omborlarning hududi oʻralgan boʻlishi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga qatʼiy muvofiq holda boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omborlar yerosti suvlarining quvurlarga chiqib ketishini taʼminlovchi tegishli suv tarnovlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasi yuradigan qismi, barcha maydonchalar asfaltlangan va tungi soatlarda yoritilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Omborlar texnik va sanitar jihatdan quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quruq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerosti suvlarning sizib kirishidan himoyalangan, tomlari soz holatda boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotga xos boʻlmagan hidga ega boʻlmasligi va zararkunandalar bilan zararlanmagan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faol shamollatishning kiruvchi teshiklari yogʻingarchilik vaqtida suvning kirib ketishidan saqlovchi zich yopiluvchi qopqoqlarga ega boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Omborlarning poli asfaltlangan yoki betonlangan, balandligi 10 — 15 sm boʻlgan taxta tagliklar yoki maxsus yechiladigan (koʻchma) tagliklar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Barcha toifadagi qoʻshimcha mahsulot va chiqindilar asosiy mahsulotlardan ajratilgan alohida omborlar va idishlarda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Omborlarga faqat xizmat qiluvchi xodimlar va saqlanayotgan mahsulot ustidan nazorat va kuzatishni amalga oshiruvchi shaxslar kirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Omborlarning guruch yormasini qabul qilishga tayyorligi bosh muhandis, bosh energetik, laboratoriya mudiri, saqlash uchastkasi boshligʻi va yongʻin xavfsizligi uchun masʼul shaxslardan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan tekshiriladi hamda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Omborlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur inventar va asbob-uskunalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harorat-namlik darajasini nazorat qilish asboblari (termometrlar, termograflar, gigrograflar va psixrometrlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalari va qoʻriqlash signalizatsiyasi, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, shuningdek avtomatik ravishda yongʻindan xabar berish qurilmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi tibbiy yordam koʻrsatish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Yongʻin chiqish manbalarining quvvati qanchalik katta va taʼsir kuchi qanchalik davomiyligidan qatʼi nazar, saqlash jarayonida guruch yormasini ulardan uzoqda tutish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Omborxonalar tegishli uskunalar, plakat, yozuv, koʻrsatkich, xavf toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgilar va signalizatsiya bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Barcha yuk tashish moslamalari qulay va xavfsiz ishlashni taʼminlovchi moslamalar, shuningdek ularning yuk koʻtarish quvvatini, koʻrikdan oʻtkazilgan sana va yuk taxlash usuli koʻrsatilgan trafaretga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Suv bilan isitiladigan omborxonalarda avariya chiqishi ehtimolini nazarda tutgan holda isitish moslamalari statsionar toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Guruch yormasini omborga joylash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Guruch yormasi omborlarda normativ hujjatlar talablariga asosan nomi, navi, turi, ishlab chiqargan tashkilot, ishlab chiqarilgan va omborga keltirilgan vaqti, partiya va sifat belgilariga qarab alohida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Guruch yormasini omborda boshqa tovar va materiallar bilan joylashtirish man etiladi. Guruch yormasini mahsulot saqlanadigan omborda elash, boshqa idishga koʻchirish va idishini tozalash man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Omborlarda shtabellar orasi va devorlar yonida, saqlash jarayonida mahsulotning holatini kuzatib turish uchun normal sharoit yaratuvchi, eni 0,7 m boʻlgan yoʻlakchalar qoldiriladi. Yormani qabul qilish-tarqatish operatsiyalarini amalga oshirish uchun yuklash-tushirish ishlari uchun tasmali transportyorlar ishlatilganda yoʻlaklarning eni 1,25 m dan kam boʻlmasligi va elektropogruzchiklar ishlatilganda 3,8 m gacha boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Mahsulot solingan qoplar tekis qilinib, uchtalab shtabelga taxlanadi. Qoplarni uchtalab taxlash quyidagi tartibda bajariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkita qop yonma-yon qoʻyiladi, uchinchisi yoniga taqab koʻndalang qilib yotqiziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qavatda bitta qop ikkita parallel qop ustiga koʻndalang qilib yotqiziladi, qolgan ikkita qop esa koʻndalang va boʻylama qoplar ustiga yotqiziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Saqlanishi uchun yaxshilab shamollatishni talab etuvchi (degazatsiyalanishi qiyin boʻlgan, kelganida namligi yuqori boʻlgan) guruch yormasi qoplari toʻrttalab (ikki tarafi ochiq) taxlanadi, bunday qoplar quyidagi tartibda taxlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qavatdagi ikkita qop orasida kichik masofa qoldirilib parallel taxlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qavatdagi bir juft qop birinchi qavatdagilarga koʻndalang qilib yotqiziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qavatdagi qoplar esa, birinchi qavatdagidek taxlanadi va h. k. Barcha qatordagi qoplar yonboshiga yotqiziladi. Ikki tarafi ochiq qilib taxlanganda shtabellarning balandligi olti qatordan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Mahsulotlarni saqlash, koʻchirish va yuklash-tushirish ishlarini bajarishda idish butligining saqlanishi kuzatib turilishi kerak. Yirtilgan va iflos boʻlgan qoplarni shtabelga taxlash man etiladi. Yirtilgan, yorilgan yoki kemiruvchilar tomonidan teshilgan qoplar zudlik bilan tuzatilishi va boshqa mustahkam qopga almashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Matoli qoplardagi standart namlikdagi guruch yormasi umumiy balandligi mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq boʻlgan shtabellarga taxlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Mahsulotning har bir shtabeliga belgilangan shakldagi shtabel yorligʻi osiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Yormaning saqlanishini taʼminlash maqsadida, omborda imkon qadar uzoq vaqt mahsulotni saqlash uchun optimal sharoit yaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoplardagi va isteʼmol idishidagi yormalarni saqlash uchun optimal sharoit havoning nisbiy namligi 70 foiz va harorati 10° S dan oshmagan sharoit hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shamollatishning maqsadga muvofiqligini aniqlashda guruch yormasining tabiiy namligi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ombor tashqarisi va ichidagi havo haroratida keskin farq boʻlgan taqdirda, shtabellarning pastki qavatlardagi mahsulot ustidan har oʻn kunlik nazorat oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Bahorgi iliq kunlar boshlanishi bilan past haroratni taʼminlash boʻyicha choralar koʻriladi. Buning uchun omborning deraza va eshiklari berk turadi, faqat juda zarur hollardagina ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Saqlanayotgan mahsulotning saqlash sharoitlari, holati va sifati ustidan uning omborga kelib tushgan vaqtidan boshlab quyidagilar muntazam nazorat qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yormaning harorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yormaning namligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yormaning taʼmi, hidi va rangi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yormaning, shuningdek ombor va uskunalarning zararkunandalar bilan zararlanganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Guruch yormasining harorati metall gʻilofdagi spirtli termometr bilan turli balandlikdagi (pastki, oʻrta va yuqorigi qatorlarda) shtabellarning tashqi qoplarida oʻlchanadi. Simobli termometrlardan foydalanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Har bir shtabel alohida koʻzdan kechiriladi, bunda asosiy eʼtibor shtabelning pastki qatorlaridagi qoplarda guruch yormasining namlanishi va zichlashib qolishi mumkinligiga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Guruch yormasining namligi, taʼmi, hidi, rangi va sifatining boshqa koʻrsatkichlarini, shuningdek zararkunandalar bilan zararlanganligini aniqlash uchun har bir shtabeldan bir oyda bir marta oʻrtacha namuna olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, zararkunandalar bilan zararlanganlik va 10° S dan yuqori haroratda mahsulotning organoleptik koʻrsatkichlari bir oyda ikki marta aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Uzoq muddat saqlanadigan mahsulot sifatini aniqlashda organoleptik va boshqa koʻrsatkichlarning (sargʻaygan donlarning miqdori, oqlangan tariqda buzilgan donlarning miqdori va h. k.) oʻzgarishiga eʼtibor berish va ularni shtabel yorliqlariga yozib qoʻyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Yorma namunalarini tanlashda, zararkunandalar bilan zararlanganligini tekshirish maqsadida, qoplar yaxshilab koʻzdan kechiriladi (ayniqsa, bosh tarafi). Bir vaqtning oʻzida zararkunandalar toʻplanishi mumkin boʻlgan choklar, devorlar, pollar va joylar tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Davlat zaxirasiga qabul qilinadigan silliqlangan guruch yormasi normativ hujjatlar talablariga muvofiq 12 oy saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Guruch yormasi belgilangan muddatdan ortiq saqlanganda har oyda kamida bir marta yormadan pishirilgan boʻtqa taʼmi tatib koʻriladi va yormani yana saqlash imkoniyati aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. Guruch yormasini saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Guruch yormasining sifatli saqlanishini taʼminlash uchun mahsulotni sovutish maqsadida omborxona shamollatib turilishi lozim. Xuddi shu maqsadda guruch qoplari qaytadan taxlab turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Shtabellarni qayta taxlash muddatlari har bir partiya uchun mahsulotning sifati va holati, qancha vaqt saqlanayotgani va shtabel balandligidan kelib chiqib, laboratoriya hamda tegishli nazorat olib borish yuklatilgan mutaxassislarning xulosasiga asosan belgilanadi. Qaytadan taxlanayotganda pastki qatordagi qoplar tepa qatorga taxlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Bir omborxonada don mahsulotlari zararkunandalari bilan zararlangan guruch yormasini zararlanmagan guruch yormasi bilan birga saqlash qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saqlanayotgan guruch yormasida don mahsulotlari zararkunandalari aniqlansa, mahsulotni zararsizlantirish, ishlov berish va birinchi navbatda sotish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Shtabelda turib qolgan va namiqqan mahsulotlar aniqlansa, uni pastroqqa qoʻyish, namiqqan yoki mogʻor bosgan qoplarni ajratish va belgilangan tartibda sifatli mahsulotlarga almashtirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Harorati yuqori mahsulot aniqlangan shtabelar zudlik bilan buzilishi va qizigan guruch yormasi saqlanayotgan qoplar ajratib olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Saqlash davom ettirilsa, sifati yomonlashishi mumkin boʻlgan guruch yormalari saqlash muddatidan qatʼi nazar, zudlik bilan yangilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII bob. Guruch yormasini yuklash va joʻnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Guruch yormasini yuklash va joʻnatish Qoʻmita tomonidan beriladigan naryadlar asosida amalga oshiriladi. Guruch yormasini yuklab joʻnatish navbati mahsulotning sifati, qabul qilingan vaqti va saqlash sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Yuklangan mahsulot miqdori standart idishdagi oʻrin soniga qarab, oʻram buzilgan boʻlsa, haqiqiy ogʻirligiga qarab aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-iyun

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. KURBANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. KUDRATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi boshligʻi Z. ABIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

Guruch yormasining turlari va navlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yorma turi‎

Yorma navi‎

Yorma tavsifi va ishlov berish usuli ‎

‎Silliqlangan guruch

Ekstra‎

Poʻsti olingan I yoki II tipdagi sholi donidan ‎silliqlash‎ yoʻli bilan ishlab chiqilgan, usti ‎silliq ‎emas, ‎gul pardasi, ‎‎‎meva va urugʻ qobigʻi butunlay, aleyron qatlami va murtagining ‎‎koʻp qismi olib tashlangan magʻizdan iborat mahsulot. ‎

Oliy
‎‎Birinchi
‎ Ikkinchi
‎‎Uchinchi ‎

Poʻsti olingan III yoki IV tipdagi sholi donidan silliqlash ‎‎yoʻli bilan ishlab chiqilgan, usti silliq emas, gul ‎pardasi, ‎‎meva va urugʻ qobiqlari ajratilgan, aleyron qatlami va ‎murtagining koʻp qismi olib tashlangan magʻizdan ‎iborat, ‎‎tarkibidagi rangli magʻiz miqdori mazkur normativ ‎‎hujjatlar talablarida belgilangan meʼyorlardan ‎‎‎oshirilmagan mahsulot. Shuningdek, poʻsti olingan ‎‎I yoki II tipdagi sholi donidan silliqlash yoʻli ‎bilan ‎ishlab ‎chiqilgan, lekin sifat koʻrsatkichlari ‎boʻyicha ‎ekstra naviga javob bermaydigan mahsulot. ‎

Yanchilgan, ‎silliqlangan
‎ ‎guruch‎

Navlarga
‎boʻlinmaydi‎

I, II, III, IV tipdagi sholi donidan yorma ishlab chiqarish ‎jarayonida hosil boʻlgan, yorilgan hamda magʻzi qoʻshimcha ‎silliqlangan, ‎magʻzining oʻlchovi butun magʻzga nisbatan ‎2/3 qismni tashkil etgan, shuningdek 1,5 mm diametrli ‎elakdan oʻtmagan mahsulot.‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA

Guruch yormasi tavsiflari va meʼyorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Koʻrsatkichlar‎‏

Guruch yormasi uchun tavsiflar va meʼyorlar‎‎

ekstra nav‎

oliy nav‎ birinchi nav‎ ikkinchi nav‎ uchinchi nav‎ maydalangan‎
Rangi‎ oq‎ turli tusdagi oq
Hid‎ guruch yormasiga xos, yot moddalarning hidlarisiz, mogʻor bosmagan,
‎namiqmagan
Maza‎ guruch yormasiga xos, yot mazalarsiz nordon, taxir emas

Uzunligining eniga nisbati 2,3 va ‎undan ortiq boʻlgan magʻizlar soni, ‎foizda, kam emas ‎

90‎ -‎ -‎ -‎ -‎

-‎

Namlik, foizda, koʻp emas‎

15,5‎ 15,5‎ 15,5‎ 15,5‎ 15,5‎ 15,5‎

Sifatli magʻiz, foizda, kam emas‎

99,7‎ 99,7‎ 99,4‎ 99,1‎ 99,0‎ 98,2‎

Shu jumladan: maydalangan guruch, ‎foizda, koʻp emas‎

4,0‎ 4,0‎ 9,0‎ 13,0‎ 25,0‎ -‎

Sargʻaygan guruch magʻizlari, ‎foizda, koʻp emas‎

yoʻl
‎qoʻyilmaydi‎
0,5‎ 2,0‎ 6,0‎ 8,0‎ -‎

Boʻrli guruch magʻizlari, ‎‎foizda, koʻp emas‎

1,0‎ 1,0‎ 2,0‎ 3,0‎ 4,0‎ 8,0‎

Qizil yoʻl-yoʻl guruch, ‎foizda, koʻp emas‎

yoʻl
‎qoʻyilmaydi‎‎
1,0‎ 3,0‎ 8,0‎ 10,0‎ cheklanmaydi‎

Qizil magʻiz, foizda, ‎koʻp emas‎

yoʻl qoʻyilmaydi 1,0‎ cheklanmaydi‎

Glyutinoz magʻizlar, ‎foizda, koʻp emas‎

0,5‎ 1,0‎ 2,0‎ 2,0‎ 3,0‎ -‎

Oqlangan yovvoyi ‎tariq donlari (kurmak), ‎foizda, kam emas‎

-‎ -‎ -‎ -‎ -‎ 3,0‎

Tozalanmagan guruch ‎donalari, foizda, koʻp emas‎

yoʻl qoʻyilmaydi 0,2‎ 0,3‎ 0,3‎ -‎

Ifloslik nuqsonlar ‎aralashmasi, foizda, ‎koʻp emas‎

0,2‎ 0,2‎ 0,3‎ 0,4‎ 0,4‎ 0,8‎

Shu jumladan:‎mineral aralashmalar‎

0,05‎ 0,05‎ 0,05‎ 0,05‎ 0,05‎ 0,10‎

Organik aralashmalar‎

yoʻl qoʻyilmaydi 0,05‎ 0,05‎ 0,05‎ 0,05‎

Gʻalla zaxiralari ‎zararkunandalari bilan ‎zararlanganlik ‎

yoʻl qoʻyilmaydi

Gʻalla zaxiralari oʻlik ‎zararkunandalari bilan ‎zararlanganlik: oʻlik ‎qoʻngʻizlar, 1 kg da ekz.,
‎koʻpi bilan‎

‎‎yoʻl qoʻyilmaydi 15‎ 15‎ 15‎ 15‎

Metallomagnit aralashma, ‎1 kg da mg, koʻpi bilan‎

3‎ 3‎ 3‎ 3‎ 3‎ 3‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA

Guruch yormasidan olinadigan namunalarning soni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Partiya hajmi
‎( partiyada qoplar soni) ‎

Olinadigan namuna soni
‎(qoplarda) ‎
10 tagacha (oʻninchisini qoʻshib)

‎10 tadan ortiq 100 tagacha (yuzinchisini qoʻshib)

‎100 dan ortiq ‎

har bir qopdan

‎birinchi 10 ta qopning har biridan va keyingi har ‎10 ta qopning bittasidan

‎birinchi 20 ta qopning har biridan va partiyadagi ‎qolgan qoplarning har 100 tasining 5 foiz qismidan olinadi ‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoplardagi guruch yormasining
‎massasi qopda (netto)
Balandligi boʻyicha shtabellardagi
‎ qop qatorlarining soni
50 kg gacha
‎50 dan 70 kg gacha

16
‎12

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 397-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2483-1/0377-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)