O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma kompleksi” ochiq aksiyadorlik jamiyati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 27-iyuldagi 152-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma kompleksi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini yanada rivojlantirishni va uning tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘rgazma-yarmarka xizmatlari samaradorligini oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-iyul,
197-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-iyuldagi 197-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma kompleksi” ochiq aksiyadorlik jamiyati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 27-iyuldagi 152-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Qarorning nomidagi “milliy ko‘rgazma kompleksi” so‘zlari “milliy ko‘rgazma kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda, aksiyalarning qo‘shimcha emissiyasini bozor qiymati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari o‘rtasida ularning investitsiya majburiyatlariga mutanosib ravishda joylashtirgan holda, “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini ko‘paytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 28-son, 361-modda)