05.07.2013 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati isteʼmolchilarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati tashkilotlari va aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash tizimini takomillashtirish hamda keyinchalik uni respublikaning boshqa hududlarida joriy etish, tabiiy gazdan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlash, isteʼmol qilinayotgan energetika resurslari tarkibini isteʼmolchilarni koʻmirdan (briketlangan koʻmirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga oʻtkazish hisobiga yanada diversifikatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyatining chakana va ulgurji tabiiy gaz isteʼmolchilarining bir qismini 2013-yil oxirigacha, qattiq yoqilgʻi bugʻqozon agregatlarini va tegishli gaz priborlarini oʻrnatgan holda, koʻmirdan (briketlangan koʻmirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” unitar korxonasining koʻmirni (briketlangan koʻmirni) aniq manzilli yetkazib berish boʻyicha 6 ta filiallarini (keyingi oʻrinlarda filiallar deb ataladi), shuningdek Xorazm viloyatidagi “Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasining maishiy gaz ballonlariga gaz toʻldirish boʻyicha 1 ta gaz toʻldirish stansiyasini, 3 ta gaz toʻldirish punktlarini va maishiy gaz ballonlarida suyultirilgan gazni realizatsiya qilish boʻyicha 6 ta tuman servis punktlarini (keyingi oʻrinlarda punktlar deb ataladi) 1 va 2-ilovalarga* muvofiq roʻyxatlar boʻyicha qoʻshimcha ravishda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati, Urganch shahri, Sanoatchilar koʻchasi manzilida joylashgan binolar va inshootlarni (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Shovot-Kulovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasining boʻsh turgan garaji va omborxonalarini) briketlangan koʻmir ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish uchun, mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan qiymati boʻyicha, davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, tabiiy va suyultirilgan gazni, shuningdek koʻmirni (briketlangan koʻmirni) isteʼmolchilarga uzluksiz va kafolatli yetkazib berish tegishli ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gazni (gaz quvurlari orqali) Xorazm viloyatining 3-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha aholi punktlariga yetkazib berish — “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining “Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi isteʼmolchilargacha yetkazib berish sharti bilan maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni Xorazm viloyatining 4-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha aholi punktlariga yetkazib berish — “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan, koʻmirni (briketlangan koʻmirni) yetkazib berish — “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarning rahbarlari Xorazm viloyati isteʼmolchilariga energiya resurslarini yetkazib berishdagi uzilishlar uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq banki” DATBning “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalari boʻyicha ajratiladigan, 5-ilovaga* muvofiq prognoz jadvali boʻyicha qaytariladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha 11,7 mlrd soʻm miqdoridagi kredit mablagʻlari — filiallarni tashkil etish ishlarini, shu jumladan zarur qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, zamonaviy transport vositalari, yuklash-tushirish mashinalari, texnologik, axborot-kommunikatsiya uskunalari sotib olishni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*5-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining 14,1 mlrd soʻm miqdoridagi oʻz va jalb etilgan mablagʻlari — punktlarni tashkil etish ishlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorazm viloyati isteʼmolchilarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va Xorazm viloyati hokimi zimmasiga birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi bilan birgalikda — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomaga binoan, har yili tasdiqlanadigan jadval boʻyicha kamida 100,0 ming tonna hajmida koʻmir yetkazib berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Shovot-Kulovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasining “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga berilayotgan boʻsh turgan garaji va omborxonalari negizida yiliga kamida 100,0 ming tonna briketlangan koʻmir ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan korxonaning 2013-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda ishga tushirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha suyultirilgan gazning 2013-yilda 8,0 ming tonna hajmida va keyingi yillarda har yili tasdiqlanadigan jadval boʻyicha kamida 16,0 ming tonna hajmida uzluksiz yetkazib berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda — 2013-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda, Xorazm gaz toʻldirish stansiyasini kengaytirish va yiliga 15,0 mingta maishiy gaz ballonlari ishlab chiqarishni tashkil etish yoʻli bilan uning quvvati koʻpaytirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati isteʼmolchilariga energiya resurslari yetkazib berishga jalb etilgan “Xorazm koʻmir yetkazuvchi” va “Shimolgaztaʼminot” unitar korxonalari ehtiyojlari uchun yonilgʻi-moylash materillari uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzavtosanoat-lizing” masʼuliyati cheklangan jamiyati orqali 2013-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda lizing asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorazm koʻmir yetkazib beruvchi” unitar korxonasiga — koʻmir (briketlangan koʻmir) tashish uchun “ISUZU” rusumli 22 ta va “MAN” rusumli 6 ta yuk avtomobillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasiga — maishiy gaz ballonlaridagi gazni tashish uchun “ISUZU” rusumli 33 ta ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzilishini va ularning yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli filiallar va punktlar orqali sotiladigan briketlangan koʻmir va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazning barcha isteʼmolchilar uchun yagona chakana narxini shakllantirish tartibini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan qiymatning 80 foizi miqdoridagi diskont bilan, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining davlat mulkida boʻlgan aksiyalarini “Xalq banki” DATBning jalb etilayotgan kreditlari boʻyicha garov bilan taʼminoti bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filiallar va punktlar orqali sotiladigan koʻmir (briketlangan koʻmir) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gaz hajmlari va narxlari yuzasidan nazorat va monitoringni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 5-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyuldagi 193-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati isteʼmolchilarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Masʼul bajaruvchilar

Tashkiliy tadbirlar

1.

Qattiq yoqilgʻi bugʻqozon agregatlarini va tegishli gaz priborlarini oʻrnatgan holda chakana va ulgurji isteʼmolchilarning bir qismini koʻmirdan (briketlangan koʻmirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yil
1-avgustgacha

“Oʻztransgaz” AK,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

Xorazm viloyati hokimligi

2.

Isteʼmolchilarni jadvalga muvofiq tabiiy gaz oʻrniga qattiq yoqilgʻi bugʻqozon agregatlarini va tegishli gaz priborlarini oʻrnatgan holda koʻmirdan (briketlangan koʻmirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga oʻtkazish toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish.

2013-yil
15-avgustgacha

“Oʻztransgaz” AK,

Xorazm viloyati hokimligi

3.

Xorazm viloyatida “on-layn” orqali qabul qilingan buyurtmanomalar boʻyicha oxirgi isteʼmolchilarga yetkazib berish yoʻli bilan koʻmirni (briketlangan koʻmirni) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni sotishning yangi tizimini keng tushuntirishga doir tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

doimo

MTRK, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzbekkoʻmir” OAJ, “Oʻztransgaz” AK, Xorazm viloyati hokimligi, “Mahalla” fondi

4.

Koʻmirdan (briketlangan koʻmirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga oʻtilishi munosabati bilan isteʼmolchilarning, kelgusida foydalaniladigan, qayta uskunalanadigan yoki almashtiriladigan bugʻqozon va pech uskunalari roʻyxatini aniqlash.

2013-yil
1-avgustgacha

“Oʻztransgaz” AK,

“Sanoatgeokontexnazorat” DI, Xorazm viloyati hokimligi

5.

Xulosaga muvofiq bugʻqozon agregatlarini qayta uskunalash va keyinchalik koʻrsatiboʻtilganishlarnimoliyalashtirishnazardatutilganijtimoiy

soha va budjet tashkilotlari obyektlarini balansida saqlovchilar tomonidan tegishli materiallar va hisob-kitoblarni tayyorlash.

2013-yil
10-avgustgacha

Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻrta maxsus,

kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, yuqori tashkilotlar — balansida saqlovchilar,

Xorazm viloyati hokimligi

Briketlangan koʻmirni ishlab chiqarishni tashkil etish va uzluksiz yetkazib berish tadbirlari

6.

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Sanoatchilar koʻchasi manzilida joylashgan binolar va inshootlarni (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Shovot-Kulovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasining boʻsh turgan garaji va omborxonalarini) briketlangan koʻmir ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish uchun, mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan qiymati boʻyicha, davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondiga berish.

2013-yil
20-iyulgacha

Davlat raqobat qoʻmitasi,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

7.

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UKga berilgan binolar va inshootlarni taʼmirlash-qurish ishlarini, briketlangan koʻmir ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish.

2013-yil
15-iyulgacha

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

8.

Briketlangan koʻmir ishlab chiqarish boʻyicha uskunalarni montaj qilish va sozlash.

2013-yil
25-iyulgacha

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

9.

Briketlangan koʻmir ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirish va uning ishlab chiqarish faoliyatini boshlash.

2013-yil
1-avgustgacha

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

10.

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UKning koʻmirni aniq manzil boʻyicha yetkazib beradigan qoʻshimcha 6 ta filialini tashkil etish.

2013-yil
1-avgustgacha

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

11.

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK filiallarini tashkil etish, zarur qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, zamonaviy transport, yuklash-tushirish mashinalarini, texnologik uskunalarni sotib olish va quyidagilarni dasturiy taʼminlash uchun 11,7 mlrd soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratish:

mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan qiymatning 80 foizi miqdoridagi diskont bilan, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining davlat mulkida boʻlgan aksiyalarini garov taʼminotiga berish;

2013-yil
15-iyulgacha

Davlat raqobat qoʻmitasi,

“Oʻzbekenergo” DAK,

“Xalq banki” DATB

ajratilgan kredit mablagʻlari boʻyicha moliyalashtirishni ochish.

2013-yil
20-iyulgacha

“Xalq banki” DATB,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ

12.

Koʻmirni (briketlangan koʻmirni) tashish uchun “Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UKga “ISUZU” rusumli 22 ta va “MAN” rusumli 6 ta ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillarini “Oʻzavtosanoat-lizing” MCHJ orqali lizing asosida yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzish va ularni yetkazib berish.

2013-yil
1-sentabrgacha

“Oʻzavtosanoat” AK,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ

13.

12 ta frontal yuklagichlar sotib olish yuzasidan import kontrakti tuzish va ularni sotib olish.

2013-yil
1-sentabrgacha

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ

14.

Koʻmirni aniq manzil boʻyicha yetkazib berish filiallarini “Oʻzbekkoʻmir” OAJning oʻz va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga qoʻriqlash, yongʻinga qarshi xavfsizlik, aloqa, signalizatsiya, elektrlashtirish vositalari, samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan boshqa texnika bilan jihozlash, shuningdek shtatdagi xodimlar bilan taʼminlash.

2013-yil
1-sentabrgacha

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK

Gaz ballonlari ishlab chiqarish va suyultirilgan gaz yetkazib berishni tashkil etish tadbirlari

15.

“Oʻztransgaz” AKning “Janubiygazqurilish” OAJ negizida yiliga
15,0 mingta maishiy gaz ballonlari ishlab chiqarishni tashkil etish.

2013-yil
1-noyabrgacha

“Oʻzbekneftgaz” MXK,

“Oʻztransgaz” AK,

Xorazm viloyati hokimligi

16.

14,1 mlrd soʻm miqdoridagi jalb etilgan mablagʻlari hisobiga:

maishiy gaz ballonlarini toʻldirish boʻyicha 1 ta gaz toʻldirish stansiyasi va 3 ta gaz toʻldirish punktlari;

2013-yil

1-noyabrgacha

“Oʻzbekneftgaz” MXK,

“Oʻztransgaz” AK,

Xorazm viloyati hokimligi

“Shimolgaztaʼminot” UKning maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni sotish boʻyicha 6 ta tuman servis punktlarini tashkil etish.

2013-yil
1-avgustgacha

17.

Maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni tashish uchun “Shimolgaztaʼminot” UKga “ISUZU” rusumli 33 ta ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillarini “Oʻzavtosanoat-lizing” MCHJ orqali lizing asosida yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzish va ularni yetkazib berish.

2013-yil
1-sentabrgacha

“Oʻzavtosanoat” AK,

“Oʻztransgaz” AK,

“Shimolgaztaʼminot” UK

18.

“Oʻztransgaz” AKning oʻz va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni sotish boʻyicha tuman servis markazlarini qoʻriqlash, yongʻinga qarshi xavfsizlik, aloqa, signalizatsiya, elektrlashtirish vositalari, samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan boshqa texnika vositalari bilan jihozlash, shuningdek shtatdagi xodimlar bilan taʼminlash.

2013-yil
1-avgustgacha

“Oʻztransgaz” AK,

“Shimolgaztaʼminot” UK

Xom ashyo bilan taʼminlash tadbirlari

19.

Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma boʻyicha har yili 103,5 ming tonna hajmida koʻmir yetkazib berishni amalga oshirish.

jadvalga muvofiq

“Oʻzbekenergo” DAK,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK

20.

Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha har yili 16,8 ming tonna suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazib berishni amalga oshirish.

jadvalga muvofiq

“Oʻzbekneftgaz” MXK,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK

21.

Xorazm viloyati isteʼmolchilariga energiya resurslari yetkazib berishga jalb etilgan “Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK va “Shimolgaztaʼminot” UKga yonilgʻi-moylash materiallarining uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash.

doimo

“Oʻzbekneftgaz” MXK,

“Oʻztransgaz” AK,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK,

“Shimolgaztaʼminot” UK

Logistika tizimini tashkil etish tadbirlari

22.

Isteʼmolchining axborot pasportini shakllantirgan holda koʻmirga (briketlangan koʻmirga) va suyultirilgan gazga ehtiyojmand boʻlgan har bir uyni xatlovdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi maxsus guruhlar tashkil etish.

2013-yil
15-iyulgacha

“Oʻztransgaz” AK,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK,

“Shimolgaztaʼminot” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

23.

Har bir isteʼmolchiga shaxsiy abonent hisob raqami bergan holda maʼlumotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish va xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzish.

2013-yil
15-avgustgacha

“Oʻztransgaz” AK,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK,

“Shimolgaztaʼminot” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

24.

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK va “Shimolgaztaʼminot” UK huzurida “Oʻzbekkoʻmir” OAJ va “Oʻztransgaz” AKning oʻz va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga koʻmirga va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazga buyurtma berish boʻyicha interaktiv xizmatlar koʻrsatadigan “on-layn” tizimiga ega boʻlgan sall-markazlar tashkil etish.

2013-yil
1-avgustgacha

Davlat aloqa qoʻmitasi,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Oʻztransgaz” AK,

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK,

“Shimolgaztaʼminot” UK

25.

Koʻmir (briketlangan koʻmir) va suyultirilgan gaz yetkazib berish yuzasidan namunaviy shartnomani (elektron shartnomani) ishlab chiqish.

2013-yil
1-avgustgacha

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Oʻztransgaz” AK,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

26.

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” va “Shimolgaztaʼminot” UKlarining isteʼmolchilarga interaktiv xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz shaxsiy veb-saytlarini tashkil etish.

2013-yil
1-avgustgacha

Davlat aloqa qoʻmitasi,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Oʻztransgaz” AK

27.

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ va “Oʻztransgaz” AKning jalb etilgan oʻz mablagʻlari hisobiga sall-markazlarni dasturiy axborot taʼminoti va zarur kommunikatsiya uskunalari bilan jihozlash.

2013-yil
15-avgustgacha

Davlat aloqa qoʻmitasi,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Oʻztransgaz” AK

28.

Axborot tizimini sall-markaz, SMS va Internet orqali buyurtmanomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha servis, shuningdek plastik kartochkalar yoki Paynet orqali toʻlovlar tizimi bilan integratsiyalash.

2013-yil
25-sentabrgacha

Davlat aloqa qoʻmitasi,

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Oʻztransgaz” AK,

“Xalq banki” DATB

29.

Koʻmirni (briketlangan koʻmirni) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni har haftada kamida bir marta oxirgi isteʼmolchilargacha yetkazib berish boʻyicha isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish jadvallarini tasdiqlash.

2013-yil
1-sentabrgacha

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Oʻztransgaz” AK,

Xorazm viloyati hokimligi

30.

GPRS — qabul qiluvchilar oʻrnatish va ular orqali yuk tashish mashinalari yoʻnalishlarini kuzatish.

2013-yil
1-sentabrgacha

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ,

“Oʻztransgaz” AK,

“Xorazm koʻmir yetkazuvchi” UK,

“Shimolgaztaʼminot” UK

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 359-modda)