07.09.1999 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻsiqlarini bartaraf etish yoʻli bilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashni istab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Bitim qoʻllaniladigan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarda amalda boʻlgan qonunlarga muvofiq undiriladigan barcha daromad va mol-mulk soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Daromad va mol-mulk soliqlari umumiy daromaddan, umumiy mulkdan yoki daromad yoxud mulkning bir qismidan olinadigan soliq, jumladan koʻchar yoki koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan foydadan olinadigan soliq, korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki taqdirlash haqlarining umumiy miqdoridan olinadigan soliqlar, shuningdek mulk qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlardan undiriladigan soliqlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim amal qilishi qoʻllaniladigan hozirgi vaqtda amaldagi soliqlarga, xususan, quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Germaniya Federativ Respublikasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporatsiyalardan olinadigan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk soligʻi va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hunarmandchilik soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu jumladan ularga boʻlgan soliq qoʻshimchalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(bundan keyin — “Germaniya soliqlari” deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(bundan keyin — “Oʻzbekiston Respublikasi soliqlari” deb ataladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Bitim imzolangandan soʻng mavjud soliqlarga qoʻshimcha yoki ular oʻrniga kiritilgan har qanday oʻxshash yoki mohiyati boʻyicha bir xil soliqlarga nisbatan ham ushbu Bitim qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining soliq qonunchiligida boʻlgan muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlariga xabar beradilar, agar bu ushbu Bitim qoʻllanishi maqsadlarida talab qilinadigan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Umumiy taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning maqsadlari uchun, agar matn mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Germaniya federativ Respublikasi” atamasi Germaniya Federativ Respublikasining davlat hududini, shuningdek Germaniya Federativ Respublikasi xalqaro huquqqa va milliy huquqiy hujjatlariga muvofiq tabiiy resurslarni tadqiq etish va ishlab chiqish maqsadida suveren huquqlarini va yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududiy dengizga tutashgan dengiz osti hududini va dengiz boyliklarini, shuningdek ular ustida joylashgan suv qatlamini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Oʻzbekiston Respublikasi” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi va jugʻrofiy maʼnoda ishlatilganda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududini qamrab oladi, jumladan hududiy suvlari va osmon kyengliklari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi suveren huquqlari va yurisdiksiyasini, shu jumladan yer osti va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnga qarab, Oʻzbekiston Respublikasini yoki Germaniya Federativ Respublikasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxslarni va kompaniyalarni yoki shaxslarning har qanday boshqa birlashmasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “kompaniya” atamasi soliqqa tortish maqsadlarida korporativ tuzilma sifatida qaraladigan yuridik shaxslarni yoki huquqiy subyektlarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) “Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishli ravishda Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan shaxs boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan shaxs boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “xalqaro tashishlar” atamasi Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemasida har qanday tashishni anglatadi, dengiz yoki havo kemasidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan punktlar oʻrtasidagina foydalanilgan hollar bundan mustasnodir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) “milliy shaxs” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aa) Germaniya Federativ Respublikasiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonunida tushunilishiga koʻra barcha nemislarni, shuningdek Germaniya Federativ Respublikasida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq taʼsis etilgan barcha yuridik shaxslarni, oddiy shirkatlarni va shaxslarning boshqa birlashmalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bb) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega boʻlgan barcha jismoniy shaxslarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq taʼsis etilgan barcha yuridik shaxslarni, oddiy shirkatlarni va shaxslarning boshqa birlashmalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “vakolatli organ” atamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aa) Germaniya Federativ Respublikasiga nisbatan Federal moliya vazirligini yoki u oʻz vakolatlarini bergan organni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bb) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini yoki u oʻz vakolatini bergan organni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qoʻllanilganida, Bitimda belgilanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan oʻzga maʼno kelib chiqmasa, shu Davlatning ushbu Bitim joriy etiladigan soliqlar toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq maʼnoni anglatadi, bunda ushbu Davlatda qoʻllaniladigan soliq qonunchiligiga binoan atamaning maʼnosi ushbu Davlatning boshqa huquqiy tarmogʻiga muvofiq ega boʻlgan har qanday maʼnodan ustun boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Rezident
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi shu Davlatning qonunchiligi boʻyicha oʻzining turar joyi, oʻzining doimiy boʻlib turish joyi, oʻz rahbar organining joylashgan joyi yoki shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi. Biroq bu atama faqat ushbu Davlatda joylashgan manbalardan yoki mulkdan daromad olayotgani uchungina ana shu Davlatda soliqqa tortiladigan har qanday shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar ushbu moddaning 1-bandi qoidalariga binoan jismoniy shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, quyidagi qoidalar amal qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shaxs doimiy uyi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikkala Davlatda ham doimiy uyga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari chuqurroq boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa, yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning hech birida doimiy uyi boʻlmasa, u odatda yashab turgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) agar shaxs odatda har ikkala Davlatda yashasa yoki ularning hech birida yashamasa, u fuqarosi boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) agar u Davlatlardan hech birining fuqarosi boʻlmasa, unda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuvga binoan hal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar ushbu moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq kompaniya har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, u oʻzining amaldagi rahbar organi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Doimiy muassasa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxonaning faoliyati toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan doimiy tadbirkorlik faoliyati joyini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqaruv joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) filial;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) ofis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) fabrika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ustaxona va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qurilish maydonchasi yoki yigʻma obyekt faqat 12 oydan koʻproq mavjud boʻlgan holdagina doimiy muassasa deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, quyidagilar doimiy muassasa hisoblanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlarni saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina foydalaniladigan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlar zaxirasi saqlash, namoyish qilish yoxud yetkazib berish maqsadlaridagina ushlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlar zaxirasini boshqa korxona tomonidan qayta ishlov berilishi maqsadlaridagina ushlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) korxona uchun tovar yoki buyumlar sotib olish yoxud u uchun axborot yigʻish maqsadlaridagina ushlab turiladigan doimiy tadbirkorlik faoliyati joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ushbu korxona uchun boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlari uchungina ushlab turiladigan doimiy tadbirkorlik faoliyati joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) (a)-(e) kichik bandlarida sanab oʻtilgan faoliyat turlarining amalga oshirilishi uchun, doimiy faoliyat joyining butun faoliyati tayyorgarlik va yordamchi tusda boʻlgan taqdirda saqlab turiladigan doimiy tadbirkorlik faoliyati joyi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar ushbu moddaning 7-bandida koʻrsatilgan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs korxona uchun ish yuritsa va Ahdlashuvchi Davlatda korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va unda odatda ushbu vakolatni amalga oshirsa, unda bu korxona ushbu moddaning 1- va 2-bandlari qoidalariga qaramay, ushbu Davlatda korxona manfaatlari uchun ushbu shaxs tomonidan amalga oshiriladigan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega, deb hisoblanadi, agar, faqat bu faoliyat 4-bandda koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolmasa, bu faoliyat doimiy tadbirkorlik faoliyati joyi orqali amalga oshiriladigan holatda, koʻrsatib oʻtilgan bandga muvofiq bu joyni doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega, deb hisoblanadi, agar u ana shu boshqa Davlat hududida sugʻurta mukofotlarini qabul qilsa yoki u yerda yuz berishi mumkin boʻlgan tavakkalchilikni sugʻurta qilishni, qayta sugʻurta qilish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno, ushbu moddaning 7-bandiga binoan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs orqali amalga oshirsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korxona Ahdlashuvchi Davlatda oʻz tadbirkorlik faoliyatini broker, komissioner yoki boshqa har qanday mustaqil maqomli agent orqali amalga oshirgani uchungina, shu shaxslar oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida harakat qilishlari sharti bilan, ushbu Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki nazorat qilinsa yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyalardan hech birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadlari (jumladan qishloq va oʻrmon xoʻjaligi korxonalaridan olinadigan daromadlar) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Koʻchmas mulk” atamasi ushbu mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi boʻyicha u ega boʻlgan maʼnoga ega boʻladi. Har qanday holda bu atama koʻchmas mulkka nisbatan yordamchi boʻlgan mulkni, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida ishlatiladigan chorva va uskunalarni, yer uchastkalari toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalari qoʻllaniladigan huquq, koʻchmas mulkdan foydalanish huquqi va mineral resurslar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarni qazish va qazishga boʻlgan huquq uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlarni oʻz ichiga oladi; dengiz va havo kemalari koʻchmas mulk hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻrifoydalanish, uni yollashga yoki ijaraga berish, shuningdek koʻchmas mulkdan boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1- va 3-bandlari qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan olinadigan daromadiga va mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatish maqsadlari uchun moʻljallangan koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlariga ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda unda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa. Agar korxona oʻz faoliyatini eslatib oʻtilgan tarzda amalga oshirayotgan boʻlsa, unda uning foydasi boshqa Davlatda, biroq shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismidagina soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar Ahdlashuvchi Davlat korxonasi oʻz faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda unda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, unda ushbu moddaning 3-bandi qoidalarini hisobga olib, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib doimiy muassasa hisoblangan korxonaga nisbatan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda bunday doimiy muassasa ehtiyojlari uchun sarflangan xarajatlarni, jumladan boshqaruv va umummaʼmuriy xarajatlarni, doimiy muassasa joylashgan Davlatda yoki boshqa joyda vujudga kelganligidan qatʼi nazar, chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar Ahdlashuvchi Davlatda korxonaga taalluqli boʻlgan foydani, foydaning umumiy miqdorini uning alohida boʻlinmalariga mutanosib tarzda taqsimlash qabul qilingan boʻlsa, unda ushbu moddaning 2-bandi qoidalari Ahdlashuvchi Davlatga soliqqa tortiladigan foydani qabul qilingan taqsimlash usuliga muvofiq aniqlashini inkor etmaydi; biroq foydani taqsimlashning tanlangan usuli ushbu modda tamoyillariga muvofiq kelishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxona uchun doimiy muassasa tomonidan tovar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib biron-bir foyda belgilanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu moddaning avvalgi bandlarini qoʻllashda doimiy muassasaga taalluqli foyda har yili bir xil uslubda aniqlanishi lozim, agar boshqacha harakat qilish uchun yetarlicha salmoqli sabablar boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu modda qoidalari oddiy shirkatchilikda qatnashishdan olinadigan daromadlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Uning taʼsiri oddiy shirkatchilik ishtirokchisining ushbu shirkatchilikdan shirkatchilik manfaatlarida amalga oshiradigan faoliyati uchun, taqdim etilgan kreditlar (zayomlar) uchun yoki xoʻjalik boyliklarini berganligi uchun oladigan taqdirlash haqlariga ham taalluqli boʻladi, agar koʻrsatib oʻtilgan taqdirlash haqlari doimiy muassasa joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning soliq qonunchiligiga binoan ishtirokchining ushbu doimiy muassasadan oladigan daromadlariga tegishli boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar foyda ushbu Bitimning boshqa moddalarida koʻrib chiqiladigan foyda turlarini qamrab oladigan boʻlsa, unda ana shu boshqa moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Xalqaro tashishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalaridan olgan foydasi faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu modda maqsadlari uchun xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalaridan olinadigan foyda, shuningdek quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boʻsh dengiz yoki havo kemalarining charterga berishdan olinadigan daromadlar va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuk va tovarlarni tashish maqsadlarida foydalaniladigan konteynerlarni, (jumladan konteyner transporti uchun treylerlar va ularga tegishli boʻlgan uskunalarni) charterga berishdan olinadigan daromadlar, agar bunday charterga berish yoxud shunday foydalanish, ushlab turish yoki ijaraga berish dengiz va havo kemalaridan xalqaro tashishlarda foydalanishga taalluqli boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari transport vositalaridan foydalanish boʻyicha pulda, qoʻshma faoliyatda yoki xalqaro transport agentligida ishtirok etishdan olinadigan foydaga ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Birlashgan korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ayni shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, va koʻrsatilgan hollarda ikki korxona ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli shart bilan kelishilgan yoki ularga yuklangan shartlarga rioya qilishga majbur boʻlsa, unda bir korxonaning bu shartlar boʻlmagan taqdirda olishi mumkin boʻlgan, lekin shu shartlarga koʻra olinmay qolgan foydasi ushbu korxona foydasiga qoʻshilishi va tegishli ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasiga nisbatan ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladigan foyda taalluqli boʻlsa va soliqqa tortilsa, unda birinchi eslatilgan Davlat tomonidan shu tariqa kiritilgan va birinchi eslatilgan Davlat korxonasi toʻplagan foydalar, deb hisoblanuvchi foydalar, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat shu Davlatga tegishli foydadan olinadigan soliqlar miqdoriga tegishli tuzatishlar kiritadi. Bunday tuzatishlarda ushbu Bitimning boshqa qoidalariga rioya qilish lozim; zarur holda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro maslahatlashishlarga kirishadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Dividendlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻrsatib oʻtilgan dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda uning qonunchiligiga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin; agar, biroq, dividendlarning egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, soliq quyidagilardan oshmasligi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) dividendlar yalpi miqdorining 5 foizidan, agar dividendlar egasi boʻlgan kompaniya (oddiy shirkatchilikdan boshqacha tarzdagi) dividendlar toʻlayotgan kompaniya kapitalining kamida 25 foiziga bevosita ega boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa barcha hollarda dividendlar yalpi miqdorining 15 foizidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu band qoidalari dividendlar toʻlaydigan kompaniya foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddada foydalaniladigan “dividendlar” atamasi aksiyalar boʻyicha, foydada ishtirok etishdagi huquq yoki sertifikatlar boʻyicha, togʻ-kon sanoati aksiyalari boʻyicha, taʼsischilar paylari yoki foydada ishtirok etish boʻyicha boshqa huquqlardan olinadigan daromadlarni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunchiligiga muvofiq soliq munosabatlarida aksiyalar boʻyicha olinadigan daromadlarga tenglashtiriladigan boshqa daromadlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar dividendlar egasi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlib, dividendlar toʻlayotgan kompaniya rezident boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tadbirkorlik faoliyatini unda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda unda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va toʻlanayotgan dividendlarga nisbatan ulush bilan qatnashish amalda shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-bandlar qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda vaziyatga qarab, ushbu Bitimning 7-moddasi yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, unda ana shu boshqa Davlat bu kompaniya tomonidan toʻlanayotgan dividendlarni soliqqa tortishi mumkin emas, qachonki bunday dividendlarning ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanishi yoki dividendlar toʻlanayotgan ulush bilan qatnashish shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan holatlar bundan mustasno, hatto-ki toʻlangan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham bunday kompaniya foydasining summasini taqsimlanmagan foyda soligʻiga tortish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Foizlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻrsatib oʻtilgan foizlar, biroq, ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda ham shu Davlatning qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin; agar, biroq, foizlarning egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunda soliq foizlar yalpi miqdorining 5 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu modda 2-bandining qoidalariga qaramay quyidagi qoidalar amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Germaniya Federativ Respublikasida vujudga kelgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yoki boshqa shunga oʻxshagan muassasaga Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatlari organlari oʻrtasida kelishilgan tegishli kelishuvga binoan toʻlanadigan foizlar summalari Germaniya soliqlaridan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasida vujudga kelgan va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumatiga, Nemis federal bankiga, Kreditanshtalt fyur videraufbauga yoki rivojlanayotgan mamlakatlardagi ulush bilan qatnashishlarni mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha Germaniya jamiyatiga yoki boshqa shunga oʻxshash muassasaga Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasida erishilgan tegishli kelishuvga binoan toʻlanadigan foizlar summalari, shuningdek “Germes Kreditferzixerungs AG” sugʻurta kompaniyasi tomonidan kafolatlangan kreditlarga (zayomlarga) nisbatan toʻlanadigan foizlar summalari Oʻzbekiston Respublikasi soliqlaridan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddada qoʻllaniladigan “foizlar” atamasi har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadlarni, jumladan, qachonki, talab yer uchastkasiga boʻlgan garov huquqi bilan taʼminlangan yoki qarzdorning foydasida ishtirok etish huquqlariga ega boʻlgan hollardagi daromadlarni va xususan, davlat zayom va obligatsiyalari boʻyicha olinadigan daromadlar, jumladan ular bilan bogʻliq boʻlgan mukofotlar, shuningdek yutuqli zayomlar boʻyicha olinadigan yutuqlarni anglatadi. Ushbu moddani tushunishda oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun qoʻllaniladigan jarimalar foizlar sifatida qaralmaydi. Biroq “foizlar” atamasi ushbu Bitimning 10-moddasida koʻrib chiqiladigan daromadlarni oʻz ichiga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyati olib borayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talablari shunday doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga haqiqatan bogʻliq boʻlsa, ushbu moddaning 1-, 2- va 3-bandi qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda vaziyatga qarab, ushbu Bitimning 7-moddasi yoki 14 -moddasining qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Foizlar ushbu Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi, qachonki, ularni toʻlovchi shu Davlatning oʻzi yoki uning hududiy-maʼmuriy boʻlinmasi yoxud shu Davlatning rezidenti boʻlsa. Agar, biroq foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, va agar foizlar toʻlanadigan qarz doimiy muassasa yoki doimiy baza ehtiyojlari uchun vujudga kelgan boʻlsa, va foizlarni toʻlash boʻyicha xarajatlarni shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olsa, unda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi yoki ular ikkalasi va qandaydir boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasiga nisbatan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan foizlar miqdoriga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda foizlar miqdorining ortiqcha qismi har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq va ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Litsenziya toʻlovlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan litsenziya toʻlovlari ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq koʻrsatib oʻtilgan litsenziya toʻlovlari ular vujudga keladigan Ahdlashuvchi Davlatda uning qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin; agar litsenziya toʻlovlarining egasi boshqa Davlatning rezidenti boʻlsa, unda soliq quyidagilardan oshmasligi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu moddaning 3-bandi “a” kichik bandidagi litsenziya toʻlovlari yalpi miqdorining 5 foizidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu moddaning 3-bandi “b” kichik bandidagi litsenziya toʻlovlari yalpi miqdorining 3 foizidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddada qoʻllaniladigan “litsenziya toʻlovlari” atamasi quyidagilar uchun toʻlanadigan har qanday turdagi ragʻbatlantirish haqlarini anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) adabiyot yoki sanʼat asarlari, shu jumladan kinematografik filmlar, radio va televideniye eshittirishlarida foydalanish uchun tasmaga va boshqa vositalarga yozuvlar uchun mualliflik huquqlaridan foydalanish yoki bunday huquqlarning berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilmiy asarlar, patentlar, savdo belgilari, namunalar yoki modellar, chizmalar, maxfiy formulalar yoki texnologiyalarga mualliflik huquqlaridan foydalanish yoki bunday huquqlarning berilishi yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga tegishli axborotni berganlik uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar litsenziya toʻlovlari huquqiga ega boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlib, litsenziya toʻlovlari hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda unda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va litsenziya toʻlovlari toʻlanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda vaziyatga qarab, ushbu Bitimning 7-moddasi yoki 14-moddasining qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Litsenziya toʻlovlari Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi, qachonki ularni toʻlovchi shu Davlatning oʻzi yoki uning hududiy-maʼmuriy boʻlinmasi yoxud shu Davlatning rezidenti boʻlsa. Agar, biroq litsenziya toʻlovlarini toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻladimi yoki yoʻqmi, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, va agar bunday litsenziya toʻlovlari toʻlanadigan qarz doimiy muassasa yoki doimiy baza ehtiyojlari uchun vujudga kelgan boʻlsa, va bunday toʻlovlarni toʻlashga doir xarajatlarni shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga oladigan boʻlsa, bunday holda litsenziya toʻlovlari doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar toʻlovchi bilan amalda litsenziya toʻlovlari huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi yoki ulardan har biri va boshqa biror shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida litsenziya toʻlovlaridan foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki royalti toʻlanadigan axborotga taalluqli litsenziya toʻlovlarining toʻlangan miqdori toʻlovchi va amaldagi shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismi har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq va ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aktivlari asosan Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan iborat boʻlgan kompaniya aksiyalarini va unda qatnashiladigan boshqa ulushlarni begonalashtirishdan olinadigan foyda ushbu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasining aktivi boʻlgan koʻchar mulkni begonalashtirishdan oladigan yoki Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari, jumladan doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olinadigan daromadlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda ushbu korxona tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalarini, shuningdek shunday dengiz yoki havo kemalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkni begonalashtirishdan olingan foydalar faqat shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu moddaning 1 — 4-bandlarida eslatilmagan har qanday mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar faqat mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezidenti hisoblangan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining kasbiy xizmatlar koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa shunga oʻxshash xizmatlardan oladigan daromadi faqat, agar bu shaxs boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy bazaga ega boʻlmasa, ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin. Agar u doimiy bazaga ega boʻlsa, unda daromad ana shu boshqa Davlatda, faqat, ana shu doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismidagina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan, mustaqil tarzda amalga oshiriladigan ilmiy, adabiy, tarbiyaviy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, sanʼat sohasida mustaqil tarzda amalga oshiriladigan faoliyatni, shuningdek vrachlar, stomatologlar, advokatlar, muhandislar, meʼmorlar va buxgalterlik ishi sohasidagi ekspertlarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Yollanma ishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning 16-, 17-, 18- va 19-moddalari qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanma ish boʻyicha oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat mana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar yollanma ish shu tariqa bajarilayotgan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-band qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma ish boʻyicha oladigan taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oluvchi, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan soliq yilida boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib tursa, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taqdirlash haqlari boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlansa, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) taqdirlash haqlari boʻyicha xarajatlarni yollovchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi xalqaro tashishlarda foydalanadigan dengiz yoki havo kemalari bortida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun olinadigan taqdirlash haqlariga ana shu Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Kuzatuv kengashlari va direktorlar kengashlari aʼzolariga beriladigan ragʻbatlantirish haqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaning kuzatuv kengashi yoki Direktorlar Kengashi aʼzosi sifatida oladigan ragʻbatlantirish haqlari va boshqa shu kabi toʻlovlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Artistlar va sportchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning 7-, 14- va 15-moddalari qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti teatr, kino, radio va televideniye artisti yoki musiqachi kabi ijrochi artist sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitimning 12-moddasi qoidalariga qaramay, ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslar oʻzlarining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan faoliyatidan oladigan daromadlariga, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning nomi, portreti yoki boshqa shaxsiy huquqlaridan foydalanilgani yoki foydalanish huquqi uchun toʻlanadigan har qanday ragʻbatlantirish haqlari ham tegishli boʻladi. Tegishli qoida radio va televideniye orqali artistlik yoki sportchilik chiqishlarini qayta tiklash va koʻrsatishga rozilik berishi munosabati bilan olinadigan daromadlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qachonki, ushbu moddaning 1- va 2-bandlari tushunchasidagi daromad artist yoki sportchining oʻziga emas, boshqa shaxsga yozilsa, ushbu Bitimning 7-, 14- va 15-moddalari qoidalariga qaramay, ushbu daromadlar artist yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1- va 3-bandlarining qoidalari Ahdlashuvchi Davlatda artist yoki sportchilar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdan olinadigan daromadlarga nisbatan qoʻllanilmaydi, agar ularning ana shu Davlatga tashrifi toʻlaligicha yoki asosan boshqa Ahdlashuvchi Davlatning davlat mablagʻlari yoki uning hududiy-maʼmuriy tuzilmalari yoxud ana shu boshqa Davlatda tan olingan ijtimoiy foydali (xayriya) tashkilotlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan boʻlsa. Bunday holda daromad faqat artist yoki sportchi rezidenti hisoblanadigan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Nafaqalar, rentalar va shunga oʻxshagan toʻlovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan nafaqalar va shunga oʻxshagan ragʻbatlantirish haqlari yoki renta oladigan boʻlsa, unda bunday toʻlovlar faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatning majburiy ijtimoiy sugʻurtasi hisobidan oladigan toʻlovlari, ushbu moddaning 1-bandi qoidalaridan farqli ravishda, faqat ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Renta” atamasi pullar yoki moddiy boyliklar bilan koʻrsatilgan shunga oʻxshagan xizmatlar uchun toʻlanadigan toʻlovlar deb nazarda tutadigan majburiyatlar asosida belgilangan muddatlarda, umrbod yoki muayyan yoxud belgilangan davr mobaynida muntazam toʻlab boriladigan muayyan summani anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Davlat xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat yoki uning hududiy-maʼmuriy boʻlinmalari tomonidan shu Davlatga yoki uning hududiy-maʼmuriy boʻlinmalariga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan jismoniy shaxsga toʻlanadigan, nafaqadan tashqari, taqdirlash haqlari faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi. Biroq taqdirlash haqlari faqat ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar xizmatlar ana shu Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti, shuningdek
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) faqat xizmatlarni amalga oshirish maqsadida shu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning hududiy-maʼmuriy boʻlinmalari yoki ularning biri tuzgan jamgʻarmalar hisobidan shu Davlatga yoki uning hududiy-maʼmuriy boʻlinmalariga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan har qanday jismoniy shaxsga toʻlanadigan nafaqalar faqat ana shu Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Biroq koʻrsatib oʻtilgan nafaqalar faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar jismoniy shaxs shu boshqa Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlat yoki uning hududiy-maʼmuriy boʻlinmalari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan taqdirlash haqlari, jumladan nafaqalarga nisbatan 15-, 16- va 18-moddalarning qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Oʻqituvchilar va talabalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat yoki universitet, oliy oʻquv yurti, maktab, muzey yoki ana shu Ahdlashuvchi Davlatning qandaydir boshqa madaniy muassasasi taklifiga koʻra yoki rasmiy madaniy almashinish doirasida ushbu Ahdlashuvchi Davlatda faqat oʻqituvchilik faoliyatini amalga oshirish, leksiyalar oʻqish yoki koʻrsatilgan muassasada tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki yildan ortiq boʻlmagan muddatda boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti hisoblangan yoki birinchi eslatilgan Davlatga kirib kelgunga qadar shunday hisoblangan jismoniy shaxs ushbu birinchi Davlatda koʻrsatilgan faoliyati uchun olgan ragʻbatlantirish haqlari bunday haqlar ushbu Davlatning tashqarisidagi manbalardan olinganligi sharti bilan soliqqa tortishdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatda faqat oʻqish yoki tayyorgarlik maqsadida boʻlib turgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan yoki birinchi eslatilgan Davlatga kirib kelguniga qadar shunday boʻlib hisoblangan talaba, amaliyotchi yoki oʻquvchining yashashi, oʻqishi yoki tayyorgarligi uchun moʻljallangan toʻlovlari, bunday toʻlovlar ushbu Davlatning tashqarisidagi manbalardan olinganligi sharti bilan soliqqa tortishdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Boshqa daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan olingan, ushbu Bitimning oldingi moddalarida koʻrib chiqilmagan daromad turlari daromadning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat mana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari koʻchmas mulkdan olinadigan daromaddan boshqa boʻlgan daromadlarga nisbatan qoʻllanilmaydi, agar oluvchi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa yoki u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa. Bu holatda vaziyatga qarab, ushbu Bitimning 7-moddasi yoki 14-moddasining qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Mulk
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan mol-mulk ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa aktivlarini oʻzida mujassam etuvchi yoki Ahdlashuvchi Davlat rezidentining mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan koʻchar mulki faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz yoki havo kemalari, shuningdek shunday dengiz yoki havo kemalardan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulk faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti mol-mulkining barcha boshqa elementlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Ikki yoqlama soliq solishni bartaraf etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Germaniya Federativ Respublikasi rezidentiga nisbatan soliqlar quyidagi tarzda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasida olingan daromadlar, shuningdek u yerda joylashgan, ushbu Bitimga muvofiq u yerda soliqqa tortiladigan mulkiy boyliklar, agar ular ushbu bandning “b” kichik bandiga binoan hisobga olinishi lozim boʻlmasa, Germaniya soliqlariga tortilishdan ozod qilinadi. Biroq Germaniya Federativ Respublikasi shu tariqa ozod qilingan daromadlar yoki mulkiy boyliklarni soliq stavkasini belgilashda hisobga olish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Dividendlar uchun ozod qilish faqat, agar bunday dividendlar kapitalining kamida 25 foizi bevosita Germaniya kompaniyasiga tegishli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadigan kompaniya tomonidan Germaniya Federativ Respublikasi rezidenti hisoblanadigan kompaniyaga toʻlanadigan boʻlgani holda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulush bilan ishtirok etishlar mol-mulk soligʻiga tortilishdan faqat shunday holda ozod qilinadiki, agar ular boʻyicha dividendlar ushbu kichik bandning bundan oldingi qismi qoidalariga binoan toʻlangan yoki toʻlanadigan, ozod qilingan yoki ozod qilinishi lozim boʻlgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) chet el soliqlarini hisoblashni amalga oshirish toʻgʻrisidagi Germaniya soliq qonunchiligi qoidalarini hisobga olib, undiriladigan Germaniya soliqlarini solishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan va ushbu Bitimga muvofiq shu daromadlar boʻyicha toʻlangan quyida keltirilgan daromadlar boʻyicha Oʻzbekiston soliqlarini hisoblash amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aa) ushbu bandning “a” kichik bandi taʼsir qilmaydigan dividendlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bb) foizlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ss) litsenziya toʻlovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dd) ushbu Bitimning 13-moddasi 2-bandiga binoan Oʻzbekiston Respublikasida soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eye) kuzatuv kengashlari va direktorlar kengashlari aʼzolarining taqdirlash haqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ff) artistlar va sportchilar daromadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) Ushbu Bitimning 7- va 10-moddalari maʼnosidagi daromadlar va ular negizida yotgan mulkiy boyliklarga nisbatan ushbu bandning “a” kichik bandi qoidalari oʻrniga, agar Germaniya Federativ Respublikasi rezidenti doimiy muassasa foyda olgan xoʻjalik (hisobot) yilida yoki Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan kompaniya oʻz foydasini taqsimlagan xoʻjalik (hisobot) yilida oʻzining yalpi daromadini faqat yoki faqatgina Germaniya Federativ Respublikasining tashqi soliqlar haqidagi Qonuni 8-paragrafining 1-bandi 1-6-raqamlari taʼsiriga tushadigan faoliyat turlaridan yoki koʻrsatilgan Qonun 8-paragrafining 2-bandi taʼsiriga tushadigan ulush bilan qatnashishlardan olgan boʻlsa, unda ushbu bandning “b” kichik bandi qoidalari qoʻllaniladi; doimiy muassasa ehtiyojlari uchun moʻljallangan (ushbu Bitimning 6-moddasi 4-bandi) koʻchmas mulkka, shuningdek bunday koʻchmas mulkni(ushbu Bitimning 13-moddasi 1-bandi) begonalashtirishdan olingan foyda miqdoriga va doimiy muassasaning aktivlari boʻlgan (ushbu Bitimning 13-moddasi 3-bandi) koʻchar mulkka nisbatan ham shu qoida taalluqli boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Agar Germaniya Federativ Respublikasi rezidenti boʻlgan kompaniya foydani taqsimlash uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan foydalansa, unda ushbu bandning “a” kichik bandi qoidalari taqsimlanadigan summadan Germaniyaning soliqlar haqidagi qonunlari qoidalariga muvofiq korporatsiyalardan undiriladigan kompensatsiya tarzidagi soliqqa tortishni istisno etmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Ushbu bandning “a” kichik bandi qoidalariga qaramay, ikki yoqlama soliqqa tortilishi ushbu bandning “b” kichik bandiga muvofiq soliqni hisobga olish orqali bartaraf qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aa) agar Ahdlashuvchi Davlatlarda daromadlar yoki mulk ushbu Bitimning turli qoidalariga tegishli boʻlsa yoki turli shaxslarga hisoblab qoʻyilsa (ushbu Bitimning 9-moddasiga muvofiq hollardan tashqari) va bunday ziddiyatni ushbu Bitimning 25-moddasi 3-bandi qoidalariga muvofiq protseduralar bilan tartibga keltirib boʻlmasa, va bunday turlicha yozib qoʻyish yoki hisoblash natijasida tegishli daromadlar yoki mulkiy boyliklar soliqqa tortilmagan boʻlsa yoki yetarli darajada soliqqa tortilgan boʻlmasa, yoxud
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bb) agar Germaniya Federativ Respublikasi lozim darajadagi maslahatlashishlardan keyin va uning milliy qonunchiligiga binoan cheklashlarni hisobga olgan holda, u ushbu bandning “b” kichik bandiga binoan hisobga olish usulini qoʻllashni moʻljallagan boshqa daromadlar toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar orqali Oʻzbekiston Respublikasini xabardor qiladi. Xabarnoma faqat xabarnoma berilgan yildan keyingi keladigan taqvimiy yilning birinchi kunidan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentiga nisbatan soliqlar quyidagi tarzda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti ushbu Bitimning qoidalariga muvofiq Germaniya Federativ Respublikasida soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadlar olsa yoki mulkka egalik qilsa, bunday daromadlar yoki mol-mulk uchun Germaniya Federativ Respublikasida toʻlangan soliq miqdori bunday shaxsdan Oʻzbekiston Respublikasida undiriladigan soliqdan chiqarib tashlanadi. Biroq bunday chegirma Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va qoidalariga muvofiq bunday daromadlar yoki mulkdan hisoblangan soliq miqdoridan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Soliqlar sohasida kamsitishga yoʻl qoʻymaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda, xususan rezidensiyaga nisbatan solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlardan koʻra boshqa turdagi yoki mushkulroq, soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida ushbu Bitimning 1-moddasi qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatlarning ulardan hech birining rezidentlari boʻlmagan milliy shaxslariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasasini soliqqa tortish ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu boshqa Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalarini soliqqa tortishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Ushbu qoida bir Ahdlashuvchi Davlatni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentini soliqqa tortish maqsadlarida oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqei yoki oilaviy majburiyatlari asosida beradigan har qanday xususiy imtiyozlar, ozod qilishlar yoki chegirmalar berishga majburlovchi tarzida talqin qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim 9-moddasining 1-bandi, 11 -moddasining 7-bandi yoki 12-moddasining 6-bandi qoidalari qoʻllanilmagan hollarda, Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlaydigan foizlari, litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlari shu korxonaning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlanadigan toʻlovlar ayni bir xil sharoitda chegirib tashlanishi kerak. Shunga mos ravishda ushbu korxonaning boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga boʻlgan har qanday qarzlari shu korxonaning soliqqa tortiladigan mulkini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga boʻlgan qarzi singari ayni bir xil sharoitda chegirib tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonalari, qaysiki ularning mulki toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlsa, yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinsa, birinchi eslatilgan Davlatda birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq yoki unga aloqador holatlarga, boshqa yoki soliq solishdan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu moddaning qoidalari ushbu Bitimning 2-moddasi qoidalariga qaramay, turli xil va taʼrifdagi soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Oʻzaro kelishuv protsedurasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining harakati unga ushbu Bitim qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliq solinishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga, yoki agarda uning holati ushbu Bitimning 24-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Bitim qoidalariga nomuvofiq soliqqa tortilishiga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar koʻrsatib oʻtilgan vakolatli organ uning arizasini asosli, deb topsa va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, unda masalani ushbu Bitimga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishdan qochish maqsadlarida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal qilishga harakat qiladi. Erishilgan kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlar ichki qonunchiligida belgilangan muddatlardan qatʼi nazar, bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar. Ular ushbu Bitimda koʻzda tutilmagan hollarda ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish maqsadida ham bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu moddaning yuqorida bayon etilgan qoidalariga muvofiq kelishuvga erishish maqsadida bevosita oʻzaro aloqa bogʻlashlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Maʼlumot almashinuvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitimni amalga oshirish uchun yoki Ahdlashuvchi Davlat yoxud uning maʼmuriy-hududiy tuzilmalaridan biri nomidan Ahdlashuvchi Davlatlar milliy qonunchiligi boʻyicha soliq solinishi mazkur Bitimga zid boʻlmagan qismiga oid undiriladigan har qanday koʻrinishdagi va nomlanishdagi soliqlarga nisbatan ushbu qonunchilikni qoʻllash yoki unga amal qilish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni almashadilar. Maʼlumot almashinuvi mazkur Bitimning 1- va 2-moddalari qoidalari bilan cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq olingan har qanday maʼlumot ushbu Davlatning milliy qonunchiligiga asosan olingan maʼlumot kabi maxfiy deb hisoblanishi lozim hamda faqat mazkur moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan soliqlarni hisoblash yoki undirish, majburiy undirish yoki jinoyatni taʼqib qilish, ushbu soliqlarga nisbatan eʼtiroz va shikoyatlar boʻyicha qarorlar qabul qilish yoxud bunday faoliyatni nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslar yoki organlargagina (sud va maʼmuriy idoralar shular jumlasidan) taqdim qilinishi mumkin. Ushbu shaxslar yoki idoralar maʼlumotdan faqatgina koʻrsatilgan maqsadlardagina foydalanishlari mumkin. Koʻrsatilgan maqsadlarda maʼlumot maʼmuriy yoki jinoiy ishlar boʻyicha dastlabki tergov jarayonida, ochiq sud muhokamasi yoki sud qarorida oshkor qilinishi mumkin. Avvalgi qoidalardan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan olingan maʼlumot boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin, basharti bunday maʼlumot har ikki Davlat qonunchiligiga koʻra boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin boʻlsa hamda maʼlumotni taqdim etayotgan Davlat vakolatli organining bunday foydalanishga roziligi mavjud boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) Mazkur moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari Ahdlashuvchi Davlatni quyidagilarga majburlovchi meʼyor sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralarni koʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunlari yoki mavjud maʼmuriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan maʼlumot taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) har qanday ishlab chiqarish, tijorat, tadbirkorlik, savdo yoki kasbiy sirni yoxud ishbilarmonlik jarayonlarini oshkor qiluvchi yoki taqdim qilinishi jamoat tartibiga (ordre public) zid boʻlgan maʼlumot taqdim qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) Agar Ahdlashuvchi Davlat mazkur modda qoidalariga muvofiq maʼlumot soʻrayotgan boʻlsa, unda boshqa Ahdlashuvchi Davlat oʻzining soliq maqsadlari uchun bunday maʼlumotga muhtoj boʻlmagan holda ham soʻralayotgan maʼlumotni olish uchun oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan choralarni koʻradi. Mazkur bandning birinchi jumlasida nazarda tutilgan majburiyatga nisbatan ushbu moddaning 3-bandida belgilangan cheklovlar qoʻllaniladi, lekin bunday cheklovlar Ahdlashuvchi Davlatga faqatgina u oʻzining milliy soliq tizimi maqsadlarida bunday maʼlumot olishdan manfaatdor emasligi asosida maʼlumot taqdim qilishni rad etishga imkoniyat sifatida talqin qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) Mazkur moddaning 3-bandi Ahdlashuvchi Davlatga bunday maʼlumot faqatgina bank, boshqa kredit tashkiloti, nominal egasi, agent yoki ishonchli boshqaruvchilar ixtiyorida ekanligi yoxud bunday maʼlumot biror bir shaxsga nisbatan ulushli mulkiy manfaatlarga taalluqliligi asosida maʼlumot taqdim qilishni rad etishga imkoniyat sifatida talqin qilinmasligi lozim.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida 2014-yil 14-oktabrdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26a-modda
Soliqlarni undirishda maʼmuriy yordam
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) Ahdlashuvchi Davlatlar soliq talabnomalari summalarini undirishda bir-birlariga maʼmuriy yordam koʻrsatadilar. Bunday maʼmuriy yordam mazkur Bitimning 1- va 2-moddalari qoidalari bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur moddani qoʻllash tartibini kelishish yoʻli bilan oʻrnatishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) Mazkur moddada “soliq talabnomasi” atamasi Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy tuzilmalaridan biri nomidan mazkur Bitimga yoki Ahdlashuvchi Davlatlar ishtirokchisi boʻlgan boshqa biron-bir xalqaro shartnomalarga zid boʻlmagan qismida har qanday koʻrinishdagi va nomlanishdagi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini, shuningdek, bunday summaga tegishli foizlar, maʼmuriy jarimalar hamda ijro qilish yoki taʼminlash choralariga oid xarajatlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) Basharti Ahdlashuvchi Davlatning soliq talabnomasi ushbu Davlatning qonunchiligi boʻyicha bajarilishi mumkin boʻlsa hamda agarda ushbu Davlat qonunchiligiga binoan ijro etilishi paytida uning bajarilishiga qarshilik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa, bu holda ushbu Davlatning vakolatli organi soʻrovnomasiga asosan bunday soliq talabnomasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan undirish maqsadida qabul qilinadi. Soliq talabnomasi summasini undirish ushbu boshqa Davlat tomonidan uning majburiy ijro etish va oʻz soliqlarini undirish toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalariga muvofiq bu soliq talabnomasi ushbu boshqa Davlatning soliq talabnomasi boʻlgani kabi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) Agarda Ahdlashuvchi Davlatning soliq talabnomasi ushbu Davlat qonunchiligiga muvofiq undirishni taʼminlash choralarini qoʻrishni taqozo qiladigan talabnoma boʻlsa, bunday soliq talabnomasi ushbu Davlatning vakolatli organi soʻrovnomasi asosida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan taʼminlash choralarini qoʻrish maqsadida qabul qilinadi. Ushbu boshqa Davlat bunday soliq talabnomasiga nisbatan, hatto dastlabki koʻrsatilgan Davlatda bunday choralarni koʻrish paytida soliq talabnomasi bajarilishining imkoni boʻlmagan yoki uni ijro etilishiga toʻsqinlik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan taqdirda ham, oʻz qonunchiligi qoidalariga muvofiq oʻzining soliq talabnomasiga nisbatan belgilangan taʼminlash choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) Mazkur moddaning 3- va 4-bandlari qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 3- yoki 4-bandlari maqsadlarida qabul qilingan soliq talabnomasiga nisbatan ushbu Davlatdagi soliq talabnomasiga boʻlgani kabi daʼvo muddatlari yoki ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq soliq talabnomasini birinchi navbatda koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi qoidalar tatbiq qilinmaydi. Bundan tashqari, Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 3- yoki 4-bandlari maqsadlari uchun qabul qilingan soliq talabnomasi, ushbu Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga koʻra bunday soliq talabidan farq qiladigan soliq talabnomasidan ustuvor maqomga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(6) Ahdlashuvchi Davlatning soliq talabnomasi mavjudligi, haqiqiyligi va summasi yuzasidan huquqiy jarayonlar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning sudlari yoki maʼmuriy organlarida qoʻzgʻatilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(7) Agar tegishli soliq talabnomasi Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 3- yoki 4-bandlariga muvofiq soʻrovnoma taqdim qilish paytida hamda boshqa Ahdlashuvchi Davlat tomonidan tegishli soliq talabnomasi summasi undirilishi amalga oshirilgunga va uni birinchi aytib oʻtilgan Davlatga oʻtkazilguniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻrovnomaga nisbatan mazkur moddaning 3-bandiga binoan birinchi aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatning soliq talabnomasi xususiyatini yoʻqotsa hamda u ushbu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga koʻra bajarilishi mumkin va ijro etilishi paytida uni bajarishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlmagan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa, yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soʻrovnomaga nisbatan mazkur moddaning 4-bandiga binoan dastlabki aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatning soliq talabnomasi xususiyatini yoʻqotsa va unga nisbatan ushbu Ahdlashuvchi Davlat oʻz qonunchiligiga muvofiq undirishni taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin boʻlsa,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki taʼkidlab oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organini bunday fakt yuzasidan zudlik bilan xabardor qiladi va boshqa Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organining murojaatiga muvofiq oʻz soʻrovnomasini toʻxtatib turadi yoki bekor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(8) Mazkur moddaning qoidalari hech qanday koʻrinishda Ahdlashuvchi Davlatga quyidagi majburiyatlarni yuklash sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoxud maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jamoat tartibiga (ordre public) zid boʻlishi mumkin boʻlgan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) boshqa Ahdlashuvchi Davlat uning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga binoan oʻzining soliq talabnomasiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan undirish yoki taʼminlash choralarini qabul qilishi boʻyicha har qanday tegishli choralarni batamom qoʻllab boʻlmagan hollarda maʼmuriy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Ahdlashuvchi Davlatning maʼmuriy xarajatlari boshqa Ahdlashuvchi Davlat bunday yordamdan oladigan foydasi bilan taqqoslansa nomutanosib darajada yuqori boʻlganda maʼmuriy yordam koʻrsatish.
(26a-modda Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida 2014-yil 14-oktabrdagi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Manbadan olinadigan soliqlarni qaytarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan olinadigan dividendlar, foizlar, litsenziya toʻlovlari yoki boshqa daromadlardan olinadigan soliqlar (manbadan) ushlab qolish yoʻli bilan undiriladigan boʻlsa, unda ushbu Bitim birinchi eslatilgan Davlatning soliqlarni uning milliy qonunchiligiga binoan ushlab qolishni amalga oshirish huquqiga daxl qilmaydi. Ushlab qolish (manbada) yoʻli bilan undiriladigan soliq soliq toʻlovchining arizasiga koʻra mazkur soliq ushbu Bitim taʼsiriga koʻra kamayadigan yoki bekor boʻladigan paytda va shunday miqdorda qaytarilishi lozim boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soliqning qaytarilishi uchun arizalar manbadan dividendlar, foizlar, litsenziya toʻlovlari yoki boshqa daromadlardan ushlab qolinadigan soliqlar belgilangan taqvimiy yildan keyingi uchinchi yilning tugashiga qadar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Daromadlar vujudga kelgan Ahdlashuvchi Davlat ariza beruvchidan uning boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti ekanligini vakolatli organ tasdiqlashini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vakolatli organlar oʻzaro kelishuvga koʻra ushbu moddaning amalga oshirilishini tartibga solishlari va, zarur boʻlganida, ushbu Bitimda nazarda tutilgan soliqlarni kamaytirishlar yoki ozod qilishlarning amalga oshirilishi yuzasidan boshqa protseduralarni belgilashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Bitimning maxsus hollarda qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim u Ahdlashuvchi Davlat tomonidan uning soliqqa tortishdan qochish yoki soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olishga doir milliy huquqiy hujjatlarning qoʻllanilishiga toʻsqinlik qiladi deb talqin qilinmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitimning 12-moddasi 2-bandida belgilangan chegaralangan soliq stavkalari qoʻllanilmaydi, agar harakat qiluvchi shaxslardan birining asosiy maqsadi ushbu Bitimning 12-moddasida belgilangan foydalardan, garchi tegishli operatsiya uchun hech qanday muqobil iqtisodiy asoslar mavjud boʻlmasada, litsenziya toʻlovlari toʻlanadigan huquqlarni asoslash va berish yoʻli bilan foydalanishga qaratilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar ushbu moddaning yuqorida bayon qilingan qoidalari ikki yoqlama soliqqa tortilishga olib keladigan boʻlsa, unda vakolatli organlar ushbu Bitimning 25-moddasi 3-bandi qoidalariga muvofiq bunday ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish usullari toʻgʻrisida oʻzaro aloqa bogʻlashga kirishadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning qoidalari diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar xodimlarining xalqaro huquq umumiy normalariga yoki maxsus bitimlar qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Qoʻshimcha hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilova qilinadigan Bayonnoma ushbu Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda
Bitimning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim ratifikatsiya qilinadi; ratifikatsiya hujjatlari mumkin qadar qisqa muddatlarda Toshkent shahrida oʻzaro almashinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim ratifikatsiya hujjatlari almashilgan kunda kuchga kiradi va uning qoidalari ikkala Ahdlashuvchi Davlatda quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) manbada ushlab qolinadigan soliqlarga nisbatan — Bitim kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning 1-yanvarida yoki 1-yanvaridan keyin toʻlanadigan summalarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa soliqlarga nisbatan — Bitim kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning 1-yanvaridan boshlanadigan davr uchun undiriladigan soliqlar summalariga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim kuchga kirishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi munosabatlarda Germaniya Federativ Respublikasi va Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi oʻrtasidagi 1981-yil 24-noyabrda imzolangan daromadlar va mulkka ikki yoqlama soliq solinishining oldini olish toʻgʻrisidagi Bitim quyidagilarga nisbatan oʻz kuchini yoʻqotadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) manbada dividendlar, foizlar va litsenziya toʻlovlaridan ushlab qolinadigan soliqlarga nisbatan — Bitim kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning 1-yanvarida yoki 1-yanvaridan keyin toʻlanadigan summalarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa soliqlarga nisbatan — Bitim kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning 1-yanvaridan boshlanadigan davr uchun undiriladigan soliqlar summalariga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda
Amal qilishni toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim nomaʼlum muddatga tuziladi, biroq har bir Ahdlashuvchi Davlat Bitimning amal qilishini boshqa Ahdlashuvchi Davlatga Bitimning amal qilishini Bitim kuchga kirgan kundan boshlab besh yil oʻtganidan keyin har qanday taqvimiy yilning 30-iyunigacha diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish yoʻli bilan denonsatsiya qilishi mumkin. Bu holatda ushbu Bitim quyidagilarga nisbatan kelgusida qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) manbada ushlab qolinadigan soliqlarga nisbatan Bitimning denonsatsiya qilinishi toʻgʻrisida bayon qilingan yildan keyingi taqvimiy yilning 1-yanvarida yoki 1-yanvaridan keyin toʻlanadigan summalarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa soliqlarga nisbatan — Bitimning denonsatsiya qilinishi toʻgʻrisida bayon qilingan yildan keyingi taqvimiy yilning 1-yanvaridan boshlanadigan davr uchun undiriladigan soliqlar summalariga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berlin shahrida 1999-yil 7-sentabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, nemis va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar autentikdir. Oʻzbek va nemis tillaridagi matnlar har xil talqin qilinganida rus tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida 1999-yil 7-sentabrdagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BITIMGA BAYoNNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida Bitim imzolanishi munosabati bilan, bunga tegishli tarzda vakolatlangan shaxslar ushbu Bayonnomaga kiritilgan quyidagi qoidalarni Bitimning ajralmas qismi ekanligiga kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 7-moddaga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agar Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasa orqali buyum yoki tovarlarni sotsa yoki unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, unda ushbu doimiy muassasa daromadining summasi korxonaning bunda olgan yalpi summasi asosida emas, balki doimiy muassasaning sotishga yoki tijoratchilik faoliyatiga tegishli boʻladigan taqdirlash haqlari asosida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agar korxona boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega boʻlsa, unda ushbu doimiy muassasaning kontraktlar bilan bogʻliq holda, xususan sanoat, tijorat yoki ilmiy uskunalar yoki obyektni loyihalash, yetkazib berish, montaj qilish yoki qurish yuzasidan kontraktlar bilan bogʻliq holda, yoxud davlat buyurtmalari bilan bogʻliq holda olingan daromadi summasi kontraktning umumiy narxi asosida hisoblab chiqilmaydi, balki kontraktning doimiy muassasa oʻzi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda amalda bajariladigan qismi asosida hisoblab chiqiladi. Doimiy muassasaga tovarlar yetkazib berishdan olingan daromad summalari yoki kontraktning korxonaning bosh boʻlinmasi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda bajariladigan qismiga bogʻliq holda olinadigan daromad summalari faqat ushbu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) Texnik xizmatlar, shu jumladan, tahliliy ishlanmalar yoki ilmiy, geologik yoxud texnik tusdagi loyihalar, konstruksiyalar, jumladan, ularga chizmalar haqidagi kontraktlar yoki maslahatchilik yoxud nazoratchilikka doir faoliyat uchun taqdirlash haqlari Bitimning 7-moddasi yoki 14-moddasidagi qoidalar qoʻllaniladigan taqdirlash haqlari, deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Doimiy muassasa ushbu korxonaning bosh boʻlinmasiga yoki boshqa doimiy muassasasiga toʻlaydigan summalar (amaldagi xarajatlarni qoplash summalaridan tashqari) yoki ushbu korxonaning bosh boʻlinmasi yoki boshqa doimiy muassasasi tomonidan quyidagi koʻrinishlarda hisoblanadigan summalarning chegirib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aa) patentlar yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun litsenziya toʻlovlari va boshqa taqdirlash haqlari,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bb) maxsus xizmatlar yoki menejment boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun taqdirlash haqlari yoxud
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ss) doimiy muassasaga bank tashkilotlarining vositachiligisiz berilgan kreditlar (zayomlar) uchun foizlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 7- va 9-moddalarga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadigan va unda boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti ishtirok etadigan kompaniya toʻlaydigan foizlar summalari, ushbu foizlar summalari bankka yoki boshqa shaxsga toʻlanishidan va kreditning (zayomning) amal qilish muddatidan qatʼi nazar, ushbu kompaniyaning birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladigan foydasini hisoblashda toʻliq chegirib tashlanishi lozim, deb kelishilgan hisoblanadi. Biroq bunday chegirma mustaqil korxonalar oʻrtasida taqqoslanma shart-sharoitlarda kelishilishi mumkin boʻlgan summalardan ortiq boʻlishi mumkin emas. Bundan oldingi qoidalar doimiy muassasa toʻlaydigan foizlarning summalariga ham tegishli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 10-moddaga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Germaniya Federativ Respublikasida soliqqa tortish maqsadlarida “dividendlar” atamasi oshkor etilmagan ishtirokchining uning shu tarzdagi qatnashishidan oladigan daromadlarini va investitsiya jamgʻarmalari sertifikatlari boʻyicha daromadning taqsimlanish summalarini ham oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 10- va 11-moddalarga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan moddalarning qoidalariga qaramasdan, Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan daromadlar shu Davlatning qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, agar ular:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) foydada ishtirok etishi nazarda tutadigan huquqlar yoki qarz talabnomalariga asoslangan boʻlsa (Germaniya Federativ Respublikasiga nisbatan oshkor etilmagan ishtirokchining shu tarzdagi ulushi bilan qatnashishdan oladigan daromadlarini, foydada ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan kreditlardan (zayomlardan), shuningdek foydada ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan obligatsiyalardan olinadigan daromadlar) va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shu daromadlarni toʻlovchining daromadini hisoblashda chegirib tashlanadigan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 19-moddaga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari tegishli ravishda Ahdlashuvchi Davlat yoki uning hududiy-maʼmuriy tuzilmasining texnikaviy yordam dasturi doirasida faqat ushbu Davlat yoki uning hududiy-maʼmuriy tuzilmasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatga uning roziligi bilan yuborilgan mutaxassislarga yoki koʻngilli yordamchilarga toʻlanadigan taqdirlash haqlariga nisbatan qoʻllanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari tegishli ravishda Gyote nomidagi Institut tomonidan yoki uning nomidan hamda, vakolatli organlar oʻrtasidagi kelishuvga binoan, Germaniya federativ Respublikasining shu singari muassasalari tomonidan beriladigan toʻlovlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Agar koʻrsatilgan toʻlovlar Germaniya Federativ Respublikasida soliqqa tortilmaydigan boʻlsa, ushbu Bitimning 15-moddasi qoidalari amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 26-moddaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qabul qiluvchi muassasa maʼlumotlardan 26-moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq faqat taqdim etuvchi muassasa koʻrsatgan maqsadlarda foydalanishi mumkin va bunda taqdim etuvchi muassasa tomonidan belgilangan hamda 26-moddada koʻrsatib oʻtilgan shartlar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Maʼlumot 26-moddaning 2-bandi 4-jumlasida nazarda tutilgan taqdim etuvchi Davlat vakolatli organining oldindan olingan roziligisiz boshqa maqsadlar uchun muayyan vaziyatda mavjud boʻlgan hayot, jismoniy daxlsizlik yoki shaxsning shaxsiy erkinligiga yoxud koʻp miqdordagi mulkiy boyliklarga bevosita xavfning oldini olish zaruriyati boʻlgan hollarda va kechiktirib boʻlmaydigan hollarda foydalanilishi mumkin. Mazkur holatda zudlik bilan taqdim etuvchi Davlat vakolatli organiga maqsadni oʻzgartirishga ruxsat berishni soʻrab keyinchalik murojaat qilinadi. Ruxsat berish rad etilgan taqdirda maʼlumotdan keyinchalik oʻzga maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas; maʼlumotdan oʻzga maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq ravishda yuzaga kelgan zarar qoplanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) Taqdim etuvchi muassasa, berilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi va ularning 26-moddaning 1-bandida nazarga tutilgan maʼnoga mos ekanligini, shuningdek, maʼlumotlarni berishdan koʻzlangan maqsadlarga muvofiqligini kuzatib borishi shart. Basharti aniq holatda boshqa Ahdlashuvchi Davlat soliqqa tortish huquqiga ega ekanligining jiddiy imkoniyati mavjud boʻlsa hamda ushbu maʼlumotlar boshqa Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organiga ayon ekanligi uchun hamda bunday maʼlumot berilmasa boshqa Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organi soliqqa tortishning predmeti toʻgʻrisida bilib olishi uchun asoslar mavjud boʻlmasa maʼlumot muhim hisoblanishi mumkin. Agarda taqdim qilinishi mumkin boʻlmagan ishonchsiz maʼlumot berilganligi aniqlansa, bu haqda qabul qiluvchi muassasa zudlik bilan xabardor qilinishi lozim. Qabul qiluvchi muassasa bu kabi maʼlumotlarni tuzatish yoki yoʻq qilishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Qabul qiluvchi muassasa maʼlumotlarni taqdim etuvchi muassasani uning iltimosiga koʻra aniq holatda berilgan maʼlumotlarning qoʻllanilishi va ular yordamida olingan natijalar haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Qabul qiluvchi muassasa taqdim etilayotgan muassasa tomondan maʼlumotlar toʻplanishi yuzasidan manfaatdor shaxsni xabardor qiladi. Basharti davlatning maʼlumot berishni rad etishdan manfaatdorligi koʻrsatib oʻtilgan shaxsning maʼlumot olishga boʻlgan manfaatdorligidan ustun boʻlsa maʼlumot berish majburiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) Arizaga binoan manfaatdor shaxsga unga tegishli maʼlumotlarning yuborilishi, shuningdek, undan foydalanishning taxminiy maqsadlari toʻgʻrisida xabar beriladi. “e” bandning ikkinchi jumlasi qoidalari tegishli tarzda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Agarda mazkur Bitim doirasida maʼlumot almashinuvi boʻyicha maʼlumotlarni berish bilan bogʻliq holda biror kimsaga noqonuniy zarar yetkazilsa, qabul qiluvchi muassasa uning oldida oʻz davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladi. U zarar koʻrgan shaxsga nisbatan zarar maʼlumot taqdim etuvchi muassasa tomonidan yetkazilganligiga havola qilib oʻzini oqlay olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) Taqdim etuvchi va qabul qiluvchi muassasalar jismoniy shaxslarga taalluqli maʼlumotlarning taqdim etilishi va qabul qilinishini hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Agarda taqdim etuvchi muassasa faoliyatini tartibga soladigan milliy qonunchilik jismoniy shaxslarga oid berilayotgan maʼlumotlarni yoʻq qilish boʻyicha alohida qoidalarni nazarda tutsa, taqdim etuvchi muassasa qabul qiluvchi muassasani bu haqda xabardor qiladi. Har qanday holatda ham jismoniy shaxslarga oid berilayotgan maʼlumotlar, agarda ulardan taqdim etishda koʻzlangan maqsadlar uchun qayta foydalanish talab qilinmasa, yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Taqdim etuvchi va qabul qiluvchi muassasalar jismoniy shaxslarga oid taqdim etilgan maʼlumotlarni ulardan foydalanish, ularni oʻzgartirish va oshkora qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarning qoʻliga tushishidan himoya qilishga majburdirlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida 2014-yil 14-oktabrdagi Bayonnoma tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 27-moddaga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Davlatlardan har biri ushbu Bitim 10-moddasining 2-bandi, 11-moddasining 2- va 3-bandlari va 12-moddaning 2-bandi qoidalariga binoan manba boʻlgan Davlatda soliqqa tortilmaydigan yoki kamaytirilgan holda soliqqa tortiladigan dividendlar, foizlar va litsenziya toʻlovlari boʻyicha, soliq summasi ushlab qolinmagan holda yoki faqat mazkur tegishli moddada nazarda tutilgan soliq miqdorining ushlanishini taʼminlaydigan protseduralarini ishlab chiqadi.