28.06.2013 yildagi 186-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiyalash investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ikkita “Boing 767-300ER” samolyotini Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga xarid qilishni moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK havo kemalari parkini “Boing” kompaniyasi (AQSH) ishlab chiqargan “Boing-767-300ER” samolyotlari bilan yanada yangilashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islom taraqqiyot banki (ITB) Ijrochi direktorlar kengashi tomonidan 2013-yil 19-mayda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiyalash” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Boing-767-300ER” rusumli uchinchi va toʻrtinchi samolyotlarni “Sotish (xarid qilish) va qayta lizing” shartlari asosida 12 yil muddatga umumiy qiymati 170 million AQSH dollari miqdorida moliyalashtirish maʼqullangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boing” kompaniyasi loyiha doirasida 2013-yil may oyida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKga uchinchi samolyotni yetkazib bergani va 2013-yil iyun oyida qurilgan hamda foydalanishga tayyor boʻlgan toʻrtinchi “Boing-767-300ER” samolyotini qiymati toʻlangandan soʻng yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olinadigan samolyotlar qiymati ITBning moliyaviy mablagʻlari hisobiga qoplanishini hisobga olib, “Boing” kompaniyasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tomonidan ilgari toʻlangan 60,63 mln AQSH dollari miqdoridagi avans va yetkazib berish toʻlovlari qaytarilishini kafolatlagani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Islom taraqqiyot banki va “Boing” kompaniyasi bilan kelishilgan holda uchinchi va toʻrtinchi “Boing-767-300ER” samolyotlarini sotib olishni moliyalashtirish tartibi 1* va 1-a ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITB moliyaviy mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul ijro etuvchi organ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sublizing toʻlovlarini toʻlash va ularga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan bitimlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining majburiyatlari yuzasidan, shuningdek, sublizing toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga ITB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari berilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyiha doirasida 2013-yilda uchinchi va toʻrtinchi “Boing-767-300ER” samolyotlarini sotib olish uchun ITB tomonidan beriladigan moliyaviy mablagʻlarni qaytarish jadvallari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2 va 3-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning sublizing toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining avval berilgan kafolatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va ITB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va ITB oʻrtasidagi bitimlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va ITB oʻrtasidagi Kafolat bitimlari boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror doirasida imzolanadigan bitimlarni tayyorlash uchun jalb qilingan xalqaro konsultantlar va yuridik kompaniyalar xizmatlari uchun haq toʻlanishi taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan birgalikda loyiha doirasida ilgari tuzilgan kredit shartnomalariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qaror doirasida imzolanadigan kelishuvlarning amal qilish davri mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yilda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK uchun sotib olinadigan uchinchi va toʻrtinchi “Boing-767-300ER” samolyotlari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va Islom taraqqiyot banki havo kemalarining oldi-sotdi, lizing va sublizing bitimlarini tuzish bilan bogʻliq barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITB tuziladigan bitimlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaida daromad (foyda) soliqlarini toʻlashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 28-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186-son

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 186-son qaroriga
1-a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi va toʻrtinchi “Boying-767-300ER” samolyotlarini sotib olishni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI

1. “Boing” kompaniyasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKga ikkita samolyot yetkazib bermoqda, ulardan uchinchisi 2013-yilning may oyida, toʻrtinchisi 2013-yilning iyun oyida yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi hamda Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 2013-yilda ikkita “Boing-767-300ER” samolyotini xarid qilishni moliyalashtirishga doir tegishli bitimlar (har bir samolyot uchun alohida) imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK samolyotlarni oldi-sotdi shartnomalari asosida samolyotlarga boʻlgan benefitsiar mulkchilik huquqini “Boing” kompaniyasidan xarid qilish qiymati boʻyicha ITBga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Islom taraqqiyot banki “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga “Boing” kompaniyasi bilan hisob-kitob qilishi uchun har bir samolyotning toʻliq qiymati miqdorida mablagʻ ajratmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK ITBdan olgan mablagʻlarni har bir samolyotning qiymati hisobiga “Boing” kompaniyasiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Boing” kompaniyasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasiga ushbu samolyotlar boʻyicha oldindan toʻlangan 60,63 million AQSH dollari miqdoridagi avans va yetkazib berish toʻlovlarining bir qismini qaytarmoqda. Bu summaga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 50,38 million AQSH dollari hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining 10,25 million AQSH dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK ilgari “Boing” kompaniyasiga avans toʻlovlari sifatida toʻlangan 50,38 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻni Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga muddatidan oldin qaytarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. ITB Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga samolyotlarni lizing bitimlari boʻyicha 12 yil muddatga lizingga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki sublizing bitimlari boʻyicha samolyotlarni “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga sublizingga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va ITB sugʻurta huquqlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolaydilar. Bu bitimlar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning ikkita “Boing-767-300ER” samolyotini sugʻurtalash boʻyicha tovon olish huquqini ITB foydasiga oʻtkazishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va ITB xizmat koʻrsatuvchi agent toʻgʻrisidagi bitimlarni, shuningdek, havo kemalarini sotib olish va sotish majburiyatlarini imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ITB bilan servis agenti toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha oʻz funksiyalari va majburiyatlarini “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi foydasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va ITB tuzilgan bitimlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining majburiyatlari boʻyicha Kafolat bitimlarini imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 186-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 13-iyuldagi 198-son qarori 3-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “texnika” soʻzidan soʻng “(toʻrtta “Boing-767-300ER” samolyoti va ularga moʻljallangan zaxira dvigateli bundan mustasno)” soʻzlari kiritilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toʻrtta “ Boing-767-300ER” samolyoti va ularga moʻljallangan zaxira dvigatel boʻyicha quyidagilar moliyalashtirish manbalari ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va ikkinchi samolyotlar, shuningdek, zaxira dvigatel uchun — texnika qiymatining 90 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditlari hamda texnika qiymatining 10 foizi miqdorida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning oʻz mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi samolyotlar uchun — Islom taraqqiyot bankining (ITB) texnika qiymatining 100 foizi miqdoridagi moliyaviy mablagʻlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiyalash” investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 3-fevraldagi 29-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova chiqarib tashlansin.