Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1252-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 26-iyundagi 213-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1252-5, 07.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 46-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2003-yil 2-maydagi 137-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252, 2003-yil 30-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 12-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-iyun,
79-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ular oʻz vazifalarini bajarishda qonun hujjatlariga, shu jumladan mazkur Yoʻriqnoma, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyruq va koʻrsatmalariga rioya etadi.”.
3. 8-bandning “b” kichik bandidagi “qaroriga muvofiq” degan soʻzlar “qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 15-bandda:
ikkinchi xatboshidan “, texnik shartlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositalari, ularning butlovchi qismlari va qoʻshimcha uskunalarining (maxsus bolalar oʻrindigʻi, mototransport vositalari uchun shlemlar, bosh suyanchigʻi va shunga oʻxshash mahsulotlar) tashkilot standartlari.”.
5. 16-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi standart va meʼyorlarga” degan soʻzlar “standartlashtirishga doir normativ hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 42-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “qarori bilan” degan soʻzlar “qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 12-son, 75-modda) bilan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 350-modda)