Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2017 25.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2470
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori, 25.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2470
Kuchga kirish sanasi
01.07.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2470]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2017-yil 3-noyabrdagi 22-2017, 22-qq-sonli “Oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2470-1 23.11.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 453-modda) 8-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2013-yil 3-iyun,

27-son

Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 3-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2013-yil 3-iyundagi 27, 18-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 453-modda), 2006-yil 16-fevraldagi 25-son “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 39-modda) qarorlariga muvofiq, oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining har yilgi monitoringini (bundan buyon matnda monitoring deb yuritiladi) olib borish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Monitoring har oʻquv yili davomida amalga oshiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (bundan buyon matnda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi (bundan buyon matnda Bosh ilmiy-metodik markaz deb yuritiladi), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi (bundan buyon matnda Rivojlantirish markazi deb yuritiladi) hamda oliy taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda tashkilotchilar deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Monitoringning asosiy maqsadi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatiga pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish natijalarining taʼsirini oʻrganish hamda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha davlat taʼlim standartlari talablari asosida namunaviy oʻquv reja va dasturlarni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Monitoring jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlari talablari asosida talabalarning oʻquv rejadagi fanlarni oʻzlashtirish darajasiga taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini va ularning yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha faoliyatini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va ular asosida xulosa va takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Monitoringni tashkil etishning asosiy yoʻnalishlari va tashkilotchilarning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Monitoring jarayonida quyidagi masalalar oʻrganiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadrlar dars berayotgan akademik guruh talabalarining oʻquv rejadagi fanlarni oʻzlashtirish darajasi va sifatini test sinovlari hamda reyting nazorati qaydnomalari asosida tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadrlar tomonidan ochiq, mahorat va koʻrgazmali darslari oʻtkazilganligi hamda ularning faoliyatini kafedra yigʻilishlarida muhokama qilinganligi va ommalashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadrlarning oʻquv va ishchi rejalari, oʻquv dasturlari, taʼlimni uzluksizligini taʼminlovchi malakaviy talab va tartiblar hamda boshqa oʻquv metodik hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar tomonidan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari boʻyicha egallangan yangi bilim va malakalarning taʼlim tizimiga joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarning xalqaro va respublika miqyosida erishgan yutuqlari, ularning oʻquv metodik, ilmiy va ijodiy faoliyati natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarning shaxsiy ish rejasida oʻzining kasbiy kompetentlik darajasini uzluksiz oshirib borishiga oid mustaqil ishlari mavjudligi hamda ularning amaliyotga tatbiq etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarning zamonaviy taʼlim usullaridan oʻquv jarayonida foydalanish darajasini talabalar orasida anketa soʻrovlari asosida aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Monitoring oʻtkazish jarayoniga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Rivojlantirish markazi va tegishli malaka oshirish muassasasi masʼul vakillari hamda oliy taʼlim muassasalaridan ekspertlar jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Monitoring jarayonida tashkilotchilarning vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring jarayonida ishtirok etadigan ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etadi va boshqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan test savollarini tegishli fan dasturlariga mosligi yuzasidan ekspertiza qilgan holda Davlat test markaziga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalarini tegishli oliy taʼlim muassasasida eʼlon qiladi hamda oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlarini oʻqitish sifati boʻyicha xulosa tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalaridan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlarini oʻqitish sifatini oshirib borish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Davlat test markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovlarini tashkil etadi va oʻtkazadi, Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbari va kuzatuvchilarni shakllantiradi hamda joylarga taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovlari natijalarini chiqaradi hamda ularni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Bosh ilmiy-metodik markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yagona elektron bazani shakllantiradi, monitoringni amalga oshirishga xizmat qiluvchi yagona elektron axborot tizimini ishlab chiqadi va joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalaridan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning taʼlim dasturlari va boshqa oʻquv metodik hujjatlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishning taʼlim jarayoni sifati va natijalarini tahlil qiladi, oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda oʻquv metodik materiallar tayyorlanishini, shuningdek mazkur yoʻnalish boʻyicha mintaqaviy va tarmoq markazlarida seminar-treninglar tashkil etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Rivojlantirish markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining monitoringini olib borish yuzasidan maxsus jadvallarni va anketa soʻrovnomalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari, davlat taʼlim standartlari talablari hamda namunaviy oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oliy taʼlim muassasalari har yili 20-yanvardan kechiktirmay oʻquv dasturiga mos keladigan, har bir mutaxassislik fanlari boʻyicha 120 tadan kam boʻlmagan test savollarini tayyorlaydi va Bosh ilmiy-metodik markazga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy taʼlim muassasalarida monitoring oʻtkazish rejasi Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan ishlab chiqilib, Davlat test markazi bilan kelishilgandan soʻng Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Monitoringni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Monitoring oʻquv yili davomida tanlangan oliy taʼlim muassasalarida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Monitoring oʻtkazish jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanni talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasi va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini hisobga olgan holda Davlat test markazi tanlovi asosida qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadr dars berayotgan akademik guruhdagi besh nafar talaba ishtirokida test sinovi oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrning dars berish sifati, uning ilmiy salohiyati, tajribasi, oʻquv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etganligi, mavzuni talabalarga yetkazib berish boʻyicha fikr-mulohazalarini oʻrganish maqsadida tegishli akademik guruh talabalaridan anketa soʻrovlari oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning oʻquv fanlaridan oʻzlashtirish darajasi va sifatiga taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish uchun ishlab chiqilgan maxsus jadval (shakl)lar asosida ushbu oliy taʼlim muassasasidan maʼlumotlar toʻplanadi, bunda pedagoglarning yillik oʻquv metodik ishlari, malaka oshirish natijasida taʼlim sifatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ilmiy-uslubiy faoliyati, shuningdek ilmiy loyihalar va grantlardagi ishtiroki, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashdagi faoliyati oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadrlarning taʼlim dasturlari va boshqa oʻquv metodik hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha bergan takliflari oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadrlar dars berayotgan akademik guruh talabalarining bilim sifati va natijalari reyting nazorati qaydnomalari asosida tahlil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarning xalqaro va respublika miqyosida erishgan yutuqlari, ular tomonidan malaka oshirish mobaynida oʻquv metodik, ilmiy, ijodiy faoliyati natijalari va tajribasi asosida ochiq, koʻrgazmali va mahorat darslari oʻtkazilganligi, ularning faoliyati kafedra yigʻilishlarida muhokama qilinganligi hamda ommalashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar tomonidan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari boʻyicha egallangan yangi bilim va malakalarini taʼlim tizimiga joriy etilganligi oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrning shaxsiy ish rejasida oʻzining kasbiy kompetentlik darajasini uzluksiz rivojlantirib borishiga oid tadbirlarning mavjudligi hamda ularni amaliyotga tatbiq etilganligi boʻyicha maʼlumotlar oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining monitoringi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadrlar faoliyati ular malaka oshirgandan keyin kamida olti oy oʻtgach, oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Monitoringni oʻtkazuvchi ishchi guruhiga pedagog kadrlarning faoliyatini oʻrganish boʻyicha taqdim etilgan barcha maʼlumotlarning aniqligi va haqqoniyligi uchun oliy taʼlim muassasasi rahbari masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Monitoring natijalari, xulosa va takliflar Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan umumlashtiriladi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻtkazilgan monitoring natijalari, unda ishtirok etgan har bir pedagog kadr faoliyatining koʻrsatkichlari va talabalarning oʻzlashtirishlari haqidagi maʼlumotlar va tavsiyalar tegishli oliy taʼlim muassasasi rahbariyatiga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taqdim etiladi va oliy taʼlim muassasalarida pedagog kadrlarning reytingini aniqlashda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oliy taʼlim muassasalarida tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha monitoring natijalari qoniqarsiz (malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadrlarning 55 foizidan ortigʻining faoliyati qoniqarsiz deb topilganda) boʻlgan hollarda mazkur yoʻnalish boʻyicha malaka oshirish kurslari faoliyati qoniqarsiz deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Monitoring natijalariga koʻra, barcha yoʻnalishlar boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadrlar faoliyati qoniqarsiz deb topilganda, biriktirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasasi navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb qilinadi. Faoliyati qoniqarsiz deb topilgan pedagog kadrlarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizom Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi, Davlat soliq qoʻmitasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYaTOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 3-iyun

Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 3-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 3-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 3-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 3-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 3-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURITDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 3-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi Boshqaruvi raisi A. RAMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 3-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 3-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi Bosh direktori Q. SANAQULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 3-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining monitoringi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKIChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadr dars berayotgan, jumladan mutaxassislik oʻquv fanlari dasturini talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasi va sifat koʻrsatkichi test sinovlari orqali aniqlanadi. Test natijalari oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga asosan 100 ballik tizimda baholanadi va unda 56 va undan yuqori ball toʻplagan talaba fanni oʻzlashtirgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Test sinovlari natijalariga koʻra, sifat koʻrsatkichiga erishgan talabalar soni testda qatnashgan talabalarning umumiy soniga boʻlinib, 100 ga koʻpaytiriladi. Pedagog kadr faoliyati erishilgan natijalar asosida ushbu koʻrsatkich boʻyicha 0 — 50 ball oraligʻida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadr dars berayotgan, jumladan umumkasbiy va mutaxassislik fanlari boʻyicha respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilgan olimpiada, sport musobaqasi va badiiy koʻrgazmalarda qatnashib, sovrinli oʻrinlarni egallaganlar soni malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadr faoliyatini baholaganda har bir sovrindor uchun: respublika miqyosida — 3 ball, xalqaro miqyosda — 5 ball beriladi, toʻplangan ball=(3ns+5ns)x100/guruhdagi talabalarning umumiy soniga boʻlingan holda hisoblanadi va natija 0 — 15 ball oraligʻida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pedagog kadrlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida va patentlar olishda qatnashganligi 0 — 3 ball, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflar mavjudligi 0 — 3 ball, modellar va dasturlar yaratishda bevosita ishtirok etganligi 0 — 3 ball, monografiya va ilmiy maqolalari chop etilganligi 0 — 3 ball, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishga doir oʻquv-meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqishda qatnashganligi 0 — 5 ball, ochiq maʼruzalari tashkil etilib, kafedralar yigʻilishi qarori bilan faoliyati ommalashtirilganligi 0 — 5 ball bilan baholanadi. Pedagog kadrlarning mablagʻ bilan taʼminlangan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qoʻshimcha 3 ball beriladi. Natijalar umumlashtirilib pedagog faoliyati 0 — 25 ball oraligʻida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadr tomonidan yaratilib, taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari huzuridagi muassasalararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan nashr etilgan har bir darslik va oʻquv qoʻllanma uchun 5 ball hamda ikki va undan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanma uchun 10 ball beriladi. Darslik va oʻquv qoʻllanma bir necha mualliflar tomonidan yozilgan boʻlsa, bir soni mualliflar soniga boʻlingan holda hisoblanadi. Natijalar umumlashtirilib pedagog faoliyati 0 — 10 ball oraligʻida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tegishli taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtgan pedagog kadr tomonidan toʻplangan umumiy ballar 56 dan past koʻrsatkichni tashkil etgan holda uning faoliyati qoniqarsiz deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy taʼlim muassasasining tegishli taʼlim yoʻnalishi boʻyicha faoliyati oʻrganilgan pedagog kadrlar tomonidan toʻplangan ballar yigʻindisi pedagog kadrlar umumiy soniga nisbati oʻrtacha 56 balldan past koʻrsatkichni tashkil etgan holda mazkur yoʻnalish faoliyati qoniqarsiz deb topiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 341-modda)