Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 04.03.2000 yildagi PF-2559-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Hujjat 30.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RANGLI METALLAR PARChALARI VA ChIQINDILARI OʻGʻIRLANIShI HAMDA NOQONUNIY ChETGA OLIB ChIQIB KETILIShINING OLDINI OLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish-texnika buyumlari parchalari va rangli metallar chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek qimmatli xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 5-fevraldagi PF-2212-son Farmoniga muvofiq rangli metallar parchalari va chiqindilarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlanganligi qayd etib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita bilan birgalikda ishlab chiqarish-texnika buyumlari parchalari va rangli metallar chiqindilarining chegara yaqinidagi temir yoʻllar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi boʻylab joylashgan avtomobil oʻtish va aylanib oʻtish yoʻllari orqali qonunga zid ravishda olib chiqib ketilishini bartaraf etish yuzasidan qatʼiy tezkor chora-tadbirlar koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, faqat “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati va uning mintaqaviy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlovchi vakolatli organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Rangli metallar parchalari va chiqindilarining jismoniy shaxslar tomonidan tayyorlanishi hamda ulardan “Oʻzikkilamchiranglimetall” jamiyati tayyorlovchi tashkilotlarida qabul qilinishi taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda ularning mintaqaviy organlarining rangli metallar parchalari va chiqindilari standartlar talablariga va sanitariya meʼyorlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari mavjud boʻlgan taqdirdagina ulardan xalq isteʼmol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda “Oʻzikkilamchiranglimetall” aksiyadorlik jamiyati ikkilamchi alyuminiyni hamda rangli metallar parchalari va chiqindilarini taqsimlash chogʻida xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaruvchi kichik va oʻrta biznesga tegishli qayta ishlash korxonalari ehtiyojlarini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzikkilamchiranglimetall” jamiyati va uning mintaqaviy boʻlinmalariga xalq hunarmandchiligi va amaliy sanʼatni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish uchun rangli metall parchalari va chiqindilarini sotishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda rangli metallardan tayyorlangan ishlab chiqarish-texnika buyumlarini oʻgʻirlash, rangli metallar parchalari va chiqindilarini sotib olish va noqonuniy ravishda olib chiqib ketish, havo va kabel liniyalari hamda elektruzatkichlarga qasddan zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisidagi takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi rangli metallar parchalari va chiqindilarini toʻplash, tayyorlash, saqlash va sotish yuzasidan nazoratni kuchaytirsin, rangli metallar parchalari va chiqindilari bilan muomala qilish boʻyicha har bir noqonuniy xatti-harakat yuzasidan batafsil tekshirish oʻtkazib, aybdor shaxslarni qonunchilikka muvofiq ravishda javobgarlikka tortsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari aholi oʻrtasida rangli metallar parchalari va chiqindilari bilan noqonuniy muomala qilish va ularni respublika hududidan olib chiqib ketish, havo va kabel aloqa liniyalari hamda elektruzatkichlarga qasddan zarar yetkazish uchun javobgarlik haqida keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 4-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2559-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 100-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 32-33-son, 241-modda; 2006-y., 37-38-son, 375-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son; 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)