O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RANGLI METALLAR PARChALARI VA ChIQINDILARI EKSPORTINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Rangli metallar ichki bozorini himoya qilish, vatanimizdagi ishlab chiqaruvchilarni xomashyo bilan ta’minlash maqsadida:
1. 1999-yil 15-fevraldan boshlab rangli metallar parchalari va chiqindilarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-martdagi PF-3982-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 95-modda)
2. “O‘zbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJga har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan hajmlarda rangli metallar parchalari va chiqindilarini eksport qilish huquqi berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi olib chiqib ketilishi taqiqlangan tovarlar, buyumlar va mahsulotlarning respublikadan tashqariga chiqarilishi chog‘ida belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 5-fevral,
PF-2212-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 2-son, 51-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 375-modda; 2008-y., 14-15-son, 95-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)