20.09.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilishda bilvosita soliqlar undirish prinsiplari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga intilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro savdo-sotiqning umumiy ravishda qabul qilingan norma va qoidalarini nazarda tutib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Umumiy taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim maqsadlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) "bilvosita soliqlar" atamasi — qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) "nol stavka" atamasi — Ahdlashuvchi Tomonlarning soliq qonunchiligiga muvofiq qoʻshilgan qiymatga nol foiz stavkasi boʻyicha soliq solishni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) "vakolatli organ" atamasi — Ahdlashuvchi Tomonlarning moliya vazirliklarini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Eksport qilishda soliqni undirish prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga eksport qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga bilvosita soliq solmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidasi qoʻshilgan qiymat soligʻiga nisbatan nol stavka qoʻllanilishini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Import qilishda soliqni undirish prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududidan eksport qilinib boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga import qiluvchi mamlakatda uning qonunchiligiga muvofiq soliq solinadi. Bilvosita soliqlar solish Ahdlashuvchi Tomonning boj olinadigan hududiga tovarlar import qilinganda import qiluvchi Tomonning bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidan eksport qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) importiga soliq solishda Ahdlashuvchi Tomonlar Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi bilan belgilangan soliq stavkalarini qoʻllashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi va bojxona poshlinalarini chegirmasdan, tovarlarning bojxona qiymatidan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Nizoli masalalarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi ushbu Bitim qoidalarini qoʻllash chogʻidagi kelishmovchiliklar Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar uchinchi mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilishda oʻz qonunchiligi doirasida bilvosita soliq solishning oʻxshash tizimini yaratishga qaratilgan kelishilgan harakatlar qiladilar. Vakolatli organlar, soliq qonunchiligiga rioya etish masalalari boʻyicha hamkorlik va oʻzaro yordam sohasida ilgari erishilgan ahdlashuvlar qoidalarini hisobga olgan holda, ushbu bandning amal qilish aniq tartibini ishlab chiqadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Bitimning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz milliy qonunchiligiga muvofiq ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan barcha ichki davlat tartib-qoidalarini bajarganligi toʻgʻrisida diplomatik notalar ayirboshlagan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomani yuborgan sanadan boshlab oʻn ikki oy oʻtgungacha oʻz kuchida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim faqat u kuchga kirgandan keyin etkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga nisbatan qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 20-sentyabrda Bishkek shahrida har biri oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)