Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
1997-yil 22-dekabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukimati va Rossiya Federatsiyasi Hukimati oʻrtasida noqonuniy moliyaviy operatsiyalarga, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (ajratib olish) bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy operatsiyalarga qarshi kurash sohasida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Bitim;
1997-yil 8-dekabrda Toshkent shahridada imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari, Tashqi ishlar vaziri mazkur nazarda tutilgan bitimlardagi Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 8-yanvar,
13-son