30.05.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2462
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 30.05.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2462
Kuchga kirish sanasi
03.06.2013
Hujjat 25.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2462]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 11-iyundagi 61-sonli “Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1827, 2008-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 241-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 30-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 30-apreldagi 42-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari — qonun hujjatlari va sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) taʼsis hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan yoki sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining rahbari — tayinlanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasi va berilgan ishonchnomaga asosan sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini yuritishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini yuritishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida boʻlinma — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiali (vakolatxonasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sugʻurtalovchilarning, sugʻurta brokerlarining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar (bundan buyon matnda nomzodlar deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanadi (saylanadi).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga (bundan buyon matnda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi) nomzodning mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni u sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga tayinlanishidan (saylanishidan) avval taqdim etishga majbur.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalarining shtatdagi soni 2 tadan kam boʻlmasligi lozim (sugʻurtalovchining alohida boʻlinmasining rahbari va bosh buxgalteri).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalterining boʻsh oʻrinlari 3 oy muddat ichida butlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Malaka talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sugʻurta sohasida 3 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi yoʻnalishlardagi bilimlarga ega boʻlishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) bosh buxgalteri quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlishi;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) buxgalter sifatida 4 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi, shundan sugʻurta sohasida buxgalter sifatida 2 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi yoʻnalishlardagi bilimlarga ega boʻlishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining rahbari quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sugʻurta sohasida 1 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining bosh buxgalteri quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlishi;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) buxgalter sifatida 1 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbari (bosh buxgalteri) etib, rahbar (bosh buxgalter) tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytgacha 1 yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari (bosh buxgalteri) boʻlib hisoblangan shaxs tayinlanishi (saylanishi) mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nomzodlarning malaka talablariga mos kelishini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl boʻyicha toʻldirilgan anketa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi xorijiy hujjatning tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organi guvohnomasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi (xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda);
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi. Oʻrindoshlik boʻyicha mehnat staji mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda mehnat daftarchasida qayd qilingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nomzodning mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablariga mos kelishini aniqlash uchun Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan Komissiya tashkil etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablariga mos kelishi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Nomzodlar bilan suhbat Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlangan va Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining veb-saytida joylashtirilgan savolnoma asosida oʻtkaziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablariga mos kelishi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya rais, rais oʻrinbosari va kamida uchta aʼzodan iborat boʻladi, shu jumladan kotib.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyasi tarkibiga Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi xodimlari kiritiladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya, Komissiyaning 50 foizdan kam boʻlmagan tarkibda Komissiya raisi yoki rais oʻrinbosarining majburiy ishtirokida yigʻilishlarni oʻtkazishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya ishi yigʻilish shaklida amalga oshiriladi va bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi (u boʻlmagan taqdirda esa — uning oʻrinbosari tomonidan) va yigʻilishlarda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiyaning ishini tashkil etish masalalari boʻyicha Komissiya kotibi tayinlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taqdim etilgan hujjatlar ishchi organga kelib tushgan kundan boshlab 2 kun muddatda Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya 10 kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi (suhbat oʻtkazadi) va nomzodning mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligi haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmagan va/yoki oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilgan taqdirda (ulardan biri yoki bir nechtasi), taqdim etilgan hujjatlar sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) barcha zarur hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan holda taqdim etmaguniga qadar Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritilmaydi, bu haqda ishchi organ 2 kun muddatda sugʻurtalovchini (sugʻurta brokerini) yozma ravishda ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) Komissiya qaror qabul qilgan kundan boshlab 3 kun muddatda yozma ravishda xabar beradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelmagan taqdirda, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) mos kelmaganlik sabablarini koʻrsatgan holda Komissiya tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 kun muddatda yozma ravishda xabar beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) mazkur Nizom talablarini buzgan taqdirda, sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________________________________________‎‎

‏Fotosurat
‎uchun

‎‎(sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) nomi

____________________________________________

‎(lavozimning toʻliq nomi))

‎‎

lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod
‎toʻgʻrisida maʼlumotlar
‎ANKETASI ‎‎

‎‎

‎‎Birinchi qism. Anketani toʻldirish qoidalari

‎‎

‎‎Anketaning barcha savollariga toʻliq va aniq javoblar berilishi, hamda anketaning biror qismi toʻldirilmasdan qolmasligi shart. Hatto bitta toʻldirilmay qolgan qismining mavjudligi, butun anketaning toʻliq toʻldirilmaganligini anglatadi va u sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) qaytariladi. Zarur boʻlgan taqdirda, toʻliq maʼlumot keltirish uchun anketaga qoʻshimcha varaqlar ilova qilinishi mumkin.

‎‎Anketaga soʻnggi 6 oy mobaynida qilingan 3 x 4 oʻlchamida rangli fotosurat biriktiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi qism. Anketa
‎‎
‎1. Anketa toʻldiruvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
‎‎

Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

1.‎

Familiyasi‎

2.‎

Ismi‎

3.‎

Otasining ismi‎

4.‎

Avvalgi familiyasi (agar familiya oʻzgargan boʻlsa)‎

5.‎

Tugʻilgan yili‎

6.‎

Tugʻilgan joyi‎

7.‎

Pasport raqami va seriyasi‎

8.‎

Yashash joy manzili‎

9.‎

Telefon raqamlari (uy, ish, uyali aloqa)‎

‎2. Oxirgi 10 yil mobaynida ish bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maʼlumotlar har bir
‎tashkilot va lavozim boʻyicha alohida keltiriladi)

Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

10.‎ Tashkilot nomi‎
11.‎

Tashkilotning anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzili‎

12.‎ Lavozim (lavozimlar)‎
13.‎ Ish davri‎

“___” _________ yildan
‎‎ “___”_________yilgacha ‎

14.‎ Ish bilan taʼminlanganlik tavsifi (keragini belgilang)‎ a) mehnat shartnomasi boʻyicha;
‎b) yakka tartibdagi tadbirkor;
‎v) ishlamagan. ‎

‎‎“b” va “v” bandlari boʻyicha batafsil maʼlumot
‎keltiring

‎‎

‎‎3. Maʼlumoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (faqat oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim koʻrsatiladi,
‎har bir muassasa boʻyicha alohida)

Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

15.‎ Oliy taʼlim muassasasining nomi ‎
16.‎ Ushbu muassasaning anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzili‎
17.‎ Taʼlim shakli (keragini belgilang) ‎ a) kunduzgi;
‎b) sirtqi;
‎v) kechki. ‎
18.‎ Kirgan sana‎
19.‎ Oʻqishni yakunlagan sana‎
20.‎ Olgan darajasi‎
21.‎ Olgan mutaxassisligi‎
22.‎ Taʼlim muassasasida oʻqishni yakunlaganligi toʻgʻrisidagi diplom yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami‎ Seriyasi _______
‎Raqami ________ ‎
23.‎ Agar anketa toʻldiruvchi ushbu taʼlim muassasasida oʻqishni yakunlamagan boʻlsa, sababini koʻrsating‎

‎‎4. Qoʻshimcha maʼlumotlar

‎‎
Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

24.‎

Anketa toʻldiruvchi u tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida
‎sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki
‎sud tomonidan uni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytgacha bir yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari
‎(‎bosh buxgalteri) boʻlib hisoblanganmi (keragini belgilang).‎

a) yoʻq;

‎ b) ha.
‎‎“b” javobi belgilangan taqdirda, tashkilot nomi va anketa toʻldiruvchining lavozimini koʻrsating
‎‎Men:
‎ushbu anketada keltirilgan maʼlumotlar haqiqiyligi va toʻliqligini;
‎ushbu anketani toʻldirish qoidalari bilan tanishganligimni tasdiqlayman
Anketa toʻldiruvchining toʻliq
‎familiyasi, ismi, otasining ismi
‎‎Anketa toʻldiruvchining imzosi
‎‎Imzo sanasi
‎‎Anketa toʻldiruvchi mening huzurimda anketaning har bir varagʻini oʻz qoʻli bilan
‎imzolaganligini tasdiqlayman.
‎‎Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) masʼul xodimining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi
‎‎Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) masʼul xodimining imzosi
Imzo sanasi‎
‎‎
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 296-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)