Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mis xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli, yuqori qoʻshilgan qiymatli, sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlarida barqaror ravishda talab qilinadigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qayd etilsinki, “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida loyihaning kapital qoʻyilmalar hajmi 35,48 mln AQSH dollariga teng boʻlgan miqdordagi texnik-iqtisodiy asoslashi ishlab chiqilgan va u vakolatli organlarda belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan.
Foydalanishga topshirish muddati 2013-yilning IV choragi etib belgilangan “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslashining asosiy texnik parametrlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova berilmaydi.
2. Quyidagilar loyihani moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
“Olmaliq KMK” AJning 10,28 mln AQSH dollariga teng summadagi oʻz mablagʻlari, jumladan maxsus investitsiya hisob raqamlari mablagʻlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
“Ipoteka bank” ATIBning 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yildan iborat imtiyozli davrga, 6,0 yillik foiz stavkasi bilan berilayotgan 12,27 mln AQSH dollari summasidagi krediti;
“Ipoteka bank” ATIBning 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yildan iborat imtiyozli davrga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha berilayotgan 12,93 mln AQSH dollariga teng summada milliy valyutadagi krediti.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi amalga oshirilishini taʼminlash uchun “Olmaliq KMK” AJ tomonidan quyidagi kompaniyalar bilan:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
“Jiangsu Xingrong Nigh Tech Co., Ltd” (XXR) bilan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 19-iyundagi F–3858-son farmoyishiga muvofiq, umumiy qiymati 9,67 mln AQSH dollari boʻlgan texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish va yigʻish, shef-montaj hamda ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish yuzasidan;
“TOSHELECTROAPPARAT” MCHJ XK bilan — umumiy qiymati 3,79 mln AQSH dollariga teng boʻlgan, foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan loyihalash, qurish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajargan holda elektrotexnika asbob-uskunalarini tayyorlash va yetkazib berish yuzasidan;
“SAM Bouilding Contracting LLC” (BAA) bilan — umumiy qiymati 5,57 mln AQSH dollari boʻlgan ishlab chiqarish binosining metall va devor konstruksiyalarini, uning uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish hamda ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish yuzasidan kontraktlar tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Ipoteka bank” ATIBga loyihani amalga oshirish doirasida “Olmaliq KMK” AJ bilan umumiy summasi 25,20 mln AQSH dollariga teng boʻlgan kredit shartnomalarini bir nafar qarz oluvchi yoki oʻzaro bogʻliq boʻlgan qarz oluvchilar guruhi uchun maksimal tavakkalchilik boʻyicha normativni qoʻllamasdan tuzishga istisno tartibida ruxsat etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Olmaliq KMK” AJning “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida vujudga kelgan mulkiy kompleks negizida “Olmaliq KMK” AJ tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinma tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
7. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“Olmaliq KMK” AJ “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish, jalb etilayotgan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jalb etilayotgan kreditlarni qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Olmaliq KMK” AJning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. “Olmaliq KMK” AJga, istisno tartibida, “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
2013-yil 30-sentabrgacha qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda amalga oshirish;
zarurat boʻlganda, subpudrat ishlarini bajarish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida respublikaning ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj va boshqa tashkilotlarini jalb etgan holda qurilish-montaj ishlarini oʻz kuchlari bilan amalga oshirish huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin va koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” AJning buyurtmanomalariga binoan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” AJning buyurtmanomalariga binoan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarning vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik propiskadan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Olmaliq KMK” AJning buyurtmanomalariga binoan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish yuzasidan ruxsatnomalarning belgilangan tartibda berilishini (ularning muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 250-modda)
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-may,
146-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 284-modda; 2017-y., 15-son, 250-modda)