27.05.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2459
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 27.05.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2459
Kuchga kirish sanasi
03.06.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Metall va nometall noorganik qoplamalar ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2459]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Metall va nometall noorganik qoplamalar ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 14-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 14-maydagi 31-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Metall va nometall noorganik qoplamalar ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar metall va nometall noorganik qoplamalar ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar metall va nometall noorganik qoplamalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar binolarni va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va taʼmirlashda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkilotlar oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishlari lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar hamda amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xodimlarni ishlab chiqarish muhitining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Xodimlar Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 248-modda) va Sanoat va qishloq xoʻjaligi sohasida ishlovchi umumiy kasb xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1877, 2008-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 486-modda) muvofiq yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga ega boʻlishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tashkilot xonalari va ish hududidagi harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tashkilotlarda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Transport vositalari va piyodalarning harakatlanish chizmasi tashkilotlarning kirish, chiqish, ish uchastkalari va sexlarining koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Tashkilotning hududi koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmogʻi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan va karnizlari esa muzlardan tozalab turilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Tashkilotlarning hududi GOST 12.4.009-83 “Obyektlarni himoyalash uchun yongʻin texnikasi. Asosiy turlari. Joylashishi va xizmat koʻrsatilishi” talablariga mos keluvchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Tashkilot hududi har kuni tozalanadigan, shuningdek dezinseksiya, dezinfeksiya va deratizatsiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Xodimlar uchun alohida chekish joylari belgilanib, maxsus idishlar qoʻyilishi va “Chekish joyi” degan yozuv bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ishlab chiqarish va yordamchi binolar, inshoot va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi lozim.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Ishlab chiqarish binolarining havosidagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0294-11 “Ish joyidagi havodagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorining gigiyenik meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq oʻtkazuvchi pollarida (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal beruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Darvozalar balandligi foydalanilayotgan transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki martadan (bahor va kuzda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlash jarayonlari vaqtida halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º C, oʻrtacha ogʻir ishda 17º C va ogʻir ishda 16º C dan past boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 22o C dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Xonalarda shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(13-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Tashkilotlarning ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yetib kelgunga qadar zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi va suv quvurlari boʻlmaganda, maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20 °C gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi boʻlmaganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining boʻlishiga ruxsat etiladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar bilan toʻsib qoʻymaslik kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Yoritish vositalari koʻzni qamashtirishidan saqlash uchun choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Tashkilotlarda maishiy va ovqatlanish xonalari hamda tibbiy punktlar boʻlishi kerak. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi lozim.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni tashkilotning umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Tashkilot atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi va ushbu idishlar boʻshatilgandan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(100-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar

101. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm toʻxtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning toʻxtashi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorugʻlik signallari boʻlishi kerak. Signal elementlari (elektr qoʻngʻiroq va oʻchib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan boʻlib, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Liniya toʻxtagandan soʻng, ovozli va yorugʻlik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur toʻsiqlar, himoya va saqlovchi moslamalar hamda qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ish joylariga va ishlab chiqarish binolariga begona shaxslar kirishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Kollektordan chiqadigan suyuqlik miqdori va inersiya natijasida statik tok hosil boʻlishini hisobga olgan holda kollektor sim orqali yerga ulanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Ishlab chiqarish binolariga (omborxona, sex, laboratoriya, uchastka va boshqa) yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Sexlarda (boʻlimlarda, omborxonalarda, ustaxonalarda, laboratoriyalarda va boshqa ish uchastkalarida) yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha, shuningdek yongʻin oʻchirish anjomlarining soz holda boʻlishiga shu boʻlinmalarning boshliqlari yoki boshliq vazifasini bajaruvchi xodimlari masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan ishlab chiqarish binolari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Yongʻinga qarshi suv havzalari doimo soz holatda va ichidagi suv hajmi yongʻinni oʻchirish uchun yetarli boʻlishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Qoʻlda yasalgan, avtomatika tizimi nosoz boʻlgan yoki yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan maishiy isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(120-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Tok uzatilmaganligi sababli uskuna toʻxtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va yerga ulangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Tashkilotning barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Momaqaldiroq vaqtida elektr oʻlchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Qoplamalarni ishlab chiqarish va metallarga kimyoviy ishlov berishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Qoplamalarni ishlab chiqarish va metallarga kimyoviy ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash, tashkil etish va olib borishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zararli va yongʻin uchun xavfli moddalarni zararli, zararsiz va yonmaydigan moddalarga almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
organizmga zararli taʼsir koʻrsatuvchi moddalar va eritmalar bilan bevosita ishlashning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari manbai hisoblangan texnologik jarayonlarni amalga oshirishda uskunalarni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va germetiklash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Texnologik uskunalar, jihozlar va boshqa elektr uskunalar ishlash jarayonida statik elektr hosil boʻlishi mumkin boʻlgan hollarda zaminlashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Organik eritmalar bilan yogʻsizlantirishda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tortuvchi-soʻrib oluvchi ventilyatsiyali va yongʻinni oʻchirish vositalari oʻrnatilgan alohida binoda amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik usulda bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
antistatik qoʻshimchali eritmalar qoʻllanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish boshlashdan oldin eritmalar aralashtirib olinishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Qoʻlda artib yogʻsizlantirishda statik elektr toʻplanmaydigan ip-gazlama matodan (salfetka va tampon) foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Xlorli uglevodorodda yogʻsizlantirish germetiklangan uskunalarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Binoda yogʻsizlantirish uchun organik eritmalar smena ehtiyojidan oshmagan miqdorda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Ish tugagandan keyin ishlatilgan artish matosi zich yopiladigan metall qutilarga solib, maxsus joyga chiqarib tashlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Elektrokimyoviy yogʻsizlantirishda eritma yuzasidagi koʻpik vaqti-vaqti bilan olib tashlanishi va uchqun chiqishining oldini olish uchun choralar koʻrilishi kerak. Bunda koʻpik metaldan ishlangan va ishqorli muhitga chidamli asbob bilan olib tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Yonuvchi ishqor konsentratsiyali eritma va ishqorli quyma bilan ishlaganda ogohlantiruvchi eritmani vannadan toʻkish uchun quyidagi xavfsizlik choralari koʻrilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklashdan oldin detallar va asboblarning sirtidagi suvlar quritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eritmani toʻgʻrilashdan oldin quyma qotgunga qadar 100° C gacha sovutilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishqor maxsus asbob (teshikli chelak va setka) bilan vannada eritilishi va qorishtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vanna tubigacha yetadigan trubka orqali ishqorli eritmani qoʻshish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eritmali vannada ishlaganda ishqor kuzatib turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy oksidlash vannasini ishga tayyorlashda ishqorning vanna yuzasida va tubida qotib qolgan qobigʻi buzib chiqilishi va eritma kerakli haroratga kelgunga qadar isitilib aralashtirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Ajralib chiqadigan zararli bugʻlar xodimlarga taʼsirini kamaytirish uchun quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy ishlov berish kislotalariga koʻpirtiruvchi yoki kimyoviy ishlov berish ingibitorlarini qoʻshish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xromlashda elektrolitlarga xromin qoʻshimchasi qoʻshish yoki vanna oynasi shisha yoki gʻovak sharchali plastmassa bilan qoplanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aluminiyli qotishmalar oltingugurt kislotali va xrom kislotali oksidlash vannasi sathini penoplast bilan qoplanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Elektrsayqallash jarayonlarini oʻtkazishda quyidagi choralar koʻrilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtanglarni tutashuviga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
detallarni qattiq birikishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vannada ishlash vaqtida detallarni yuklash, tushirish va silkitmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ventilyatsiya toʻxtab qolganda elektrsayqallashni toʻxtatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Magniyli va titanli qotishmalarni kimyoviy qayta ishlashda quyidagi xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magniyli detallarni eritilgan ishqorga solmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magniyli qotishmalarga kimyoviy ishlov berish eritmalarida azot kislotasi konsentratsiyasi 50 g/l dan oshmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qalay miqdori yuqori boʻlgan titan qotishmalarini ishqor eritmalarida qayta ishlamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
titan va uning qotishmasini tutayotgan azot kislotasi bilan toʻqnashishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida azot kislotasi boʻlgan eritmada titanga kimyoviy ishlov berishda ishlov berilayotgan detal yuzasi bilan eritma hajmi mutanosibligiga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
poʻlatdan tayyorlangan texnologik asbob-uskunalardan (ilmoq, setka va boshqalar) foydalanmaslik va poʻlat ilmoqlarni polimer materiallar (polietilen, ftoriplast va polixlorvinil) bilan izolyatsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magniy va titandan boʻlgan buyumlar qayta ishlanadigan binolarda kislota va ishqorlarni saqlamaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Magniy va uning qotishmasini suv, tetraxlorli oʻt oʻchirgich va karbonat kislota bilan soʻndirish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Yonayotgan titanni oʻchirish uchun suv, karbonat kislota, azot, toʻrt xlorli karbonat va qum ishlatmaslik kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Qayta ishlangan sianidli tuz eritmalari, tozalashdan keyingi choʻkmalar va yuvishda ishlatilgan suv kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar tozalash inshootlarida zararsizlantirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Ishlovdan oʻtgan kislota va ishqor eritmalari oqar suvga tashlanishidan oldin neytrallashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Kimyoviy va elektrokimyoviy ishlov berish vannalari yon devorlarida soʻrish tuynuklari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Yuqori haroratda ishlaydigan vannadagi mahalliy tortuvchi ventilyatsiya vanna isitilishidan oldin yoqilishi va toʻliq sovutilgandan soʻng oʻchirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Tarkibida xavfliligi 1 va 2-toifali moddalar boʻlgan vannalar, shuningdek ishlash chogʻida kislota va ishqorlarning yuqori konsentratsiyasi boʻlgan tuman ajralib chiqadigan eritmali vannalar (xromlash vannasi, titanga, alyuminga kimyoviy ishlov berish, oksidlash va fosfatlash vannasi) qopqoq va quyuvchi asboblar (sifon va nasos) bilan jihozlangan boʻlishi va eritmalarning isitilishi avtomatik tarzda tartibga solib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Sianidli elektrolit vannalar qopqoq va qulf bilan jihozlanishi zarur. Vannalarning qopqoqlari ishlash vaqtida yopilishi, ish tugagandan soʻng va tanaffusda vannalar qopqoqlari yopilib qulflanishi lozim. Kalitlar sex boshligʻiga yoki uning oʻrinbosariga topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Avtomatik va yarim avtomatik liniyalardagi sianidli elektrolit vannalarga ish vaqtidan tashqari unga oʻtish imkonini bermaydigan toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlsa, qopqoqlarni oʻrnatmaslikka ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Elektrokimyoviy jarayonlarni bajarishda tokdan shikastlanmaslik uchun quyidagi choralar koʻrilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtanglar vanna korpusidan ishonchli izolyatsiyalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
detallarni ortish, tushirish, kontaktlarni toʻgʻrilash va shtanglarni tozalash oʻchirilgan tokda amalga oshirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Sachrash yuzaga kelgan taqdirda, eritmalarni quruq muz bilan sovutmaslik kerak. Vannalar sovutish uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Ilish asboblari kislota va ishqorga chidamli materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Vannaga tushib ketgan detallarni vannadan kuchlanishni va isitgichni oʻchirgan holda uzun dastali belkurak, ilmoq va magnit yordamida olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Sianidli vannalarda qoʻllaniladigan instrumentlar farqlanadigan rangda boʻyalgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Anodlar vannadan chiqarib olinib, suv bilan yuvib tashlangandan soʻng tozalanishini zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Uskuna taʼmirlashdan oldin nam holatda tozalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Uskunani qismlarga ajratish, tozalash va taʼmirlashda qoʻllaniladigan barcha instrument va asbob-uskunalar ish tugagandan soʻng, zararsizlantirilishi va yuvilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Ishchilar taʼmirlash ishlariga kirishishdan oldin, xavfsiz ishlash usullari boʻyicha yoʻl-yoʻriq bilan tanishtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Moy va moylash bilan ishlov beriladigan qismlar boshqa ishlab chiqarish jarayonlaridan izolyatsiyalangan boʻlishi va yongʻinni oʻchirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va chiqindilarni saqlash va transportda tashishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni transport vositalarida tashishda yuk tashish qoidalariga rioya qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotning hajmi mazkur ishni bajaruvchi qurilmaning pasportida koʻrsatilgan oʻlchamlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Omborxonada ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari javonlar oraligʻidagi yoʻlakning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Omborxonaning devorlari boʻylab oʻralgan har bir javonda olti taxlamgacha boʻlgan miqdorda xom ashyo, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni saqlash lozim. Taxlamlar oraligʻidagi masofa 0,5 m dan, yon tomon maydonlardagi taxlamlar bilan oraligʻi esa 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari boʻyicha xavflilik darajasini belgilash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Ikkilamchi xom ashyolar tashkilotga infeksiyaga qarshi dorilangan va bogʻlamlarga oʻralgan holda qabul qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Ikkilamchi xom ashyo bogʻlamlarini yopiq omborxonalarda yoki qattiq qoplamali soyabonli maydonlarda saqlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m dan kam boʻlmagan holda baland va 0,5 m dan kam boʻlmagan holda yonmaydigan devor bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Ikkilamchi xom ashyo taxlamlari balandligi 5 m dan va har bir taxlam oʻlchami 0,25 x 0,15 m dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Quti va qoplardagi yuklar omborxonada agʻanamaydigan va surilib ketmaydigan qilib ustma-ust taxlangan boʻlishi lozim. Qoʻlda taxlanganda uning balandligi 3 m dan, yuk koʻtarish mexanizmi yordamida taxlanganda esa 6 m dan oshmasligi lozim. Eng yuqoridagi qop bilan ship orasidagi masofa kamida 1 m boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Chiqindilarni yigʻish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Yuk saqlanadigan omborxona va maydonchalar hududining kirish joylarida transport vositalarning harakat yoʻnalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari koʻrsatilgan sxemalar osib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Omborxonalardagi belgilangan normadan ortiq boʻlgan yuklarni tashish va taxlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Kimyoviy moddalar maxsus jihozlangan binoda (omborxonada) kimyoviy taʼsir xususiyatiga koʻra bogʻliqligi boʻyicha alohida joylarda saqlanishi zarur. Omborxonalarda har xil kimyoviy moddalar birgalikda saqlanishi uchun ularning roʻyxati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Har bir kimyoviy modda texnik koʻrsatmalar talablari hisobga olingan holda saqlanishi lozim. Kimyoviy moddalarni ochiq holda (tarada) saqlash taqiqlanadi. Taralarda yozuv, etiketka yoki modda nomi tushirilgan yorliq, texnik talablar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Kislota saqlash xonalarida favqulodda holatda kislota, suv, ohak eritmasi yoki toʻkilgan kislotani neytrallash uchun soda va himoya vositalari uchun zaxira idishlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Kislotali rezervuar va idishlarda “Xavfli kislota” yozuvi va kislotaning nomi yozilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. Kislota uchun rezervuarlarga benzin, kerosin, yogʻ va spirt tushishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Ushlagichli savatlarga yoki yogʻoch panjarali qutiga qadoqlangan kislotali butilkalarni guruhlari boʻyicha 2 — 4 qator qilib, har bir guruhda 100 donadan koʻp boʻlmagan holda saqlash zarur. Guruhlar orasidagi oʻtish yoʻlagining kengligi 1 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Butilkalar xlorli kalsiy eritmasi shimdirilgan material bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190. Kislotalarni boshqa kimyoviy moddalar va materiallar bilan birgalikda saqlamaslik kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Qattiq oʻyuvchi natriy (oʻyuvchi kaliy) temir barabanlarda, suyuq oʻyuvchi natriy (kaliy) — temir banka, idish (bak), barabanlarda, yozda esa shisha butilkalarda yumshoq qatlam bilan panjaralangan holda saqlanishi lozim. Oʻyuvchi natriyli idishlarda “Xavfli — oʻyuvchi natriy” (oʻyuvchi kaliy) yozuvi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Sianidli birikmalar va kislotalarni birgalikda saqlamaslik kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Detallarga kimyoviy ishlov berishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Detallarni kimyoviy ishlov berish usuli bilan tozalashda ishlov berish va yuvish vannalari yonma-yon joylashtirilishi kerak. Bunda yuvish vannalari oʻrtasidagi oraligʻi polga eritma tushishini oldini olish uchun rezina toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Detallarga kimyoviy ishlov berish usulida yuvish vannalari oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga berk quvurlar orqali ulangan boʻlishi lozim. Eritgichlarni ochiq tarnovlar va ariqchalar orqali oqizish taqiqlanadi.
(194-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. Yuvish vannalari joylashgan joydagi pol yogʻochli katak-katak panjaralar bilan qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Detalga kimyoviy ishlov beruvchi ishga aloqasi boʻlmagan boshqa shaxslarning kirishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197. Toʻkilgan va ishlatilgan aralashmalar (kislota) zararsizlantirilgandan soʻng oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga oqizilishi kerak.
(197-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198. Detallarga isitilgan kislotalar bilan ishlov berishda uning harorati 35°C dan va oltingugurt kislotasida 65°C dan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199. Kimyoviy ishlov berish usulida tozalanadigan detallar quritilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200. Har bir yuvish vannasida undan foydalanish, aralashma tarkibi va harorat rejimi koʻrsatilgan jadval boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Yuqori haroratgacha qizdiriladigan aralashmali, agressiv aralashmali, shuningdek yon tomonlama soʻrgʻichlarsiz uzoq texnologik jarayonda boʻladigan yuvish vannalari qopqoqlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Kislotalarni, ishqorlarni, tuzlarni eritish va eritmalarni zararsizlantiruvchi baklar, toʻplagichlar va oʻlchagichlar qopqoqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203. Yuvish vannalarini koʻchirish va oʻrnatish, xonalardan chiqindilarni chiqarish ishlari mexanizatsiya yordamida bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204. Baraban va boshqa idishlardan tuz va ishqorlarni tushirish mexanik va gidravlik qurilmalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205. Yuvish vannalariga katta miqdordagi xavfli suyuqliklarni berish ishlari nasoslar yoki vakum-nasoslar bilan, shuningdek kombinatsiyalashgan usulda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206. Yuvish vannasini isitish, haroratni nazorat qilish, detallarni yuvish vannasiga botirishdan oldin isitish, gidrid natriy generatoriga gaz berish, kaustik erishiga qarab generator holatini toʻgʻrilash ishlari maxsus avtomatlashtirilgan uskunalarda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207. Detallarni kimyoviy ishlov berish usullari bilan tozalashda eritmalar uning tarkibiy qismlari kimyoviy tekshiruvdan oʻtkazilganidan soʻng tayyorlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208. Aralashma kimyo muhandisi yoki usta boshchiligida, xodimga aralashma tarkibi, tarkibiy qismlari miqdori, solish ketma-ketligi va tayyorlanishini nazorat qilish ishlari haqida berilgan yozma koʻrsatma asosida tayyorlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209. Kislotalarni, ishqorlarni va tuzlarni koʻtarish va joyini oʻzgartirish maxsus aravalar yoki moslamalar yordamida amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210. Kimyoviy modda idishlarining qopqogʻi maxsus moslamalar bilan ochilishi lozim. Qadoqlash, tortish, kimyoviy moddalarni eritish va aralashmani yuvish vannasida aralashtirish ishlari ham maxsus moslamalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Butilkaga suyuqlik quyishdan oldin havo chiqaradigan naychali yopiq voronka qoʻyish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. Aralashmalarni tayyorlashda yuvish vannasini suv bilan toʻldirish, azot yoki fosfor kislotasini quyish va shundan soʻng, oltingugurt kislotasini quyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213. Yuqori konsentratsiyali azot kislotasi bilan ish olib boriladigan joylarda quruq buyumlar boʻlmasligi lozim, ular olib qoʻyilishi yoki suv bilan hoʻl qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214. Detallar ilish moslamalariga ilinganda, ular yuvish vannasiga tushib ketishining oldini olish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215. Ilish moslamalari (ilgaklar va savatlar) mustahkam va qulay boʻlishi hamda kislota va ishqorlar taʼsiriga chidamli materiallardan tayyorlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216. Moslamalarga detallarni mahkamlash ishonchli boʻlishi lozim. Moslamalarga mahkamlangan detallarning ishonchliligi yuvish vannasidan tashqarida silkitib koʻrib tekshiriladi. Yuvish vannasi ustida detallar ilgakka mahkam osilganligini tekshirish uchun ularni silkitib koʻrish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217. Detal yuvish vannasiga tushib ketgan hollarda, detal tok va qizdirgich oʻchirilgandan soʻng maxsus moslamalar yordamida olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218. Yuvish vannasiga detallarni solish va olish ishlari siltamasdan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga (qurilmalariga) qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219. Uskunalarning konstruksiyasi GOST 12.2.003 — 91 “Ishlab chiqarish jihozlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq boʻlishi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar soz holatda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220. Uskunalarning konstruksiyasida uning tarkibiy qismi boʻlgan bugʻ oʻtkazgichlar va elektr simlarining zararlanish xavfi bartaraf etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab boʻladigan oʻtkir boʻgʻinli, hoshiyali va tikanli boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222. Uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari uning korpusida joylashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223. Uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, toʻr) yoki tez ochiladigan boʻlishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini toʻxtatish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
224. Uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225. Xavfli joylarda muhofazalash qurilmalari va himoya vositalari boʻlmagan jihozlarda ishlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
226. Buzilgan jihoz ustiga unda ishlash mumkin emasligini bildiruvchi va ogohlantiruvchi belgi qoʻyilishi lozim. Qurilmada uni taʼmirlash ishlari tugatilmaguniga qadar ishga tushib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan choralar koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Detallarga kimyoviy ishlov berish uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227. Yuvish vannasiga xizmat koʻrsatish maydonchalarining eni kamida 1,5 m boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228. Kislotalar bilan ishlash uchun moʻljallangan barcha uskunalar zangga chidamli boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229. Kislota va kaustikaga moʻljallangan barcha uskunalar ularning diametriga koʻra koʻzdan kechirish va tozalash uchun tushish teshiklari va lyuklar bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230. Tuzlar, ishqorlar va kislotalarni eritish va zararsizlantirish idishlari, toʻplagichlari va oʻlchagichlarining qopqogʻi bino tomidan yuqoriga chiqarilishi lozim boʻlgan naychalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231. Uskunalarning koʻrish oynalari 2-3 mm qalinlikdagi metall toʻr bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232. Bosim ostida ishlovchi barcha uskunalarning koʻrsatkichlari monometrlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233. Yuqorida joylashgan kislota oʻlchagichlar sath oʻlchagichi va quyish qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234. Uskunaning nazorat-oʻlchov asboblari xodimning ish joyiga oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
235. Har bir uskuna pasport, kommunikatsiyalarga ulanishining bajarilish chizmasi, tuzilishiga kiritilgan oʻzgarishlar haqidagi maʼlumotlar, foydalanishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek xavfsiz foydalanish qoʻllanmasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236. Yaroqlilik muddati oʻtgan uskuna uning ishga yaroqliligi boʻyicha texnik xulosa boʻlganda foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirish va ish joylarini tashkil etishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237. Uskunalarni joylashtirishda ishlovchilarni xavfsiz evakuatsiya qilish taʼminlanishi hisobga olinishi, texnologik jarayonlar oqimida sianidli vannalarni oʻrnatishda sianidli va kislotali vannalar (kimyoviy ishlov berish, tindirish) oraligʻida yuvuvchi vannalar yoki ishqor eritmali vannalar toʻldirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
238. Vannalarning balandligi xizmat koʻrsatish maydoni darajasidan kelib chiqqan holda 0,85 — 1 m atrofida boʻlishi lozim. Har bir vannada vannaning ahamiyati, eritma tarkibi va detallarga ishlov berish rejimi koʻrsatilgan taxtacha boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239. Detallarni vannadan vannaga oʻtkazishda polga eritma tushishining oldini olish uchun vannalar oraligʻi yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
240. Uskunaning yoqish mexanizmlarining joylashishi va konstruksiyasi tasodifan yoqilib ketish imkonini bermasligi lozim. Buning uchun yoqish vositasi fiksator va uning ahamiyati toʻgʻrisidagi aniq yozuv bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Qoʻshish mexanizmlari xodim ish joyining istalgan qismidan turib qoʻli yetadigan qilib joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242. Aylanuvchi va borib-keluvchi harakatli qismlar va ishchilar uchun xavf tugʻdiruvchi mexanizmlar ishonchli boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243. Kislota, ishqor, tuz eritmalari va neytrallashtirish eritmalarini tayyorlash uchun idishlar, toʻplagichlar va oʻlchov idishlari qopqoq, tortuvchi ventilyatsiya, oʻlchov darajalari va quyish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244. Kislota, ishqor va boshqa eritmalarni haydash nasoslarining sigʻimi toʻlgandan soʻng avtomatik tarzda oʻchishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245. Uskuna, transport tuzilmalarining mexanizmlarini (konveyr) tozalash, moylash va taʼmirlashda dvigatel elektr taʼminotidan uzilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246. Taʼmirlash yoki moylash vaqtida uskuna tasodifiy yoqilib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
247. Quvurlarni taʼmirlashdan oldin energiya yetkazuvchilar (bugʻ, havo va suv) oʻchirilishi va bosimi toʻliq tushirilishi lozim. Qaynoq kondensat, kislota, elektrolit taʼmirlanayotgan tizimdan tushirilishi va kislota qoldiqlari zararsizlantirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248. Quruq zaharli changdan zaharlanmaslik uchun vannani tozalash nam usulda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
249. Kislota omborxonalarida eritmalarni tayyorlash, tozalash, neytrallashtirish, nasos hamda galvanik boʻlimlarda ximikatlar va namlikning zararli taʼsiridan himoyalangan elektrodvigatellardan kimyoviy ishlov berish binolarida yopiq tipdagi elektrodvigatellardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250. Ishlab chiqarish binolaridagi, shuningdek kislota saqlash va quyish binolarida kuch elektromagistrallari yuqoridan oʻtkazilishi kerak. Magistral poldan oʻtkazilganda germetik truba orqali oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Elektr uskunalari sozligi har kuni va avariyaviy bloklash esa oyda bir marta tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252. Vanna yonidagi polga tokdan zararlanishning oldini olish uchun yogʻoch toʻshama va dielektrik rezinadan gilamcha yotqizilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
254. Tashkilot tomonidan asbob-uskunalarning zarur texnik holatini saqlab turish uchun xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanishi, rejali-profilaktik taʼmirlash qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlari sifatining yaxshilanishi boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
255. Asbob-uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish muddati tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlagan yillik rejali-taʼmirlash jadvaliga asosan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazishda ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda koʻrsatilishi kerak. Bunda quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asbob-uskuna va anjomlar turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlangan mahsulotlar va ular qismlarining texnik talablarga javob berishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258. Taʼmirlash jihozlari va uskunalari ishlash uchun qulay joylashtirilishi, ish holatida oson oʻrnatilib yechilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259. Dastgohlar, stollar va stellajlar mustahkam oʻrnatilishi va ishlash uchun qulay balandlikka ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260. Dastgohlar sirti silliq material (poʻlatli va alyuminli list, linoleum) bilan qoplangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
261. Dastgohdagi iskanja soz holatda boʻlishi va ushlab turadigan buyumni yetarli darajada ushlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
262. Dastgohdagi iskanjalar orasidagi masofa 1 m boʻlishi va dastgohning eni 0,75 m dan kam boʻlmasligi hamda dastgohlar oraligʻiga 1 m dan kam boʻlmagan himoya toʻri oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263. Qoʻl asboblari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yogʻoch soplar yogʻochning qattiq va qayishqoq navlaridan qilinishi, silliqlangan va mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
instrumentning ish qismida yoriqlar, gʻadir-budurlar va singan joylari boʻlmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264. Qoʻl omburi va qaychilari silliq va ichki tomonida qoʻlni siqib qoʻyishdan himoyalaydigan tayanchi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
265. Qoʻl asboblari himoya qoplamasi bilan qoplangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
266. Elektr taʼminoti toʻxtagan yoki tanaffus vaqtida elektr dastgoh elektr tokidan uzilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
267. Elektr dastgohda nosozliklar aniqlangan taqdirda darhol ish toʻxtatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
268. Siqilgan havo bilan ishlaydigan elektr dastgohlari bilan ishlashda ularni chang, nam va neft mahsulotlari taʼsiridan saqlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
269. Dastgohlarni yigʻish, qayd etish, biriktirish elementlarini qisish, qotishma, flyus qoplash va boshqa yigʻma detallarni oʻrnatish maxsus qoʻllanma asosida texnologik hujjatlarda koʻrsatilgan tartibda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
270. Kavsharlagichda ish boshlashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr toki zarar yetkazishidan himoyalashning muvofiqligi tekshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kabel va shtepsel vilkasining sozligi, himoya qoplamasi va dastasining izolyatsiyasi tashqi koʻrikdan oʻtkazilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271. Elektr uskunalar va jihozlarni taʼmirlashdan soʻng, asbob-uskunani ishga tushirishga, tashkilot bosh mexanigi, mehnat muhofazasi xizmati xodimi, kasaba uyushmasi vakili va bosh muhandis tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan soʻng ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari oʻz joyiga oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
273. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
274. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish Qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(274-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 8-may

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 8-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 8-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 8-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 8-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 8-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. KURBONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 8-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 286-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)