Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.12.2017 22.05.2013 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.12.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli “Yangi uzilgan, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 22-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-maydagi 139-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari – importyorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan eksport bojxona yuk deklaratsiyasini va Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududigacha qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllagan holda, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun majburiy taqdim etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti — importyor (keyingi oʻrinlarda importyor deb ataladi) — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va qonun hujjatlariga muvofiq bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllagan holda tovarlarni import qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport bojxona yuk deklaratsiyasi — eksport/reeksport qiluvchi mamlakatda rasmiylashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan bojxona deklaratsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kirilayotgan tovarning taqdim etilgan qiymati — uning boʻyicha pul hisob-kitobi (toʻlov) amalga oshiriladigan shartnomada (kontraktda) yoki invoysda koʻrsatilgan qiymat yoxud ularda qiymat mavjud boʻlmagan taqdirda – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadigan qiymat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan qiymati — tovarning eksport bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan bojxona qiymati (u mavjud boʻlmaganda — fakturadagi qiymati) va Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududigacha qilingan, hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi ikkinchi qismidagi 1 — 5-bandlarda nazarda tutilgan bojxona qiymatiga qoʻshilgan (agar ular unga kiritilmagan boʻlsa) xarajatlar, shuningdek diller (distribyutor, agent) shartnomasi asosida ishlab chiqaruvchi tashkilot dillerining (distribyutor, agentning) vositachilik haqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kirilayotgan tovarning tasdiqlanmagan qiymati — olib kirilayotgan tovar koʻrsatilgan qiymatining olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan qiymatidan ortiqcha qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar eksport bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning qiymati koʻrsatilmagan boʻlsa yoki eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning qonun hujjatlarida tovarni olib chiqishda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish nazarda tutilmagan boʻlsa, u holda eksport bojxona yuk deklaratsiyasi oʻrniga tovarni olib chiqishda eksport/reeksport qiluvchi mamlakatda rasmiylashtirilgan hamda eksportyor va importyorning nomi, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning qiymati, vazni va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomning amal qilishi insonparvarlik yordami, texnikaviy koʻmak sifatida va grantlar hisobiga olib kirilayotgan tovarlarga, shuningdek olib kirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga, xorijiy valyutaga va qimmatbaho qogʻozlarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Importyor bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllagan holda, olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati organlariga (“erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi paytida eksport bojxona yuk deklaratsiyasini yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatni va Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududigacha qilingan xarajatlarni (qiymat va toʻlovlarni) tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda boshqa hujjatlar deb ataladi) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qogʻozdagi originali (asl nusxasi) yoki eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning bojxona organlari yoki importyor tomonidan tasdiqlangan nusxasi tarzida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qogʻozli manbada bosilgan va eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning bojxona organi yoki importyor tomonidan tasdiqlangan elektron bojxona yuk deklaratsiyasi tarzida taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati organlariga rus yoki ingliz tillarida taqdim etiladi. Boshqa tilda toʻldirilgan eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati organlariga importyor tomonidan tasdiqlangan oʻzbek, rus yoki ingliz tilidagi tarjimasi bilan birga taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan qiymatiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib kirilayotgan tovarning tasdiqlanmagan qiymatiga bojxona toʻlovlari hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ular boʻyicha bojxona toʻlovlarining alohida va aralash stavkalari belgilangan tovarlarga alohida qismni hisoblab chiqish uchun asos olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qiymatining foizdagi nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilmagan taqdirda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 8 — 10-bandlarning amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar tomonidan xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablagʻlari hisobiga olib kirilayotgan tovarlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan shartnomalar (bitimlar) doirasida olib kirilayotgan tovarlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan oʻtgan import kontraktlari boʻyicha olib kirilayotgan tovarlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishilgan holda tashkil etilgan idoralararo tender komissiyalari qarorlari asosida tuzilgan kontraktlarga binoan olib kirilayotgan tovarlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suyuq ulgevodorodlarni yetkazib berish yuzasidan import kontraktlar boʻyicha olib kirilayotgan tovarlarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bojxona yuk deklaratsiyasi “erkin muomala uchun chiqarish” bojxona rejimiga nisbatan amal qiladigan bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibiga muvofiq toʻldiriladi. Bunda bojxona yuk deklaratsiyasining qoʻshimcha maʼlumotlarni nazarda tutuvchi ustunida eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatning sanasi va tartib raqami koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qiymatini, toʻlanishi kerak boʻlgan bojxona toʻlovlarini va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarning hisob-kitobi bojxona yuk deklaratsiyasiga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ilova qilinadi hamda bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning imzosi va deklarant muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agar “erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi paytida eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning oʻrnini bosuvchi oʻzga hujjat va boshqa hujjatlar taqdim etilmasa hamda tovarlar boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlangan boʻlsa importyor eksport bojxona yuk deklaratsiyasini yoki uning oʻrnini bosuvchi oʻzga hujjatni va boshqa hujjatlarni tovar bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab yil mobaynida taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasini yoki uning oʻrnini bosuvchi oʻzga hujjatni va boshqa hujjatlarni taqdim etishda bojxona toʻlovlari qayta hisoblab chiqariladi va ortiqcha toʻlangan bojxona toʻlovlari qaytariladi yoxud Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, importyor talabiga koʻra kelgusidagi bojxona toʻlovlari hisobiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Importyor Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq olib kirilgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanganligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari – importyorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

____________________________- son BYuDga ilova

Olib kiriladigan tovarning tasdiqlangan va tasdiqlanmagan
‎qiymatlari hisob-kitobi, toʻlanishi kerak boʻlgan bojxona toʻlovlari
‎hamda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar

______________________________________________________- son tovar

(bojxona yuk deklaratsiyasining tegishli ustunida koʻrsatilgan tovarning tartib raqami koʻrsatiladi)

Hisoblab chiqish asoslari

Tovarning
‎taqdim etilgan
‎qiymati
‎(ZST)

Olib
‎kiriladigan
‎tovarning
‎tasdiqlangan
‎qiymati
‎(PST) *
Olib kiriladigan
‎tovarning
‎tasdiqlanmagan
‎qiymati
‎(NST)
1.‎ Tovarning eksport BYuD* boʻyicha valyutadagi qiymati X** X**
2.‎ Eksport BYuD* boʻyicha valyutani qayta hisoblash kursi X** X**‎
3.‎ Kontrakt boʻyicha tovarning valyuta qiymati
4.‎ Kontrakt boʻyicha valyutani qayta hisoblash kursi
5.‎ Qiymatlarning foizdagi nisbati 100% PST/ZST x 100% NST/ZST x 100%
6.‎ AQSh dollari kursi
7.‎ Miqdori (kg, dona, m2, m3, …)
8.‎ Tovarning soʻmdagi qiymati 3-b. x 4-b. 3-b. x 4-b. 3-b. x 4-b.
9.‎ Bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimini hisoblab chiqish uchun asoslar
9.1.‎ Bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimi stavkasi
9.2.‎ Bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimi summasi
10.‎ Bojxona bojini hisoblab chiqish uchun asoslar
10.1.‎ Bojxona boji stavkasi
10.2.‎ Bojxona boji summasi
11. Aksiz soligʻini hisoblab chiqish uchun asoslar
11.1.‎ Aksiz soligʻi stavkasi
11.2.‎ Aksiz soligʻi summasi
12.‎ Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqish uchun asoslar
12.1.‎ Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi
12.2.‎ Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi
13.‎ Boshqa yigʻimlarni hisoblab chiqish asoslari
13.1.‎ Boshqa yigʻimlar stavkasi
13.2.‎ Boshqa yigʻimlar summasi
Jami
Boj toʻlovlari hisob-kitobi va boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar
Advalor stavkasi boʻyicha boj toʻlovlarini hisoblab chiqarish:
14.‎ Asoslar (soʻm) 3-b. x 5-b. x 4-b./100 3-b. x 5-b. x 4-b./100 3-b. x 5-b. x 4-b./100
15.‎ Stavka %
16.‎ Toʻlov summasi (soʻm) 14-b. x 15-b./100‎ 14-b. x 15-b./100‎ 14-b. x 15-b./100‎
Alohida stavka boʻyicha boj toʻlovlarini hisoblab chiqarish:
17.‎ Miqdori 7-b. 7-b. 7-b.
18.‎ Asoslar (miqdori) 5-b. x 17-b./100 5-b. x 17-b./100 5-b. x 17-b./100
19.‎ Stavka ($)
20.‎ Toʻlov summasi ($) 18-b. x 19-b. 18-b. x 19-b. 18-b. x 19-b.
21.‎ Toʻlov summasi (soʻm) 6-b. x 20-b. 6-b. x 20-b. 6-b. x 20-b.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Eksport bojxona yuk deklaratsiyasida yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatda faktura qiymati tuzilgan kontraktdagi valyutadan farq qilgan hollarda toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** X — ustunlar toʻldirilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 21-son, 271-modda; 2016-y., 25-son. 308-modda)