17.01.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Slovakiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transporti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Slovakiya Respublikasi Hukumati, quyida Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning qatnashchilari boʻlgani holda, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida va hududlardan tashqarida havo qatnovlarini yoʻlga qoʻyish va ularni amalga oshirish maqsadida Bitim tuzish istagida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Atamalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar matnda boshqa mazmun koʻzda tutilmagan boʻlsa, ushbu Bitimning qoʻllanilishi va izohlari maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Konvensiya” atamasi 1944-yilning yettinchi dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani anglatadi va oʻsha Konvensiyaning 90-moddasiga binoan qabul qilingan har qanday Ilovani, har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun qay darajada kuchga egaligi va eʼtirof etilganligiga qarab, 90 va 94-moddalarga binoan Konvensiyaga yoki uning Ilovalariga kiritilgan har qanday tuzatishni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Fuqaro aviatsiyasining Bosh Direktorini, Slovakiya Respublikasiga nisbatan — Transport, pochta va aloqa vazirligining Fuqaro aviatsiyasi boʻlimini; yoki har ikki holda yuqorida uqtirib oʻtilgan maʼmurlar bajaradigan vazifani amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilotni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) “tayinlangan aviakorxona” atamasi ushbu Bitimning 2-moddasiga muvofiq belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro havo qatnovlarini amalga oshiradigan va ushbu Bitimning 3-moddasiga binoan bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilgan holda tayinlagan aviakorxonani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “hudud”, “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari Konvensiyaning 2- va 96-moddalarida koʻrsatib oʻtilgan maʼnolarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “hajm” atamasi “kelishilgan qatnovlarga” nisbatan shunday qatnovlarda ishlatilayotgan havo kemasining belgilangan vaqt ichida va yoʻnalish yoki yoʻnalishning bir qismida amalga oshirgan hamda qatnovlarning takroriyligi orqali koʻpaytirilgan ish hajmini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) “kelishilgan qatnovlar” atamasi ushbu Bitimning Ilovasida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilar, yuk va pochtani alohida yoki birgalikda tashish uchun jadvalga binoan amalga oshiriladigan havo qatnovlarini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “belgilangan yoʻnalishlar” atamasi ushbu Bitimning Ilovasidagi yoʻnalishlar jadvalida belgilangan yoʻnalishlarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) “Ilova” atamasi ushbu Bitimga kiritilgan Ilovani yoki ushbu Bitim 19-moddasining qoidalariga muvofiq kiritilgan tuzatishlarni anglatadi. Ilova ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlib, barcha Bitimga tegishli koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “tarif” atamasi yoʻlovchilar va yuk tashish uchun toʻlanadigan qiymatni va oʻsha qiymatlar qoʻllanadigan qoidalarni anglatib, u oʻz ichiga tashuvchi tomonidan havo tashuvlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar qiymatini va chiptalarni sotish uchun sarflanadigan vositachilik haqini oladi, biroq pochta tashish uchun toʻlanadigan xizmat haqi yoki qoidalari bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Huquqlarni berilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarni beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmagan holda uchib oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuqorida aytib oʻtilgan hududda notijoriy maqsadlarda qoʻnish; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) yuqorida aytib oʻtilgan hududda Ilovaning yoʻnalishlar jadvalida belgilangan yoʻnalishlardagi manzillarda yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki, yuk va pochtani tushirish yoki olish uchun tijoriy maqsadda qoʻnish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitimning hech qaysi bir qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi bir manzilga olib borish uchun yoʻlovchilar, yuk va pochta olish huquqini beradi deb, qaralmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitimning 3-moddasiga muvofiq tayinlangan aviakorxonalardan tashqari har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonalari ushbu moddaning 1-bandining a- va b-qismlarida belgilangan huquqlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Havo harakatining beshinchi erkinlik tijoriy huquqlari har ikki Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida tuzilgan maxsus shartnoma asosidagina beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Aviakorxonani tayinlash va parvozlar uchun ruxsatnoma berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida bitta yoki bir nechta aviakorxonalar tayinlash huquqiga egadir. Bunday tayinlash har ikki Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida oʻzaro yozma xabarnomalar bilan almashilingandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday tayinlash toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 3- va 4-bandlari qoidalariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga parvozlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va shu ruxsatnomani olayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga zid kelmaydigan ruxsatnomalarni darhol beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan u xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirish chogʻida Konvensiyaning qoidalariga muvofiq odatda va oqilona tatbiq etiladigan qonun va qoidalarda koʻrsatilgan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonani tayinlashni va ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq parvozni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ruxsatnomalarni berishni rad etish huquqiga egadir, yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri parvoz qiladigan aviakorxonaga ustun egalik qilish va uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish huquqi aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda, ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanish chogʻida bajarilishi zarur deb hisoblanadigan shartlar ijro etilishini talab qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Bitimning 2-bandiga javob beradigan parvozga doir ruxsatnomalarni olgan aviakorxona istagan vaqtida kelishilgan yoʻllardan foydalanishni boshlashi mumkin, basharti tariflar ushbu Bitim 13-moddasining shartlariga muvofiq tasdiqlangan boʻlib oʻsha qatnovlarga nisbatan kuchga ega boʻlsa va uchish jadvallari ushbu Bitimning 15-moddasiga binoan tasdiqlangan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomon yuqoridagi 1-3-bandlarning shartlariga boʻysungan holda boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda ogohlantirib birinchi tayinlangan aviakorxona oʻrniga boshqa bir aviakorxona tayinlash huquqiga egadir. Yangi tayinlangan aviakorxona dastlab tayinlangan aviakorxonaning huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Parvoz uchun ruxsatnomalarni bekor qilish yoki amalda toʻxtatib qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasiga parvozlar uchun berilgan ruxsatnomalarni bekor qilish, ushbu Bitimning 2-moddasida belgilangan huquqlardan foydalanishini bekor qilish yoki amalda toʻxtatib qoʻyish yoki bunday huquqlardan foydalanish chogʻida quyida keltirilgan hollarda oʻzi zarur deb bilgan shartlar bajarilishini talab qilish huquqiga egadir, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish va uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish ushbu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga tegishli ekanligiga ishonchi komil boʻlmagan holda; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tayinlangan aviakorxona oʻsha huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning odatda va oqilona tatbiq etiladigan qonun va qoidalarga rioya etmasa; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) agar tayinlangan aviakorxona kelishilgan qatnovlarni ushbu Bitim shartlariga muvofiq amalga oshirmayotgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar huquqlarni bekor qilish, amalda toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandi shartlari bajarilishini talab qiluvchi qonun va qoidalarining bundan buyon yana buzilishiga zaruriy ogohlantirish deb topilmasa, bunday huquqlardan Ahdlashuvchi Tomon ushbu Bitimning 18-moddasiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvlardan soʻng foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Qonun-qoidalarning qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro parvozlarni amalga oshirayotgan havo kemalarining oʻz hududiga uchib kirishini, unda boʻlib turishini yoki undan joʻnab ketishini tartibga soluvchi, yoxud bunday havo kemalaridan oʻz hududi doirasida foydalanishiga oid bir Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemalariga nisbatan yuqorida qayd etilgan hududga uchib kirishi, u yerda boʻlishi va u yerdan joʻnab ketishida qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning oʻz hududiga havo kemasida yoʻlovchilar, ekipaj, yoʻlovchilar yuki, yuk hamda pochtaning kelishi, u yerda boʻlib turishi, tranzit toʻxtash hamda u yerdan joʻnab ketishini tartibga soluvchi qonun va qoidalariga, xususan, kirish, mamlakatga kirish soliqlaridan ozod qilish, immigratsiya, emigratsiya, pasport, bojxona, valyuta va sanitariya tadbirlariga taalluqli boʻlgan qoidalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga qarashli havo kemasi tomonidan yuqorida koʻrsatilgan hududga kirib kelish, unda boʻlib turish va undan joʻnab ketayotgan vaqtida amal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining iltimosiga koʻra, boshqa bir Ahdlashuvchi Tomon har ikki mamlakatda havo tashuvlarini amalga oshirish huquqlariga ega boʻlgan aviakorxonaga shu iltimosni qilayotgan davlatning Hududiga uchib kirish yoki u yerda tranzit toʻxtab oʻtish uchun talab qilinadigan yoʻl kira hujjatlari boʻlgan yoʻlovchilarnigina tashishni taʼminlash uchun barcha choralarni koʻrishga ruxsat beradi. Boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlatiga uchib kirishda qoʻllaniladigan qonun va qoidalarga boʻysunmagan yoʻlovchini tayinlangan aviakorxona oʻz hisobidan orqaga joʻnatib yuborishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon mamlakatga kirish uchun nomaʼqul shaxs deb topilgandan soʻng tushirish manzilidan qaytarilgan shaxsni tekshirib chiqishga ruxsat beradi, agarda bu shaxs dastlab havo kemasiga oʻtirishdan avval oʻzining hududida toʻxtagan boʻlsa, biroq bunga bevosita tranzit toʻxtash kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro qonunlardan kelib chiqadigan oʻzlarining huquqlari va majburiyatlariga muvofiq gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlardan fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini taʼminlashga doir bir-birlariga nisbatan zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro qonunlardan kelib chiqadigan oʻz huquqlarining va majburiyatlarining umumiy qoʻllanilishini cheklamagan holda, 1963-yil 14-sentabrida Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatlar va boshqa baʼzi bir harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1970-yilning 16-dekabrida Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda tutqun qilib olishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1971-yil 23-sentabrida Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan kurash haqidagi Konvensiyaga va keyinchalik Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida shu sohada qabul qilinishi mumkin boʻlgan barcha boshqa xalqaro hujjatlarning qoidalariga muvofiq harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilishning bu havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishini oldini olishda bir-birlariga koʻmak beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida oʻzlariga maqbul keladigan darajada Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan belgilangan va Konvensiyaga kiritilgan Ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi talablariga muvofiq ish koʻradilar; ular asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻz hududlarida joylashgan xalqaro tayyoragohlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri havo kemasidan foydalanuvchilarga nisbatan boshqa Ahdlashuvchi Tomon havo kemasini oʻz hududi chegaralariga kirib kelayotganida, undan chiqib ketayotganida yoki unda boʻlib turgan vaqtida ushbu moddaning 4-bandida uqtirilgan qoidalarga amal qilishi toʻgʻrisida zarur talablarni qoʻyishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, yoʻlovchi yuki, yuklar va havo kemasi zaxiralarini yuk ortish vaqtidan oldin, yuk ortish va tushirish vaqtida tekshirish uchun oʻz hududi doirasida samarali chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqin qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga tayyoragoxlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish orqali bir-birlariga turlicha koʻmak beradilar va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal, hamda beshikast barham berishning barcha zarur chora-tadbirlarini koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu modda qoidalariga koʻra boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya xavfsizligi qoidalaridan chekinganligi toʻgʻrisida komil ishonchda boʻlsa shu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga tezda maslahatlashuvlar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi talabni qoʻyishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maslahatlashuvlar oʻtkazish toʻgʻrisida talab tushgan kundan boshlab bir oy ichida biron-bir qoniqarli kelishuvga kela olinmagan holda, birinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi yoki aviakorxonalari tomonidan berilgan ruxsatnomalarni bekor qilishga, toʻxtatib qoʻyishga, cheklashga yoki bu ruxsatnomalardan foydalanishda shartlar qoʻyishga asos yuzaga keladi. Qatʼiy zarurat boʻlgan hollarda har bir Ahdlashuvchi Tomon bir oylik muddat oʻtgunga qadar vaqtincha bunday choralarni koʻrishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Guvohnoma va ruxsatnomalarni eʼtirof etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bergan yoki haqiqiy deb topgan hamda amalda boʻlgan yaroqlik guvohnomalari, vakolatnomalar va ruxsatnomalarni boshqa Ahdlashuvchi Tomon ham ana shu hujjatlar amalda boʻlgan vaqtida haqiqiy deb eʼtirof etadi, basharti bunday guvohnomalar yoki ruxsatnomalar berilishiga yoxud haqiqiy deb eʼtirof etilishiga asos boʻlgan talablar Konvensiyaga muvofiq belgilangan eng kam darajaga teng yoki undan yuqori boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz fuqarolariga oʻzining hududidan parvozlar vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomon yoki boshqa bir davlat bergan yaroqlik. guvohnomalarini va ruxsatnomalarni eʼtirof qilishni rad etish huquqini saqlab qoladi, agarda ular xalqaro qonunlarga javob bera olmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Havo kemalarini almashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida yoki ushbu Bitimda belgilangan yoʻnalishlarda uchinchi davlat hududidagi oraliq manzilda havo kemasini quyidagi shartlarga rioya qilgan holda almashtirishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar bu harakat iqtisod jihatdan oʻzini oqlasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonning hududidan belgilangan yoʻnalishning uzoqroq qismida parvozni amalga oshirayotgan havo kemasining hajmi shu yoʻnalishning yaqin qismida parvoz qilayotgan havo kemasining hajmidan katta boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) agar aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonning hududidan uzoqroq qismida foydalanilayotgan havo kemasining parvozlari yoʻnalishning yaqin qismida amalga oshirayotgan kelishilgan havo qatnovlarining davomigina boʻlsa va bu qatnovlar jadvalga muvofiq boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) agar qatnovlar natijasida yetarli hajmga ega boʻlinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) agar aviakorxona jadvallarda, joy band qilish sistemalarida, yoʻlkira belgilash tartibida, reklamada yoki boshqa vositalar orqali aks ettirmagan holda belgilangan yoʻnalishlarda kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishdan tashqari boshqa xizmatlarni ham bevosita yoki bilvosita bajarmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) agar kelishilgan qatnovlar amalga oshirilishi chogʻida havo kemasi almashtirilgan taqdirda, bu hol barcha uchish jadvallarida, joylarni band qilish sistemalarida, yoʻlkira xarajatlarini belgilashda, reklamada va boshqa vositalarda oʻz aksini topsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) agar havo kemasi almashilgan manzildan biron bir havo kemasining parvozi — uchib kirishi yoki joʻnab ketishi koʻzda tutilgan boʻlsa, faqatgina bir qatnov (kelish yoki joʻnab ketish) amalga oshiriladi, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari tomonidan ruxsat berilgan parvozlardan tashqari; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) agar havo kemasini almashtirish bilan bogʻliq boʻlgan harakatlar ushbu Bitim 14-moddasining qoidalariga binoan bajarilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu modda 1-bandining shartlari aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonning hududida aviakorxonaning havo kemasini almashtirish huquqiga hech qanday taʼsirini koʻrsatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Bojxona boji va boshqa soliqlardan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzaro kelishuv asosida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasini yoki aviakorxonalarini, imkon qadar toʻlaqonli ravishda oʻzining milliy qonunlari doirasida havo kemasi, yoqilgʻi, yogʻlash vositalari, texnik ehtiyojlari zaxiralari, dvigatellarni oʻz ichiga olgani holda, ehtiyot qismlari, roʻyxatdagi mol-mulki, tayyora zaxiralari (oziq-ovqat va tamaki mahsulotlari, ichimliklar va parvoz davomida yoʻlovchilarga sotish uchun moʻljallangan cheklangan miqdordagi mahsulotlar)ga va faqat shu aviakorxonaning havo kemasidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan boshqa buyumlarga boʻlgan import cheklanishlari, bojxona bojlari, aksiz soliqlari, nozirlik yigʻimlari va boshqa milliy toʻlovlar va xarajatlardan ozod qiladi, shuningdek chop etilgan chipta zaxiralari, havo qatnovlariga oid roʻyxatlar, bepul tarqatish uchun moʻljallangan, shu aviakompaniya nishonasiga ega boʻlgan bosmadan chiqqan har qanday materiallar ham bunday soliqlardan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddada keltirilgan ozod qilish ushbu moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan buyumlarga nisbatan qoʻllanadi, basharti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir Ahdlashuvchi Tomonning hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan olib kirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemasida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga uchib kirgan yoki undan joʻnab ketayotgan vaqtida saqlanib qolgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida bortga olgan va kelishilgan parvozlarni amalga oshirish vaqtida ishlatish uchun moʻljallangan ushbu buyumlar oʻsha ozod qilish toʻgʻrisidagi huquqlarni bergan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida qisman yoki butunlay ishlatilishidan qatʼiy nazar, basharti ushbu buyumlar yuqorida aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida begonalashtirilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi a-, b- va s-bandlarida koʻrsatilgan ashyolar bojxona maʼmuriyatining nazorati yoki kuzatuvi ostida saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasining roʻyxatdagi uskunalari, shuningdek har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemalarida odatda saqlanadigan ashyolar va zaxiralar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida oʻsha hudud bojxona maʼmuriyatining ruxsati bilan tushirilishi mumkin. Bu holda, ular orqaga qaytarib olingunga yoki bojxona qoidalariga binoan boshqa qarorini topgunga qadar koʻrsatib oʻtilgan maʼmurlarning nazorati ostida joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Tayyoragoh yigʻimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning har bir aviakorxonasining havo kemasi tayyoragohlardan va aviatsiya vositalaridan foydalangani uchun toʻlaydigan soliqlari shu xalqaro yoʻllarda parvoz qilayotgan birinchi Ahdlashuvchi Tomonning milliy aviakorxonalaridan shu maqsadda olinadigan soliqlardan yuqori boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hech qaysi bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz nazorati ostida boʻlgan tayyoragohlardan, havo yoʻllaridan, havo qatnovlarini taʼminlaydigan vositalaridan foydalanish chogʻida, shu xalqaro qatnovlarda mashgʻul boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan boshqa bir aviakorxonani ustun qoʻymasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Bevosita tranzit
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Ahdlashuvchi Tomonning hududidan bevosita tranzit orqali oʻtadigan va shu maqsad uchun tayyoragoh hududidan ajratilgan joydan chetga chiqmaydigan yoʻlovchilar soddalashtirilgan bojxona va immigratsiya nazoratidan oʻtadilar. Tranzit yoʻlovchilarning yuklari va yuklar bojxona soliqlari va boshqa chiqimlardan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Mablagʻlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish chogʻida ishlab topilgan mablagʻlarining xarajatlaridan ortgan foyda qismini erkin almashtirish va oʻzining davlatiga erkin oʻtkazish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday almashtirish va oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻrtasida kuchga ega boʻlgan Moliya shartnomasining shartlari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Moliya shartnomasi tuzilmagan holda yoki unda valyuta almashtirishni va mablagʻlarni oʻtkazishni tartibga soluvchi qoidalari boʻlmagan holda, ishlab topilgan mablagʻlarni oʻtkazish joriy muomala uchun qoʻllaniladigan valyutaning rasmiy qiymati boʻyicha erkin almashadigan valyutada har bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida kuchga ega boʻlgan valyuta ayirboshlovini tartibga soluvchi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Tariflarni tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim 2-moddasining 2-bandiga muvofiq belgilangan yoʻnalishlarda yoʻlovchi va yuklarni tashish uchun oʻrnatilgan tariflar va shunga taalluqli boʻlgan vositachilik qiymatlari Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanadi. Tariflar qatnovlarni amalga oshirish xarajatlarini, foydaning oqilona miqdorini, raqobat va bozor sharoitlarini shuningdek transportdan foydalanuvchilarni manfaatlarini nazarga olgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Barcha tariflar ularni amalda joriy qilish taxmin qilingan kunga eng kamida oʻttiz (30) kun qolganda har ikki Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etilishi lozim. Maxsus hollarda bu muddat aviatsiya maʼmurlari tomonidan erishilgan kelishuvga muvofiq qisqartirilishi mumkin. Tasdiqnoma shoshilinch ravishda ham berilishi mumkin. Biroq, agar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlaridan hech qaysi biri tarifni tasdiqlash uchun taqdim qilingan kundan boshlab oʻttiz (30) kun ichida bu tariflar bilan rozi emasliklari toʻgʻrisidagi bildirishni yubormasalar, bu tariflar oʻz-oʻzidan tasdiqlangan hisoblanadi. Agarda tasdiq uchun taqdim qilish muddati qisqartirilsa aviatsiya maʼmurlari oʻzaro kelishuvlariga binoan norozilikni bildirish muddatini ham shu tariqa qisqartirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 2-bandiga tegishli tariflar, har ikki Tomonning hukumatlari, lozim topilsa, boshqa aviakorxonalar bilan muhokama va maslahatlashuvlardan soʻng, imkon qadar, har ikki Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalarining oʻrtasida kelishib olinishi lozim. Bunday kelishuvga qiymatlarni belgilovchi xalqaro mexanizmlarni yoki Xalqaro havo transporti tashkilotining tariflarni belgilash qoidalarini qoʻllash orqali erishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning qoidalariga binoan belgilangan tarif yangi tarif oʻrnatilgunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi. Biroq tarifning amal qilish muddati oʻz muddatini yakunlagan kundan boshlab 12 oylik vaqtdan ortiq boʻlgan muddatga uzaytirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar tarif borasida ushbu moddaning 3-bandiga binoan kelishuvga kela olinmasa yoki ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq belgilangan muddat ichida tariflar boʻyicha norozilik xabarnomasi olinsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tariflarni belgilash borasida oʻzaro kelishib olishga harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tariflarni ushbu moddaning 5-bandiga muvofiq belgilay olmasalar bu bahs ushbu Bitim 20-moddasining qoidalariga binoan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hajm
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tayinlangan aviakorxonalar tomonidan amalga oshiriladigan kelishilgan qatnovlarning hajmi Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aniakorxonalariga berilgan maqbul va teng imkoniyatlar asosida har ikki Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonalar kelishilgan yoʻllardan foydalanish chogʻida oʻzidan keyin shu yoʻnalishdan toʻla yoki qisman foydalanadigan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasining manfaatlariga noodil ziyon yetkazmaslikni nazarda tutgan holda ish koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari amalga oshirayotgan kelishilgan qatnovlari belgilangan yoʻnalishlarda umumiy havo tashuviga boʻlgan aholini ehtiyojlariga bogʻliq ravishda muvofiq kelishlari lozim va har bir tayinlangan aviakorxona tegishli hududlar oʻrtasida yoʻlovchilarni va/yoki yuk va pochtani tashishga boʻlgan mavjud va odil moʻljallangan ehtiyojlariga javob bera oladigan ish yuklashni maʼqul miqdorida hajmni taʼminlashni birinchi darajali masala deb bilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Uchish jadvallari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasi jadvallar boʻyicha qatnovlarni boshlashdan kamida qirq besh (45) kun avval qatnovlarda belgilangan parvozlar takroriyligi, havo kemasining turi, vaqti, sotish uchun moʻljallangan joylarning soni va ularni joylanishi, jadvalning amal qilish muddatini koʻrsatgan holda, oʻzlari bajaradigan parvoz jadvallarini tasdiqlash uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar bir tayinlangan aviakorxona uchish jadvallarida aks ettirmagan holda qoʻshimcha parvozlardan foydalanish niyatida boʻlsa, u bu borada boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi bilan kelishib olishi lozim. Tayinlangan aviakorxonalar bu borada oʻzaro kelishuvga kela olmasalar, bu masala qoʻshimcha parvozlarga ruxsat beradigan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari tomonidan hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxona oʻzining uchish jadvaliga kiritadigan barcha keyingi oʻzgartirishlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etiladi, biroq qatnovlardan foydalanish sabablariga koʻra havo kemasi turini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi maʼlumot bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Tijoriy faoliyat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga oʻzaro kelishuv asosida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida oʻzining idoralari boʻlgani holda maʼmuriy, tijoriy va texnik xodimlarini ushlab turish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuqoridagi 1-banda qayd etilgan idoralarni taʼsislash va xodimlarni tayinlash boshqa Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga boʻysungan holda amalga oshirilishi lozim, bular oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga kirish va unda chet ellik xodimlarni boʻlib turishiga oid qonun-qoidalardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasiga boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida bevosita oʻzlarining savdo idoralari va ularning agentlari orqali oʻzlarining transport hujjatlari asosida transport xizmatlarini xaridorlarga milliy valyutada yoki boshqa bir erkin almashadigan valyutada sotish huquqlarini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Amaliy va statistik maʼlumotlar bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tayinlangan aviakorxonalar ushbu Bitim 2-moddasining 2-bandiga muvofiq belgilangan yoʻnalishlarda havo qatnovlarini boshlashdan kamida bir oy avval parvoz qiladigan havo kemalarining turi, havo xizmati darajasi va uchish jadvali haqida barcha maʼlumotlarni Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga havola etishlari lozim. Bu talab keyinchalik boʻladigan oʻzgartirishlarga ham taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlarining talablariga binoan birinchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalarining ushbu Bitim 2-moddasining 2-bandiga muvofiq belgilangan yoʻnalishlardagi havo qatnovlarni bajarish imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida zarur davriy va statistik maʼlumotlarni beradi. Bunday maʼlumotlar kelishilgan qatnovlarda tayinlangan aviakorxonalar tomonidan bajarilayotgan aviatashuvlar hajmini aniqlash uchun zarur boʻlgan axborotni va yoʻnalishning boshlanish va toʻxtash manzillari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Maslahatlashuvlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yaqindan hamkorlik qilish istagida Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida muntazam va vaqti-vaqti bilan ushbu Bitim va uning Ilovalarida keltirilgan qoidalarga amal qilishni taʼminlash nuqtai nazaridan muzokaralar yoki yozishmalar yoʻli bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon istagan vaqtida ushbu Bitimga tegishli boʻlgan barcha masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻrtasida boshqa holat toʻgʻrisida kelishuv boʻlmasa, bunday maslahatlashuvlar talab tushgan kundan boshlab oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimning ayrim qoidalarini oʻzgartirish maqsadga muvofiq deb hisoblasa va shu toʻgʻrisida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro kelishib olgan boʻlsalar, bunday oʻzgartirishlar diplomatik notalar almashish yoʻli bilan tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitimning Ilovasiga oʻzgartirishlar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita kelishib olinishi lozim. Bu oʻzgartirishlar shartli ravishda kelishilgan kundan boshlab qabul qilinadi va diplomatik notalar almashish yoʻli bilan tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agarda har ikki Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan muntazam xalqaro havo qatnovlari toʻgʻrisida umumiy koʻp tomonlama konvensiya kuchga kirgan boʻlsa, ushbu Bitim shu konvensiyaning qoidalariga moslash nuqtai nazaridan oʻzgartirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Baxslashuvlarni hal qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimni talqin qilish va qoʻllash yuzasidan yoki yoʻnalishlar jadvali boʻyicha kelib chiqqan har qanday bahslashuv har ikki Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita muzokaralar orqali hal etilishi lozim. Basharti, aviatsiya maʼmurlari muzokaralar orqali murosaga kela olmasalar, ular bu bahsni diplomatik yoʻllar orqali hal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
IKAOda roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning 19-moddasiga binoan ushbu Bitim na unga kiritilgan har qanday oʻzgartirishlar Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Bitim amal qilishini toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning amal qilish muddati cheklanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri istagan vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilish muddatini toʻxtatish istagida ekanligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishi mumkin. Bunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotiga ham yuborilishi lozim. Bu holda oʻzaro kelishuvga asosan xabarnoma orqaga qaytarib olinmasa ushbu Bitim oʻz amal muddatini bir Ahdlashuvchi Tomonning xabarnomasini boshqa Ahdlashuvchi Tomon olgan kunidan boshlab oʻn ikki oylik muddat oʻtganidan soʻng yakunlaydi. Basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti xabarnoma olganidan soʻng oʻn toʻrt (14) kun oʻtgach boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Bitimning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim har ikki Ahdlashuvchi Tomon uning kuchga kirishi uchun lozim boʻlgan oʻzlarining ichki qonunchilik tartibotlarini bajarib boʻlganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani diplomatik yoʻllar orqali notalar almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbuni tasdiqlab, har ikkala Ahdlashuvchi Tomon hukumatlarining muxtor vakillari mazkur Bitimni imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bratislava shahrida 1997-yil 17-yanvarda oʻzbek, slovak va ingliz tillarida ikki asl nusxada imzolandi. Talqin qilishda hamfikrlik boʻlmagan holda ingliz tilidagi matn ustuvor deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Slovakiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida ularga tegishli hududlar oʻrtasida havo transport aloqalarini mustahkamlash niyatida tuzilgan havo transporti toʻgʻrisidagi Bitimga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻnalishlar jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. I-qism
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tayinlagan aviakorxonalari havo qatnovlarini ushbu belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekistondagi manzillar‎

Slovakiyadagi manzillar‎

Oraliq manzillar‎

Tashqaridagi‎ manzillar

Bratislava‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. II-qism
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Slovakiya Respublikasi Hukumati tayinlagan aviakorxonalari havo qatnovlarini ushbu belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Slovakiyadagi manzillar‎

Oʻzbekistondagi manzillar‎

Oraliq manzillar‎

Tashqaridagi manzillar‎

Toshkent‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqaridagi manzillar keyinchalik har ikkala Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlarining kelishuvi asosida belgilanadi.