24.06.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Bolgariya Respublikasi hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bolgariya Respublikasi Hukumati, bundan buyon Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular oʻrtasida oʻzaro manfaatdorlik asosidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni istab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi investitsiyalari uchun qulay sharoitlar yaratish va ularni saqlash maqsadida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoyalash zaruratini eʼtirof etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Bitim qoidalariga muvofiq investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash har ikki davlatda ishchan tashabbuskorlikni rivojlantirish va yuksaltirishiga koʻmaklashishiga qatʼiy ishongan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Umumiy taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim maqsadlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Investitsiyalar” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon investori boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunchiligiga muvofiq investitsiyalagan har qanday aktivlarni, xususan quyidagi kabilarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) koʻchar va koʻchmas mulklar, shuningdek garov va ipoteka koʻrinishidagi real taʼminot kabi istalgan mulkiy huquqlar yoki shu singari boshqa har qanday huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kompaniyalarning paylari, aksiyalari, qimmatbaho qogʻozlari, obligatsiyalari va qarz majburiyatlari hamda kompaniyada ishtirok etishning boshqa har qanday shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) pul mablagʻlari boʻyicha talabnomalar yoki iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan majburiyatlarni bajarish talabnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) intellektual mulk va sanoat mulkiga boʻlgan huquqlar, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, savdo markalari, firmaviy nomlar, sanoat andozalari va texnik jarayonlarga boʻlgan huquqlar, “gud-vil”, “nou-xau” va shu singari boshqa har qanday huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xoʻjalik faoliyati yuritish uchun qonunchilikka muvofiq, vakolatli davlat organining shartnomasi yoki maʼmuriy hujjati asosida berilgan huquqlar, shu jumladan tabiiy resurslarni tadqiq qilish, qazish, ishlov berish va ulardan foydalanish uchun konsessiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aktivlar investitsiyalangan yoki reinvestitsiyalangan shaklda keyinchalik yuz beradigan hech qanday oʻzgarish ularning investitsiya sifatidagi xarakteriga taʼsir koʻrsatmaydi, agar bunday oʻzgarish hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Investor” atamasi har bir Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq uning fuqaroligiga ega boʻlgan istalgan jismoniy shaxsni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki taʼsis etilgan yuridik shaxs yoxud har qanday mustaqil tuzilmani anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Daromadlar” atamasi investitsiyalar natijasida olingan barcha summalarni, ammo nafaqat ularni, xususan sarmoyalarning oʻsishidan kelgan foyda, dividendlar, foizlar, daromadlarni, royalti, litsenzion va komission mukofotlar hamda boshqa qonuniy daromadlarni bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Hudud” atamasi har bir Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq tegishli davlat oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyani amalga oshiradigan hududni, shu jumladan hududiy dengiz, shuningdek kontinental shelf va maxsus iqtisodiy zonani anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalarini quvvatlaydi va ragʻbatlantiradi hamda oʻz qonunchiligiga muvofiq bunday investitsiyalarga ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida investitsion faoliyatni amalga oshirayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari va ularning oila aʼzolariga mamlakatga kelish va vaqtincha yashash, ishlash hamda shunday faoliyat bilan bogʻliq masalalarni ijobiy tarzda va oʻz qonunchiligiga muvofiq hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida adolatli va teng huquqli rejim yaratiladi hamda ularning toʻla muhofazasi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar investitsiyalardan olingan daromadlar reinvestitsiyalanadigan boʻlsa, bu reinvestitsiyalar va ularning daromadlari xuddi dastlabki investitsiyalar singari himoyaga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Milliy rejim va eng qulay rejim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investorlari amalga oshirgan investitsiyalari uchun oʻz investorlarining investitsiyalari uchun yoki istalgan uchinchi davlat investorlarining investitsiyalari uchun yaratadigan rejimdan kam boʻlmagan eng qulay rejim yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investorlariga ularning investitsiyalarini quvvatlash, foydalanish va boshqarish bilan bogʻliq faoliyat borasida oʻz investorlariga yoki istalgan uchinchi davlatning investorlariga yaratadigan rejimdan kam boʻlmagan eng qulay rejim yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining amaldagi qonunchiligiga muvofiq milliy rejimdan istisno qilish yoki quvvatlash huquqini saqlab qoladi. Har qanday yangi istisno faqat shu istisno kuchga kirgandan soʻng amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning qoidalari bir Ahdlashuvchi Tomonni quyidagilar tufayli istalgan uchinchi davlat investorlariga yaratilgan yoki yaratiladigan imtiyozlarni boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlariga tatbiq etishga majburlovchi omil sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Hozirda mavjud boʻlgan yoki kelgusida tashkil etiladigan har qanday bojxona uyushmasi, erkin savdo zonasi, iqtisodiy uyushma, mintaqaviy integratsion iqtisodiy bitim yoki shu singari xalqaro bitimlardagi ishtirok, yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi har qanday xalqaro bitim yoxud butunlay yoki asosan soliqqa tortish tartib-qoidalarini tartibga solib boruvchi boshqa xalqaro bitim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Ekspropriatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida natsionalizatsiya qilinmaydi, ekspropriatsiya qilinmaydi yoki ularga nisbatan oqibat natijasi ekspropriatsiya qilish yoki natsionalizatsiya qilishga oʻxshash (quyida “ekspropriatsiya” deb yuritiladi) boshqa tadbirlar qoʻllanilmaydi, amaldagi qonunlarda belgilangan holatlarda va boshqa usullar bilan qondirilishi mumkin boʻlmagan davlat ehtiyojlari tufayli jamoatchilik maqsadlarida amalga oshiriladigan choralar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspropriatsiya zaruriy huquqiy tartibotlarga muvofiq, nodiskriminatsion asosda va kechiktirmagan holda, aynan bir xil va foydali kompensatsiya toʻlovlari bilan birga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kompensatsiya, musodara qilinayotgan investitsiyalarning ekspropriatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjat kuchga kirgan sanada yoki ekspropriatsiya toʻgʻrisidagi qaror barchaga ovoza qilingan sanada (bundan avval qanday hol yuz berganligiga bogʻliq tarzda) bevosita ravishda belgilangan qiymatiga muvofiq boʻladi hamda hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning valyutani tartibga solish qoidalariga muvofiq ravishda, ekspropriatsiya qilingan sanadan boshlab toʻlov sanasiga qadar yillik “LIBOR” stavkasi boʻyicha hisoblanadigan, investitsiyalar amalga oshirilgan tegishli erkin muomaladagi valyutadagi foizlarni qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan yoki oʻz tashkil etilgan kompaniyaning mol-mulklarini ekspropriatsiya qilsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining paylari yoxud aksiyalariga nisbatan mazkur moddaning qoidalari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Zararlarni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi urush, qurolli toʻqnashuv, favqulodda holat, isyon, qoʻzgʻolon, fuqarolik tartibsizliklari yoxud shu singari voqealar oqibatida zarar yetkazilgan investitsiyalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon restitutsiya, zararlarni qoplash, tovon yoki oʻzga qiymat toʻlovlari borasida ana shu Ahdlashuvchi Tomon oʻz investorlariga yoki istalgan uchinchi davlat investorlariga yaratadigan rejimdan kam boʻlmagan qulay rejim yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Pul oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlariga ular tomonidan barcha soliq majburiyatlari bajarilgandan soʻng investitsiyalar va ulardan kelgan daromadlarni erkin ravishda oʻtkazishga ruxsat beradi. Bunday pul oʻtkazishlar xususan quyidagi kabilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) investitsiyalarni quvvatlash yoki koʻpaytirish uchun moʻljallangan sarmoyalar va qoʻshimcha summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) investitsiyalar natijasida olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) investitsiyalarni butunlay yoki qisman sotish yoki tugatishdan olingan summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) zayomlarni toʻlash, litsenzion va patent badallarini toʻlash hamda investitsiyalarni yuritish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlar uchun zarur boʻlgan summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 4 va 5-moddalarga muvofiq kompensatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) bir Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi investitsiyalar munosabati bilan yollangan va ishlashga ruxsat berilgan investorlarining sof ish haqi va boshqa kompensatsiyalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Pul oʻtkazishlar asossiz kechiktirishsiz, hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning valyutani tartibga solish qoidalariga muvofiq belgilangan va pul oʻtkazilayotgan sanada qoʻllanilayotgan almashtirish kursi boʻyicha erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq, mazkur moddada qayd etilgan barcha pul oʻtkazishlar istalgan uchinchi davlat investorlarining pul oʻtkazishi uchun yaratilganidan kam boʻlmagan qulay rejimga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning valyutasi va boshqa davlatlarning valyutasi, toʻlov hujjatlari va qimmatbaho qogʻozlarini keltirish va olib ketish hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq tartibga solib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Subrogatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri, yoki uning vakolatli organi oʻzining istalgan investoriga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi investitsiyalar munosabati bilan tuzilgan kafolat yoki sugʻurta shartnomasi asosida toʻlovlarni amalga oshirgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) huquqlarning, ham qonunchilikka muvofiq, ham shu mamlakatdagi qonuniy bitimlarga asosan investorning har qanday huquqlari yoki talablari yuqorida qayd etilgan Ahdlashuvchi Tomonga yoxud uning vakolatli organiga oʻtishini, shuningdek
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuqorida qayd etilgan Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yoki uning vakolatli organi subrogatsiya tufayli bunday investorning huquqlarini amalga oshirish va talablarini daʼvo qilish hamda investitsiyalar bilan bogʻliq majburiyatlarni oʻz zimmasiga olish huquqiga ega ekanligini eʼtirof etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Subrogatsiyalangan huquqlar yoki talablar investorning dastlabki huquqlari va talablaridan ortiq boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Maslahatlashishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Bitimni talqin qilish va qoʻllashga bogʻliq barcha masalalar yuzasidan maslahatlashishlar oʻtkazishni taklif qilishi mumkin. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday maslahatlashishlarni oʻtkazish uchun zarur choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi mazkur Bitimni talqin qilish va qoʻllashga taalluqli har qanday nizolar, imkoniyatga koʻra diplomatik kanallar orqali Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida maslahatlashishlar va muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar muzokaralar boshlangan sanadan keyingi olti oy mobaynida murosaga kelolmasalar, istalgan Ahdlashuvchi Tomonning talabiga koʻra nizo Arbitraj Sudiga topshiriladi. Qayd etilgan Arbitraj Sudi har bir holat uchun alohida tarzda (ad hoc) va uch kishidan iborat boʻladi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon bittadan arbitr tayinlaydi. Bu ikki arbitr ikkala Ahdlashuvchi Tomonning davlatlari bilan diplomatik munosabatlarda boʻlgan uchinchi davlat fuqarosini saylaydi va har ikki Ahdlashuvchi Tomon maʼqullagandan soʻng u Sud Raisi etib tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar Ahdlashuvchi Tomonlarning hech qaysisi arbitraj toʻgʻrisidagi iltimosnoma olingan kundan boshlab ikki oy mobaynida oʻz arbitrini tayinlamasa, istalgan Ahdlashuvchi Tomon zaruriy tayinlovlarni amalga oshirish uchun BMT Xalqaro Sudi Prezidentini taklif etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar ikkala arbitr oʻzlari tayinlangan kundan boshlab ikki oy mobaynida rais saylash xususida bir qarorga kelolmasa, istalgan Ahdlashuvchi Tomon zaruriy tayinlovlarni amalga oshirish xususida BMT Xalqaro Sudi Raisiga murojaat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Basharti, mazkur moddaning 3- va 4-bandlarida qayd etilgan hollarda BMT Xalqaro Sudi Prezidenti bunday vazifani bajarolmasa yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, zaruriy tayinlovlarni amalga oshirish uchun Vitse-Prezident taklif etiladi, agar u ham Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, yoki boshqa sabablarga koʻra mazkur vazifani bajarolmasa, zaruriy tayinlovlarni amalga oshirish uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysisining fuqarosi boʻlmagan, BMT Xalqaro Sudining lavozimi yuqoriroq boʻlgan aʼzosi taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Arbitraj Sudi oʻz qarorlarini ushbu Bitimning qoidalari asosida, shuningdek xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va meʼyorlariga muvofiq qabul qiladi. Arbitraj Sudi qaror qabul qilishdan avval oʻz ishining istalgan bosqichida Ahdlashuvchi Tomonlarga nizoni doʻstona tarzda hal etishni taklif etishi mumkin. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar shunday qarorga kelsalar, bundan avvalgi qoidalar nizoni hal etishga toʻsqinlik qilolmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi boshqa kelishuvlarni buzmagan holda, Arbitraj Sudi oʻz tartib-qoidalarini belgilaydi. Sud oʻz qarorlarini koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz Sud aʼzosi va oʻzining arbitraj rusumidagi ishtiroki uchun sarflanadigan xarajatlarni toʻlaydi. Rais uchun sarflanadigan va boshqa chiqimlarni Ahdlashuvchi Tomonlar teng tarzda toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sud qarorlari har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun ham yakuniy va majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Ahdlashuvchi Tomon bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investori oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning investori bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasidagi investor investitsiyalariga doir, shu jumladan qoplash summalariga taalluqli boʻlgan nizolar imkon qadar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar bunday nizo istalgan Ahdlashuvchi Tomon uni muzokaralar yoʻli bilan hal etish toʻgʻrisida soʻragan vaqtdan boshlab olti oy mobaynida hal etilmasa, investor uni nizoda tomon hisoblanuvchi Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga topshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning 4, 5, 6 va 7-moddalari asosidagi nizolar yuzaga kelgan hollarda, investor arbitraj yoʻli bilan hal etish uchun nizoni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro Savdo Huquqi boʻyicha Komissiyasining Arbitraj Reglamenti (UNCITRAL)da muvofiq ad hos Arbitraj Sudiga yoki, agar har ikki Ahdlashuvchi Tomon ham Vashingtonda 1965-yilning 18-martida imzolangan Davlatlar va Boshqa Davlatlarning Fuqarolari oʻrtasidagi Investitsion Nizolarni Hal Etish Tartibi toʻgʻrisidagi ochiq Konvensiya (ICSID)da tomon hisoblansa, Investitsion nizolarni hal etuvchi Xalqaro Markazga topshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Arbitraj sudi oʻz qarorlarini nizoda tomon hisoblanuvchi Ahdlashuvchi Tomonning milliy qonunchiligi, mazkur Bitim qoidalari, shuningdek xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va meʼyorlari asosida qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Arbitraj qarori nizodagi ikkala Tomon uchun ham yakuniy hamda majburiy hisoblanadi va nizoda tomon hisoblanuvchi Ahdlashuvchi Tomonning milliy qonunchiligiga muvofiq ijro etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nizodagi har bir tomon oʻzi tayinlagan Sud aʼzosining faoliyati va oʻzining ishtiroki uchun arbitraj jarayonida sarflanadigan xarajatlarni toʻlaydi. Arbitraj jarayoni uchun sarflanadigan boshqa barcha chiqimlarni nizodagi tomonlar teng tarzda toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Bitimni qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim bir Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunchiligiga muvofiq mazkur Bitim kuchga kirgan sanagacha va undan soʻng amalga oshirilganligidan qatʼi nazar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investorlari amalga oshirgan investitsiyalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitim faqat Bitim kuchga kirgandan soʻng yuzaga kelgan investitsion nizolarga nisbatan qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning yozma ravishdagi kelishuviga binoan, ushbu Bitimning kuchga kirishi xususida 13-moddaning 1-bandida qayd etilgan tartibotlarga rioya qilgan holda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Bitimning kuchga kirishi, amal qilish muddati va faoliyatining toʻxtatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimning kuchga kirishi xususida har bir Ahdlashuvchi Tomonning milliy qonunchiligida koʻzda tutilgan tegishli tartibotlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi notalarini almashlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi nota olingan sanadan keyingi oʻttizinchi kun mazkur Bitim kuchga kirgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim oʻn yil mobaynida amal qiladi. Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri tegishli muddat tugashidan oʻn ikki oy avval mazkur Bitimni harakatdan toʻxtatish xususidagi oʻz niyatini boshqa Ahdlashuvchi Tomonga yozma ravishda maʼlum qilmasa, Bitimning amal qilish muddati oʻz-oʻzidan navbatdagi besh yillik davrlarga uzaytirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Bitim bekor qilingan holda, 1 — 11-moddalarning qoidalari ushbu Bitim harakatdan toʻxtatilgan kunga qadar amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan keyingi oʻn yillik davr mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim Sofiya shahrida, 1998-yil 24-iyunda ikki asl nusxada, oʻzbek, bolgar va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitimni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, rus tilidagi matn ustun kuchga ega hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)