14.02.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va
Bangladesh Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

Savdo va iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Bangladesh Respublikasi Hukumati, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqlilik, oʻzaro manfaatdorlik va xalqaro huquq prinsiplari asosidagi iqtisodiy va savdo munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashishni istab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har ikki mamlakatning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasidagi savdo munosabatlarining rivojlanishi uchun shartnoma-huquqiy asoslar va qulay sharoitlar yaratish zaruratidan kelib chiqib, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo va tariflar boʻyicha Bosh bitim (GATT) hamda Jahon savdo tashkiloti (JST)ning prinsiplariga muvofiq ravishda savdo sohasidagi oʻz munosabatlarini rivojlantirishga intilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar har ikki mamlakatda amalda boʻlgan qonunlarga muvofiq, teng huquqlilik, oʻzaro foyda va manfaatdorlik prinsiplariga amal qilgan holda, ularning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ikkala mamlakatning korxona, tashkilot, muassasa, kompaniya va assotsiatsiyalari oʻrtasida uzoq muddatli va barqarorlik asosidagi bevosita ikki tomonlama savdo va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish uchun tegishli chora-tadbirlar koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlarni qoʻllamaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

Savdo va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun oʻzaro manfaatli sharoitlar yaratish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagilar borasida bir-birlari uchun mumkin qadar qulaylik berish rejimini yaratadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import va eksportga nisbatan qoʻllaniladigan boj toʻlovlari, soliqlar va yigʻimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning bojxona rasmiylashtirilishi, tranziti, joylashtirilishi, tushirilishi va shu singari boshqa xizmatlarga taalluqli boʻlgan nizomlar va qoidalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va bevosita yoki bilvosita ravishda undiriladigan istalgan koʻrinishdagi boshqa ichki yigʻimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki bozorda tovarlarni sotish, sotib olish, transportirovka qilish, taqsimlash va ulardan foydalanishga oid qoidalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import va eksport uchun litsenziyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

2-moddaning mumkin qadar qulaylik berish rejimi toʻgʻrisidagi qoidalari quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara yaqinidagi savdoni va chegara yaqinidagi yuk tashishlarni yengillashtirish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qoʻshni .davlatlar uchun yaratadigan imtiyozlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining bugungi kunda yoki kelgusida bojxona uyushmalari, erkin savdo zonalari yoki savdo-iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllaridagi ishtiroki munosabati bilan uchinchi mamlakatlar uchun yaratiladigan imtiyozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy preferensiyalar tizimi boʻyicha yaratiladigan imtiyozlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligi, har ikki mamlakatda amalda boʻlgan qonunlarga, shuningdek xalqaro savdo amaliyoti normalariga rioya qilgan holda, mulkchilik shakllari va ishchan hamkorlik shakllaridan qatʼi nazar, kelishilgan narxlar boʻyicha, ikkala mamlakatning xoʻjalik faoliyati yurituvchi subyektlari oʻrtasida kontraktlar tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda Ahdlashuvchi Tomonlar mol ayirboshlashni balanslashtirishga intiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi savdo va iqtisodiy hamkorlik borasidagi barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar, agar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzga tarzda kelishgan boʻlmasalar, erkin muomaladagi valyutada xalqaro bank amaliyotida koʻzda tutilgan istalgan shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar har ikki mamlakatda amalda boʻlgan qonunlarga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qoʻshma korxonalar, xoʻjalik faoliyati yurituvchi subyektlarning filiallari, banklar va. boshqa tashkilotlarni tuzishida koʻmaklashadilar. Ahdlashuvchi Tomonlar investitsiyalar, ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etishning, shuningdek iqtisodiy maqsadga muvofiqlik prinsiplaridan kelib chiqqan holda, texnologik jihatdan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarishlarning kooperatsiyalashgan aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirishning muhimligini eʼtirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar iqtisodiy, sanoat va texnikaviy hamkorlik asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil sanoat va sanoatning boshqa sohalarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va aloqa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitni muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislar bilan almashish sohalarida bevosita xoʻjalik aloqalarini kengaytirish uchun imkoniyat yaratadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlararo savdo va iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib borish borasida qabul qilinayotgan qonun aktlari haqidagi axborot, shuningdek tovarlar va xizmatlar bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi axborot bilan oʻzaro almashishini tashkil etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

Ikki tomonlama savdo va iqtisodiy munosabatlar, statistik maʼlumotlar bilan almashish, bojxona protseduralari oʻtkazilishini tarifli va tarifsiz ravishda tartibga solib borishni amalga oshirish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar Jahon bojxona tashkilotining tovarlar bayoni va kodlashning uygʻunlashgan tizimidan foydalanishga kelishdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar yuk tashish, transport harakati, shu jumladan tranzit yuklar va yoʻlovchilarni tashish tartibi va shartlari, shuningdek transport tizimlarining oʻzaro harakati xalqaro yuk tashish qoidalariga muvofiq ravishda tartibga solib borilishi va/yoki Ahdlashuvchi Tomonlarning alohida bitimlariga binoan belgilanishiga kelishdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi ikki tomonlama savdoda yuzaga keladigan savdo balansini koʻrib chiqish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar muntazam ravishda maslahatlashishlar olib borishga kelishdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining amaldagi qonunlariga va xalqaro majburiyatlarga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomonning xoʻjalik faoliyati yurituvchi subyektlarining teng huquqli muhofazasini, shu jumladan ularning huquq va qonuniy manfaatlarining sud himoyasini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida savdo yarmarkalari, koʻrgazmalar, texnikaviy-iqtisodiy seminarlarni tashkil qilish va oʻtkazishga, shuningdek savdo delegatsiyalari va guruhlarining safarlariga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz mamlakatlarida amalda boʻlgan qonunlar va normativ hujjatlarga muvofiq, boj toʻlovlari, soliqlar va shu singari yigʻimlardan ozod qilgan holda, quyidagi mahsulotlarni import va eksport qilishga ruxsat beradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) buyurtmalar olish uchun zarur boʻlgan tovar namunalari va reklama materiallari (kataloglar, risolalar, fotosuratlar va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) koʻrgazmalar uchun zarur boʻlgan mahsulot, tovar va materiallar, ular koʻrgazma va yarmarkalardan soʻng reeksport qilinishi sharti bilan. Bunday mahsulot, tovarlar va materiallar manfaatdor Tomonning roziligiga binoan yarmarka va koʻrgazmalar paytida yoki ulardan soʻng sotilishi mumkin, ular realizatsiya qilingan hollarda esa, tegishli mamlakatning qoida va normalariga muvofiq ravishda barcha soliqlar, toʻlovlar hamda shu kabi boshqa yigʻimlar amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning qoʻllanishini nazorat qilish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar Qoʻshma ishchi komissiyasini taʼsis etadilar. Bu komissiya yigʻilishlari istalgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra qabul qiluvchi Tomonning raisligida navbatma-navbat Oʻzbekiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma ishchi komissiyasining ish tartibi alohida Protokol bilan tartibga solib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim, zarur holda, Ahdlashuvchi Tomonlarning yozma kelishuviga binoan oʻzgartirilishi yoki toʻldirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllash boʻyicha kelishmovchiliklar paydo boʻlgan holda Ahdlashuvchi Tomonlar ularni xalqaro huquq normalarini koʻllagan holda oʻzaro maslahatlashishlar yoʻli bilan hal etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar har bir mamlakatda ikki tomonlama savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga yordam beruvchi savdo vakolatxonalarini taʼsis qilishda koʻmaklashishga rozilik bildirishdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim barcha ichki yuridik protseduralar bajarilgandan soʻng notalar almashilgan sanadan boshlab kuchga kiradi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitim amal qilish muddati tugashidan kamida olti oy avval uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilgunga qadar, navbatdagi bir yillik muddatga oʻz-oʻzidan uzaytirilgan holda, keyingi besh yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning amal qilish toʻxtatilgan holda uning qoidalari ushbu Bitimga muvofiq tuzilgan barcha kontraktlarga va u amal qilgan davr ichida qayd etilgan kontraktlardan kelib chiquvchi, ushbu Bitim amal qilishi toʻxtatilgunga qadar amalga oshirilishi yoki bajarilishi mumkin boʻlmagan majburiyatlarga nisbatan Bitim amal qilishi toʻxtatilgan sanadan boshlab 5 yildan oshmagan muddat mobaynida tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dakka shahrida 1998-yil 14-fevralda, uch asl nusxada, har biri oʻzbek, bengal va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim qoidalarini talqin etish maqsadida ingliz tilidagi matn ustuvor kuchga ega boʻladi.

(imzolar)