Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2023 25.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2453
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 25.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2453
Kuchga kirish sanasi
29.04.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2453]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/3-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3411, 11.01.2023-y.) asosan 2023-yil 14-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) va “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6/2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-martdagi 6/2-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq aktivlarining balans qiymati bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mikrokredit tashkilotlarida ichki audit xizmatini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni hamda uning faoliyatini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 16-maydagi 11/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2453-1, 10.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2453-1/0732-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit — mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi va filiallari faoliyatini ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga, moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarga rioya qilinishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida ma’lumotlar to‘liq hamda to‘g‘ri aks ettirilishini, korporativ boshqarish tamoyillariga rioya qilinishini, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish va monitoring qilish yo‘li bilan nazorat qiluvchi va baholovchi mikrokredit tashkilotining ichki audit xizmati faoliyati;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati — mazkur Nizom talablari hisobga olingan holda mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi qarori bilan tashkil etiladigan mikrokredit tashkilotining ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo‘linmasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aktivlarining balans qiymati bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan har bir mikrokredit tashkiloti ichki audit xizmatini tashkil etishi, shuningdek mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi tasdiqlaydigan Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomni hamda ichki audit xizmati xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida olib boradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ichki audit xizmatining maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ichki audit xizmati ichki auditni amalga oshirish va uning natijalari to‘g‘risida mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlariga obyektiv tahlil, baho, tavsiyalar va takliflar taqdim etish, shu orqali mikrokredit tashkilotining samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda uning yuqori boshqaruv organiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organini ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha mikrokredit tashkiloti faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvi rejasiga muvofiq mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan ichki auditni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotining moliyaviy hisobotlarini (oylik, choraklik, yillik) aniqligi va ishonchliligi yuzasidan joriy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti tomonidan tuziladigan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga doir va boshqa xo‘jalik shartnomalarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;
(6-bandning to‘shrtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda mikrokredit tashkilotining tarkibiy bo‘linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank, mikrokredit tashkilotlari faoliyatiga oid qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari bo‘yicha maslahatlar berish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti faoliyatini tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish yuzasidan texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda hamda tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organiga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotining ichki normativ hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ichki audit xizmati ichki auditni amalga oshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi va xodimlaridan mikrokredit tashkiloti faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan yoki audit predmeti hisoblangan barcha zarur hujjatlarni (rahbar buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarni) talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelgan savollar bo‘yicha mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi va xodimlaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hujjatlardan nusxalar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur bo‘lganda belgilangan tartibda (kelgusida saqlanishi gumon bo‘lgan) hujjatlarning asl nusxalarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgandan so‘ng tekshirish jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki audit xizmati qonunchilik hujjatlariga va mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ichki audit xizmati quyidagi majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki auditni amalga oshirishda mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 21—27-bandlarida belgilangan talablarga muvofiq hisobotlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya va statistika hisoboti ko‘rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotiga uning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan zarar yetkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, bu haqda darhol mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlarni xatlovdan o‘tkazishda va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki audit xizmati qonunchilik hujjatlariga va mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ichki audit xizmati xodimlariga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga yoki maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lishlari;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ishi, mikromoliyalash, buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida (shu jumladan o‘rindoshlik asosida) kamida ikki yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lishlari, shu jumladan Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini bilishlari;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada belgilangan buxgalteriya hisobi hamda umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi va audit xalqaro standartlari qoidalarini qo‘llash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi ichki audit xizmatiga malakali va yetarli tajribaga ega mutaxassislar ishga qabul qilinishini ta’minlaydi hamda ularning ish faoliyati ustidan bevosita nazorat o‘rnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ichki audit vazifalarini samarali bajarish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ichki audit xizmati xodimi lavozimi bo‘shagan taqdirda, mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi bir oy muddat ichida ushbu lavozimga boshqa xodim qabul qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ichki audit xizmati xodimlarining kasbiy malakasi ularni tegishli ta’lim muassasalarida muntazam ravishda o‘qitish orqali oshirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi yoki uning qarori bilan mikrokredit tashkiloti muassislari (ishtirokchilari) tarkibidan saylangan komissiya tomonidan ichki audit xizmati xodimlarining qonunchilik hujjatlari talablarini bilishi, axborot tanlash, tekshiruvlar o‘tkazish, xulosalarni baholash va tayyorlash borasidagi kasbiy mahoratlari darajasi har yili baholab boriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ichki audit xizmatining mustaqilligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ichki audit xizmati mustaqildir va u bevosita mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organiga bo‘ysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ichki audit xizmati rahbari va xodimlarini lavozimga tayinlash hamda egallab turgan lavozimidan ozod etish, ularga ish haqi miqdorini va boshqa to‘lovlarni belgilash mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ichki audit xizmati xodimlari ular tomonidan tekshirilayotgan faoliyatlardan mustaqil bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ichki audit o‘tkazishga va uni o‘tkazish natijalari bo‘yicha yig‘ma hisobot tuzishga qo‘yiladigan asosiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ichki audit mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadigan auditorlik tekshiruvi rejasiga muvofiq yilning har choragida va hisobot yili yakunlari bo‘yicha tekshirilayotgan davr tugagandan so‘ng 10 kun muddat ichida o‘tkaziladi. Auditorlik tekshiruvi rejasi va mazkur Nizom talablari asosida batafsil auditorlik dasturi ishlab chiqiladi. Auditorlik dasturini ishlab chiqish va bajarish bo‘yicha javobgarlik ichki audit xizmatiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ichki audit xizmati ishining samaradorligini ta’minlash maqsadida auditorlik tekshiruvi rejasi mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi tomonidan har yili kamida bir marta qayta ko‘rib chiqilishi va tegishli yilning 1-yanvariga qadar tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ichki audit:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqarish tamoyillariga rioya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning holatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishini;
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 16-maydagi 11/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2453-1, 10.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2453-1/0732-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini;
(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlarning holatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazoratning holatini tekshirish va monitoringini olib borish yo‘li bilan faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘tkazilgan ichki audit tekshirishlari natijalari bo‘yicha bevosita uni o‘tkazgan xodim (xodimlar) tomonidan imzolanadigan tegishli hisobotlar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) biznes-reja bajarilishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning bajarilishining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda aniqlangan sabablar bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) korporativ boshqarish tamoyillariga rioya qilishni tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning samaradorligi, mikrokredit tashkiloti muassislarining (ishtirokchilarining) qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishi tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqarish sohasida qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari bayoni (ta’sis hujjatlariga rioya qilish, umumiy yig‘ilishlar va mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlari majlislari o‘tkazilishi, dividendlar to‘g‘ri hisoblanishi hamda o‘z vaqtida to‘lanishi va hokazolar);
(21-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mikrokredit tashkilotining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotini tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan moliya-xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o‘z vaqtida, to‘liq va aniq aks ettirilishini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibi buzilishining tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va yig‘imlar hisob-kitobi to‘g‘riligini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va to‘lashning belgilangan tartibi buzilishi holatlarini, soliq solinadigan bazani belgilashda chetga chiqishlarni bayon qilish;
(21-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 16-maydagi 11/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2453-1, 10.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2453-1/0732-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishda mikrokredit tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo‘jalik operatsiyalarining qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq yoki nomuvofiqligini baholash va bayon etishni o‘z ichiga olishi lozim;
(21-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) aktivlarning holatini tekshirish natijalari aktivlarni xatlovdan o‘tkazishning asoslanishini hamda ularning harakati, amalda mavjudligi va saqlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ichki nazoratning holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini va uning faoliyat ko‘rsatishidagi mavjud kamchiliklarni bayon etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti tarkibiy bo‘linmalaridagi ijro intizomining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘tkaziladigan audit tekshirishlari bo‘yicha barcha hisobotlarda mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi va tarkibiy bo‘linmalari faoliyati baholanishini, aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalarni, tasdiqlaydigan hujjatlarning to‘liq to‘plamini o‘z ichiga oladigan yakuniy qism bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘tkazilgan ichki audit yakunlari bo‘yicha, mazkur Nizomning 20, 21 va 22-bandlariga muvofiq, ichki audit rahbari (xodimi) tomonidan imzolanadigan yig‘ma hisobot tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yig‘ma hisobot:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahliliy qismni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy qismni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlaydigan hujjatlarning to‘liq to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yig‘ma hisobotning tahliliy qismi mazkur Nizomning 20, 21 va 22-bandlariga muvofiq, ichki audit xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborotni o‘z ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yig‘ma hisobotning yakuniy qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga umumiy bahoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ichki audit xizmatining tavsiyalarini hamda mikrokredit tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirishga, korporativ boshqarishni takomillashtirishga doir umumlashtirilgan takliflarni o‘z ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yig‘ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 5 kun ichida tugatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yig‘ma hisobot bevosita mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organiga uning ko‘rib chiqishi va keyinchalik tasdiqlashi uchun taqdim etilishi kerak. Yig‘ma hisobot tasdiqlangandan keyin uning 1 nusxasi mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi audit tekshiruvlari natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Ichki audit xizmatining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ichki audit xizmati xodimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zlari o‘tkazgan tekshirishlar natijalarini buzib ko‘rsatganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularga taqdim etilgan yoki xizmat vazifalarining bajarilishi jarayonida ularga ma’lum bo‘lgan mikrokredit tashkilotining sirini tashkil etadigan axborotning maxfiyligiga rioya qilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini ta’minlamaganligi uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ichki audit xizmati auditorlik tekshirishlari davomida aniqlangan qoidabuzarlik holatlarini bartaraf etish va mikrokredit tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlarga baho berilishi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi har chorakda ichki audit xizmatining tekshirishlar natijalari to‘g‘risidagi hisobotini eshitadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mikrokredit tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Markaziy bank lozim bo‘lganda mikrokredit tashkilotidan ichki audit xizmati o‘tkazgan tekshirishlar hisobotlarini va ular bilan bog‘liq boshqa axborotni olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 17-son, 230-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2453-1/0732-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)