11.02.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Va Koreya Respublikasi Hukumati Oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IKKIYOQLAMA SOLIQ SOLINIShINING OLDINI OLISh HAMDA DAROMAD VA SARMOYA SOLIQLARINI TOʻLAShDAN BOSh TORTIShNI BARTARAF QILISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va soliq masalalarida hamkorlikni kengaytirish istagida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlarni toʻlashdan qochish va bosh tortish yoʻli bilan soliqqa tortilmaslik hamda soliq solinishini kamaytirish imkoniyatini (jumladan, uchinchi davlatlar rezidentlarining bilvosita manfaatlari uchun mazkur Konvensiya tomonidan takdim etiladigan imtiyozlar berilishiga yoʻl ochadigan imkoniyatlarni) yaratmaslik uchun daromad va mol-mulk soliqlariga nisbatan ikkiyoqlama soliq solishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiya tuzish maqsadida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumatining 2019-yil 19-apreldagi bayonnomasi tahririda — 2020-yil 18-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-MODDA
QOʻLLANISh DOIRASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-MODDA
KONVENSIYA TATBIQ ETILADIGAN SOLIQLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Ahdlashuvchi Davlatlar nomidan yoki ularning mahalliy hokimiyatlari nomidan olinayotgan daromad va sarmoya soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Daromad va sarmoya soliqlariga umumiy daromaddan, umumiy sarmoyadan yoki daromad yoxud sarmoyaning bir qismidan, butun sarmoyadan yoki uning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan, koʻchar va koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlardan, hamda korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki maoshning umumiy miqdoridan olinadigan soliqlar, shuningdek sarmoya qiymatining oshishidan olingan daromadlardan undiriladigan soliqlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Konvensiya qoʻllaniladigan amaldagi soliqlar, jumladan quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Koreya Respublikasiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii) korporativ soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iii) jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iv) qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun undiriladigan maxsus soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(bundan keyin “Koreya soliqlari” deb ataladilar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar daromadlaridan olinadigan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii) jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iii) mol-mulk soligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladilar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Konvensiya, Konvensiya imzolangan sanadan soʻng undiriladigan soliqlarga aynan yoki qisman oʻxshash va ularga qoʻshimcha tarzda yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan har qanday soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiligida boʻlgan barcha muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir- birlarini xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-MODDA
UMUMIY TAʼRIFLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “KOREYA” atamasi Koreya Respublikasining hududiy dengiziga yondosh, Koreya Respublikasi dengiz tubi va yer osti va ularning tabiiy resurslariga nisbatan Koreya Respublikasining suveren huquqlarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan va xalqaro huquqqa binoan belgilangan boʻlishi yoki Koreya Respublikasi qonunlariga binoan kelgusida belgilanishi mumkin boʻlgan doirani oʻz ichiga olgan holda, Koreya Respublikasi hududini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “OʻZBEKISTON” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi va jugʻrofiy maʼnoda ishlatilganda Oʻzbekiston Respublikasi, ular doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va xalqaro huquqqa muvofiq oʻz suveren huquqlarini va yurisdiksiyasini, shu jumladan yer osti boyliklaridan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan, hududiy suvlarini va osmon kengliklarini oʻz ichiga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) “bir Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnga qarab Oʻzbekistonni yoki Koreyani bildiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “soliq” atamasi matndagi maʼnosiga qarab Oʻzbekiston soligʻini yoki Koreya soligʻini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani yoki shaxslarning har qanday boshqa birlashmasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) “kompaniya” atamasi korporativ birlashmani, Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga koʻra oʻzining maqomi belgilangan va soliqqa tortish maqsadlarida korporativ birlashma sifatida qaraladigan qoʻshma korxona yoki boshqa tashkilot boʻlmish har qanday shaxsni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqaruvi ostida ishlab turgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqaruvi ostida faoliyat koʻrsatayotgan korxonani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) “milliy shaxs” atamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxsni, shirkat va assotsiatsiyani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlardan korxona tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemasida, avtomobil transporti vositalarida va temir yoʻl orqali har qanday tashishni anglatadi, dengiz yoki havo kemasining, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarining oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan punktlar oʻrtasidagina foydalanilishi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “vakolatli organ” atamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Koreyaga nisbatan — Moliya va iqtisodiyot vazirini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii) Oʻzbekistonga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Raisini yoki uning vakolatli vakilini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyani Ahdlashuvchi Davlat qoʻllaganda unda belgilanmagan har qanday atama, agar matndan boshqa maʼno kelib chiqmasa, ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan mazkur Davlat qonunlarida ega boʻlgan maʼnoni anglatadi,.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-MODDA
REZIDENT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi shu Davlat qonunlari boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy istiqomat joyi, bosh va asosiy ofisi joylashgan joyi, boshqaruv joyi va har qanday boshqa shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi. Biroq bu atama ushbu Ahdlashuvchi Davlatda faqat ushbu Davlatda joylashgan manbalardan daromad olayotgani uchun soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning har ikkisining rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikki Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari eng chuqur boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki Davlatlarning hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi boʻlmasa, u odatda yashab turgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) agar shaxs odatda har ikki Davlatda yashasa yoki ularning hech birida yashamasa, u milliy shaxsi boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa yoki hech biriniki boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxsdan tashqari, har qanday shaxs, Ahdlashuvchi Davlatlardan har ikkisining rezidenti boʻlsa, oʻzining amaldagi boshqaruv organi joylashgan oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanishi kerak. Agar shubha tugʻiladigan boʻlsa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu masalani oʻzaro kelishuv asosida hal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-MODDA
DOIMIY MUASSASA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxona toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan doimiy faoliyat joyini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Doimiy muassasa” atamasi, jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqaruv joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boʻlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) ofis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) fabrika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ustaxona; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻini, karver yoki tabiiy resurslarni qazib olishga taalluqli har qanday boshqa joy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qurilish maydonchasi, montaj yoxud yigʻma obyekt, agar ularning faoliyati oʻn ikki oydan koʻproq davom etgan taqdirdagina doimiy muassasa deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlarni faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxirasini faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina ushlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxirasini boshqa korxona tomonidan faqat qayta ishlov berilishi maqsadlarida ushlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) doimiy faoliyat joyining faqat tovarlar yoki buyumlar sotib olish yoki mazkur korxona uchun axborot yigʻish maqsadlarida ushlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) doimiy faoliyat joyining ushbu korxona uchun faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlarida ushlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) doimiy faoliyat joyining, (a)dan (e)gacha boʻlgan kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday uygʻunlashuvi uchungina bunday faoliyat joyining faoliyati ana shu uygʻunlashuv natijasi va tayyorgarlik hamda yordamchi tusda boʻlgan taqdirda saqlab turilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1- va 2-bandlardagi qoidalarga qaramay, agar 6-bandda koʻrsatilgan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatda korxona nomidan ish yuritsa va korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda shu vakolatni amalga oshirsa, bu korxona ushbu Davlatda ana shu korxona uchun mazkur shaxs amalga oshirayotgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega boʻladi. Agar mazkur shaxsning faoliyati faqat 4-bandda eslatilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolmasa, agar bu faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, bu doimiy faoliyat joyini ushbu bandning qoidalariga asosan doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining sugʻurta korxonasi, qayta sugʻurta qilish bundan mustasno, agar u boshqa Davlat hududida mukofot olsa, yoki 7-bandga taalluqli boʻlgan mustaqil maqomli agentdan boshqa shaxs orqali tavakkalchiliklarni sugʻurta qilsa, yuqoridagi sugʻurta korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega boʻlmogʻi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi, agar boshqa Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati doirasida ish yuritgan taqdirda, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki shu kompaniya tomonidan nazorat qilinsa yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-MODDA
KOʻChMAS MULKDAN OLINADIGAN DAROMADLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromad (qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar ham shunga kiradi) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun “koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat soliq qonunchiligida belgilangan maʼnoga egadir. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulkchilikka taalluqli umumiy qonunchilikning qoidalari bilan huquqi belgilab berilgan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, chorva mollari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi vositalarini, koʻchmas mulk uzufruktini va minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamalarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini, yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi; dengiz va havo kemalariga koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki oʻzga har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1- va 3-band qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadiga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishda ishlatiladigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-MODDA
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDAN OLINADIGAN FOYDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasining foydasi faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, agar faqat korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismidagina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, agar u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni amalga oshirayotgan boʻlgan boʻlsa, xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida va u doimiy muassasasi boʻlgan va mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrayotgan korxona sifatida olishi mumkin boʻlgan foyda har bir Ahdlashuvchi Davlatda ushbu doimiy muassasasiniki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni chiqarib tashlashga yoʻl qoʻyiladi, doimiy muassasa joylashgan Davlatda hamda har qanday oʻzga yerda faoliyati maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlar ham shunga kiradi. Biroq, doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning boshqa ofislaridan istalgan biriga royalti, gonorarlar yoki boshqa shunday toʻlovlar sifatida patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun toʻlangan toʻlovlar yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejment uchun komission toʻlovlar toʻlash tarzida, yoki, ushbu doimiy muassasaga berilgan qarz puliga foizlarni toʻlash tarzida, bank korxonasiga tegishli boʻlgan hollardan tashqari, toʻlangan pul miqdorini, agar ular umuman bor boʻlsa, (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) hech qanday chegirib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki ofislaridan biriga royalti, gonorarlar yoki patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun toʻlangan, shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejment uchun komission toʻlovlar tarzida, korxonaning bosh ofisiga yoki boshqa ofislardan istalgan biriga, bank korxonasidan tashqari, berilgan qarz puliga foizlar tarzida toʻlangan pul miqdori (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) doimiy muassasaning foydalarini aniqlashda hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxona uchun doimiy muassasa tomonidan tovarlar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga mansub foyda, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar foyda, ushbu Konvensiyaning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, mazkur moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-MODDA
XALQARO TRANSPORT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi xalqaro tashishlarda kemalar, samolyotlar, temir yoʻl va avtotransportdan foydalanishdan olgan foydasiga faqat shu Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-band qoidalari transport vositalaridan foydalanish boʻyicha pulda (umumiy jamgʻarmada), qoʻshma korxonada yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olgan foydalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi xalqaro tashishlarda amalga oshiradigan dengiz va havo kemalari, temir yoʻl va avtotransportdan foydalanishga kelganda, unda bu korxona Oʻzbekiston korxonasi boʻlsa, Koreyada qoʻshilgan qiymatga solinadigan soliqdan ozod qilinadi, agar bu korxona Koreya korxonasi boʻlsa, Koreyadagi qoʻshilgan qiymat soligʻiga oʻxshash Oʻzbekistonda solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliqdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-MODDA
BIRLAShGAN KORXONALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning sarmoyasida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻsha shaxslar Ahdlashuvchi Davlatlardan unisining ham korxonasini, bunisining ham korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki ular sarmoyasida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, korxonalardan birida shunday munosabatlar natijasida toʻplangan, lekin shunday munosabatlar sababli zarur hajmda boʻlmagan foyda ushbu korxona tegishli tarzda daromadiga qoʻshilishi va soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliq solinadigan foydani, shuningdek soliqlarni kiritsa va shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga hisoblanadigan foyda boʻlsa, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat shu Davlatga tegishli foydadan olinadigan soliq miqdoriga zarur tuzatishlar kiritadi. Bunday tuzatishni belgilashda ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratish kerak va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-MODDA
DIVIDENDLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlarga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq bunday dividendlarga ularni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga binoan ham soliq solinishi mumkin, ammo dividendlarni oluvchi, yaʼni dividendlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, u holda shu tariqa olingan soliqning miqdori quyidagilardan ortiq boʻlmasligi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar kompaniya (shirkatdan tashqari) dividendlarning haqiqiy egasi boʻlsa va dividendlar toʻlayotgan kompaniyaning kamida 25 foiziga bevosita egalik qilsa, dividendlar yalpi miqdorining 5 foizidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa hamma hollarda dividendlar yalpi miqdorining 15 foizidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Dividendlar” atamasi mazkur moddada qoʻllanilganda, aksiyalardan yoki qarz talablari hisoblanmagan, foydada ishtirok etish huquqni beruvchi boshqa huquqlarga koʻra olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi soliqlar orqali tartibga solinadigan boshqa korporativ huquqlarga koʻra olinadigan daromadni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan holda ana shu dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda mustaqil xususiy xizmatlarni u yerda joylashgan doimiy bazadan koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ushbu boshqa Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlarni hech qanday soliqqa tortishi mumkin emas, dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollardan tashqari, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham, kompaniyaning taqsimlanmagan foydasiga soliq solinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-MODDA
FOIZLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ammo bunday foizlar ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda ham shu Davlatning qonunlariga binoan soliqqa tortilishi mumkin, ammo foizlarning haqiqiy sohibi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunday holda soliqning miqdori foizlar yalpi miqdorining 5 foizidan oshmasligi kerak. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro kelishuvga binoan bunday cheklashni qoʻllash usulini belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda ipoteka taxminidan qatʼi nazar, qarzdorning foydasida, xususan, Hukumat qimmatbaho qogʻozlaridan olinadigan daromadlarda va obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadda, shu jumladan ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofotlar va yutuqlarda qatnashish huquqidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni bildiradi. Toʻlov muddati choʻzib yuborilganligi uchun jarimalar ushbu modda maqsadlari uchun foizlar sifatida qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tijorat faoliyati olib borayotgan boʻlsa, yoki mazkur boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatan ham bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab ushbu Konvensiyaning 7- yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Foizlarni toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa foizlar mazkur Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq foizlarni toʻlovchi shaxs, Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlib shu tufayli foizlar toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa va foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza tomonidan toʻlanayotgan boʻlsa, bunday holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi, yoki ular ikkalasi va har qanday boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foizlar miqdori toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismidan mazkur Konvensiyaning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliq olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-MODDA
ROYALTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq bunday royaltilar ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda ham va shu Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo agar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti royaltilarning amaldagi egasi boʻlsa, bunday holda undiriladigan soliq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sanoat, tijorat yoki ilmiy uskunalardan foydalanish uchun yoki foydalanish huquqi uchun toʻlanadigan shunday royaltilar yalpi miqdorining 2 foizidan; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) barcha boshqa hollarda shunday royaltilar yalpi miqdorining 5 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Royalti” iborasi ushbu moddada qoʻllanilganda har qanday adabiy, badiiy yoki ilmiy asarlar, shu jumladan kinomatografik filmlar yoki radio va televideniye uchun foydalaniladigan kinoplyonkalar, kassetalar, har qanday patent, savdo belgisi, chizma yoki model, reja, maxfiy formula yoki jarayon uchun har qanday mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqdan foydalanish huquqi uchun, yoki sanoat, tijorat, ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish huquqidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga mansub axborot uchun mukofot tarzida olinadigan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar royaltilarning amaldagi egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda unda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari vaziyatga bogʻliq ravishda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar toʻlovchi qaysi Davlatning rezidenti boʻlsa, royaltilar ana shu Ahdlashuvchi Davlatda paydo boʻlgan deb hisoblanadi. Agar, biroq royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, har qanday Davlatda royaltini toʻlash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlov xarajatlarini toʻlasa, bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar toʻlovchi bilan amalda royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkovi va boshqa biron bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori toʻlovchi va amalda shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismiga ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olib, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar royalti toʻlanadigan huquqlarni yaratish yoki boshqaga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri ushbu moddadan huquqlarni yaratish yoki boshqaga oʻtkazish yoʻli bilan foyda olish boʻlsa, ushbu moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi. Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi ushbu qoidaning maʼlum holatda qoʻllanilishi boʻyicha birorta qaror qabul qilinguniga qadar boshqa organni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-MODDA
SARMOYA QIYMATINING OʻSIShIDAN OLINADIGAN DAROMADLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti 6-moddaga taalluqli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlarga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan olingan yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlarga, jumladan, shu doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olingan daromadga ham mana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasi xalqaro tashishlarda foydalaniladigan kemalar yoki samolyotlarni yoki temir yoʻl va avtotransportni begonalashtirish yoki shunday kemalar, samolyotlar yoki temir yoʻl va avtotransportdan foydalanishga taalluqli koʻchar mol-mulkni sotishdan oladigan daromadlar faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Har qanday mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadga, 1-, 2- va 3-kichik bandlarda eslatilganlardan tashqari, faqat begonalashtiruvchi shaxs rezidenti hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-MODDA
MUSTAQIL ShAXSIY XIZMATLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti kasbiy xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa faoliyatdan olgan daromadiga boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin boʻlgan quyidagi holatlardan tashqari faqat ana shu Davlatda soliq solinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar u oʻz faoliyati amalga oshirish maqsadlari uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa, bunday hollarda ana shu boshqa Davlatdagi doimiy bazaga taalluqli boʻlgan daromadning shu qismi soliqqa tortilishi mumkin; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar uning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlishi koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday 12 oylik davrda jami 183 kunni tashkil etuvchi yoki oshuvchi davr yoki davrlar mobaynida choʻziladigan boʻlsa, bunday holda uning daromadining ana shu boshqa Davlatda koʻrib chiqilayotgan yilda amalga oshirgan faoliyatidan olinadigan shu qismigagina soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, jumladan, mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgaltyerlarning mustaqil mehnat faoliyatini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-MODDA
YoLLANMA ShAXSIY XIZMATLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyaning 16-, 18- va 19-moddalari qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti yollanma ish boʻyicha oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash pullariga, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat mana shu Davlatda soliq solinadi. Agar yollanma ish shu tariqa bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash puliga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma ish uchun oladigan taqdirlash pullariga faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliq solinadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taqdirlash puli oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib turayotgan, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taqdirlash puli boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) taqdirlash puli boʻyicha xarajatlarni yollovchi yoki u bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxs boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning yuqoridagi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz yoki havo kemasi bortida, yoki temir yoʻl va avtotransportda amalga oshiriladigan yollanma ish uchun olinadigan taqdirlash pullariga ushbu Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-MODDA
DIREKTORLARNING GONORARLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktorlarning gonorarlari va Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaning Direktorlar Kengashining aʼzosi sifatida oladigan shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar, ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-MODDA
SANʼAT XODIMLARI VA SPORTChILAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadiga shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilsa, 7-, 14- va 15-moddalar qoidalariga qaramay, bu daromadga sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlari qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan sanʼat xodimlari yoki sportchilar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda har ikkala Ahdlashuvchi Davlat Hukumatlari oʻrtasida kelishib olingan madaniy almashishning alohida dasturi ostida amalga oshiradigan faoliyatdan oladigan daromad Ahdlashuvchi Davlatlardan birining yoki har ikkalasining jamoat fondlari tomonidan yoki mahalliy hokimiyatlari tomonidan mablagʻ bilan toʻliq taʼminlab turilsa, ana shu boshqa Davlatda soliqdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-MODDA
PENSIYALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 19-moddaning 2-bandi qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlatlarning rezidentiga toʻlanadigan pensiyalar yoki ilgari yollanib ishlagani uchun toʻlanadigan shunga oʻxshash taqdirlash haqlariga faqat ana shu Davlatda soliq solinishi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumatining 2019-yil 19-apreldagi bayonnomasi tahririda — 2020-yil 18-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-band qoidalaridan qatʼi nazar, toʻlanadigan pensiyalar va Axdlashuvchi Davlatning yoki uning hokimiyatining ijtimoiy himoya tizimi qismi boʻlgan davlat sxemalari orqali toʻlanadigan boshqa toʻlovlar, faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumatining 2019-yil 19-apreldagi bayonnomasiga asosan kiritilgan — 2020-yil 18-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-MODDA
HUKUMAT XIZMATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari tomonidan shu Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyatlariga koʻrsatgan xizmatlar uchun jismoniy shaxsga toʻlanadigan pensiyadan tashqari maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlariga, faqat shu Davlatda soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Biroq, bunday maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlariga, agar xizmatlar mana shu Davlatda koʻrsatilayotgan boʻlsa va jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti boʻlsa, faqat ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii) faqat shunday xizmatlar koʻrsatish maqsadida shu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat yoki ular tomonidan tuzilgan fondlar tomonidan jismoniy shaxsga shu Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyat uchun koʻrsatilgan xizmatiga nisbatan toʻlaydigan har qanday pensiya faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Biroq, agar jismoniy shaxs boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa, bunday pensiya faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 15-, 16- va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlariga va pensiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolati organlari oʻrtasida belgilanishi va almashuv xatlarida kelishilishi mumkin boʻlgan hukumat doirasidagi vazifalarni bajaruvchi har qanday moliyaviy muassasa tomonidan toʻlanadigan taqdirlash haqlariga yoki pensiyaga nisbatan ham 1- va 2-bandlarning qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-MODDA
STUDENTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelgunga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan student yoki praktikantning yashashi, oʻqishi va maʼlumot olishi uchun moʻljallangan toʻlovlarga mana shu Davlatda, agarda bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan boʻlsa, soliq solinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-MODDA
BOShQA DAROMADLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Konvensiyaning oldingi moddalarida tilga olinmagan daromad turlariga, daromadning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat mana shu Davlatda soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agarda daromad egasi, 6-moddaning 2-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan olingan daromaddan tashqari, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirsa yoki shu Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni koʻrsatsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, bunday daromadga nisbatan 1-bandning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holatda 14-moddaning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-MODDA
SARMOYA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mol-mulk ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkka yoxud mustaqil shaxsiy xizmatlarni bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foydalanadigan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mol-mulk ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tasarrufidagi xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz va havo kemalari, temir yoʻl va avtotransport tarzidagi hamda shunday dengiz va havo kemalaridan temir yoʻl va avtotransportdan, konteynyerlardan iborat, 8-moddaning 2-bandi qoidalari tatbiq etiladigan koʻchar mulkdan iborat mablagʻ faqat shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti mablagʻining barcha boshqa elementlari faqat shu Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-MODDA
IKKI TOMONLAMA SOLIQQA TORTIShNI BARTARAF ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Koreyaga nisbatan ikki tomonlama soliq solish quyidagicha bartaraf etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreyadan tashqari har qanday mamlakatda toʻlanadigan Koreya soliqlari haqidagi Koreya qonuni qoidalariga koʻra, (bu yerda bayon etilgan umumiy prinsiplarga daxl etilmagan holda) va Oʻzbekiston qonuni hamda ushbu Konvensiyaning qoidalariga muvofiq (dividendlardan toʻlanadigan soliqdan tashqari) bevosita yoki chegirib tashlash yoʻli bilan Oʻzbekiston manbalaridan olinadigan daromadga solinadigan va Koreya tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarga nisbatan soliq krediti beriladi. Biroq kredit miqdori saylov berilgunga qadar hisoblab chiqilgan Koreya soligʻining shu daromadga mos keladigan qismidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekistonga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortish bartaraf etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston rezidenti ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq, Koreyada soliq solinishi mumkin boʻlgan daromadni olsa yoki mulkka ega boʻlsa, Oʻzbekiston:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shu rezidentning daromad soligʻidan Koreyada toʻlangan daromad soligʻiga teng miqdorini chegirib tashlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shu rezidentning mol-mulkiga solinadigan soliqdan Koreyada toʻlangan mol-mulk soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlashga imkon berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday chegirib tashlashlar har qanday holda ham chegirib tashlangungacha daromad yoki mol-mulkka, vaziyatga bogʻliq ravishda Koreyada soliq solinishi mumkin boʻlgan daromad yoki mol-mulkka, nisbatan hisoblangan soliq qismidan oshib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Konvensiyaning biron bir qoidasiga muvofiq Ahdlashuvchi Davlat rezidenti olgan daromad yoki mol-mulk shu Davlatda soliqqa tortilishdan ozod qilingan boʻlsa, bu Davlat shu rezident daromadi yoki mol-mulkining qolgan qismiga soliq miqdorini hisoblashda soliq solishdan ozod qilingan daromad yoki mol-mulkni hisobga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatda toʻlanadigan soliq Ahdlashuvchi Davlatning iqtisodiy taraqqiyotga koʻmaklashish maqsadida soliqlarni kamaytirishga, soliq toʻlashdan ozod qilishga yoki soliq imtiyoziga taalluqli boshqa yuridik qoidalari boʻlmaganida toʻlanishi mumkin boʻlgan soliqni oʻz ichiga oladi, deb hisoblanadi. Ushbu band maqsadlari uchun soliq miqdori quyidagicha boʻlishi kerak, deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 10-moddaning 2 (a)-bandiga tatbiqan dividendlar yalpi miqdorining 5 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 10-modaning 2 (b)-bandiga tatbiqan dividendlar yalpi miqdorining 15 foizini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) 11-moddaning 2-bandiga tatbiqan foizlar yalpi miqdorining 5 foizini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 12-moddaning 2 (a)-bandiga tatbiqan royaltilar yalpi miqdorining 2 foizini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 12-moddaning 2 (b)-bandiga tatbiqan royaltilar yalpi miqdorining 5 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar foyda, daromad yoki soliqqa tortiladigan sarmoya qiymatining oʻsishidan soliq toʻlanishi mumkin boʻlsa, ushbu bandda koʻrsatilgan soliq toʻlashdan ozod qilishlari yoki soliqning pasaytirilishi 2004-yil birinchi yanvardan keyin paydo boʻlsa yoki hisoblansa, ushbu moddaning 4-bandida belgilangan soliqdan chegirtama berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-MODDA
KAMSITMASLIK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlganidan ortiq har qanday soliq solishlariga yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliq solishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasaga soliq solish ana shu boshqa Davlatda ushbu boshqa Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalariga soliq solishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Mazkur qoida Ahdlashuvchi Davlatlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga soliq solish maqsadlarida oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqeyi yoki oilaviy majburiyati hisobiga beradigan har qanday shaxsiy pul yordami, skidkalar berishga majburlovchi tarzida talqin qilinmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 6-bandi yoki 12-moddaning 4-bandi qoidalari qoʻllanganidan tashqari hollarda, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlaydigan foizlar, royaltilar va boshqa qarz toʻlovlari, bunday korxonaning soliqqa tortiladigan foydasini aniqlash maqsadida bunday toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlanganida qoʻllaniladigan shunday shartlar asosida chegirib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonalari mablagʻi toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatga tegishli boʻlgan yoki shu Davlatning bir yoki bir necha rezidentlari tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan boʻlsa, ular birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq solish yoki unga aloqador holatlar, boshqa yoki soliq solishdan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu modda qoidalari 2-modda qoidalariga qaramay, turli xil va taʼrifdagi soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-MODDA
OʻZARO KELIShUV TARTIBLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar bir shaxs Axdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining harakati unga ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliq solinishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini har qaysi Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Konvensiya qoidalariga nomuvofiq soliq solinishiga olib keluvchi xatti-harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor yozma ravishda bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumatining 2019-yil 19-apreldagi bayonnomasi tahririda — 2020-yil 18-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiyaga muvofiq kelmaydigan soliq solinishidan qochish maqsadlarida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlar ichki qonunlarida har qanday vaqtincha cheklashlarga qaramay bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar. Ular Konvensiyada koʻzda tutilmagan hollarda ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish uchun bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiyaning oldingi bandlari maʼnolarini tushunishida hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻlib turishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-MODDA
AXBOROT ALMAShISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiya qoidalarini yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning soliqlarga tegishli ichki qonunchiligini qoʻllanish uchun ushbu qonunchilikdan ushbu Konvensiyaga zid kelmaydigan darajada foydalanish maqsadida zarur axborotlar bilan almashib turadilar. Axborot almashish 1-modda bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlat olayotgan har qanday axborot, mazkur Davlatning ichki qonunlariga muvofiq olingan maʼlumot kabi maxfiy hisoblanadi, hamda faqat aniqlash, yoki undirish, majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish bilan bogʻliq yoki soliqlarga nisbatan apellatsiyalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq shaxslar yoki organlargagina (jumladan, sudlar va maʼmuriy organlarga ham) ochiladi. Bu shaxslar yoki organlar axborotdan faqat shunday maqsadlar uchun foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hech qanday holatda ham ushbu moddaning 1-band qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatli organlari zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatlar qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid maʼmuriy tadbirlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborot bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) barcha savdo, sanoat, tijorat yoki kasb siri yoki savdo jarayonini ochuvchi yoki ochilishi Davlat siyosatiga zid keluvchi axborot bilan taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26A-modda
SOLIQLARNI UNDIRIShDA KOʻMAKLAShISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlar soliq daʼvolarini undirishda bir-birlariga yordam koʻrsatadilar. Ushbu yordam 1 va 2-modda qoidalari bilan cheklanmaydi. Axdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur moddani qoʻllash usulini oʻzaro kelishuv yoʻli bilan belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddada qoʻllanilgan “soliq daʼvosi” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning mahalliy hokimiyatlari foydasiga undiriladigan mazkur Konvensiyaga yoki Ahdlashuvchi Davlatlar ishtirokchisi boʻlgan boshqa hujjatga zid boʻlmagan tarzda har qanday tur va tavsifdagi soliqlar sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan summani, shuningdek, bunday summaga tegishli foizlar, maʼmuriy jarimalar hamda ushbu summani undirish yoki undirilishini taʼminlash boʻyicha xarajatlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar Axdlashuvchi Davlatlardan biriga taalluqli soliq daʼvosi ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq undirilishi mumkin boʻlsa va ushbu Davlatning qonunchiligiga koʻra ayni shu paytda undirilishiga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlanilishi lozim boʻlsa, bu holda ushbu Davlatning vakolatli organlari soʻrovnomasiga binoan bunday daʼvo majburiyati boshqa Axdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari tomonidan undiruv uchun qabul qilinadi. Ushbu soliq daʼvosi boshqa Davlat tomonidan, ayni mazkur Davlatga taalluqli soliq daʼvosi kabi, uning oʻz soliqlarini undirishi uchun qoʻllanadigan qonunchiligi qoidalariga muvofiq undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar Ahdlashuvchi Davlatning soliq daʼvosi uni undirish uchun ushbu Davlat qonunchiligiga muvofiq undirishni taʼminlash choralarini koʻrishni taqozo qiladigan majburiyat hisoblansa, bunday soliq daʼvosi ushbu Davlat vakolatli organining soʻrovnomasi bilan boshqa Axdlashuvchi Davlat vakolatli organi tomonidan taʼminlash choralarini koʻrish maqsadida qabul qilinishi lozim. Mazkur boshqa Davlat bunday soliq daʼvosiga nisbatan, hatto ushbu soliq daʼvosi, bunday choralarni qoʻllash paytida birinchi qayd etilgan Davlatda soliq talabini ijro etishning imkoni boʻlmagan yoki uning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan taqdirda ham, ushbu boshqa Davlatga taalluqli boʻlganidek, oʻz qonunchiligi qoidalariga muvofiq soliq daʼvosini taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 3 va 4-bandlarning qoidalaridan qatʼi nazar, Axdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq, soliq daʼvolariga nisbatan shunday daʼvoning xususiyatiga koʻra mazkur Davlatda qoʻllanishi mumkin boʻlgan vaqt cheklovlari yoki taqtsim etilgan ustuvorlik ushbu Davlat tomonidan 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq daʼvosiga nisbatan qoʻllanilmaydi. Bundan tashqari, Ahdlashuvchi Davlatlarning biri tomonidan 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq daʼvosiga nisbatan ushbu Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq ustuvorlikka ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga taalluqli soliq daʼvosining mavjudligi, haqiqiyligi yoki uning miqdori boʻyicha tartibotlar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning sud yohud maʼmuriy organlari muhokamasiga olib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan biri 3 va 4-bandlarga muvofiq soʻrovnoma yuborganidan soʻng va boshqa Axdlashuvchi Davlat tegishli soliq daʼvosini undirib, birinchi qayd etilgan Ahdlashuvchi Davlatga oʻtkazgunga qadar boʻlgan har qanday vaqtda, tegishli soliq daʼvosi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻrovnoma 3-bandga muvofiq yuborilganda — birinchi qayd etilgan Davlatga taalluqli, ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq undirilishi hamda shu paytda ushbu Davlatning qonunchiligiga koʻra uni undirilishiga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlab berilishi lozim boʻlgan soliq daʼvosi boʻlmay qolsa; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soʻrovnoma 4-bandga muvofiq yuborilganda — birinchi qayd etilgan Davlatga taalluqli, uni undirish uchun ushbu Davlat oʻz qonunchiligiga muvofiq taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin boʻlgan soliq daʼvosi boʻlmay qolsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu holda birinchi qayd etilgan Davlatning vakolatli organi bu hakda darhol boshqa Davlatning vakolatli organini xabardor qiladi va birinchi qayd etilgan Davlat boshqa Davlatning xohishi boʻyicha oʻz soʻrovnomasini toʻxtatadi yoki chaqirtirib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu moddaning qoidalari hech bir holatda Axdlashuvchi Davlat zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklanishi sifatida talqin qilinishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u yoki bu Axdlashuvchi Davlatning qonunchiligi va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jamoat tartibiga (ordre public) zid boʻlgan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) yordam koʻrsatish, basharti boshqa Ahdlashuvchi Davlat mavjud boʻlgan holat boʻyicha oʻz qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotida mavjud boʻlgan undirish yoki undiruvni taʼminlashga doir barcha oqilona choralarni koʻrmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) koʻmaklashayotgan Davlat zimmasiga tushayotgan maʼmuriy sarf-xarajatlar undiruv natijasida boshqa Axdlashuvchi Davlat olishi mumkin boʻlgan foydaga nomutanosib boʻlgan holatlarda koʻmaklashish.
(26A-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumatining 2019-yil 19-apreldagi bayonnomasiga asosan kiritilgan — 2020-yil 18-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-MODDA
DIPLOMATIK VAKOLATXONALAR XODIMLARI VA KONSULLIK MUASSASALARI XIZMATChILARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xodimlarining xalqaro huquq umumiy normalariga yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-MODDA
IMTIYOZLAR BERILIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalaridan qatʼi nazar, agar barcha tegishli faktlar va shartlarni hisobga olgan holda, har qanday kelishuv yoki bitimning asosiy maqsadlaridan biri mazkur Konvensiya doirasida imtiyoz olish boʻlib va bevosita yoki bilvosita bunday imtiyozni olinishiga olib kelgan deb xulosa qilishga asos boʻlsa, bunday daromad va foyda predmetiga nisbatan ushbu imtiyozlar taqdim qilinmaydi, basharti bunday shartlarda ushbu imtiyozlarning berilishi mazkur Konvensiya tegishli qoidalarining obyekti va maqsadiga muvofiq deb topilmasa.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumatining 2019-yil 19-apreldagi bayonnomasiga asosan kiritilgan — 2020-yil 18-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-MODDA
KUChGA KIRIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Davlatlardan har biri ushbu Konvensiyaning kuchga kirishi uchun ularning ichki qonunlariga muvofiq talab qilinadigan protseduralarining tutaganligi toʻgʻrisida bir-birlariga diplomatik kanallar orqali yozma ravishda maʼlum qiladi. Ushbu Konvensiya shunday xabarlarning oxirgisi olingandan keyin oʻn beshinchi kuni kuchga kiradi va shundan keyin quyidagilarga nisbatan amal qila boshlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Konvensiya kuchga kirgan yildan bevosita keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olingan daromad manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Konvensiya kuchga kirgan yildan bevosita keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan va undan keyingi sanadan boshlanadigan soliqqa tortish barcha davrlari uchun boshqa daromad soliqlariga va sarmoyaga nisbatan.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumatining 2019-yil 19-apreldagi bayonnomasi tahririda — 2020-yil 18-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-MODDA
AMAL QILIShINI TOʻXTATISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya uning amal qilishini Ahdlashuvchi Davlatlardan biri toʻxtatmaguncha oʻz kuchida qoladi. Biroq har bir Ahdlashuvchi Davlat Konvensiyaning amal qilishini Konvensiya kuchga kirgan kundan keyin besh yil oʻtgach boshlanadigan har qanday taqvimiy yilning oʻttizinchi iyunigacha yoki oʻttizinchi iyunida toʻxtatish toʻgʻrisida diplomatik yoʻl orqali xabar berib toʻxtashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu holatda Konvensiyaning amal qilishi toʻxtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) denonsatsiya haqida xabardor qilingan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab olingan daromad manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) denonsatsiya haqida xabardor qilingan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki birinchi yanvaridan keyingi sanadan boshlanadigan har qanday soliqqa tortish yillari uchun boshqa daromad soliqlarga va mablagʻ soliqlariga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz Hukumatlari tomonidan tegishli tartibda vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 1998-yil 11-fevralda ikki nusxada, har biri oʻzbek, koreys va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda kelishmovchiliklar paydo boʻlsa, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumatining 2019-yil 19-apreldagi bayonnomasi tahririda — 2020-yil 18-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROTOKOL
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiyani imzolash paytida, quyida imzolovchilar quyidagi qoidalar Konvensiyaning ajralmas qismini tashkil etishiga kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyaning preambulasida va boshqa moddalarida koʻrsatilgan, Oʻzbekistonga nisbatan qoʻllangan “Sarmoya soligʻi”, Oʻzbekistonning mol-mulk soligʻini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 7-moddaning 1-bandi asosida Ahdlashuvchi Davlat ikki mustaqil korxona oʻrtasida tuzilgan kelishuvlar doimiy muassasa soligʻini kamaytirish maqsadida tuzilmaganligiga ishonch hosil qilish uchun aniq sababga ega boʻladi, bunday bitimlardan olinadigan daromad, goʻyo u doimiy muassasaning daromadi kabi tartibga solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz tegishli Hukumatlari tomonidan tegishli tartibda vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib ushbu Konvensiyani imzoladilar.