Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2003 27.05.1999 yildagi PF-2323-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2003
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAVOIY VILOYaTI NAVOIY ShAHRI TARKIBIDA KARMANA TUMANINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 25-dekabrdagi PF-3371-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tashkil etish to‘g‘risida” 1999-yil 27-maydagi PF-2323-son Farmonini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida”gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy tumani tarkibidagi Karmana shahrining qadimiy shuhratini tiklash, tarixiy obidalarini qayta ta’mirlash imkoniyatini kengaytirish, madaniy-maishiy, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, uning amalda Navoiy shahri hududi bilan tutashib ketganligidan kelib chiqib hamda mahalliy aholining xohish-istagini inobatga olib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Navoiy viloyati hokimligining Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tuzish to‘g‘risidagi iltimosi qondirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, Navoiy shahri va Navoiy tumani chegaralari Karmana shahrining hozirgi hududi hamda Navoiy shahrining bir qismi negizida Karmana tumani tashkil etilganligini hisobga olgan holda o‘zgartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Navoiy shahri va Navoiy tumanining chegaralarini o‘zgartirish, Karmana tumanini tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 23-bandiga muvofiq Oliy Majlisga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Navoiy shahrining Karmana tumanini tuzish tadbiriga bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanuvchi Respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda joriy yil oxirigacha Navoiy shahri tarkibida Karmana tumani tashkil etilganini hisobga olgan holda Navoiy shahrini kelgusida rivojlantirish bosh rejasiga tuzatishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni bilan birgalikda Navoiy shahrining suv, elektr ta’minoti, kanalizatsiya hamda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti yagona tarmog‘ini qayta ta’mirlash va shakllantirish tadbirlarini Karmana tumani tashkil etilganini hisobga olgan holda bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda korxonalar va tashkilotlarning ulushli mablag‘larini, shuningdek, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash markazlashtirilgan manbalarini jalb etish asosida Karmana tumanini Navoiy shahrining markaziy qismi bilan bog‘lovchi trolleybus yo‘lining birinchi navbati qurilishini 2000-yilda tugallashni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Navoiy viloyati hokimligi, “O‘zavtoyo‘l” Davlat konserni bilan birgalikda Karmana tumanining magistral yo‘llarini qayta ta’mirlash va shahar ichidagi yo‘llarini kengaytirish tadbirlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda homiylar va budjet mablag‘larini jalb etgan holda Mirsaid Bahrom maqbarasi, Hazrat Qosim Shayx maqbarasi majmui, Shayx Xo‘ja Husrav maqbarasi, Mirza-chorbog‘ yodgorliklarini qayta ta’mirlash dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmon yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2323-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 142-modda)