OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVIning
Qarori
“Yoʻl pattalarini berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1115-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-yanvardagi PQ–1914-son “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 66-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 21-fevraldagi 504-son “Yoʻl pattalarini berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1115, 2002-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 5-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 10-maydagi 504-1-sonli “Yoʻl pattalarini berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1115-1, 2002-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 10-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 11-oktabrdagi 504-2-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 21-fevraldagi 504-sonli “Yoʻl pattalarini berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1115-2, 2003-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 24-son).
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-fevral,
4/9-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 10-son, 135-modda)