Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2018 30.01.2013 yildagi PQ-1914-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida birdan-bir qonuniy to‘lov vositasi bo‘lmish milliy valyutaning maqomini yanada mustahkamlash, naqd xorijiy valyutaning muomala doirasini tartibga solish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni so‘zsiz bajarish, shuningdek valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining 2013-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy shaxslarga vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutani xalqaro to‘lov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy shaxslarga naqdsiz xorijiy valyutani sotish vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti — jismoniy shaxs vakolatli bankda o‘rnatilgan tartibda xalqaro to‘lov kartasini ochadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti — jismoniy shaxs xorijiy valyutani sotib olish uchun vakolatli bankka shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, yashash guvohnomasi yoki harbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet)ni, shuningdek valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish uchun depozit hisobida milliy valyutadagi zarur pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan shaxsiy plastik bank kartasini taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli bank shaxsiy plastik bank kartasida milliy valyutadagi pul mablag‘lari yetarli ekanligini tekshiradi, xorijiy valyutani operatsiya amalga oshirilgan kuni belgilangan ayirboshlash kursi bo‘yicha xalqaro to‘lov kartasiga o‘tkazadi hamda jismoniy shaxsga xorijiy valyutani sotib olganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi ma’lumotnomani beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy shaxslardan va norezidentlardan xorijiy valyutani sotib olish vakolatli banklar tomonidan, qoida tariqasida, vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida, aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida, mehmonxonalarda, ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni belgilash boshqarmalari (bo‘limlari)da, shuningdek bojxona postlarida joylashgan ayirboshlash shoxobchalari orqali cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xorijiy valyutani jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish tartibi hamda ayirboshlash shoxobchalari to‘g‘risidagi Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan (O‘z R QT, 2013-yil 5-son, 53-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom 2013-yil 1-fevraldan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatli banklar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta ayirboshlash operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi banklarning tegishli bo‘linmalarida aholiga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro to‘lov kartalaridan foydalangan holda jismoniy shaxslardan xorijiy valyutani sotib olish va ularga sotish tartibi hamda mexanizmi to‘g‘risida aholini keng ko‘lamda va to‘liq xabardor qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi O‘zbekiston banklari uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiq holga keltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 30-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ–1914-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 6-son, 66-modda)