Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Qayragʻoch” konida yer osti koni qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Semguran” shaxtasining tarkibida oltin mavjud boʻlgan maʼdanini qazib olish boʻyicha boʻsh qolayotgan quvvatlar oʻrnini toʻldirishni taʼminlash va “Olmaliq KMK” OAJ Angren oltin qazib olish fabrikasining qayta ishlash ishlab chiqarish quvvatlari yuklamasi darajasini saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Qayragʻoch” konida yer osti koni qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida kapital quyilmalarining umumiy qiymati 30,56 mln AQSH dollari boʻlgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi ishlab chiqilganligi va u belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Olmaliq KMK” OAJning oʻz mablagʻlari, shu jumladan 10,59 mln AQSH dollariga teng summadagi maxsus investitsiya hisob raqamlari mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qayta moliyalashtiradigan bankning yillik 1,0 foiz miqdoridagi marjasini qoʻshgan holda yillik 4,0 foizli stavka bilan jumladan ikki yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga beriladigan, “Ipoteka-bank” ATIB orqali qayta moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 6,72 mln AQSH dollari miqdoridagi krediti;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirishi stavkasidan oshmaydigan foizli stavka boʻyicha, jumladan ikki yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladigan “Ipoteka-bank” ATIBning 13,25 mln AQSH dollariga teng boʻlgan milliy valyutadagi krediti “Qayragʻoch” konida yer osti koni qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
3. Belgilansinki:
“Olmaliq KMK” OAJ loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, shuningdek jalb etiladigan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;
jalb etiladigan kreditlarni qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Olmaliq KMK” OAJning oʻz mablagʻlari, shu jumladan maxsus investitsiya hisob raqamlari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
loyihani texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga va 2014-yilda foydalanishga topshirish muddatiga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qaytarishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qayta moliyalashtirilayotgan krediti boʻyicha “Olmaliq KMK” OAJning majburiyatlari boʻyicha “Ipoteka-bank” ATIBga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi kafolatini bersin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida “Olmaliq KMK” OAJ tomonidan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan materiallar, transport vositalari, asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar 2014-yil 1-noyabrgacha bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona yigʻimlari bundan mustasno).
7. “Olmaliq KMK” OAJga “Qayragʻoch” konida yer osti koni qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini, zaruriyat boʻlganda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida subpudrat ishlarini bajarish uchun respublikaning ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj va boshqa tashkilotlarini jalb etgan holda oʻz kuchlari bilan bajarishga ruxsat berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin va “Qayragʻoch” konida yer osti koni qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-fevral,
57-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-fevraldagi 57-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Qayragʻoch” konida yer osti koni qurish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
| T/r |
Koʻrsatkichlar nomi |
Oʻlchov birligi | Hammasi | shu jumladan: | ||
| oʻz mablagʻlari |
OʻzR TTJ |
bank krediti | ||||
|
1. |
Loyihaning umumiy qiymati |
ming dollar |
30 557,9 | 10 587,2 | 6 717,0 | 13 253,8 |
| 2. |
Kapital qoʻyilmalar summasi, |
ming dollar | 30 557,9 | 10 587,2 | 6 717,0 | 13 253,8 |
| | shu jumladan: | | | | | |
| | mashinalar va asbob-uskunalar | ming dollarga teng | 10 305,1 | — | 6 717,0 | 3 588,1 |
| | erkin almashtiriladigan valyutada | ming dollar | 6 717,0 | — | 6 717,0 | |
| | milliy valyutada | ming dollarga teng | — | — | — | 3 588,1 |
| | qurilish-montaj ishlari | ming dollarga teng | 15 993,5 | 6 327,8 | — | 9 665,7 |
| | milliy valyutada | ming dollarga teng | 15 993,5 | 6 327,8 | — | 9 665,7 |
| | investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar* |
ming dollarga teng | 3 466,4 | 3 466,4 | — | — |
| | erkin almashtiriladigan valyutada | ming dollar | 424,1 | 424,1 | — | — |
| | milliy valyutada | ming dollarga teng | 3 042,3 | 3 042,3 | — | — |
| | dastlabki aylanma kapital | ming dollarga teng | 128,4 | 128,4 | — | — |
| | milliy valyutada | ming dollarga teng | 128,4 | 128,4 | — | — |
| | boshqa xarajatlar | ming dollarga teng | 664,6 | 664,6 | — | — |
| | milliy valyutada | ming dollarga teng | 664,6 | 664,6 | — | — |
| 3. |
Mavjud asosiy fondlar qiymati |
ming dollarga teng | — | — | — | — |
| 4. |
Korxonaning quvvati, shu jumladan: |
Maʼdanni qazib olish va qayta ishlash yiliga 80 ming tonna hajmida | ||||
| | ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi |
topshiriq | ||||
| 5. |
Band boʻlganlarning moʻljallanayotgan soni |
335 kishi | ||||
| 6. |
Loyiha oʻzini qoplashining hisoblab |
|||||
| | diskontlanmagan | 7,9 yil | ||||
| 7. |
Investitsiya davrining davom etishi |
23 oy | ||||
| 8. |
Tashkil etiladigan ishlab chiqarish |
30 429,5 ming dollarga teng | ||||
| 9. |
Kreditni va boshqa qarz mablagʻlarini |
7 yil | ||||
| | shu jumladan valyutada | 7 yil | ||||
*Amaldagi summalardan va kreditni tanlash sanalaridan kelib chiqib aniqlashtirilishi kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 118-modda)