Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Oq-tosh sanatoriysi” MCHJ kurort-reabilitatsiya sanatoriyasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Bronxial astma va oʻpka obstruktiv kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarning profilaktikasi va salomatligini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, “Oq-tosh sanatoriysi” masʼuliyati cheklangan jamiyati hududida rekonstruksiya, yangi qurilish, kapital taʼmirlash va taʼmirlash-tiklash ishlarini moliyalashtirish va tashkil etishni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining:
“Oq-tosh sanatoriysi” MCHJ obyektlarini rekonstruksiya qilish, yangi qurilish va kapital taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi – Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Kapital qurilish boshqarmasini belgilanganligi toʻgʻrisidagi;
ilovaga* muvofiq “Oq-tosh sanatoriysi” MCHJ obyektlarini rekonstruksiya qilish, yangi qurish va kapital taʼmirlashni roʻyxatdagi homiy tashkilotlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi;
*Ilova berilmaydi.
hududni obodonlashtirish, favvoralar, bolalar basseyni qurish, mavjud suzish havzasini, suv taʼminoti, yoritish va hududni toʻsish tizimlarini taʼmirlash, shuningdek soy oʻzanini tiklash ishlarini “Xorazm shakar” ochiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasining oʻz kuchlari bilan bajarish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra “Oq-tosh sanatoriysi” MCHJ obyektlari boʻyicha “Oʻzshaharsozlik LITI” DUK bosh loyihalovchi etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
“Oʻzshaharsozlik LITI” DUK loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni 2013-yil 1-martgacha tugallasin.
3. Obyektlarni rekonstruksiya qilish, qilish, yangi qurilish va kapital taʼmirlash boʻyicha bosh pudratchi tashkilot etib “Oq-tosh sanatoriysi” MCHJ — “Trest-12” OAJ belgilansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan doimiy nazoratni oʻrnatsin.
5. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan homiy tashkilotlar bilan hisob-kitoblarni “Oq-tosh sanatoriysi” MCHJ obyektlari foydalanishga topshirilgandan soʻng 10 yil mobaynida tuziladigan ikki tomonlama shartnomalar asosida ularning xodimlarini sogʻlomlashtirish uchun yoʻllanmalar ajratish orqali amalga oshirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-fevral,
45-son