25.01.2013 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.10.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni va Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha kompleks dasturlarni amalga oshirish samaradorligini oshirish, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmasini shakllantirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor loyihalarini tanlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va koʻnikmalarini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 2011-yil 27-oktabrdagi 289-son qaroriga muvofiq vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha savolnomani tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida davlat buyurtmasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi barcha organlariga yuborsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni joriy qilishning erishilgan koʻrsatkichlari va natijalarini aniqlash, shuningdek davlat buyurtmasining manzilli qismini aniqlashtirish va yangilash uchun davlat buyurtmasi loyihalarini oʻz vaqtida shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan har chorakda monitoring olib borsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa davlat boshqaruvi organlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirishning tasdiqlangan sxemasiga muvofiq davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyihalarning oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasinlar (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilova), bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish, idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvining samaradorligi va yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish sifatining oshirilishini taʼminlovchi “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni tugallashda erishiladigan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari manfaatlari uchun eng muhim va ustuvor idoralararo loyihalarni, koʻrsatkichlarni qoʻllab-quvvatlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun ustama haqlarni belgilash mezonlarini hisobga olgan holda 2013-yil 1-iyulgacha kadrlarni tanlash choralarini koʻrsinlar, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlari uchun belgilangan kompyuter savodxonligi darajasi talablariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini shakllantirish, joriy qilish va rivojlantirish, yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini, Milliy axborot tizimi doirasida integratsiyalashadigan axborot tizimlari komplekslarini oʻz vaqtida joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlari, shu jumladan qogʻozsiz hujjat aylanish ulushining koʻpayishini taʼminlashni hisobga olgan holda elektron hujjat aylanish tizimidan samarali foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish davlat va idoraviy dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xavfsizligi, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining uzluksiz ishlashini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X.M. Mirzaxidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 528-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmasi (keyingi oʻrinlarda davlat buyurtmasi deb ataladi) — maʼlumotlar banklarini saqlash, qayta ishlash va boshqarish hamda turli interaktiv xizmatlar koʻrsatish uchun davlat organlarining idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy qilish, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini yaratish, “Elektron hukumat” tizimini, milliy qidiruv tizimlarini va datamarkazlarni shakllantirish boʻyicha loyihalarning yagona reyestri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori — davlat buyurtmasi doirasida loyiha amalga oshirilishini boshlab beruvchi vazirlik, davlat qoʻmitasi, agentlik, idora, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat yoki Toshkent shahar hokimligi va davlat boshqaruvi boshqa organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi organ — davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmasini shakllantirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor loyihalarini tanlab olish boʻyicha Idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) — kamida oʻn bir kishidan iborat tarkibda shakllantiriladigan va 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan komissiya;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 528-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov (tender) savdolari — axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini joriy qilish, materiallar, dasturiy mahsulotlar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sotib olish uchun savdolar oʻtkazilishini tashkil qilish mexanizmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimi — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat xizmatlari hamda davlat organlarining faoliyati natijalari toʻgʻrisida axborot olish (almashish) tezkorligi va qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini taʼminlovchi davlat organlarining faoliyatini tashkil qilish shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimi — davlat organlari oʻrtasida axborotni yigʻish, saqlash, qidirish, qayta ishlash va foydalanishni amalga oshirish imkonini beruvchi axborot resurslari, axborot tizimlari va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi — foydalanuvchilarga davlat resurslaridan masofadan foydalana olishni va ushbu resurslardan jamoa boʻlib foydalanishni taʼminlovchi davlat organlari oʻrtasida hududiy jihatdan boʻlib joylashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash tizimlari, telekommunikatsiya vositalari va (yoki) tizimlarining oʻzaro bogʻliq yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy qidiruv tizimi — Internet tarmogʻida axborotni qidirish imkoniyatini taqdim etuvchi tegishli interfeysga ega dasturiy-apparat kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
datamarkaz — davlat organlarining manfaatlarida idoralararo xarakterdagi axborotni qayta ishlash, saqlash va tarqatish boʻyicha hisoblash resurslari, axborot tizimlari vositalari va maʼlumotlarini birlashtirilgan holda saqlash va joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan texnologik maydoncha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat buyurtmasi idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalari, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan va erishilgan koʻrsatkichlarni har chorakda aniqlashtirgan hamda davlat buyurtmasining manzilli qismini yangilagan holda har yillik asosda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat buyurtmasi loyihalarning maqsadlari, vazifalari, yoʻnalishlari, kutiladigan natijalari va baholash qiymati, loyihani amalga oshirish uchun yillar boʻyicha moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat buyurtmasi yigʻma jadvallar boʻlgan tahliliy va manzilli qismlardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar davlat buyurtmasini shakllantirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek loyihalarni tanlash amaliy mexanizmini shakllantirish va ularni amalga oshirish monitoringi asosida mablagʻlardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari manfaatlari uchun eng muhim va ustuvor idoralararo loyihalarni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimini shakllantirish sohasidagi loyihalarni davlat boshqaruvi samaradorligi va yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish sifati oshirilishini taʼminlovchi hajmlarda birinchi navbatda moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalari, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari manfaatlari uchun loyihalarni davlat buyurtmasining manzilli qismiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmasining maqsadli vazifasiga javob beradigan ilgari boshlangan loyihalarning tugatilishini birinchi navbatda moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalarning samaradorligi, axborotlashtirishning alohida yoʻnalishlarini rivojlantirish ustuvor vazifalari, davlat organlari manfaatlari uchun loyihalarni tugatishda erishiladigan koʻrsatkichlar loyihalarni shakllantirishdagi asosiy mezonlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat buyurtmasini shakllantirishda yirik va oʻta muhim loyihalar alohida kiritiladi, katta boʻlmagan bir xildagi loyihalar bir butun sifatida kiritilishi mumkin (masalan, axborot tizimlari komplekslarini yaratish, interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilish).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat buyurtmasi har yili 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) qarori bilan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 528-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika komissiyasi qarorlari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tomonidan davlat buyurtmasi loyihalarini moliyalashtirish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 528-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat buyurtmasining tahliliy qismini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tahliliy qism maqsadli mablagʻlarning kapital qoʻyilmalari hajmlarini asoslashni, davlat buyurtmasining samaradorligini baholashni, loyihalarni tanlab olish mezonlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tahliliy qism tarkibida loyihalarning yoʻnalishlari (“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini rivojlantirish, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish) boʻyicha umuman davlat buyurtmasi yuzasidan mablagʻlarning kapital qoʻyilmalari tarkibi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda loyihalar amalga oshirilganidan keyin idoralararo oʻzaro hamkorlik samaradorligining prognoz qilinadigan natijalari hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat buyurtmasining manzilli qismini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Manzilli qism quyidagilar uchun amalga oshiriladigan loyihalardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy axborot tizimi doirasida “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish, idoraviy axborot tizimlarining integratsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari manfaatlari uchun idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy qidiruv tizimlarini joriy qilish, milliy datamarkazlarni yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat buyurtmasining manzilli qismini shakllantirish jarayoni davlat organlari manfaatlari uchun har bir loyiha boʻyicha batafsil axborot tayyorlash, ustuvorligi boʻyicha loyihani tanlab olish va loyihalar roʻyxatini shakllantirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Har bir loyiha (loyihalar guruhi) boʻyicha axborot loyiha tashabbuskorlari tomonidan tayyorlanadi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish va moliyalashtirish reja-jadvali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmasining manzilli qismini shakllantirish sanasiga loyihani amalga oshirish holati toʻgʻrisida batafsil axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Loyiha pasporti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning maqsad va vazifalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik tasnifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutilayotgan natijalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy tadbirlar samaradorligini baholash va ularning koʻlamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar hajmi va ularga boʻlgan ehtiyoj;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy moddiy va inson resurslarining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Muayyan loyihani tanlab olish uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi, iqtisodiy va moliyaviy samaradorligi, amalga oshirilishi va davlat organlari manfaatlarida idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalari, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini joriy qilish boʻyicha kompleks dastur vazifalariga muvofiqligi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagilar loyihaning ustuvorligini aniqlash mezonlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatiga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlari sohasidagi mahalliy ishlanmalardan foydalanish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutilayotgan natijalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning ijtimoiy ahamiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishga tayyorlik darajasi (texnik loyiha, biznes-reja, loyiha boʻyicha xulosaning mavjudligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga tushirilganidan keyin foydalanish xarajatlari miqdori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Har bir mezonning muhimlik darajasi axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati va davlat organlari manfaatlarini hisobga olgan holda ishchi organ tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Loyihani tanlab olish natijalari asosida davlat buyurtmasining manzilli qismi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davlat buyurtmasiga kiritish uchun loyihalarni tanlab olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat buyurtmasi loyihalarini tanlab olish oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, shuningdek boshqa idoralarning vakillari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiyaning shaxsiy tarkibi kamida oʻn bir kishidan iborat etib shakllantiriladi, uning tarkibiga rais, uning oʻrinbosari va kotib kiradi, Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 528-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Davlat buyurtmasini shakllantirish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish jarayoni yillik siklga ega va har bir yilning oxiriga yangilangan manzilli qismning tayyorlanishini taʼminlovchi ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishchi organ har yili 1-fevralgacha davlat organlariga amalga oshirilayotgan axborotlashtirishni rivojlantirish boʻyicha davlat siyosati, “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish va integratsiyalashgan axborot tizimlari va boshqalarni joriy qilish vazifalari va maqsadli yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat buyurtmasiga kiritish uchun takliflarni tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuschilari idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini joriy qilish boʻyicha kompleks dasturlar hamda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari asosida joriy yilning 1-avgustidan 1-oktabrigacha koʻrib chiqish va tanlab olish uchun ishchi organga loyihalarini taqdim etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi organ joriy yilning 20-oktabrigacha loyihalarni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya oʻz majlisida joriy yilning 10-noyabridan kechiktirmay taqdim etilgan loyihalarni koʻrib chiqadi, tanlab olingan va butlangan loyihalar davlat buyurtmasining manzilli qismiga kiritish uchun Komissiya tomonidan maʼqullanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya taqdim etilgan loyihalarni samarali tanlab olish maqsadida quyidagi mezonlar asosida oʻrganib chiqadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish sohasidagi loyihalarning muhimligi va ustuvorligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlari bilan amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon miqyosini, axborotni muhofaza qilish va undan foydalanishni hisobga olgan holda, idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalari, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini joriy qilish boʻyicha kompleks dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmasdan shakllantirilgan va butlangan davlat buyurtmasini tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritadi.
(25-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 528-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi joriy yilning 1-dekabridan kechikmasdan davlat buyurtmasini tasdiqlaydi.
(25-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 528-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Istisno tariqasida yil davomida davlat buyurtmasining manzilli qismiga kiritish uchun ishchi organ kelgusida tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritish uchun bevosita Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan loyihalarni taklif qilishi mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 528-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Davlat buyurtmasini moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamgʻarma mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar davlat buyurtmasini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ishchi organ Respublika komissiyasi tomonidan davlat buyurtmasi tasdiqlanganidan keyin loyiha tashabbuschilari bilan birgalikda belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan davlat buyurtmasining yangi boshlanadigan loyihalari boʻyicha tanlov (tender) savdolarini oʻtkazadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 528-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilgan tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha ishchi organ, loyihalar tashabbuschilari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar yetkazib beruvchilar hamda tizim integratorlari oʻrtasida belgilangan tartibda davlat buyurtmasi loyihalarini amalga oshirish uchun shartnomalar tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat buyurtmasining yangidan boshlanadigan loyihalari boʻyicha tanlov (tender) savdolari loyihalar tashabbuschilari tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Davlat buyurtmasini moliyalashtirish uchun Jamgʻarma mablagʻlarining ajratilishi ishchi organ va Jamgʻarma oʻrtasida imzolangan shartnoma asosida talabnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat buyurtmasini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish ishchi organning vakolatlangan bankdagi maxsus hisob raqami orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Loyihalarni moliyalashtirish bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida loyihalarni amalga oshirish jadvallariga koʻra bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Loyiha amalga oshirilganidan keyin bajarilgan ishlarning yakunlovchi dalolatnomasini imzolash uchun ishchi organ mutaxassislari va loyiha tashabbuschilaridan iborat qabul qilish komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qabul qilish komissiyasi bajarilgan loyihaning texnik topshiriqqa va qoʻyilgan vazifalarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa tuzadi, shuningdek davlat buyurtmasi loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan, sotib olingan va joriy qilingan apparat-dasturiy komplekslar hamda dasturiy mahsulotlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat buyurtmasi doirasida Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga ishlab chiqilgan, sotib olingan va joriy qilingan apparat-dasturiy komplekslar hamda dasturiy mahsulotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimining idoralararo infratuzilmasi (idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalari, datamarkazlar, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmoqlari)ni joriy qilish loyihalari boʻyicha ishchi organga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini joriy qilish loyihalari boʻyicha loyihalar tashabbuskorlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashabbuskorlari davlat buyurtmasi doirasida amalga oshirilgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarining keyingi kuzatilishi va qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlashlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablagʻlar hisobiga loyihalarni moliyalashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Davlat buyurtmasining bajarilgan loyihalari monitoringi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ishchi organ davlat buyurtmasining bajarilgan loyihalari doirasida amalga oshirilgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini keyingi kuzatish va qoʻllab-quvvatlash holatining monitoringini olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Monitoring natijalari davlat buyurtmasi loyihalarini amalga oshirishning borishi toʻgʻrisidagi har choraklik hisobotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etish uchun tayyorlashda foydalaniladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 528-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, shuningdek davlat buyurtmasi loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik ishchi organ zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat buyurtmasi loyihalarini amalga oshirish doirasida yaratilgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini keyingi kuzatish va qoʻllab-quvvatlash, tayyorlanayotgan loyihalar (loyihalar guruhi) boʻyicha axborotning ishonchliligi uchun javobgarlik loyihalar tashabbuschilari zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Tadbirlar

Muddatlar

Masʼullar

‎‎

1-bosqich

Ishchi organ davlat organlariga davlat buyurtmasiga
‎kiritish uchun takliflar tayyorlash boʻyicha uslubiy
‎koʻrsatmalarni yuboradi.

har yili
‎1 ‎fevralgacha

Ishchi organ

‎‎

2-bosqich

Loyiha tashabbuschilari loyihalar boʻyicha takliflar
‎va dastlabki axborotni tayyorlaydilar, yillik davr
‎uchun davlat buyurtmasiga kiritish uchun ishchi
‎organ koʻrib chiqishi uchun kiritadilar.

1-avgustdan
‎ 1 ‎oktabrgacha

Loyiha
‎ tashabbuschilari,
‎ishchi organ

‎‎

3-bosqich

Ishchi organ axborotlashtirish sohasidagi rivojlantirish
‎ustuvorliklariga muvofiq loyihalarni oʻrganib chiqadi
‎va ularni Komissiya koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.

20-oktabrgacha

Ishchi organ, Komissiya

‎‎

4-bosqich

Komissiya davlat buyurtmasi loyihalarini belgilangan
‎tartibda koʻrib chiqadi, tanlab olingan va butlangan
‎loyihalar davlat buyurtmasining manzilli qismiga
‎kiritish uchun taqdim etiladi.

10-noyabrgacha

Komissiya

‎‎

5-bosqich

Ishchi organ davlat buyurtmasining loyihasini
‎tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga
‎kiritadi.

15-noyabrgacha

Ishchi organ,
Respublika komissiyasi

6-bosqich

Davlat buyurtmasining loyihasi Respublika komissiyasining bayonnoma qarori bilan tasdiqlanadi.

1-dekabrgacha

Respublika komissiyasi

‎‎

7-bosqich

Davlat buyurtmasini amalga oshirishning birinchi
‎yiliga kiritiladigan yangi boshlanadigan loyihalar
‎boʻyicha tanlov (tender) savdolari oʻtkaziladi.

dekabr—
‎ yanvar

Ishchi organ, loyihalar
‎tashabbuschilari

‎‎

8-bosqich

Tasdiqlangan davlat buyurtmasi va oʻtkazilgan tanlov
‎(tender) savdolariga muvofiq belgilangan tartibda
‎loyihalarni amalga oshirish uchun shartnomalar
‎tuziladi.

yanvar-
‎fevral

Ishchi organ, loyihalar
‎tashabbuskorlari, xizmatlar
‎yetkazib beruvchilar va axborot-
‎kommunikatsiya texnologiyalari
‎sohasidagi tizim integratorlari

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 2-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 528-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunaviy nizom

1. Ushbu Namunaviy nizom vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar deb ataladi) shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Namunaviy nizomning amal qilishi tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalari (departament, boshqarma, boʻlim, xizmat, guruh, shuʼba) va tasarrufidagi tuzilmalar (davlat unitar korxonalar, shuʼba korxonalar, filiallar) shaklidagi ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarga joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish lavozim maoshiga ustama haq toʻlash tarzida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haq tegishli tashkilotlar rahbarlarining qarorlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ustama haq belgilash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun ustama haq belgilash mezonlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarda qogʻozsiz hujjat aylanish ulushini kamida oʻrtacha ichki 90 foiz, idoralararo aylanishda – kamida 70 foiz taʼminlanishini hisobga olgan holda elektron hujjat aylanish tizimidan samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini ikki tomonlama yoki tranzaksion oʻzaro hamkorlik shaklidagi 70 foizdan kam boʻlmagan mavjud interaktiv xizmatlar taʼminlanishini hisobga olgan holda joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot rasmiy veb-saytining qonun hujjatlari talablariga kamida 80 foiz darajasida muvofiqligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarning markaziy apparatlaridagi lokal hisoblash tarmoqlarini yaratish uchun vazifalarni 100 foiz darajasida, hududiy va tasarrufdagi boʻlinmalarda – kamida 80 foiz bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha aniq asoslangan takliflar va tashabbuslar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning davlat va idoraviy dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, boshqaruv va ish jarayonlarining samaradorligini oshirish imkonini beruvchi innovatsion va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha kompleks idoraviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining uzluksiz ishlashini va uning ishida avariya holatlari, bekor turishlar va toʻxtab qolishlar boʻlmasligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy axborot resurslari va maʼlumotlar bazasini shakllantirish, joriy qilish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy axborot tizimi doirasida integratsiyalanadigan axborot tizimlari komplekslarini oʻz vaqtida joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar shtatdagi xodimlarining kompyuter savodxonligi darajasi boʻyicha talablarga muvofiqligi uchun attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha ijobiy baho olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot xodimlarining kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakasi va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha dasturlarning oʻz vaqtida bajarilishini tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu boʻlimda koʻrsatilgan mezonlar asosida har bir tashkilot axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holatidan kelib chiqqan holda ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni belgilash uchun oʻz mezonlarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ustama haq belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashkilot rahbariyati ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar boshliqlarining ushbu Namunaviy nizomning II boʻlimida koʻzda tutilgan mezonlar boʻyicha muddati, miqdori va asoslari koʻrsatilgan holda ustama haqlarni belgilash taqdimnomalari asosida belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar boshliqlari uchun taqdimnomani axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish masalalarini mutasaddilik qiluvchi tashkilot rahbarining oʻrinbosari beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ustama haq ushbu ustama haq tayinlangan mezonlarga muvofiqligi taʼminlanmagan taqdirda, rahbarning mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosari, ixtisoslashtirilgan boʻlinma boshligʻining qoʻyilgan vazifalarning bajarilmaganlik holatlari toʻgʻrisida asoslangan tahliliy maʼlumotlar va materiallarni ilova qilgan holdagi asoslangan bildirishnomasi asosida tashkilot rahbarining qaroriga koʻra belgilangan muddati tugashidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mehnat intizomining buzilishi, shuningdek ishlarning bajarilishi yoki erishilgan natijalar toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotning taqdim etilishi ustama haqlarning belgilanishini rad etish yoki belgilangan ustama haqlarni bekor qilish uchun sabab boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan ustama haq ixtisoslashtirilgan boʻlinmaning shtatdagi xodimiga hayfsan eʼlon qilingan taqdirda bekor qilinishi mumkin, bunda ustama haqni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror hayfsan eʼlon qilinishi toʻgʻrisidagi qarorda aytib oʻtilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ustama haq toʻlashni moliyalashtirish miqdori va manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlar xodim lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni toʻlash tegishli tashkilotlarning mehnatga haq toʻlash fondi hisobiga va uning doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga nisbatan tegishli tashkilotning mehnatga haq toʻlash amaldagi tizimida koʻzda tutilgan ragʻbatlantirish boʻyicha boshqa toʻlovlar ham qoʻllanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Samarali mezonlarga muvofiq ustama haqlarni belgilash va toʻlashning samarali mezonlarini belgilash uchun javobgarlik tegishli tashkilotlarning rahbarlariga yuklatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 54-modda, 40-son, 528-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda, 50-son, 628-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)