O‘zbekiston Respublikasi bilan
Tojikiston Respublikasi o‘rtasida
Tojikiston Respublikasi o‘rtasida
Shartnoma
UShLAB BERISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
ikkala Ahdlashuvchi Tomonning hamkorligi samarasini jinoyatchilikka qarshi kurashishda jinoiy huquqbuzarlikni amalga oshirgan shaxslarni o‘zaro berish to‘g‘risida quyidagi qoidalarni qabul qilish orqali oshirish niyatida,
jinoyatchilikka barham berish va uning oldini olish bo‘yicha konkret choralar ko‘rishni taqozo etishini e’tirof qilib,
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
1- modda
Ushlab berish majburiyati
Ushlab berish majburiyati
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan shartlarga muvofiq, ularning hududida bo‘lib turgan berishni taqozo etadigan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida so‘rayotgan davlatda qidirilayotgan, yoki shunday jinoyatlar munosabati bilan hukmni ijro etish maqsadida shaxslarni bir-birlariga berish majburiyatini oladilar.
2- modda
Ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar
Ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar
Ushbu Shartnomaga muvofiq, har bir Tomonning qonunlariga muvofiq kamida bir yil ozodlikdan mahrum etish orqali yoki yanada og‘irroq tarzda jazolanadigan qilmishlar ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar hisoblanadi.
3- modda
Fitna, gijgijlash, suiqasd. G‘ayrihududiy yurisdiksiya
Fitna, gijgijlash, suiqasd. G‘ayrihududiy yurisdiksiya
1. Ikkala Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra har qanday shaxsning fitna, gijgijlash, suiqasdga urinish kabi qilmishlari, ushlab berishni taqozo etadigan har qanday huquqbuzarlikni qo‘zg‘ashi yoki unda ishtirok etishi huquqbuzarlik deb hisoblanadi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining istalgan fuqarosi uning hududidan tashqari har qanday joyda amalga oshirgan huquqbuzarlik ikkala Tomonning qonunlariga ko‘ra huquqbuzarlik hisoblanadi.
4-modda
Ushlab berishni rad etish uchun asos
Ushlab berishni rad etish uchun asos
1. Quyidagi hollarda ushlab berish rad etilishi mumkin:
1.1. Ushlab berilishi talab etilayotgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi bo‘lsa. Ushlab berish rad etiladigan bo‘lsa, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon iltimos qilsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon shu asosda berilishi so‘ralgan shaxsga nisbatan tegishli choralar ko‘radi;
1.2. so‘rov olingan paytda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra istalgan qonuniy asosda jinoiy ish qo‘zg‘ash yoxud hukmni ijro etish mumkin emas, bunga muddati o‘tganlik yoki afvi ham kiradi;
1.3. ushlab berilishi so‘ralayotgan shaxsga nisbatan uning o‘sha qilmishi uchun so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonda hukm chiqarilgan yoki shu ish yuzasidan ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror qonuniy kuchga kirgan bo‘lsa;
1.4. ushlab berish to‘g‘risida so‘rov yuborilishiga asos bo‘lgan jinoyat butunlay yoki qisman so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirilgan bo‘lsa, uning bayrog‘i ostidagi kema yoki jinoyat sodir qilingan vaqtda uning qonunlariga binoan ro‘yxatga olingan havo kemasi ham shunga kiradi.
5- modda
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish majburiyati
Jinoiy ta’qibni amalga oshirish majburiyati
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri agar shaxsni ushlab berishning imkoni bo‘lmasa yoki adolatli sudlov manfaatlari shuni taqozo etsa, boshqa Tomondan jinoyatni amalga oshirishda gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra jinoiy ta’qibni amalga oshirishni so‘rashi mumkin.
2. Shaxsni ushlab berish imkoni bo‘lmasa, Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga ko‘ra uning o‘z fuqarolari yoki uning hududida doimiy yashaydigan boshqa shaxslarga nisbatan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra jinoiy ta’qibni amalga oshirishni so‘rashi mumkin.
6-modda
Ushlab berishni kechiktirish va vaqtincha ushlab berish
Ushlab berishni kechiktirish va vaqtincha ushlab berish
1. Ushlab berilishi so‘ralayotgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki boshqa jinoyati uchun jazoni o‘tayotgan bo‘lsa, ushlab berish ish bo‘yicha tadbirlar yakunlanishiga qadar, jazoni o‘tab bo‘lish yoki muddatidan oldin ozod qilinishiga qadar kechiktirilishi mumkin, bu to‘g‘rida so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga xabar beriladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandida ko‘zda tutilgan ushlab berishning kechiktirilishi javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketishiga sabab bo‘lsa yoki berilishi so‘ralayotgan shaxsning qilmishlarini tekshirishga jiddiy ziyon yetkazadigan bo‘lsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab qilinayotgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish o‘rniga uni so‘rayotgan Tomon bilan so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘rtasida belgilanadigan shartlar asosida vaqtincha ushlab berishi mumkin.
3. Vaqtincha ushlab berilgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga ish bo‘yicha tadbirlar tugaganidan so‘ng, uzog‘i bilan uch oy ichida qaytarilishi lozim.
7-modda
Ushlab berish protsedurasi
Ushlab berish protsedurasi
1. Tomonlar ushlab berish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi va Tojikiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi orqali hamkorlik qiladilar, tegishli so‘rovlar ular orqali yuboriladi.
2. Ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovda:
2.1. ushlab berilishi so‘ralayotgan shaxsning familiyasi va ismi (ota ismi), uning fuqaroligi, yashash yoki bo‘lib turish joyi va boshqa zarur materiallar, shuningdek, iloji bo‘lsa bu shaxsning og‘zaki qiyofasi, fotorasmlari va barmoq izlari;
2.2. ushbu jinoyatni malakalagan nizomning tegishli matni, yoki, zarur topilsa, tegishli qonunning shunday huquqbuzarlik taalluqli bo‘lgan matni hamda ayni jinoyat uchun beriladigan jazo.
3. Agar shaxs qilgan jinoyati uchun ayblanayotgan bo‘lsa, ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovga ushbu shaxsni hibsga olish to‘g‘risidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi hamda shaxsni jinoiy ishda ayblanuvchi sifatida qatnashishga tortish to‘g‘risidagi qaror ilova etilishi kerak.
4. Agar shaxs qilgan jinoyati uchun sudlangan bo‘lsa, ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan nusxasi yoki undan ayblov qismi va chiqarilgan hukm bayonidan tasdiqlangan ko‘chirma hamda agar hukm qilingan shaxs jazoning bir qismini o‘tagan bo‘lsa, jazoning o‘talmagan qismi to‘g‘risida ma’lumotlar ilova etiladi.
5. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu Shartnoma bo‘yicha unga taqdim etilgan axborot so‘rov yuzasidan qaror chiqarish uchun yetarli emas, deb hisoblasa, tez orada qo‘shimcha axborot taqdim etilishi darkor.
6. Ushlab berish to‘g‘risida so‘rov va unga ilova etiladigan hujjatlar ushbu Shartnomaning 16-moddasi qoidalariga muvofiq to‘ldiriladi, gerbli muhr hamda vakolatli mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
8- modda
Ushlab berish to‘g‘risida so‘rov olinguncha ushlab turish
Ushlab berish to‘g‘risida so‘rov olinguncha ushlab turish
1. Ushlab berilishi so‘ralayotgan shaxs yashirinishi mumkin bo‘lsa, so‘rayotgan Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga talab etilayotgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risida so‘rov olingunicha ushlab berish to‘g‘risida murojaat etishi mumkin. Bunday murojaatnoma Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti (Interpol) orqali, matnni uzatishning texnikaviy vositalari, chunonchi telegraf, teleks, telefaks, elektron pochtadan foydalangan holda berilishi mumkin.
2. Bunday murojaatnomada talab etilayotgan shaxsning tavsifi, ushlab berish to‘g‘risida so‘rovning yuborilishi to‘g‘risida xabar, hibsga olish to‘g‘risida qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukmning mavjudligi to‘g‘risida bildirish, ushbu jinoyat uchun tayinlanadigan yoki tayinlangan jazo to‘g‘risida ma’lumot (bunga muddatning yana qancha qismini o‘tash lozimligi to‘g‘risida ma’lumot ham kiradi), ushbu ish yuzasidan ma’lumotlarning qisqacha bayoni hamda talab etilayotgan shaxsning bo‘lish joyi to‘g‘risida xabar ham kiradi.
3. So‘ralayotgan Tomon bunday murojaatnoma yuzasidan darhol o‘z qonunlariga muvofiq qaror chiqaradi va bu haqda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni zudlik bilan xabardor qiladi.
4. Bunday murojaatnoma asosida ushlangan shaxs, agar ushlab berish to‘g‘risida so‘rov kelib tushmasa, o‘ttiz kundan keyin ozod qilinadi.
5. Ushlab berish to‘g‘risida so‘rov va tasdiqlovchi keyinchalik olinsa, shaxsning ushbu modda 4-bandiga muvofiq ozod qilinishini talab qilinayotgan shaxsning qayta tutilishi va mahbus sifatida ushlab berilishiga monelik qilmaydi.
9-modda
Maxsus qoida
Maxsus qoida
1. Berilgan shaxs so‘ralayotgan Tomonning roziligisiz so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida so‘rovda ko‘rsatilganidan bo‘lak huquqbuzarlikni amalga oshirganligi, shuningdek uni ushlab berish to‘g‘risidagi asoslovda taqdim etilgan, biroq kamroq ahamiyatli bo‘lgan huquqbuzarliklar uchun jazoga tortilmasligi hamda Ahdlashuvchi Tomonning oldindan roziligi olinmasdan turib, ushbu shaxs biron-bir uchinchi davlatga berib yubormasligi lozim.
2. Quyidagi hollarda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligi talab etilmaydi:
2.1. ushlab berilgan shaxs jinoiy ta’qib, jazoni o‘tash tugaganligi yoki istalgan qonuniy asosda ozod etilganidan keyin 30 kun ichida, imkoni bo‘lgani holda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududini tark etmagan bo‘lsa. Ushlab berilgan shaxs so‘rayotgan Tomon hududini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra tark etishiga imkon bo‘lmagan vaqt bunga qo‘shilmaydi;
2.2. berilgan shaxs so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududini tark etgach, o‘z ixtiyori bilan yana unga qaytib kelsa.
3. Ushbu modda 1-bandining qoidalari shaxs so‘rayotgan Tomonga qaytib kelganidan keyin amalga oshirgan huquqbuzarliklarga yoki bu huquqbuzarliklarga bog‘liq ravishda kelib chiqadigan masalalarga tatbiq etilmaydi.
10-modda
Hujjatlar va isbotlarni tan olish
Hujjatlar va isbotlarni tan olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunlariga muvofiq ravishda nashr etilgan yoki tasdiqlangan, shuningdek vakolatli sudlar va bo‘lak organlar tarafidan belgilangan tartibda olingan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida legalizatsiya qilinmaydi.
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida rasmiy hisoblangan hujjatlar ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida ham rasmiy hujjatlarning dalillovchi kuchiga molik bo‘ladi.
11- modda
Ushlab berish to‘g‘risida bir xil iltimoslar
Ushlab berish to‘g‘risida bir xil iltimoslar
Tomonlardan biri bir shaxsni ushlab berish to‘g‘risida bir vaqtning o‘zida boshqa Tomon hamda biron-bir uchinchi davlatdan so‘rov olsa, qaysi so‘rovni qanoatlantirishni uning o‘zi hal qiladi.
12-modda
Shaxsni o‘tkazish .
Shaxsni o‘tkazish .
1. Ushlab berish to‘g‘risida iltimos qanoatlantirilganligi haqidagi xabarni olgan Ahdlashuvchi Tomonlar iloji boricha qisqa vaqt ichida talab etilayotgan shaxsni o‘tkazishning vaqti, joyi va tartibini belgilaydilar.
2. Talab etilayotgan shaxsni o‘tkazish tartibi so‘ralayotgan va Ahdlashuvchi Tomonlar vakolatli organlari vakillari tomonidan imzolanadigan ikki nusxadagi bayonnoma tuzishni o‘z ichiga olishi mumkin. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon vakillarining talab qilinayotgan shaxsni olish uchun vakolati zarur hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar o‘rtasida oldindan tuzilgan ahdnomalarga muvofiq tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin.
3. Shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan o‘n besh kun ichida qabul qilib olinadi. Agar shaxs kelishilgan muddat ichida qabul qilib olinmasa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon uni ozod qilishi va bu shaxsni ayni jinoyati uchun takror ushlab berishni rad qilishi mumkin.
4. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birortasi ushlab berilishi lozim bo‘lgan shaxsni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bera olmasa yoki qabul qila olmasa, u bu to‘g‘rida boshqa Ahdlashuvchi Tomonga darhol xabar beradi.
13- modda
Tranzit o‘tkazish
Tranzit o‘tkazish
1. Agar shaxs biron-bir Ahdlashuvchi Tomonga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududi orqali uchinchi davlatdan olib kelinadigan bo‘lsa, ushbu shaxs beriladigan Tomon boshqa Tomondan ushbu shaxsni uning hududi orqali tranzit o‘tkazish uchun ruxsat berishni so‘raydi. Bu qoida havo transportidan foydalanilayotgan va boshqa Tomonning hududida qo‘nib o‘tish mo‘ljallanmagan hollarda qo‘llanmaydi.
2. Tegishli axborot bitilgan bunday so‘rov olingach, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu so‘rovni o‘z qonunlarida ko‘zda tutilgan tartiblarga muvofiq ko‘rib chiqadi. Agar bu so‘rovni bajarish uning tub maqsadlariga ziyon yetkazmasa, so‘ralayotgan Tomon uni tezda qondirish chorasini ko‘radi.
3. Tranzit tashish chog‘ida tranzit davlati shaxsni hibsda saqlashning yuridik imkoniyatlarini ta’minlaydi.
4. Mo‘ljallanmagan qo‘nish hollarida tranzit olib o‘tilishi to‘g‘risida so‘rov berilishi kerak bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon kuzatuvchi xodimning iltimosiga ko‘ra, tranzit tashish to‘g‘risida ushbu moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq so‘rov olingunicha 48 soatlik vaqt mobaynida shaxsni hibsda ushlab turishi mumkin.
14-modda
Jinoyatga aloqador narsalarni berib yuborish
Jinoyatga aloqador narsalarni berib yuborish
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘z qonunlarida belgilangan tartiblar doirasida, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning so‘roviga ko‘ra, berilayotgan shaxs amalga oshirgan jinoyat quroli bo‘lib xizmat qilgan, shuningdek jinoyat izlari qolgan yoki jinoyat orqasida topilgan narsalarni berib yuboradi.
2. Mazkur narsalar ushlab berilishi lozim bo‘lgan shaxsning o‘limi, qochib ketganligi yoki boshqa sabablar bilan amalga oshmay qolgan hollarda ham berib yuboriladi.
3. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan narsalarni berib yuborishni, agar ular so‘ralayotgan Tomonda boshqa jinoiy ish ko‘rib chiqilishi uchun lozim bo‘lsa, bu ish yakunlanguniga qadar orqaga surishi mumkin.
4. Uchinchi shaxslarning berib yuborilgan narsalarga huquqlari o‘z kuchida qoladi. Ishni ko‘rib chiqish yakunlanganidan keyin bu narsalar ularni bergan Tomonga bepul qaytarib beriladi. Agar ularning egalari uchinchi davlat hududida bo‘lsalar, narsalarni so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon ularga o‘z hisobidan yetkazib beradi.
5. Narsalar va pul mablag‘larini o‘tkazish so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlarida ko‘zda tutilgan doirada bo‘ladi.
15- modda
Ushlab berish yuzasidan xarajatlar
Ushlab berish yuzasidan xarajatlar
Ushlab berishga aloqador barcha xarajatlarni hududida ushlab berish amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomon ko‘taradi. Ushlab berilgan shaxsni ikkinchi Tomon hududi orqali uchinchi davlatdan tranzit tashish xarajatlari tranzitni amalga oshirayotgan Tomon zimmasida bo‘ladi.
16- modda
Tillar
Tillar
Ushbu Shartnomani bajarishda Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z davlat tillaridan foydalanadilar va boshqa Tomonning davlat tilidagi yoki rus tilidagi tarjimasini ilova etadilar.
17- modda
Xalqaro shartnomalar
Xalqaro shartnomalar
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
18- modda
Maslahatlashuvlar
Maslahatlashuvlar
Ahdlashuvchi Tomonlar istalgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga binoan ushbu Shartnomani yaxlit yoinki undagi biron-bir konkret jihatni talqin qilish va qo‘llash yuzasidan darhol maslahatlashuv o‘tkazadilar.
19-modda
To‘ldirish va o‘zgartishlar kiritish
To‘ldirish va o‘zgartishlar kiritish
Ushbu Shartnomaga Ahdlashuvchi Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan to‘ldirish va o‘zgartishlar kiritilish mumkin. Ular rasmiylashtiriladi.alohida Bayonnomalar tarzida
20-modda
Ratifikatsiya va faoliyatini to‘xtatish
Ratifikatsiya va faoliyatini to‘xtatish
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak hamda ratifikatsiya yorliqlari almashingan kundan boshlab kuchga kiradi.
2. Istalgan Ahdlashuvchi Tomon diplomatik kanallar orqali xohlagan vaqtda ikkinchi Tomonga bildirishnoma yuborib, uning faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Ushbu Shartnoma shunday bildirishnoma olingach olti oydan keyin o‘z kuchini yo‘qotadi.
Dushanba shahrida, 2000-yil 15-iyunda ikki nusxada, o‘zbek, tojik va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Shartnomani talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)