Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Namangan viloyati ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida
Namangan viloyatining sanoat salohiyatini yangi raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hisobiga yanada rivojlantirish, shuningdek aholini bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “OQIL PLAST SAVD” MCHJning ogʻir moliyaviy ahvoli tufayli 2012-yil 28-iyuldagi 196 son koʻchmas mulkni sotib olish sotish shartnomasida nazarda tutilgan, Namangan viloyati, Norin tumani, Xaqqulobod shahri, “Yangi tong” MFY manzili boʻyicha joylashgan koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Namangan viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining quyidagi taklifiga rozilik berilsin:
Namangan viloyati, Norin tumani, Xaqqulobod shahri, “Yangi tong” MFY manzili boʻyicha joylashgan, Norin tumani hokimligi balansida boʻlgan va davlat mulki hisoblangan koʻchmas mulk obyektlarini (bino inshootlarni) “NORIN BOTLERS” MCHJga nol sotib olish qiymatida realizatsiya qilish, bunda bir yil davomida jami 175 ming yevro va 4 600 mln soʻm miqdorida investitsiya yoʻnaltirish majburiyati, jumladan:
bino inshootlarni taʼmirlash, hududni obodonlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
zamonaviy alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishni tashkil etish;
kamida 100 ta yangi ish oʻrni yaratish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Namangan viloyati hokimligiga topshirilsin:
bir hafta muddatda “OQIL PLAST SAVDO” MCHJ bilan nol sotib olish qiymatida berilgan koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi oldi sotdi bitimini belgilangan tartibda bekor qilish;
2012-yil 25-dekabrga qadar “NORIN BOTLERSRS” MCHJ bilan 2 bandda koʻrsatilgan shartlarda koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish sotish shartnomasini tuzish va unda investitsiya kiritish jadvalini tasdiqlash, mulk huquqini investitsiya majburiyatlari bajarilgandan soʻng rasmiylashtirishni nazarda tutish;
“NORIN BOTLERS” MCHJ tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining vijdonan bajarilishini qatʼiy nazorat qilish.
4. 2012-yil 18-iyuldagi 223 son Vazirlar Mahkamasi qarorining 1 va 2 bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 12-dekabr,
351-son