Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida
Bitim
DAROMAD VA KAPITALNING IKKI YoQLAMA SOLIQQA TORTILIShINI OLDINI OLISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi,
ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida Bitim tuzish istagida, shuningdek ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Bitim qoʻllaniladigan shaxslar
Bitim qoʻllaniladigan shaxslar
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanadi.
2-modda
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
1. Ushbu Bitim bir Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy yoki siyosiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari nomidan undirilayotgan daromad va kapital soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
2. Jami daromadga, jami kapitalga solinadigan barcha soliqlar daromad va kapitalga solinadigan soliqlarga taalluqli, yo boʻlmasa, jami foyda yoki kapitalning bir qismidan, bunga koʻchiriladigan va koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlar, korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki maoshning umumiy miqdoriga solinadigan soliqlar, shuningdek kapital qiymatining oʻsishidan olingan daromadlarga solinadigan soliqlar ham kiradi.
3. Ushbu Bitim tatbiq etiladigan amaldagi soliqlar, xususan quyidagilardir:
(a) Oʻzbekiston Respublikasida:
i) yuridik shaxslar daromadidan (foydasidan) olinadigan soliq;
ii) jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq; va
iii) mol-mulk soligʻi:
(bundan keyin “Oʻzbekiston soligʻi” deb ataladi);
(b) Shveysariyada:
federal, kantonal va jamoa soliqlari
i) daromadga (jami daromad, tushumlardan olinadigan soliqlar, kapital, sanoat va tijoriy foydalar, kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromad va daromadning boshqa turlari); va
ii) kapitalga (jami mulk, koʻchiriladigan va koʻchmas mulk, tadbirkorlik mulki, toʻlangan kapital va zaxiralar hamda kapitalning boshqa turlari);
(bundan keyin “Shveysariya soligʻi” deb ataladi).
4. Ushbu Bitim imzolangan sanadan soʻng undiriladigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritiladigan har qanday bir xil yoki mohiyatan oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Davlatlarning vakolatli organlari ularning tegishli boʻlgan soliq qonunlariga kiritilgan muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
3-modda
Umumiy taʼriflar
Umumiy taʼriflar
1. Ushbu Bitim maqsadlarida, agar mazmunda oʻzga maʼno ifodalanmasa:
a) (i) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi va geografik maʼnoda ishlatilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududini, jumladan hududiy suvlari va osmon kengliklari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro huquqqa muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga koʻra oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini, shu jumladan yer osti boyliklaridan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududni anglatadi;
ii) “Shveysariya” atamasi Shveysariya Konfederatsiyasini anglatadi;
b) “bir Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Davlat” atamalari, matnga qarab Oʻzbekiston yoki Shveysariyani anglatadi;
c) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani yoki boshqa har qanday shaxslar birlashuvini anglatadi;
d) “kompaniya” atamasi korporativ birlashmani yoki soliqqa tortish maqsadlarida korporativ birlashma sifatida qaraladigan har qanday korporativ birlashmani anglatadi;
e) “bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari muvofiq ravishda Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqaruvi ostidagi korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvidagi korxonani anglatadi;
f) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemasida va avtomobil transporti vositalarida har qanday tashishni anglatadi, dengiz yoki havo kemasidan yoki avtomobil transporti vositalaridan faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan punktlar oʻrtasida foydalanilgan hollar bundan mustasno;
g) “vakolatli organ” atamasi quyidagilarni anglatadi:
i) Oʻzbekistonda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi yoki uning vakolatli vakili;
ii) Shveysariyada - Federal soliq maʼmuriyati direktori yoki uning vakolatli vakili;
h) “milliy shaxs” — atamasi quyidagilarni anglatadi:
i) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
ii) Ahdlashuvchi Davlatlarning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxs, shirkat, uyushmani anglatadi;
2. Bitimni Davlat tomonidan xohlagan vaqt qoʻllanganida unda belgilanmagan har qanday ibora, agar matndan boshqa maʼno kelib chiqmasa, ushbu Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan shu Davlat qonunlariga koʻra ega boʻlgan maʼnoni anglatadi. Atamaning ana shu Davlat soliq qonunchiligiga muvofiq belgilangan istalgan maʼnosi ana shu Davlatning boshqa huquq sohalarida shu atama uchun berilgan maʼnodan ustunlik qiladi.
4-modda
Rezident
Rezident
1. Ushbu Bitim maqsadlarida “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi shu Davlat qonunlari boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy boʻlish joyi, boshqaruv joyi yoki har qanday boshqa shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi, shuningdek Davlatning oʻzini va har qanday maʼmuriy-hududiy boʻlinmasini yoki siyosiy boʻlinmasini yoxud mahalliy hokimiyat organini ham oʻz ichiga oladi. Biroq, bu atama faqat ushbu Davlatda joylashgan manbalardan yoki kapitaldan daromad olayotgani uchun shu Davlatda soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
a) u qaysi Davlatda oʻzi uchun toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyiga ega boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikkala Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari yaqinroq boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa, yoki Davlatlardan hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyiga ega boʻlmasa, u odatda boʻlib turadigan Davlatining rezidenti hisoblanadi;
c) agar shaxs odatda har ikkala Davlatda yashasa yoki odatda ularning hech birida yashamasa, u qaysi Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanadi;
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, yoki ulardan hech biriniki boʻlmasa, bunda Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuvga koʻra hal qiladilar.
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan har ikkalasining rezidenti boʻlsa, unda uning amaldagi boshqaruv organi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanadi.
5-modda
Doimiy muassasa
Doimiy muassasa
1. Ushbu Bitim maqsadlarida “doimiy muassasa” atamasi korxona toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
2. “Doimiy muassasa” atamasi, jumladan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) boshqaruv joyi;
b) boʻlinma;
c) ofis;
d) fabrika;
e) ustaxona;
f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻini, karyer yoki tabiiy boyliklar qazib oladigan har qanday boshqa joy;
3. Qurilish maydonchasi, qurilish, montaj yoki yigʻuv obyekti basharti uning davomiyligi faqatgina oʻn ikki oydan koʻproq davom etsa, doimiy muassasa tashkil etadi.
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
a) qurilmalardan shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlarni saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina foydalanish;
b) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasini saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina ushlab turilishi;
c) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasining boshqa korxona tomonidan faqat qayta ishlov berilishi maqsadida ushlab turilishi;
d) doimiy faoliyat joyining faqat tovar yoki buyumlar sotib olish yoki ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadida ushlab turilishi;
e) doimiy faoliyat joyining ushbu korxona uchun faqat reklama, axborot tarqatish, ilmiy tadqiqot yoki shunga oʻxshash boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi xarakterdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlarida ushlab turilishi;
f) doimiy faoliyat joyining (a)-(e) kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday kombinatsiyasi uchungina va bunday kombinatsiya natijasida doimiy faoliyat joyining faoliyati, tayyorgarlik hamda yordamchi xarakterda boʻlgan taqdirda saqlab turilishi.
5. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarining qoidalariga qaramay, agar ushbu moddaning 6-bandi qoʻllaniladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs bir Ahdlashuvchi Davlatda korxona nomidan harakat qilsa, ana shu korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda bunday vakolatlardan foydalansa, unda bu korxona ana shu Davlatda toki bunday shaxsning faoliyati 4-bandda koʻrsatib oʻtilganlar bilan cheklanib qolmasa va agarda ushbu bandning qoidalariga muvofiq doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilayotgan boʻlsa ham har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega deb qaraladi.
6. Korxona Ahdlashuvchi Davlatda, u shu Davlatdagi tadbirkorlik faoliyatini broker, komissioner yoki mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs orqali amalga oshirganligi uchun, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati doirasida harakat qilish sharti bilan doimiy muassasaga ega, deb qaralmaydi.
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki kompaniya tomonidan nazorat qilinsa yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadlari (jumladan qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunlari boʻyicha belgilangan maʼnoga egadir. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulkchilikka taalluqli boʻlgan umumiy qonun qoidalari bilan huquqi belgilab berilgan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida ishlatiladigan chorva va vositalarni hamda koʻchmas mulk uzufruktini, minerallar, manbalar va boshqa tabiiy boyliklarning qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini, yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi; suv, havo kemalari va avtomobil vositalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻrifoydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi, toki korxona oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo, faqat ana shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismigina soliqqa tortiladi.
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar bir Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga hisoblanadigan foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi oʻtkaziladi.
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda ana shu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni, jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatda hamda uning hududidan tashqarida sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
4. Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga tegishli boʻladigan foydani korxona foydasining umumiy miqdorini uning turli boʻlinmalariga mutanosib taqsimlash asosida belgilash oddiy amaliyot ekanligiga qaramasdan, 2-banddagi hech bir narsa ushbu Ahdlashuvchi Davlatga soliqqa tortiladigan foydani amaliyot taqozo qilganidek, ana shunday taqsimot vositasida belgilashiga toʻsqinlik qilmaydi; biroq tanlangan taqsimot usuli shunday boʻlishi kerakki, natija ushbu moddadagi mavjud tamoyillarga muvofiq boʻlishi lozim.
5. Doimiy muassasa tomonidan korxona uchun tovar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib, ushbu doimiy muassasaga biron-bir foyda hisoblanmaydi.
6. Avvalgi bandlar maqsadlarida doimiy muassasaga mansub boʻlgan daromad yoki foyda, agar oʻzgartish uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil usulda aniqlanadi.
7. Agar daromad yoki foyda, ushbu Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, mazkur moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
8-modda
Xalqaro transport
Xalqaro transport
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda dengiz va havo kemalari yoki avtomobil transporti vositalaridan foydalanishdan olgan foydalari faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
2. 1-band qoidalari, shuningdek pulda, qoʻshma faoliyatda, transport vositalarini ekspluatatsiya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olgan foydalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
9-modda
Birlashgan korxonalar
Birlashgan korxonalar
1. Quyidagi hollarda, agar:
(a) Bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, yoki
(b) oʻsha shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasini va boshqa Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
va har qanday holatda ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida yaratiladigandan farqli boʻlgan sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, bunda ulardan biriga hisoblanishi mumkin boʻlgan, ammo shunday sharoitlar natijasida unga hisoblanmagan har qanday daromad yoki foyda ana shu korxonaning daromadi yoki foydasiga hisoblanishi va muvofiq ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Qachonki, Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilgan foydani kiritsa va muvofiq ravishda soliqqa tortsa hamda shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganda hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat foydadan oʻzida olingan soliq miqdoriga tegishli zarur tuzatishlarni shu boshqa Davlat soliq qonunchiligiga asosan kiritadi. Bunday tuzatishlarni aniqlashda ushbu Bitimning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtibor qaratish kerak va zarur boʻlsa, Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari lozim.
3. Ahdlashuvchi Davlat, uning milliy qonunlarida koʻrsatilgan cheklangan vaqt tamom boʻlgandan keyin 1-bandda qayd etilgan sharoitlarda korxona foydasining qiymatini oʻzgartirmaydi va har holda bunday oʻzgarishlar obyekti boʻlishi mumkin boʻlgan foyda oʻsha yil tamom boʻlgandan boshlab besh yil oʻtgach, shu Davlatning korxonasiga qoʻshib yozilish mumkin. Bu band aldamchilik yoki ongli ravishda xato qilish hollariga taalluqli emas.
10-modda
Dividendlar
Dividendlar
1. Bir Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq bunday dividendlar, shuningdek dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda, ana shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, agar dividendlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, unda shu tarzda olingan soliqning miqdori quyidagilardan oshmasligi kerak:
a) agar kompaniya (shirkatdan tashqari) dividendlarning haqiqiy egasi boʻlsa va dividendlar toʻlayotgan kompaniyaning kamida 20 foiziga bevosita egalik qilsa, dividendlar yalpi miqdorining 5 foizdan;
b) boshqa barcha hollarda dividendlar yalpi 15 foizdan.
Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro kelishuvga binoan ana shu cheklashlarning qoʻllash uslubini belgilaydilar.
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasini soliqqa tortilishiga taalluqli emas.
3. “Dividendlar” iborasi ushbu moddada qoʻllanganda, aksiyalardan yoki aksiyalardan foydalanishdan yoxud huquqlardan foydalanishdan, togʻ-kon sanoati aksiyalaridan yoki qarz talablari hisoblanmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi taʼsischilar aksiyalari va boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi xuddi shunday soliqlar orqali tartibga solinadigan daromadni anglatadi.
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan holda, ana shu dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezident boʻlgan boshqa Davlatda oʻz faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni u yerda joylashgan doimiy bazadan koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda, vaziyatga qarab 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan soliq olishi mumkin emas, bunda dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki dividendlar toʻlanadigan xolding shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan, hatto, agar toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham soliqlar olmaydi.
11-modda
Foizlar
Foizlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq bunday foizlar, shuningdek ular hosil boʻlgan Davlatda, shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunday holda soliqning miqdori foizlar yalpi 5 foizidan oshmasligi lozim.
Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro kelishuvga binoan bunday cheklashlarni qoʻllash usulini belgilaydilar.
3. 2-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatda paydo boʻladigan va boshqa Davlatning ana shu foizlarning haqiqiy egasi boʻlgan rezidentiga toʻlanadigan foizlar faqatgina ana shu boshqa Davlatda quyidagilarga nisbatan toʻlanadigan hajmda soliqqa tortiladi:
a) boshqa Davlat Hukumati yoki unga boʻysunuvchi organ yoxud tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan, kafolatlangan yoki sugʻurtalangan qarzlarga nisbatan;
b) har qanday sanoat, tijorat yoki ilmiy uskunalarni kreditga sotilishi munosabati bilan;
c) korxona tomonidan boshqa korxonaga har qanday buyumlarni kreditga sotilishi munosabati bilan; yoki
d) bank tomonidan taqdim etilgan har qanday turdagi qarzga nisbatan.
4. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanganida ipoteka taʼminotidan va qarzdorning foydasida ishtirok etishdan qatʼi nazar, va xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlaridan olinadigan daromad va obligatsiya yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromad, shu jumladan ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofot va yutuqlarda qatnashish huquqidan qatʼi nazar har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni anglatadi. Toʻlov muddatini choʻzib yuborilganligi uchun jarimalar ushbu modda maqsadlari uchun foizlar sifatida koʻrib chiqilmaydi.
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tijorat faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali olib borayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan ham bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, ushbu Bitimning 7-modda yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllanadi.
6. Foizlarni toʻlovchi shu Davlatning rezidenti boʻlsa, foizlar oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, shu tufayli qarz majburiyatidan foizlar toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa va shunday foizlar toʻlashni doimiy muassasa yoki doimiy baza amalga oshirsa, bunda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
7. Agar toʻlovchi bilan foizlarning haqiqiy egasi oʻrtasidagi yoki ular ikkalasi va har qanday boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foizlar toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllanadi. Bu holda, toʻlovning ortiqcha qismidan ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq, soliqqa tortiladi.
12-modda
Royalti
Royalti
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq bu royaltilar, shuningdek ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda, ana shu Davlatning qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo, agar royaltilarning amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunday holda, shunday tarzda undiriladigan soliq royaltilar umumiy miqdorining 5% dan oshmasligi lozim.
3. “Royalti” iborasi ushbu moddada qoʻllanilganida har qanday adabiy, sanʼat va ilmiy asarlarini, shu jumladan kinofilmlar hamda radio va televideniye uchun yozuvlar, kassetalar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki modellar, reja, maxfiy formula yoki jarayonlar uchun mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqdan foydalanish huquqi uchun, yoki sanoat, tijorat, ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish huquqidan foydalanganlik yoxud foydalanish huquqi uchun yoki sanoat, tijorat yoxud ilmiy tajribaga mansub axborot uchun mukofot tarzida olinadigan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni bildiradi.
4. Agar royaltilarning haqiqiy egasi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa, 1-va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
5. Agar toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, royalti shu Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltini toʻlash majburiyati kelib chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza shu royaltilarni toʻlasa, unda bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
6. Agar toʻlovchi bilan royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkalasi va boshqa biron bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, huquqga yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining toʻlovchi va shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
13-modda
Kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining 6-moddada koʻrsatilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar oʻsha boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Bir Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan olgan yoki bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazasiga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan olgan daromadlariga, jumladan ana shunday doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olgan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalarini yoki avtomobil transporti vositalarini begonalashtirish yoki shunday dengiz, havo yoki avtomobil transporti vositalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
4. Mulki asosan koʻchmas mulkdan iborat boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan kompaniya aksiyalari yoki hissadorlik mablagʻini begonalashtirilgan olinadigan daromadlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
5. Ushbu moddaning 1-, 2-, 3- va 4-bandlarida koʻrsatilmagan har qanday mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromad faqat mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining kasbiy xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil ravishdagi boshqa faoliyatdan olgan daromadlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi, bunday daromadlar, shuningdek quyidagi hollarda, istisno tariqasida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin:
a) agar u oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadlari uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam tegishli boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa; bunday hollarda daromadning faqat shunday doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin; yoki
b) agar uning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlishi koʻrib chiqilayotgan har qanday taqvimiy yilda oʻrtacha 183 kunni tashkil etuvchi yoki oshuvchi davr yoki davrlar doirasida davom etsa; bunday hollarda uning faqatgina ana shu boshqa Davlatda amalga oshirayotgan faoliyatidan olinadigan daromad qismigina shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, maʼrifiy va oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va hisobchilarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Yollanma shaxsiy xizmatlar
1. 16-, 18- va 19-moddalarning qoidalarini inobatga olgan holda, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining yollanma xizmat uchun oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar yollash boʻyicha xizmat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar yollanish boʻyicha xizmat shunday amalga oshiriladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlariga ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. 1-band qoidalariga qaramay, Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma xizmat uchun oladigan taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi, agar:
a) oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda istalgan koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yil mobaynida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib tursa; va
b) taqdirlash haqlari boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa; va
c) taqdirlash haqlari boʻyicha xarajatlarni yollovchining boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi yoki doimiy bazasi oʻz zimmasiga olmasa.
3. Ushbu moddaning yuqoridagi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xalqaro tashishlarda foydalanadigan dengiz, havo kemalari bortida yoki avtomobil transporti vositalarida amalga oshiriladigan yollanish boʻyicha oladigan haqlari ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
16-modda
Direktorlarning qoʻl haqlari
Direktorlarning qoʻl haqlari
Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya Direktorlar Kengashining yoki har qanday boshqa shunga oʻxshash organning aʼzosi sifatida oladigan direktorlarning qoʻl haqlari va shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar, ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Sanʼat xodimlari va sportchilar
1. 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, Davlatlardan biri rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatidan oladigan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Basharti, sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilsa, bu daromad 7-, 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
18-modda
Nafaqalar
Nafaqalar
19-moddaning 2-bandi qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga avvalgi yollash boʻyicha toʻlanadigan pensiya va boshqa shunga oʻxshash haqlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
19-modda
Hukumat xizmati
Hukumat xizmati
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud siyosiy boʻlinmalari yoki uning mahalliy hokimiyat organlari tomonidan shu Davlatga, uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki siyosiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan jismoniy shaxsga, pensiyadan tashqari, toʻlanadigan ish haqi, maosh va shunga oʻxshash haqlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi;
b) bunday ish haqi, maosh va shunga oʻxshash haqlari faqat ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin, agar xizmatlar ana shu Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti:
i) ana shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa; yoki
ii) faqat xizmat koʻrsatish uchungina shu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari, yoki ular tomonidan tuzilgan jamgʻarmalar tomonidan jismoniy shaxsga shu Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organi uchun amalga oshirgan xizmatlariga nisbatan toʻlanadigan har qanday pensiya faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
b) Agar jismoniy shaxs boshqa Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa, bunday pensiya faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
3. 15-, 16- va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan maosh, ish haqi va shunga oʻxshash haqlari va pensiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
20-modda
Talabalar
Talabalar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelgunga qadar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadlaridagina yashab turgan talaba yoki stajyorning yashashi, oʻqishi va maʼlumot olishi maqsadlari uchun moʻljallangan toʻlovlari, bunday toʻlovlarning shu Davlatning hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlishi sharti bilan ana shu Davlatda soliqqa tortilmaydi.
21-modda
Boshqa daromadlar
Boshqa daromadlar
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Bitimning oldingi moddalarida aytilmagan daromad turlari, daromadning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
2. 1-bandning qoidalari 6-moddaning 2-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan olingan daromaddan tashqari daromadlarga nisbatan, agarda bunday daromad egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali oʻz faoliyatini amalga oshirsa yoki u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, qoʻllanilmaydi. Bu holda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
3. Bitim manbadan undiriladigan lotoreyalar boʻyicha yutuqlardan oldindan olinadigan federal soliqlariga nisbatan qoʻllanmaydi.
22-modda
Kapital
Kapital
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Davlatda joylashgan, 6- moddada koʻrsatilgan koʻchmas mol-mulkdan iborat boʻlgan kapital ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Bir Davlat korxonasining boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkdan iborat boʻlgan kapital yoxud mustaqil shaxsiy xizmatlarni bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Davlatda foydalanadigan doimiy bazasiga taalluqli koʻchar mol-mulk ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz va havo kemalari yoki avtotransport vositasi tarzidagi kapital hamda shunday dengiz va havo kemalari yoki avtotransport vositalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulk faqat shu Davlat soliqqa tortiladi.
4. Davlat rezidenti kapitalining boshqa barcha elementlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
23-modda
Ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
1. Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortish quyidagi tarzda bartaraf etiladi:
a) agar Oʻzbekiston rezidenti ushbu Bitimga muvofiq Shveysariyada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki kapitalga egalik qilsa, bunday holda Oʻzbekiston quyidagilarga ruxsat berishi lozim:
i) ushbu rezidentning daromadidan olinadigan soliqdan Shveysariyada toʻlangan daromad soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlashga;
ii) ushbu rezidentning mablagʻidan olinadigan Shveysariyada toʻlangan mablagʻ soligʻiga teng chegirib tashlashga.
Bunday chegirmalar har qanday holatda vaziyatga qarab, hozirgi holatdagi kabi boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki mol-mulkka tegishli boʻlgan soliqning chegirmaga ruxsat berilguniga qadar hisoblab chiqilgan qismidan ortiq boʻlmasligi lozim.
b) Ushbu Bitimning har qanday qoidasiga muvofiq olingan va Oʻzbekiston rezidentiga tegishli boʻlgan daromad yoki kapital ushbu Davlatda ozod etilsa, Oʻzbekiston ushbu rezident daromadi yoki kapitalining qolgan qismiga nisbatan soliq summasini hisoblashda daromad yoki kapitalning soliqqa tortilmagan qismini hisobga olishi mumkin.
2. Shveysariyaga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortish quyidagi tarzda bartaraf etiladi:
a) Agar Shveysariya rezidenti ushbu Bitimga muvofiq Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki mulkka egalik qilsa, unda Shveysariya b) kichik bandning qoidalarini hisobga olib, shunday daromad yoki mulkni soliqdan ozod etiladi, ammo ushbu rezident daromadi yoki kapitalining qolgan qismiga nisbatan soliq summasini hisoblashda, agar ozod etilgan daromad yoki kapital shunday tarzda ozod etilmaganda qoʻllanishi mumkin boʻlgan soliq stavkasini qoʻllashi mumkin.
b) Agarda Shveysariya rezidenti 10- va 11-moddalarning qoidalariga muvofiq, Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan dividend yoki foiz olsa, unda Shveysariya, soʻrovga binoan ushbu rezidentga yengillik beradi. Bunday yengillik quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
i) 10-, 11- va 12-moddalarning qoidalariga muvofiq Oʻzbekistonda ushlanadigan soliqqa teng qiymatni ana shu rezidentning daromad soligʻidan chegirmalar; biroq, bunday chegirmalar bu chegirmalar amalga oshirilgunga qadar hisoblab chiqilgan va Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadga muvofiq keluvchi shveysariya soligʻidan oshib ketmasligi lozim; yoki
ii) shveysariya soligʻi yengilliklarining umumiy qiymatlari; yoki
iii) har qanday holatda kamida dividend yoki foizlarning Oʻzbekistonda ushlanadigan umumiy summasidan olinadigan chegirmalardan tashkil topadigan shunday dividend yoki foizlarning shveysariya soligʻidan qisman ozod etilishi.
Shveysariya maʼqul boʻlgan chegirmalarni belgilaydi va ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi Shveysariya Konfederatsiyasining xalqaro konvensiyalarini bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan shveysariya qonunlariga muvofiq protseduralarni amalga oshiradi.
s) Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan kompaniyadan dividend oluvchi Shveysariya rezidenti hisoblangan kompaniya ana shunday dividendlardan olinadigan shveysariya soliqlar maqsadlari uchun, agarda dividendlarni toʻlovchi kompaniya Shveysariya rezidenti hisoblangan kompaniya boʻlganda taqdim etilishi mumkin boʻlgan ana shunday yengilliklar olish huquqiga egadir.
24-modda
Kamsitmaslik
Kamsitmaslik
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda shu boshqa Davlatning milliy shaxslari ayni bir xil sharoitlarda duchor boʻladigan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻlgan soliqqa tortish yoki u bilan bogʻliq majburiyatlarga nisbatan mushkulroq boʻlgan har qanday soliqqa tortish yoxud u bilan bogʻliq majburiyatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida, shuningdek 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatlarning bir yoki ikkala rezidentlari boʻlmagan shaxslarga ham qoʻllaniladi.
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasini soliqqa tortish ana shu boshqa Davlatda ushbu boshqa Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalarini soliqqa tortishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Bu qoida bir Davlatni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga soliqqa tortish maqsadlarida ularning fuqarolik holati yoki oilaviy majburiyatlari asosida u oʻz rezidentlariga taqdim etadigan har qanday yakka tartibdagi imtiyozlar, ozod qilishlar yoki chegirmalar berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
3. 9-modda, 11-moddaning 7-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllanishidan tashqari hollarda bir Davlat korxonasining boshqa Davlat rezidentiga toʻlaydigan foizlari, royaltilari va boshqa toʻlovlari shunday korxonaning soliqqa tortiladigan foydasini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlanganida qoʻllaniladigan bir xil shartlar asosida chegirib tashlanadi. Shu singari bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Davlat rezidentiga boʻlgan har qanday qarzlari shu korxonaning soliqqa tortiladigan mulkini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidenti qarzi singari shartlar asosida chegirib tashlanishi kerak.
4. Kapitali toʻliq yoki qisman boshqa Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan Davlat korxonasi shu Davlatda, shu Davlatning shunday korxonalari duchor boʻlgan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻladigan har qanday soliqqa tortish yoki unga aloqador majburiyatlarga, boshqa yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq va u bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarga duchor qilinmaydi.
5. Ushbu modda qoidalari 2-band qoidalariga qaramay har qanday turdagi va taʼriflangan soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi.
25-modda
Oʻzaro kelishuv protseduralari
Oʻzaro kelishuv protseduralari
1. Agar Davlatlardan birining rezidenti bir yoki ikkala Davlatning harakati unga ushbu Bitim qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishlarga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunlarida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yoki agar uning holati 24-moddaning 1-bandi taʼsiriga tushsa, u milliy shaxsi hisoblangan Davlatning vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Ariza ushbu Bitim qoidalariga nomuvofiq soliqqa tortishga olib keluvchi birinchi bildirishnoma vaqtidan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
2. Vakolatli organ, agar eʼtirozni asosli deb topsa va oʻzi eʼtirozni qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Bitimga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishdan qochish maqsadida boshqa Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Har qanday erishilgan kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlarning ichki qonunlaridagi qandaydir vaqtinchalik cheklashlarga qaramasdan bajarilishi lozim.
3. Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv boʻyicha hal qilishga harakat qiladilar. Ular, shuningdek Bitimda koʻzda tutilmagan hollarda ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish uchun bir- birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishida hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan toʻgʻridan toʻgʻriyoki ularning oʻzlari yoki ularning vakillari qatnashadigan qoʻshma komissiya doirasida aloqada boʻlib turishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda
Diplomatik agentlar va konsullik xizmatchilar
Diplomatik agentlar va konsullik xizmatchilar
1. Ushbu Bitimning hech bir qoidasi diplomatik agentlar va konsullik xizmatchilarning xalqaro huquq umumiy meʼyorlariga yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
2. 4-modda qoidalariga qaramay, Davlatning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda yoki uchinchi Davlatda joylashgan diplomatik vakolatxonasi, konsullik muassasasi yoki doimiy missiyasi aʼzosi boʻlgan jismoniy shaxs ushbu Bitim maqsadlari uchun yuboruvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi, agar
a) xalqaro huquqqa muvofiq u qabul qiluvchi Davlatda shu Davlatning hududidan tashqarida joylashgan kapital yoki manbadan olinadigan daromadiga nisbatan soliqqa tortilmaydi, va
b) u yuboruvchi Davlatda shu Davlatning rezidenti kabi oʻzining jami daromadi yoki kapitalidan olinadigan soliqqa nisbatan xuddi shunday majburiyatlarga ega boʻlsa.
3. Bitim uchinchi Davlatning Ahdlashuvchi Davlatda ishtirok etuvchi va hech bir Ahdlashuvchi Davlatda daromad va kapitaldan olinadigan soliqlarga nisbatan rezident kabi tartibga solinmaydigan xalqaro tashkilotlari, organlari yoki mansabdor shaxslariga, diplomatik vakolatxonasi, konsullik muassasasi yoki doimiy missiyasining aʼzosi boʻlgan shaxslariga nisbatan qoʻllanmaydi.
27-modda
Kuchga kirishi
Kuchga kirishi
Ahdlashuvchi Davlatlardan har biri ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun ichki qonunlariga muvofiq talab qilinadigan protseduralarning tugaganligi toʻgʻrisida bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar. Ushbu Bitim shunday xabarnoma olingandan kundan keyin quyidagilarga nisbatan amal qila boshlaydi:
a) Bitim kuchga kiradigan yildan bevosita keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin manbadan undiriladigan, daromaddan olinadigan soliqlarga nisbatan:
b) Bitim kuchga kiradigan yildan keyingi yilning birinchi yanvardan boshlab yoki shu sanadan keyingi har bir soliq yili uchun undiriladigan boshqa soliqlarga nisbatan.
28-modda
Amal qilishining toʻxtatilishi
Amal qilishining toʻxtatilishi
1. Ushbu Bitimning amal qilishi Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tarafidan toʻxtatilmagunicha oʻz kuchida qoladi. Har bir Davlat Bitimning amal qilishini har qanday taqvimiy yilning tugashiga kamida olti oy qolguniga qadar diplomatik kanallar orqali amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berish yoʻli bilan toʻxtatishi mumkin.
Bunday holatda Bitimning amal qilishi:
a) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab daromaddan olinadigan, manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
b) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki shu sanadan keyin boshlanadigan har qanday soliq yillari uchun olinadigan boshqa soliqlarga nisbatan toʻxtatiladi.
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Bitimni imzoladilar.
Toshkent shahrida 2002-yil 3-aprelda ikki nusxada, har biri oʻzbek, nemis va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Oʻzbek va nemis tillaridagi matnlarni talqin qilishda kelishmovchiliklar vujudga kelsa, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)
BAYoNNOMA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi Toshkent shahrida 2002-yil 3-aprelda ikkala Hukumat oʻrtasida daromad va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishini oldini olish toʻgʻrisida Bitimga yuqorida koʻrsatilgan Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan quyidagi qoidalarni imzolashga kelishib oldilar.
1. Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan “kapital” atamasi mulkni anglatadi.
2. “Siyosiy boʻlinma” atamasi Shveysariyaga tegishli va “maʼmuriy-hududiy boʻlinma” atamasi Oʻzbekistonga tegishli.
3. 7-moddaning 1- va 2-bandlariga nisbatan, agar bir Davlat korxonasi boshqa Davlatda tovar yoki buyumlar sotsa yoxud u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, ushbu doimiy muassasaning foydasi korxona tomonidan olingan umumiy qiymat asosida aniqlanmaydi, faqatgina ana shunday sotuv yoki tadbirkorlik faoliyati uchun doimiy muassasaning haqiqiy faoliyatiga tegishli boʻlgan umumiy tushumlar asosida aniqlanadi.
Tadqiqot, yetkazib berish, sanoat, tijorat yoki ilmiy uskunalari yoxud binolarni yoki jamoat ishlarini ishga tushirish yoki qurish toʻgʻrisidagi shartnomalarga nisbatan, qachonki, korxona doimiy muassasaga ega boʻlsa, unda bunday doimiy muassasa foydasi shartnomaning umumiy summasi asosida aniqlanmaydi, doimiy muassasa joylashgan Davlatda doimiy muassasa tomonidan bevosita amalga oshiriladigan shartnomaning qismi asosida aniqlanadi.
Tashkilotning bosh ofisi tomonidan amalga oshirilayotgan kontraktning ana shu bir qismiga tegishli boʻlgan foyda ana shu tashkilot rezidenti boʻlgan Davlatda soliqqa tortiladi.
4. 7- va 12-moddalarga nisbatan sanoat, tijorat yoki ilmiy uskunalardan foydalanish yoki foydalanish huquqi uchun taqdirlash haqi sifatida olinadigan toʻlovlar 7-moddada koʻzda tutilgan tadbirkorlikdan olinadigan foydani tashkil etadi, deb tushuniladi.
Toshkent shahrida 2001-yil 3-aprelda ikki nusxada, har biri oʻzbek, nemis va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Oʻzbek va nemis tillaridagi matnni talqin qilishda kelishmovchiliklar vujudga kelsa, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(imzolar)