28.11.2012 yildagi 331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.11.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi bilan investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi bilan investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish hamda Bir davlat fuqarolarining boshqa davlat hududidagi vaqtinchalik mehnat faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-yil 23-avgustda Toshkent shahrida imzolangan bitimni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan Bitimning 3-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan Koreya Respublikasi fuqarolariga mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma Bitim 5-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan vizani uzaytirishning tegishli muddatlariga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi fuqarolarini koʻrsatib oʻtilgan Bitimning 3-moddasida nazarda tutilgan shaxslar toifalaridan biriga tegishli deb hisoblash Oʻzbekiston Respublikasining roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlari tomonidan berilgan ish beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan Koreya Respublikasi fuqarolari uchun viza uzaytirilganligi va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun davlat boji stavkalarini Koreya Respublikasida xuddi shunday xatti-harakatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan undiriladigan bojlar miqdoriga muvofiq tenglik asosida oʻzgartirishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 28-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
331-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 51-son, 576-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)