O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 7-noyabr,
PQ-1850-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 7-noyabrdagi PQ-1850-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizomning 78-bandidagi “to‘rt baravari” so‘zlari “ikki baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5429-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 45-son, 512-modda)