31.10.2012 yildagi 312-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.10.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

SUDYALARGA IMTIYOZLI SHARTLARDA UY-JOY SOTIB OLISHGA UZOQ MUDDATLI IPOTEKA KREDITLARI BERISH HAMDA SUDYALARGA UY-JOYLARNI IJARAGA OLGANLIK (IJARADA TURGANLIK) UCHUN HAR OYLIK PUL KOMPENSATSIYASI TOʻLASH TARTIBLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalarga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalarga uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizomning 4-bandiga quyidagi mazmundagi “d¹” kichik band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d¹) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xoʻjalik sudlari sudyalari tomonidan belgilangan tartibda uy-joyni ijaraga olishga (ijarada turishga), uy-joy sotib olishga dastlabki badalni toʻlashga”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
312-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga
1-ILOVA

Sudyalarga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmoniga muvofiq tijorat banklari tomonidan sudyalarga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xoʻjalik sudlari sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi) tatbiq etiladi.

2. Tijorat banklari tomonidan sudyalarga uzoq muddatli ipoteka krediti (keyingi oʻrinlarda ipoteka krediti deb ataladi) berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda tijorat banklarining ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ipoteka kreditlari yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uyda kvartira sotib olish uchun qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlarida tijorat banklari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari quyidagilar hisobidan beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlarning ipoteka krediti uchun berilgan kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, grantlari va investitsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb qilgan mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ipoteka krediti ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda sudyaning mulkiga oʻtadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani ipotekaga olish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muomaladan olib qoʻyilgan va begonalashtirilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka predmeti boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ipoteka krediti olish uchun buyurtmanoma berilgan kunda respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining 2000 baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ipoteka krediti sudyalarga kamida 10 yil muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudya tijorat bankidan ipoteka krediti olish uchun sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar tijorat bankida sudyaning nomiga milliy valyutada ochilgan jamgʻarma hisob raqamida (keyingi oʻrinlarda sudyaning hisob raqami deb ataladi) boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Dastlabki badalni olish, berish va qaytarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal (keyingi oʻrinlarda dastlabki badal deb ataladi) sudyaning hisob raqamiga Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan dastlabki badalni oʻtkazish uchun sudya ish joyida tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi (umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi (keyingi oʻrinlarda sud raisi deb ataladi) nomiga qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyaning va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar yoki sudyaning va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;

sudyaning oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;

sudyani tayinlash (saylash) toʻgʻrisidagi tegishli qarorning nusxasi.

13. Ariza va ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin sud raisi ularni oʻrganish (tekshirish) natijalariga koʻra Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab besh kun muddatda Jamgʻarmaga (arizani va barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda) iltimosnoma bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sud raisining iltimosnomasi va ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi oʻrganish va tekshirish natijalariga koʻra Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashiga dastlabki badal uchun qarz berish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi sud raisining iltimosnomasini, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining xulosasini koʻrib chiqib arizani qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini koʻrsatgan holda qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan xulosa berish va Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan qaror qabul qilish muddati sud raisi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar ilova qilingan iltimosnoma taqdim etilgan kundan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi bu toʻgʻrida zudlik bilan sud raisini yozma ravishda xabardor qiladi va sudya bilan qarz shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz garov taʼminoti yoki kafillik hujjati taqdim etilgan holda foizsiz va qaytarish asosida beriladi. Qarzni qaytarish muddati ipoteka kreditini qaytarish muddatidan kam boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamgʻarma qarz shartnomasi tuzilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda mablagʻlarni sudyaning hisob raqamiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit shartnomasiga muvofiq toʻlangan dastlabki badal yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizidan ortiq boʻlgan taqdirda sudya ortiqcha summani kredit shartnomasi imzolangan kundan boshlab ikki kun mobaynida Jamgʻarmaga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi bu toʻgʻrida zudlik bilan sud raisini yozma ravishda xabardor qiladi. Xabarnomada mablagʻ berishni rad etish sabablari koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar rad etish sabablari boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudya tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari yetishmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud raisi Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasidan xabarnoma olingan kundan boshlab bir kun muddatda sudyaga Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi qarorini yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sudya tomonidan qarzni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pul topshirish;

sudyaning tijorat banklaridagi omonatlar boʻyicha hisob raqamlaridan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qarz boʻyicha qarz mablagʻlari qarz shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalar qarzni qarz shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomani koʻrib chiqish va buyurtmanoma boʻyicha qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uyda kvartira sotib olish uchun sudya tijorat bankiga ipoteka krediti olish uchun soʻralayotgan kredit summasini koʻrsatgan holda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyaning va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar yoki sudyaning va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning pul mablagʻlari sudyaning hisob raqamiga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyaning oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyani tayinlash (saylash) toʻgʻrisidagi tegishli qarorning nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sudya ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilgandan keyin tijorat banki sudyani ipoteka krediti olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Sudya ipoteka krediti olishda quyidagi xarajatlarni amalga oshirishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga qoʻyilgan koʻchmas mulkni sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash tashkilotining mulk qiymatini aniqlash xizmatlariga haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ipoteka krediti olish uchun ariza va ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar qabul qilib olingandan keyin tijorat banki xodimi tomonidan ular bir hafta muddatda oʻrganiladi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Garovga qoʻyilgan mulkni baholash sudya (ipotekaga qoʻyuvchi) va tijorat banki (ipotekaga oluvchi) oʻrtasidagi bitimga koʻra bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizomning 22-bandiga muvofiq oʻtkazilgan oʻrganish va tekshirish natijalariga koʻra tijorat bankining ipoteka krediti olish yuzasidan arizaning koʻrib chiqilishi uchun masʼul boʻlgan xodimi tomonidan tijorat bankining kredit komissiyasiga (kredit qoʻmitasiga) kredit berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida asoslangan xulosa kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) ipoteka krediti olish yuzasidan arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va ushbu ariza boʻyicha bankning masʼul xodimi xulosasini koʻrib chiqib arizani qanoatlantirish yoki ipoteka krediti olish yuzasidan arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olish yuzasidan arizani koʻrib chiqish muddati ariza va ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 ish kunidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki kredit shartnomasi tuzish uchun bu haqda sudyani uch kun muddatda yozma ravishda xabardor qiladi. Shuningdek sotuvchining nomiga yoʻqlab olinadigan depozit hisob raqami ochish uchun sudya tomonidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotuvchining (keyingi oʻrinlarda sotuvchi deb ataladi) bankka kelishini taʼminlashning zarurligi ham yozma shaklda koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekaga qoʻyuvchi bank foydasiga oʻz hisobidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraning toʻliq qiymatini yoʻqolish va shikastlanish xavflaridan sugʻurta qilishi, agar mulkning toʻliq qiymati ipoteka bilan taʼminlangan olingan kredit summasi va uning boʻyicha hisoblangan foizlar miqdoridan ortiq boʻlsa, u holda bank oldidagi ushbu majburiyati summasidan past boʻlmagan summaga sugʻurta qilishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki sudya bilan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan ipoteka toʻgʻrisida shartnoma, shuningdek kredit shartnomasi tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tijorat banki qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda sudyaga xulosani yozma ravishda, ipoteka krediti berishning rad etilishi sabablarini koʻrsatgan holda joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ipoteka kreditini berish va qaytarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berish sudya nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani oldi-sotdi shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi ilova qilingan holda sudyaning yozma topshiriqnomasi asosida, sotuvchining (mulkdorning) omonat hisob raqamiga pul mablagʻlarini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Sudya tomonidan ipoteka kreditini qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar, shu jumladan qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pul topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyaning tijorat banklaridagi omonatlar boʻyicha hisob raqamidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni muddatidan oldin, kredit shartnomasida belgilangan qaytarish muddati boshlangungacha, kreditni muddatidan oldin qaytarganligi uchun vositachilik toʻlovi toʻlamasdan qaytarish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tijorat banklari sudyalar tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha oʻz majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring joyiga borgan holda amalga oshirilishi mumkin. Tijorat banki tomonidan monitoringni amalga oshirish tartibi kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Asosiy qarz va uning boʻyicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda tijorat banki xodimi sudya bilan shaxsan uchrashib majburiyatlarning bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan ipoteka kreditining qaytarilishini taʼminlash choralarini koʻrishni talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Sudya tomonidan ipoteka krediti va hisoblangan foizlar boʻyicha toʻlovlar toʻlanmaganda yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda tijorat banki undiruvni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda garovga qoʻyilgan mulkka qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalarga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmoniga muvofiq sudyalarga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xoʻjalik sudlari sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi) tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi (keyingi oʻrinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) doimiy yashash joyidan tashqari mintaqada lavozimga tayinlangan (saylangan) hamda uy-joylar bilan taʼminlanmagan sudyalarga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), lekin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — eng kam oylik ish haqining toʻrt baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida – eng kam oylik ish haqining uch baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari va tumanlar markazlarida – eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda (sudyaning oʻzini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda sudyaning tayinlash (saylash) joyiga kelgan oila aʼzolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sudyaga pul kompensatsiyasi toʻlash uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab tayinlangan (saylangan) joyiga kelgandan keyin, notarius tomonidan tasdiqlangan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Sudyaga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari toʻxtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi toʻlash toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sudyaga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari buxgalteriyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining tegishli hududiy boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tayinlangan (saylangan) joyida ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari uy-joylarida birga yashayotgan sudyalarga pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudya pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun amaldagi xarajatlar summasini, kommunal xizmatlar qiymatisiz, koʻrsatgan holda tegishli organ rahbariga ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul kompensatsiyasi toʻlash toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyani tayinlash (saylash) toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hujjatlarining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli organ taqdim etilgan hujjatlar asosida uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) uchun kompensatsiya miqdorini koʻrsatgan holda pul kompensatsiyasi tayinlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli organlar shaxslar ijaraga olingan uy-joyda yashashlarini va ularning yashash joylari oʻzgarishini doimiy nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudyaga bola ikki yoshga toʻlgungacha uni parvarish qilish uchun taʼtil berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi taʼtilning butun davriga, biroq sudya ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan, sudya etib tayinlangan (saylangan) muddatdan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Pul kompensatsiyasi sud joylashgan joy boʻyicha tegishli organning buxgalteriyasi tomonidan, ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq chiqarilgan buyruq asosida, ish haqi toʻlash bilan birgalikda oʻtgan oy uchun toʻlov vedomosti boʻyicha toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul kompensatsiyasini olish uchun hujjatlar tegishli organlarda qonun hujjatlarida belgilangan muddat tamom boʻlgungacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Pul kompensatsiyasi miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan oila tarkibi oʻzgargan taqdirda, sudyaning oila tarkibi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilingan pul kompensatsiyasi miqdorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizasi asosida yangi miqdorlardagi pul kompensatsiyasi belgilangan tartibda ushbu oʻzgarishlar boshlangan kundan boshlab toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudya tomonidan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolish yoʻli bilan toʻliq miqdorda undan undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Nizomga muvofiq pul kompensatsiyasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul kompensatsiyasi toʻlashga pul mablagʻlari sarfi toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga muvofiq, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yilning har choragida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Pul kompensatsiyasi toʻlashning toʻgʻriligini nazorat qilish tegishli organlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.