Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAMDA BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MAHALLIY NOOZIQ-OVQAT ISTEʼMOL TOVARLARI IShLAB ChIQARISh KENGAYTIRILIShINI RAGʻBATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2009 YIL 28 YaNVARDAGI PQ-1050-SON QARORI)
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqobatbardoshli yuqori sifatli nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va turlarini kengaytirishni ragʻbatlantirish, ular bilan ichki isteʼmol bozorini toʻliqroq toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin hamda baʼzilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 19-oktabr,
300-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-oktabrdagi 300-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirishlar kiritilayotgan hamda oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentabrdagi 585-f-son farmoyishiga 2-ilovada:
a) 148-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
148. |
Kompozitsion charmdan tikilgan taglik |
6406 90 600 0 |
b) 182-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
182. |
Atir sovun ishlab chiqarish uchun plastmassa bochkalarga quyilgan toza ochiq rangli Kublen K 3014 suyuqligi |
2931 90 900 0 |
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
b) Vazirlar Mahkamasining “2009 — 2011-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 20-avgustdagi 236-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 3-ilova;
v) Vazirlar Mahkamasining “Bojxona toʻlovlaridan ozod qilish boʻyicha imtiyozlarning amal qilishi tatbiq etiladigan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan import qilinadigan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar roʻyxatiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 13-apreldagi 69-son qarori;
g) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 14-sentabrdagi 271-son qaroriga ilovaning 17 va 19-bandlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 494-modda)