08.12.1992 yildagi 725-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.12.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1992-yil 8-dekabrga qadar qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, davlat idoralari qabul qilgan boshqa hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismi oʻz kuchini saqlab qolishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Oliy Majlis saylangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Oliy Majlisga berilgan barcha vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati, Oʻzbekiston Respublikasining xalq deputatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar toʻgʻrisidagi yangi Qonun asosida Oliy Majlis saylangunga qadar oʻz vakolatlarini saqlab qoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisidagi Qonun qabul qilinib, Konstitutsiyaviy sud saylangunga qadar oʻz vakolatlarini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning hakamlik sudlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar xoʻjalik sudlari deb qayta tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha boʻgʻinlardagi xoʻjalik sudlarining raislari, rais oʻrinbosarlari, sudyalari vazifalarini ular belgilangan tartibda saylangunga yoki tayinlangunga qadar tegishincha avval saylangan yoki tayinlangan hakamlik sudlarining raislari, rais oʻrinbosarlari va hakamlari bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyatining joylardagi vakillik, ijroiya va boshqaruv organlari oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar chiqarilgan qonun hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismiga asosan amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlar, prokuratura organlari va davlatning boshqa organlari oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar chiqarilgan qonun hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismiga asosan amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar, shaharlar va tumanlarning yangi sudyalari Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan Konstitutsiyasida belgilangan tartibga asosan tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirishga doir ishlarni tashkil etish tartibini belgilasin. Konstitutsiyada nazarda tutilgan barcha qonunlar kelgusi ikki yildan kechiktirmay qabul qilinishi kerak. Oliy Kengash Rayosati 1993-yil mobaynida Oliy Majlisga saylovlar toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini tayyorlasin va uni umumxalq muhokamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksining 77-moddasi “1-sentabr — Mustaqillik kuni” degan soʻzlardan keyin “8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 1978-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) 1992-yil 8-dekabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 8-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
725-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 146-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )