08.12.1992 yildagi 725-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1992-yil 8-dekabrga qadar qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, davlat idoralari qabul qilgan boshqa hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismi o‘z kuchini saqlab qolishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Oliy Majlis saylangunga qadar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Oliy Majlisga berilgan barcha vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining xalq deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risidagi yangi Qonun asosida Oliy Majlis saylangunga qadar o‘z vakolatlarini saqlab qoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinib, Konstitutsiyaviy sud saylangunga qadar o‘z vakolatlarini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning hakamlik sudlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar xo‘jalik sudlari deb qayta tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha bo‘g‘inlardagi xo‘jalik sudlarining raislari, rais o‘rinbosarlari, sudyalari vazifalarini ular belgilangan tartibda saylangunga yoki tayinlangunga qadar tegishincha avval saylangan yoki tayinlangan hakamlik sudlarining raislari, rais o‘rinbosarlari va hakamlari bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyatining joylardagi vakillik, ijroiya va boshqaruv organlari o‘z vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar chiqarilgan qonun hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismiga asosan amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlar, prokuratura organlari va davlatning boshqa organlari o‘z vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar chiqarilgan qonunlar va qonun hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismiga asosan amalga oshiradilar.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar, shaharlar va tumanlarning yangi sudyalari O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan Konstitutsiyasida belgilangan tartibga asosan tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirishga doir ishlarni tashkil etish tartibini belgilasin. Konstitutsiyada nazarda tutilgan barcha qonunlar kelgusi ikki yildan kechiktirmay qabul qilinishi kerak. Oliy Kengash Rayosati 1993-yil mobaynida Oliy Majlisga saylovlar to‘g‘risidagi Qonun loyihasini tayyorlasin va uni umumxalq muhokamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustdagi 283-I-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 1978-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) 1992-yil 8-dekabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 8-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
725-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 146-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )