05.10.2009 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Oʻmon Sultonligi Hukumati oʻrtasida Qoʻshimcha Bayonnoma
Kuchga kirish sanasi
03.02.2010
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN OʻMON SULTONLIGI HUKUMATI OʻRTASIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha Bayonnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki yoqlama soliq solishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitim bilan bayonnomaga oʻzgartish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Oʻmon Sultonligi Hukumati, keyinchalik “Ahdlashuvchi Davlatlar” deb nomlanadi, ikki yoqlama soliq solishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida 2009-yil 30-martdagi Bitim bilan Bayonnomaga, (mazkur Bayonnomada “Bitim” deb nomlanadi) oʻzgartish kiritish maqsadida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Bitimning 27-moddasidan soʻng quyidagi yangi modda kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“27A-modda
Soliqlarni yigʻishda koʻmaklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlar ushbu Bitimda qamrab olinadigan soliqlarni foizlar va jarima jazolari bilan birgalikda yigʻishda bir-birlariga yordam koʻrsatish uchun harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatning bunday soliqlarni yigʻishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasi ushbu Davlat vakolatli organining mazkur Davlatning kunun hujjatlariga binoan koʻrsatilgan soliqlar uzil-kesil belgilanganligi xususida guvohligini oʻz ichiga qamrab olishi kerak. Ushbu moddaning maqsadlari uchun Ahdlashuvchi Davlat ichki qonun hujjatlariga binoan ushbu soliqni yigʻish huquqiga ega boʻlgan va soliq toʻlovchi bundan keyin yigʻishda cheklash huquqiga ega boʻlmagan holda soliq uzil-kesil belgilangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2-bandda tilga olingan soʻrovnomalar ijroga ruxsat beradigan, zarur hollarda istalgan maʼmuriy yoki yuridik qarorning rasmiy nusxasi ilova qilinadigan hujjatning rasmiy nusxasi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatning yigʻish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qabul qilinadigan soʻrovnomasi ushbu boshqa Davlat tomonidan, aynan bunday soʻrovnoma uning oʻz soligʻi bilan bogʻliqdek, ijro etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻrib chiqish uchun ochiq boʻlgan soliq talablariga koʻra Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi, oʻz huquqlarini himoya qilish choralariga muvofiq, boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organidan himoya choralarini koʻrishni soʻrashi mumkin. Ahdlashuvchi Davlatning qabul qilingan soʻrovnomasi ushbu boshqa Davlat tomonidan, aynan soʻrovnoma uning oʻz soligʻi bilan bogʻliqdek, ijro etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bir Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan ushbu moddaga taalluqli yigʻilgan summalar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yuboriladi. Soliqlarni yigʻishda koʻmaklashish paytida qilingan odatdagi xarajatlar soʻrovnoma yuborgan Davlat zimmasiga yuklanadi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari boshqacha tartibni kelishib olgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu moddadagi hech narsa Ahdlashuvchi Davlatlarning birini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunlari va maʼmuriy amaliyotini oʻzgartirish uchun maʼmuriy choralar koʻrishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat siyosatiga (jamoat tartibiga) zid boʻlgan choralar koʻrishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) boshqa Ahdlashuvchi Davlat yigʻim paytida uning qonunlari yoki maʼmuriy amaliyoti boʻyicha qoʻllanadigan barcha choralardan foydalanmagan taqdirda koʻmak koʻrsatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ushbu Davlat uchun maʼmuriy jazoni qoʻllash boshqa Ahdlashuvchi Davlat tomonidan undiriladigan foydaga ochiqdan-ochiq nomutanosib boʻlgan hollarda koʻmak koʻrsatishga majbur etadi deb talqin etilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

Har bir Ahdlashuvchi Davlat boshqani, ushbu Qoʻshimcha Bayonnomaning kuchga kirishi uchun qonunchilikka muvofiq talab qilinadigan protseduralar bajarilganligi toʻgʻrisida, diplomatik kanallar orqali xabar qiladi. Mazkur Qoʻshimcha Bayonnoma shunday oxirgi xabarnomani olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

Ushbu Qoʻshimcha Bayonnoma Bitim kuchda boʻlgan paytgacha oʻz kuchida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buni tasdiqlash uchun bunga oʻz hukumatlari tomonidan vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar ushbu Qoʻshimcha Bayonnomani imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masqat shahrida 2009-yil 5-oktabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan xolda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)