30.03.2009 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN OʻMON SULTONLIGI HUKUMATI OʻRTASIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki yoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Oʻmon Sultonligi Hukumati, ikki yoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida Bitim tuzish istagini bildirib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I-bob. Bitimni qoʻllash sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Bitim qoʻllaniladigan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning rezidentlari boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan daromad va kapital soliqlariga nisbatan, ularni undirish usulidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Daromad va kapital soliqlariga jami daromaddan, jami kapitaldan yoxud daromad yoki kapitalning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan, koʻchar va koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berishdan olingan daromaddan, korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki maoshlarning umumiy miqdoridan olinadigan soliqlar hamda kapital qiymati oʻsishidan olinadigan soliqlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim qoʻllaniladigan amaldagi soliqlar, shu jumladan quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yuridik shaxslarning foyda (daromad) soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) jismoniy shaxslarning daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) mol-mulk soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(bundan keyin “Oʻzbekiston soligʻi” deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻmon Sultonligiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 47/1981-sonli Sulton Farmoni boʻyicha kompaniyalar daromadidan undiriladigan soliq; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 77/1989-sonli Sulton Farmoni boʻyicha undiriladigan muassasalar foydasidan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(bundan keyin “Oʻmon soligʻi” deb ataladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Bitim uning imzolangan sanasidan soʻng undiriladigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan har qanday aynan bir xil yoki mohiyatan oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiligiga kiritilgan har qanday muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida, ushbu oʻzgarishlardan soʻng tegishli muddat davri ichida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II-bob. Taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Umumiy taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning maqsadlarida, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda, xalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini, shu jumladan, yer osti boyliklaridan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshira oladigan uning hududini, hududiy suvlari va havo kengliklarini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Oʻmon” atamasi Oʻmon Sultonligi hududini va unga tegishli orollarni, shu jumladan hududiy suvlari va xalqaro huquq va Oʻmon Sultonligi qonunchiligiga muvofiq uning doirasida Oʻmon Sultonligi dengiz tubi, yer osti, chegaradosh suvlar tabiiy zaxiralarini qazib olish va ishlab chiqarish bobida suveren huquqlarni amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududiy suvlaridan tashqariga chiqadigan har qanday hududni bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matn mazmuniga qarab, Oʻzbekiston Respublikasini yoki Oʻmon Sultonligini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniya yoki shaxslarning har qanday boshqa birlashuvini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) “kompaniya” atamasi, soliq solish maqsadida yuridik shaxsni yoki yuridik shaxs sifatida qaraladigan har qanday boshqa tashkilotni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(f) “Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” atamalari tegishincha bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida faoliyat yuritayotgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida faoliyat yuritayotgan korxonani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil vositalarida har qanday tashishni anglatadi, dengiz yoki havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil vositalaridan faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida foydalanilishi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(h) “milliy shaxs” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Ahdlashuvchi Davlat millatiga mansub boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq oʻzining tegishli maqomini olgan har qanday yuridik shaxs, shirkat va uyushmani.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “vakolatli organ” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oʻzbekistonga nisbatan — Davlat soliq qoʻmitasini yoki uning vakolatli vakilini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Oʻmonga nisbatan — Milliy iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Maslahatchisini yoki uning vakolatli vakilini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitim istalgan vaqtda Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qoʻllanilganida unda belgilanmagan har qanday atama, agar matndan boshqa maʼno kelib chiqmasa, ushbu Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan ana shu Davlat qonunlariga koʻra ega boʻlgan maʼnoni anglatadi, atamaning har qanday maʼnosi ana shu Davlatning soliq qonunchiligiga muvofiq ana shu Davlatning boshqa huquq sohalarida shu atama uchun nazarda tutilgan maʼnodan ustuvor boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Rezident
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim maqsadlarida “Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti” atamasi ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq oʻzining yashash joyi, doimiy boʻlish joyi, korporativ sifatida tashkil etilgan joyi, roʻyxatdan oʻtgan joyi yoki istalgan boshqa mezon asosida soliq solinadigan har qanday shaxsni anglatadi, shuningdek Davlatning oʻzini va har qanday maʼmuriy-hududiy boʻlinma yoki mahalliy hokimiyat organini ham oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) shaxs toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy yashash joyiga ega boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi, agar u ikkala Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy yashash joyiga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari (hayotiy manfaatlari markazi) eng yaqin boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi boʻlgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki Davlatlarning hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy yashash joyi boʻlmasa, u odatda yashab turgan Davlatninggina rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) agar shaxs odatda har ikki Davlatda yashasa yoki odatda ularning hech birida yashamasa, u qaysi Davlatning fuqarosi boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) agar (a) — (s) kichik bandlari boʻyicha rezidentning maqomini aniqlashning iloji boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv asosida hal qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, u uning amaldagi boshqaruv organi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Doimiy muassasa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxona tadbirkorlik faoliyatini toʻliq yoki qisman amalga oshiradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) boshqaruv joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) boʻlinma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) ofis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) fabrika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) ustaxona; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joyni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) qurilish maydonchasi, qurilish, montaj yoki yigʻish obyekti yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan nazorat faoliyati, biroq bunday maydoncha, obyekt yoki faoliyatning muddati 9 oydan ortiq davom etsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan konsalting yoki boshqaruv xizmatlari korxona shu maqsad uchun yollagan xizmatchilar yoki boshqa xodimlar orqali amalga oshirilsa, biroq shu mazmundagi faoliyat boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida har qanday oʻn ikki oylik davr mobaynida 183 kundan oshadigan davr yoki davrlar mobaynida davom etsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) inshootlardan faqat shu korxonaga tegishli boʻlgan tovarlar yoki buyumlarni saqlash, yetkazib berish yoki namoyish qilish maqsadida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) shu korxonaga tegishli boʻlgan tovarlar yoki buyumlar zaxirasining saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadida saqlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxirasining ularni faqat boshqa korxona tomonidan qayta ishlash maqsadida saqlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) doimiy faoliyat joyining tovarlar yoki buyumlar sotib olish yoxud ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadida saqlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) doimiy faoliyat joyi faqat shu korxona manfaatlari uchungina boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida saqlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(f) doimiy faoliyat joyi faqat (a) — (e) kichik bandlarida nazarda tutilgan faoliyat turlarining har qanday birikuvi uchungina, basharti bunday doimiy faoliyat joyining jami faoliyati ana shu faoliyat turlarini birlashtirish natijasida vujudga kelsa, tayyorgarlik yoki yordamchi tusda boʻlsa, saqlab turilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu modda 1 va 2-bandlarining qoidalariga qaramay, agar 6-band tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga shaxs Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi nomidan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa va agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ushbu Davlatda bunday korxona nomidan shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlsa va ushbu huquqlardan odatda foydalansa (bunday shaxsning faoliyati 4-bandda koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolmasa) va bunday faoliyat turlari agar doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa ham bu doimiy faoliyat joyi ushbu bandning qoidalariga asosan uni doimiy muassasaning doimiy faoliyat joyiga aylantirmasa, yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bunday vakolatga ega boʻlmasa, ammo birinchi aytib oʻtilgan Davlatda tovar va buyumlar zaxirasini odatda saqlovchi va bundan korxona nomidan tovar va buyumlarni sotuvchi bu korxona birinchi aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar korxona Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqaligina tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, basharti bunday shaxslar oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida ish yuritsalar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi. Biroq, agar ushbu agentning bunday faoliyati toʻlaligicha yoki deyarli toʻlaligicha shu korxonaga bagʻishlangan boʻlsa, u mazkur bandning maʼnosi doirasida mustaqil maqomli agent sifatida qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki uning tomonidan nazorat qilinsa yoxud ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) oʻz-oʻzidan bu kompaniyalardan birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III-bob. Daromadni soliqqa tortish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadi (shu jumladan, qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mol-mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligida ifodalangan tushunchaga ega boʻladi. Har qanday holda ham ushbu atama belgilagan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mol-mulkni, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida foydalanadigan chorva mollari va jihozlar, yer ustidagi mulk toʻgʻrisidagi umumiy qonunchilik qoidalari qoʻllaniladigan huquqlar, koʻchmas mulkdan foydalanish huquqlari va resurslar qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini yoki minerallar, buloqlar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi, dengiz va havo kemalari koʻchmas mulk hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1 va 3-bandlar qoidalari korxonaning koʻchmas mulkidan olgan daromadlariga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi, agar korxona oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda unda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini, yuqorida aytilganidek, amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) shu doimiy muassasa faoliyatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda bu doimiy muassasa orqali sotilayotganlar bilan bir xildagi yoki oʻxshash turdagi tovarlar yoki buyumlarni sotishga; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilayotgan bu doimiy muassasa orqali amalga oshirilayotgan bilan bir xildagi yoki oʻxshash turdagi boshqa tadbirkorlik faoliyatiga tegishli boʻlgan qismidagina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 3-bandi qoidalariga muvofiq, agar Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi hisoblab yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda, ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan, shu jumladan doimiy muassasa joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda va undan tashqaridagi faoliyat maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq agar doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning boshqa ofislaridan istalgan biriga patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun gonorarlar, royalti toʻlovlari yoki boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar orqali yoki aniq xizmatlar koʻrsatganlik uchun komission toʻlov yoʻli bilan yoki menejment uchun yoxud bank muassasasidan tashqari ana shu korxona uchun qarzga berilgan qarz foizlari toʻlovlari yoʻli bilan toʻlanadigan (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan boshqa boʻlgan) summalarga nisbatan hech qanday chegirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu tarzda, doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning ofislaridan boshqa har qaysisiga gonorarlar, royalti toʻlovlari yoki patentlardan yoxud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejment uchun komission toʻlovlar yoʻli bilan yoki bank muassasasidan tashqari ana shu korxona uchun qarzga berilgan qarz foizlari toʻlovlari yoʻli bilan (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) sarflangan summalar doimiy muassasa foydasini aniqlashda eʼtiborga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxona umumiy foyda summasini uning har xil boʻlinmalariga mutanosib ravishda taqsimlash asosida doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foydani Ahdlashuvchi Davlatda aniqlash odatiy amaliyot ekanligiga qaramasdan, 2-banddagi hech narsa bu Davlatga amaliyot tomonidan tatbiq etiluvchi bunday taqsimlash orqali foydani aniqlashni taqiqlamaydi, biroq taqsimlashning tanlangan usuli mazkur moddadagi tamoyillarga mos boʻlgan natijani berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Faqat ushbu korxona uchun doimiy muassasa tomonidan tovarlar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda hisoblab yozilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga taalluqli boʻlgan foyda, agar uni oʻzgartirish uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, yilma-yil bir xil usulda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar foyda ushbu Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, unda ana shu moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Xalqaro transport
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda dengiz, havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalaridan foydalanishdan oladigan foydasi faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning maqsadlari uchun xalqaro tashishda dengiz yoki havo kemalarini ishlatishdan olinadigan foydaga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xalqaro tashishlarda toʻliq jihozlangan, butlangan va yetkazib berilgan hamda ekspluatatsiyada foydalanadigan dengiz yoki havo kemalarining charteri, lizingi yoki ijarasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ekipajsiz fraxt qilish asosida dengiz yoki havo kemalarining charteri, lizingi yoki ijarasi, bunday charter, lizing yoki ijara dengiz yoki havo kemalarini xalqaro tashishda ishlatishga nisbatan tasodifiy boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) tovarlar va buyumlarni tashish uchun ishlatiladigan konteynerlardan (bunga konteynerlarni tashish uchun foydalaniladigan treyler va boshqa yordamchi uskunalar ham kiradi) foydalanish, saqlash yoki ijaraga berishdan olinadigan foydalar, agar bunday ijara yoki foydalanish, saqlash yoki ijara, matn mazmunida boshqacha holat nazarda tutilmasa, xalqaro tashishda dengiz yoki havo kemalariga nisbatan tasodifiy boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1 va 2-bandlari qoidalari transport vositalarini ekspluatatsiya qilish boʻyicha pulda, qoʻshma faoliyat yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olingan foydalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Dengiz yoki havo kemalaridan foydalanish” atamasi mulkdorlar, ijarachilarning yoʻlovchilar, pochta, inventar yoki tovarlarni dengiz yoki havo yoʻli bilan tashish bilan bogʻliq tadbirkorlik faoliyati yoki dengiz yoki havo kemalari charteri, shu jumladan boshqa korxona nomidan bunday tashish uchun chiptalar sotish va bunday faoliyat bilan bevosita bogʻliq boshqa faoliyat tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Birlashgan korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning mol-mulkida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa, yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) oʻsha shaxslar Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishida, nazorat qilishida yoki mol-mulkida bevosita yoki bilvosita qatnashsalar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
va har qanday holatda korxonalar oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida yaratiladiganidan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, bunda ulardan biriga hisoblanishi mumkin boʻlgan, ammo bunday sharoitlar natijasida unga hisoblanmagan har qanday foyda ana shu korxonaning foydasiga hisoblanishi va tegishli ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilgan foydani kiritsa va tegishli ravishda soliqqa tortsa va shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganda hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat foydadan oʻzida olingan soliq miqdoriga tegishli zarur tuzatishlarni kiritadi. Bunday tuzatishlarni belgilashda ushbu Bitimning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratish kerak va Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Dividendlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ammo bunday dividendlar, shuningdek dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda shu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, biroq agar dividendlarning amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, unda shu tarzda olingan soliqning miqdori dividendlar yalpi miqdorining 7 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasini soliqqa tortishga daxl etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2-band qoidalariga qaramasdan bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat Hukumatiga toʻlanadigan dividendlar birinchi aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 3-band maqsadlarida “Hukumat” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻmon Sultonligiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oʻmon Markaziy banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Bosh Davlat rezerv fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Oʻmon investitsiya fondi; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatli organlari oʻrtasida vaqti-vaqti bilan kelishiladigan, Oʻmon Sultonligi Hukumatiga toʻlaligicha yoki asosan tegishli boʻlgan har qanday boshqa yuridik shaxs yoki muassasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekistonga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) yoki Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatli organlari oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan, har qanday boshqa shunga oʻxshash davlat muassasasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Dividendlar” atamasi mazkur moddada qoʻllanilganda, aksiyalardan olinadigan yoki qarz talablari boʻlmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunchiligiga muvofiq aksiyalardan olinadigan daromad kabi soliqlarni tartibga solishga taalluqli boʻlgan boshqa korporativ huquqlardan olinadigan daromadni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar dividendlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgani holda, ana shu dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatida oʻz faoliyatini u erda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni u erda joylashgan doimiy bazadan koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, sharoitga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ana shu boshqa Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlarni soliqqa tortmasligi mumkin, bunday dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki dividendlar toʻlanadigan xolding shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham, kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan soliqlar undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar bunday yaratish yoki taqsimlash orqali .mazkur modda imtiyozlaridan foydalanish unga nisbatan dividend toʻlanadigan aksiyalarni yoki boshqa huquqlarni yaratish yoki taqsimlash bilan bogʻliq har qanday shaxs uchun, asosiy maqsad yoki asosiy maqsadlardan biri boʻlsa, mazkur moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Foizlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq, bunday foizlar, dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda ana shu Davlatning qonunchiligiga asosan ham soliqqa tortilishi mumkin, biroq agar foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, unda soliq foizlar yalpi miqdorining 7 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2-band qoidalariga qaramasdan bir Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat Hukumatiga toʻlanadigan foizlar birinchi aytib oʻtilgan Davlatda soliqqa tortilishdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 3-band maqsadlarida “Hukumat” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻmon Sultonligiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oʻmon Markaziy banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Bosh Davlat rezerv fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Oʻmon investitsiya fondi; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatli organlari oʻrtasida vaqti-vaqti bilan kelishiladigan, Oʻmon Sultonligi Hukumatiga toʻlaligicha yoki asosan tegishli boʻlgan har qanday boshqa yuridik shaxs yoki muassasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekistonga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) yoki Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatli organlari oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan, har qanday boshqa shunga oʻxshash davlat muassasasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda qarzdorning foydada ishtirok etish huquqlari mavjudligi va ipoteka taʼminotidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadlarni, xususan hukumat qimmatli qogʻozlaridan olinadigan daromadlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlaridan daromadlar, shu jumladan, mukofotlar va ushbu qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan yutuqlar tushuniladi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun jarimalar (neustoykalar) ushbu modda maqsadlarida foizlar sifatida qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Davlatda tijorat faoliyatini u erda joylashgan doimiy muassasa orqali olib borayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan ham haqiqatan bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-bandlar qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Foizlarni toʻlovchi Davlatning oʻzi, mahalliy hokimiyat organlari yoki shu Davlatning rezidenti boʻlsa, foizlar oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, shu tufayli qarz majburiyatidan foizlar toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki doimiy baza toʻlash boʻyicha xarajatlarni amalga oshirsa, bunda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar toʻlovchi bilan foizlarning haqiqiy egasi boʻlgan shaxs oʻrtasidagi yoki ular ikkalasi va har qanday boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabiga taalluqli foizlar summasi toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan summaga nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agar bunday yaratish va taqsimlash orqali mazkur modda imtiyozlaridan foydalanish unga nisbatan foizlar toʻlanadigan qarz majburiyatlarini yaratish yoki taqsimlash bilan bogʻliq, har qanday shaxs uchun, asosiy maqsad yoki asosiy maqsadlardan biri boʻlsa, mazkur moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Royalti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq, bu royaltilar qayerda yuzaga kelgan boʻlsa, oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda ham uning qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, biroq agarda royaltining haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, ushbu holatda undiriladigan soliq royalti yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Royalti” atamasi ushbu moddada qoʻllanganda har qanday adabiy, sanʼat va ilmiy asarlarni, shu jumladan kompyuter dasturi, kinofilmlar, radio va televideniye uchun yozuvlar yoki disklar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki modellar, sxema, maxfiy formula yoxud jarayonlar yoki har qanday sanoat, tijorat yoki ilmiy uskunadan foydalanganlik uchun yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli boʻlgan har qanday mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqdan foydalanish huquqi uchun haq tarzida olinadigan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar royaltilarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda u erda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mol-mulk (a) shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan; (b) 7-moddaning 1-bandidagi (s) — bandida koʻrsatilgan tadbirkorlik faoliyati bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa, mazkur moddaning 1-va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, royalti shu Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltini toʻlash majburiyati kelib chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlash boʻyicha xarajatlarni amalga oshirsa, unda bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar toʻlovchi bilan amalda royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi yoki ularning ikkalasi va boshqa biron-bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga taalluqli huquqqa yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining summasi toʻlovchi va amalda shu daromadlarni olish huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan summaga nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar bunday yaratish va taqsimlash orqali mazkur modda imtiyozlaridan foydalanish unga nisbatan royalti toʻlanadigan huquqlarni yaratish yoki taqsimlash bilan bogʻliq har qanday shaxs uchun, asosiy maqsad yoki asosiy maqsadlardan biri boʻlsa, mazkur moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Kapital qiymatining oʻsish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining 6-moddada koʻrsatilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berishdan oladigan daromadlari oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni boshqa shaxsga berishdan olgan yoki bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazasiga taalluqli koʻchar mulkni boshqa shaxsga berishdan olgan daromadlari, jumladan ana shunday doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani boshqa shaxsga berishdan olgan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalarini, avtomobil yoki temir yoʻl vositalarini yoki shunday dengiz yoki havo kemalaridan, avtomobil yoki temir yoʻl vositalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkni boshqa shaxsga berishdan oladigan daromadlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1, 2 va 3-bandlarda sanab oʻtilmagan har qanday boshqa mol-mulkni oʻzga shaxsga berishdan olinadigan daromadlar mol-mulkni boshqa shaxsga berayotgan shaxs rezident boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti — jismoniy shaxsning kasbiy xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa faoliyatdan oladigan daromadlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Istisno tariqasida, quyidagi hollarda bunday daromadlar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) agar u oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa Davlatda oʻzi uchun muntazam qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa, bunday holda daromadning faqat shunday doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) agar uning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlishi har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshuvchi davr yoki davrlar mobaynida davom etsa, bunday hollarda daromadning faqat boshqa Davlatdagi faoliyatdan olingan qismigina ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan, mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, taʼlimiy va oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek shifokorlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgalterlarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Bandlikdan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 16, 18 va 19-moddalarning qoidalarini hisobga olgan holda, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanma ishga nisbatan oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar yollanma ish shu tarzda bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar quyidagi holatlar mavjud boʻlsa, 1-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma ishiga nisbatan oladigan taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatilgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan kalendar yilida boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday koʻrib chiqilayotgan oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib tursa; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) taqdirlash haqi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) taqdirlash haqi boʻyicha xarajatlarni yollovchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasining ish beruvchisi dengiz yoki havo kemalari bortida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun oladigan taqdirlash haqlari ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Direktorlarning gonorarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktorlarning gonorarlari va bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya Direktorlar Kengashining yoki uning shunga oʻxshash boshqa organlari aʼzosi sifatida oladigan shunga oʻxshash boshqa toʻlovlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Sanʼat xodimlari va sportchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatidan oladigan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilgan holatda, bu daromad 7, 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar birinchi eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatga boʻlgan tashrif toʻlaligicha boshqa Ahdlashuvchi Davlatning jamoat fondlari, maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlansa, 1 va 2-bandlarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatda sanʼat xodimlari yoki sportchilar tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan daromadga taalluqli boʻlmaydi. Shunday hollarda daromad faqat ushbu sanʼat xodimi yoki sportchi rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Nafaqalar va ijtimoiy himoya boʻyicha toʻlovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 19-moddaning 2-bandi qoidalarini hisobga olib avvalgi yollanma ish uchun Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga kompensatsiya sifatida toʻlanadigan nafaqa va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining ijtimoiy himoya tizimi bir qismi hisoblangan ijtimoiy chizma boʻyicha toʻlanadigan nafaqalar va boshqa toʻlovlar 1-band qoidalariga qaramasdan faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Hukumat xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. (a) Ahdlashuvchi Davlat yoki yuridik shaxs yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinma yoxud mahalliy hokimiyat organi tomonidan ana shu Davlatga yoki shaxsga koʻrsatgan xizmatlari uchun jismoniy shaxsga toʻlanadigan, nafaqadan tashqari, ish haqi, mukofot va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Biroq agar xizmat ana shu Davlatda amalga oshirilsa, va jismoniy shaxs ana shu Davlatning rezidenti boʻlsa, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ana shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) shu xizmatni amalga oshirish maqsadidagina ana shu Davlatning rezidenti boʻlib qolmasa, bunday ish haqi, mukofot va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. (a) Davlat yoki u tomonidan tashkil etilgan jamgʻarmalardan yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinma yoxud mahalliy hokimiyat organi tomonidan toʻlanadigan har qanday pensiya, shu Davlatga yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinma yoxud mahalliy hokimiyat organiga koʻrsatilgan xizmatlar shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Biroq agar jismoniy shaxs ana shu Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa, shunday pensiya faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 15, 16, 17 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga bogʻliq koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan ish haqi, mukofot va shunga oʻxshash taqdirlash haqlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Professorlar va ilmiy xodimlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan shaxs bevosita boshqa Davlatga tashrifidan oldin va har qanday maʼqullangan universitet, kollej, maktab yoki boshqa shu kabi taʼlim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasi taklifnomasi boʻyicha shu boshqa Davlatga kelgan sanadan boshlab ikki yildan oshmaydigan muddat mobaynida faqat ushbu taʼlim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasida oʻqish va/yoki ilmiy izlanish maqsadida tashrif buyurganda, ushbu boshqa Davlatda bunday oʻqish va ilmiy tadqiqotdan har qanday taqdirlashlar soliqdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-banddagi “maʼqullangan” atamasi Ahdlashuvchi Davlat tomonidan unda joylashgan universitet, kollej, maktab yoki boshqa shu kabi taʼlim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasi maʼqullanishini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar ilmiy tadqiqot avvalo alohida shaxs yoki shaxslarning shaxsiy foydasi uchun amalga oshirilsa, bunday ilmiy tadqiqotdan keladigan daromadlarga nisbatan mazkur modda qoidalari qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Talabalar va stajorlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatga kelgunga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan talaba, amaliyotchi yoki stajorning yashash, oʻqish yoki maʼlumot olish uchun moʻljallanib oladigan toʻlovlari ana shu Davlatda, agarda bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlsa, soliqqa tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-band bilan qamrab olinmagan yollanma mehnatdan grantlar, stipendiyalar va mukofotlarga nisbatan 1-bandda koʻrsatilgan talaba, amaliyotchi yoki stajor (tajriba orttiruvchi) u tashrif buyurgan davlat rezidentlariga tegishli boʻlgan soliqlarga nisbatan bunday ozod etishlar, chegirmalar va ayirib tashlashlar boʻyicha qoʻshimcha huquqqa ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Boshqa daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Bitimning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromad turlari, daromadning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-moddaning 2-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan olingan daromaddan tashqari, daromadlarga nisbatan, agarda bunday daromad egasi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali oʻz faoliyatini amalga oshirsa yoki oʻsha boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni u erda joylashgan doimiy baza orqali amalga oshirsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, 1-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1 va 2-bandlar qoidalariga qaramasdan, Ahdlashuvchi Davlat rezidentining mazkur Bitimning aytib oʻtilgan moddalari bilan bogʻliq boʻlmagan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan daromadi turlari, shuningdek shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV-bob. Kapitalni soliqqa tortish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Kapital
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan, 6-moddada koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan iborat boʻlgan kapital ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkdan, yoxud mustaqil shaxsiy xizmatlarni bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foydalanadigan doimiy bazasiga taalluqli koʻchar mulkdan iborat boʻlgan kapital ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bitta Ahdlashuvchi Davlat korxonasiga tegishli boʻlgan xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz va havo kemalari, temir yoʻl yoki avtotransport vositasi hamda shunday dengiz va havo kemalari, temir yoʻl yoki avtotransport vositalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulk tarzidagi kapital faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti kapitalining boshqa barcha elementlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V-bob. Ikki yoqlama soliq solishni bartaraf etish usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Ikki yoqlama soliq solishni bartaraf etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Davlatning rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki kapitalga ega boʻlsa, unda birinchi eslatib oʻtilgan Davlat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ushbu rezidentning daromadidan olinadigan soliqdan boshqa Davlatda toʻlangan daromad soligʻiga teng qiymatni chegirib tashlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) shu boshqa Davlatda toʻlangan, ushbu rezidentning kapital soligʻiga teng summani chegirib tashlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday chegirma har qanday hollarda ham vaziyatga koʻra boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki kapital taalluqli chegirma taqdim qilingunga qadar hisoblab chiqiladigan daromad yoki kapitaldan olinadigan soliq qismidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitimning boshqa biron-bir qoidasiga muvofiq Davlat rezidenti oladigan daromad yoki mol-mulk u ega boʻlgan mol-mulk shu Davlatda soliqqa tortishdan istisno etilsa, bu Davlat shunga qaramay bu rezidentning daromadi yoki mol-mulkining qolgan qismini soliqqa tortish qiymatini hisoblab chiqishda istisno etilgan daromad yoki mol-mulkni hisobga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI-bob. Maxsus qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Kamsitmaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda shu boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda shu jumladan, rezidensiyaga nisbatan yoki solinishi mumkin boʻlgandan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliqqa tortishdan koʻra ogʻirroq unga aloqador hollarga duchor qilinmaydilar. Bunday qoida, shuningdek 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, bir yoki ikkala Tomon Davlatlari rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasini soliqqa tortish ushbu boshqa Davlatda aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalarni soliqqa tortishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Ushbu qoida bir Ahdlashuvchi Davlatni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentini soliqqa tortish boʻyicha oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqeyi yoki oilaviy sharoiti asosida beradigan qandaydir shaxsiy imtiyozlar, ozod qilishlar yoki chegirmalar berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan fuqaroligi yoʻq shaxslar har qanday Ahdlashuvchi Davlatda ayni bir xil sharoitlarda shu jumladan, rezidensiyaga nisbatan yoki solinishi mumkin boʻlgandan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga tortilmaydi, soliqqa tortishdan koʻra boshqa yoki mushkulroq yoki unga aloqador hollarga duchor qilinmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 8-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllaniladigan hollarni istisno qilib, Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga bunday korxonaning soliqqa tortiladigan foydasini aniqlash maqsadida toʻlaydigan foizlari, royalti va boshqa tovonlari, birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangani kabi, xuddi shunday shartlarga muvofiq chegirib tashlanadi. Xuddi shuningdek, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga boʻlgan har qanday qarzlari ushbu korxonaning soliqqa tortiladigan kapitalini aniqlash maqsadida — birinchi eslatib oʻtilgan Davlat rezidentining qarzlarini hisobga olgandek sharoitda hisob-kitob qilib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kapitali toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlgan yoki bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan Ahdlashuvchi Davlat korxonasi birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq solish yoki unga aloqador majburiyatlarga yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq va u bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarga duchor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu modda qoidalari mazkur Bitim doirasidagi soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Oʻzaro kelishuv tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlaridan biri yoki har ikkalasining harakati unga ushbu Bitim qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunlarida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yoki agarda uning holati ushbu Bitimning 23-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Bitim qoidalariga nomuvofiq keladigan soliqqa tortishga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli organ uning eʼtirozini asosli deb topsa, ammo oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Bitimga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortilishdan qochish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlari ichki qonunlaridagi har qanday vaqt cheklashlariga qaramay amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik yoki shubhalarni oʻzaro kelishuv asosida hal etishga harakat qiladilar. Ular ikki yoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Bitimda nazarda tutilmagan holatlar yuzasidan ham bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishda hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻlib turishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Axborot almashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini yoki Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan olinadigan soliqlarning har qanday turi va koʻrinishiga tegishli ichki qonunlarini qoʻllash uchun ushbu qonunlardan ushbu Bitimga zid tushmaydigan darajada foydalanish uchun zarur axborotlarni almashib turadilar. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan shu tarzda olingan har qanday axborot, mazkur Davlatning ichki qonunlariga muvofiq foydalaniladigan maʼlumot darajasida maxfiy hisoblanadi hamda faqat aniqlash, undirish, majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish bilan yoki mazkur Bitimga tegishli boʻlgan soliqlarga nisbatan apellatsiyalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq shaxslar yoki organlarga (shu jumladan, sudlar va maʼmuriy organlarga) ochiladi. Bunday shaxslar yoki organlar axborotdan faqat ana shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qaror qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hech qanday holatda ham 1-band qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlardan birining zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunlari yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb sirini yoxud savdo jarayonini ochib beruvchi axborotni oshkor qilish jamoat tartibiga zid kelishi mumkin boʻlgan axborotni taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27A-modda. Soliqlarni yigʻishda koʻmaklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlar ushbu Bitimda qamrab olinadigan soliqlarni foizlar va jarima jazolari bilan birgalikda yigʻishda bir-birlariga yordam koʻrsatish uchun harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatning bunday soliqlarni yigʻishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasi ushbu Davlat vakolatli organining mazkur Davlatning kunun hujjatlariga binoan koʻrsatilgan soliqlar uzil-kesil belgilanganligi xususida guvohligini oʻz ichiga qamrab olishi kerak. Ushbu moddaning maqsadlari uchun Ahdlashuvchi Davlat ichki qonun hujjatlariga binoan ushbu soliqni yigʻish huquqiga ega boʻlgan va soliq toʻlovchi bundan keyin yigʻishda cheklash huquqiga ega boʻlmagan holda soliq uzil-kesil belgilangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2-bandda tilga olingan soʻrovnomalar ijroga ruxsat beradigan, zarur hollarda istalgan maʼmuriy yoki yuridik qarorning rasmiy nusxasi ilova qilinadigan hujjatning rasmiy nusxasi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatning yigʻish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qabul qilinadigan soʻrovnomasi ushbu boshqa Davlat tomonidan, aynan bunday soʻrovnoma uning oʻz soligʻi bilan bogʻliqdek, ijro etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻrib chiqish uchun ochiq boʻlgan soliq talablariga koʻra Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi, oʻz huquqlarini himoya qilish choralariga muvofiq, boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organidan himoya choralarini koʻrishni soʻrashi mumkin. Ahdlashuvchi Davlatning qabul qilingan soʻrovnomasi ushbu boshqa Davlat tomonidan, aynan soʻrovnoma uning oʻz soligʻi bilan bogʻliqdek, ijro etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bir Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan ushbu moddaga taalluqli yigʻilgan summalar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yuboriladi. Soliqlarni yigʻishda koʻmaklashish paytida qilingan odatdagi xarajatlar soʻrovnoma yuborgan Davlat zimmasiga yuklanadi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari boshqacha tartibni kelishib olgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu moddadagi hech narsa Ahdlashuvchi Davlatlarning birini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunlari va maʼmuriy amaliyotini oʻzgartirish uchun maʼmuriy choralar koʻrishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat siyosatiga (jamoat tartibiga) zid boʻlgan choralar koʻrishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) boshqa Ahdlashuvchi Davlat yigʻim paytida uning qonunlari yoki maʼmuriy amaliyoti boʻyicha qoʻllanadigan barcha choralardan foydalanmagan taqdirda koʻmak koʻrsatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ushbu Davlat uchun maʼmuriy jazoni qoʻllash boshqa Ahdlashuvchi Davlat tomonidan undiriladigan foydaga ochiqdan-ochiq nomutanosib boʻlgan hollarda koʻmak koʻrsatishga majbur etadi deb talqin etilmaydi.
(27A-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Oʻmon Sultonligi Hukumati oʻrtasidagi 2009-yil 5-oktabrdagi qoʻshimcha bayonnomaga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Diplomatik agentlar va konsulxona xizmatchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning hech bir qoidasi diplomatik agentlar yoki konsulxona xizmatchilarining xalqaro huquqning umumiy normalariga yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq taqdim etilgan soliqqa doir imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Davlatlarning oʻzaro kelishuviga binoan mazkur Bitimga qoʻshimchalar bayonnoma yoʻli bilan kiritilishi mumkin, bayonnoma mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va u kuchga kirishi uchun Ahdlashuvchi Davlatlarning qonunchiligida belgilangan barcha tartiblarni bajarish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Bayonnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilova qilinuvchi Bayonnoma mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarining har biri ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun milliy qonunchilikka muvofiq talab etiladigan tartiblar bajarilganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali bir-birlarini xabardor qiladilar. Ushbu Bitim ana shunday xabarnomalardan oxirgisi olingan kundan boshlab kuchga kiradi va shundan keyin quyidagilarga nisbatan amal qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur Bitim kuchga kiradigan yildan keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin toʻlanadigan daromad manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ushbu Bitim kuchga kiradigan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyingi har bir soliqqa tortish yilida daromad va kapitaldan olinadigan boshqa daromad soliqlari va kapital soliqlariga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Amal qilishini tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim bir Ahdlashuvchi Davlat uning amal qilishini tugatishiga qadar oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Bitimning amal qilishini Bitim kuchga kirgan sanadan keyin besh yil oʻtgach, istalgan taqvimiy yilning tugashidan kamida olti oy avval diplomatik kanallar orqali amal qilishini tugatish toʻgʻrisida xabarnoma berish orqali toʻxtatishi mumkin. Bunday holatda Bitimning amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) amal qilishini tugatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu taqvimiy yilning bunday sanasidan keyin olingan daromad manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) amal qilishini tugatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki shu sanadan keyin boshlanadigan har bir taqvimiy yilda soliqqa tortiladigan daromad va kapitaldan olinadigan boshqa daromad soliqlari va mol-mulk soliqlariga nisbatan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbuni tasdiqlab, bunga tegishli tartibda vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar ushbu Bitimni imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2009-yil 30-martda, Hijriy 1430 3 rabiʼa sani kunida ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2009-y., 2-3-son)