19.01.2005 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

Fuqarolarning oʻzaro qatnovlari toʻrgʻisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki davlat va ularning xalqlari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki davlat fuqarolarining oʻzaro qatnovlari rejimini tartibga solish istagiga amal qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Tomon davlatining fuqarolari ushbu Bitimning Ilovasida sanab oʻtilgan, ularning shaxslari toʻgʻrisida guvohlik beruvchi va fuqaroliklarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida boshqa Tomon davlatining hududiga vizasiz kirish, chiqish, unda boʻlish va tranzit harakatlanish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar davlatlarining fuqarolari chegarani kesib oʻtish uchun zarur boʻlgan protseduralarga amal qilgan holda, Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlariga muvofiq chegarani kesib oʻtish huquqini beruvchi amaldagi va rasmiylashtirilgan hujjatlar boʻyicha xalqaro oʻtkazish punktlari orqali uchinchi davlatlarga kirish, chiqish, unda boʻlish va tranzit harakatlanish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Tomon davlatining fuqarolari boshqa Tomon davlati hududida boʻlgan vaqtlarida bu Tomon davlatining qonun va qoidalariga, shu jumladan xorijiy fuqarolar uchun oʻrnatilgan roʻyxatdan oʻtish (vaqtincha propiska), boʻlish va harakatlanishning qoidalariga rioya etishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning har biri oʻz davlati hududiga boshqa Tomon davlati fuqarosining kirishini rad etish yoki boʻlish muddatini qisqartirish va bunda oʻz qarorining sababini izohlamaslik huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar ushbu Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab oʻttiz (30) kun davomida diplomatik kanallar orqali ushbu Bitimning Ilovasida sanab oʻtilgan hujjatlarning namunalarini almashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar yangi hujjatlar joriy qilingani yoki ushbu Bitim maqsadlarida foydalaniladigan hujjatlarga oʻzgartishlar kiritilgani toʻgʻrisida bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar va ularning namunalarini bir-birlariga ular kuchga kirishidan kamida oʻttiz (30) kun ilgari yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar diplomatik kanallar orqali xorijiy fuqarolarning kirishlari, chiqishlari, boʻlishlari tartibotiga doir amaldagi qonun hujjatlari toʻgʻrisida axborot va ushbu sohadagi boshqa axborotni almashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar zaruratga koʻra ushbu Bitimni bajarish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish maqsadida maslahatlashuvlar olib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning qoidalarini bajarish yoki qoʻllash davomida yuzaga keladigan kelishmovchilik yoxud bahsli masalalar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar orqali hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning kelishuvlariga koʻra ushbu Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan va ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan hamda uning 10-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradigan oʻzgartish va toʻldirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar davlat xavfsizligiga, jamoat tartibiga tahdid soladigan, tabiiy ofatlar, texnogen falokatlar yoki fuqarolarning sogʻliqlariga zararli hollarda ushbu Bitimning amal qilishini butunlay yoki qisman toʻxtatib quyish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim amal qilishining toʻxtatilishi toʻgʻrisida, shuningdek uning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida bu qarorni qabul qilgan Tomon oldindan, lekin bunday qaror qabul qilingan paytdan boshlab 72 soatdan kechiktirmasdan bu toʻgʻrida boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim belgilanmagan muddatga tuzilgan va Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning har biri boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabar qilgan holda ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Bu holda boshqa Tomon bunday xabarnomani olgandan soʻng toʻqson (90) kun oʻtgach Bitim amal qilishdan toʻxtaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2005-yil 19-yanvarda ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro qatnovlari toʻgʻrisida Bitimga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning maqsadlari uchun zarur boʻlgan shaxs toʻgʻrisida guvohlik beruvchi va fuqaroliklarni tasdiqlovchi hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxati

Oʻzbekiston Respublikasi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diplomatik pasport;

16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining guvohnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemasi ekipaji aʼzosining guvohnomasi (parvoz vazifasi qayd etilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishga guvohnoma (faqat Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belarus Respublikasi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belarus Respublikasi fuqarosining pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diplomatik pasport;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemasi ekipaji aʼzosining uchish guvohnomasi (parvoz vazifasi qayd etilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dengizchining shaxsiy milliy guvohnomasi (kema roli yoki undan olingan qaydnoma mavjud boʻlgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belarus Respublikasiga qaytishga guvohnoma (faqat Belarus Respublikasiga qaytish uchun).