26.10.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN BIRLAShGAN ARAB AMIRLIKLARI HUKUMATI OʻRTASIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
INVESTITSIYaLARNI RAGʻBATLANTIRISh VA OʻZARO HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar Davlatlari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni foydali ravishda rivojlantirish istagida, bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshiradigan investitsiyalarini ragʻbatlantirish va qulay shart-sharoitlar yaratish niyatida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash tadbirkorlik tashabbusini kuchaytirishga va Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari farovonligini oshirishga xizmat qilishini eʼtirof etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Asosiy atamalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim maqsadlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Investitsiya” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon investorlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida uning tegishli milliy qonunchiligiga muvofiq barcha turdagi mol-mulkka egalik huquqlarini anglatadi, xususan quyidagilarni, ammo nafaqat ularni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) koʻchar va koʻchmas mulk, shuningdek boshqa mulkiy huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aksiyalar, paylar, obligatsiyalar yoki kompaniyalar mulkidagi ishtirokning har qanday boshqa shakllari va yoki tegishli faoliyatdan olinadigan iqtisodiy foyda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) iqtisodiy boyliklar yaratish uchun sarflangan pul mablagʻlariga taalluqli talabnoma huquqlari yoki iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan har qanday faoliyat uchun talabnoma huquqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) intellektual mulkka boʻlgan huquqlar, ammo cheklanib qolmasdan mualliflik huquqlari, ixtiro uchun mualliflik huquqi, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, hamda texnologik jarayonlar, tijorat sirlariga tegishli boʻlgan maʼlumotlar, “nou-xau” va savdo reputatsiyasi (“gudvill”) bilan bogʻliq huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan qonun, maʼmuriy qaror yoki kontrakt orqali taqdim etiladigan har qanday huquqlar shu jumladan qonun asosida chiqarilgan litsenziya va ruxsatnomalar, aniqlik uchun ushbu Bitim tabiiy boyliklarni qamrab olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kiritilgan investitsiyalangan yoki qayta investitsiyalangan mulkiy boyliklar shaklining investitsiyalarni qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga muvofiq har qanday tarzda oʻzgartirilishi ularni investitsiya sifatidagi xarakteriga taʼsir koʻrsatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Investor” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlarning har biriga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq uning fuqaroligiga mansub boʻlgan va ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsion faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan istalgan jismoniy shaxsni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu Ahdlashuvchi Tomonning milliy qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, shartli ravishda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsion faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan istalgan yuridik shaxsni, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) Ahdlashuvchi Tomonni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Daromadlar” atamasi investitsiyalarni amalga oshirish natijasida olingan pul summalarini va ammo cheklanib qolmasdan foyda, dividendlar, foizlar, sarmoyalarning oʻsishi, royalti, litsenzion va komission ragʻbatlantirishlar, texnik yordam evaziga kelgan pullar yoki daromadlarning toʻlanishi shaklidan qatʼi nazar, boshqa tarzda olingan pullar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Hudud” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlardan har biriga nisbatan ana shu Ahdlashuvchi Tomonning suveren hududini, hamda shu Ahdlashuvchi Tomon xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq oʻz suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshiradigan boshqa har qanday hududni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2- modda
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq oʻz davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalarini qabul qiladi va ragʻbatlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalariga teng huquqli va adolatli rejimni barpo etadi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon investitsiyalarni boshqarish, yuritish, oʻzgartirish, egalik qilishga nisbatan hech qanday nohaq yoki diskriminatsion choralar tatbiq etilmasligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻyilgan sarmoyalardan olingan daromadlar, hamda ular qayta qoʻyilgandan keyin olinadigan daromadlar qoʻyilgan sarmoya kabi teng himoyalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istalgan Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirgan investitsiyalari toʻla himoya va xavfsizlik bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz hududidagi investitsiyalar maqsadlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yetakchi boshqaruv va texnik xodimlardan iborat malakali shaxsiy tarkibning kelishi, vaqtinchalik yashashi va uning hududida ishlashi masalalarini ularning millatidan qatʼi nazar, jismoniy shaxslarning kelishi, yashashi va ishlashiga oid masalalarni oʻzlarining milliy qonunchiliklari asosida xolisona koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3- modda
Milliy rejim va eng qulay rejim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida tasarruf etgan yoki amalga oshirgan investitsiyalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻz investorlarining investitsiyalari yoki istalgan uchinchi davlat investorlarining investitsiyalariga va daromadlariga nisbatan beriladigan kam boʻlmagan adolatli va teng huquqli qulay rejim yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining oʻz investitsiyalarini boshqarish, qoʻllab-quvvatlash, foydalanish, egalik qilish yoki tasarruf etish borasida boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻz investorlari yoki istalgan uchinchi davlat investorlariga berilganidan kam boʻlmagan adolatli va teng huquqli qulay rejim yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur rejimlar, bir Ahdlashuvchi Tomon, uchinchi davlatning bojxona yoki iqtisodiy uyushma, umumiy bozor, erkin savdo zonasi, valyuta ittifoqi maqsadida qabul qilingan bitimlarga aʼzoligi tufayli, uning investorlari uchun yaratishi mumkin boʻlgan imtiyozlarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddada koʻzda tutilgan milliy rejim Ahdlashuvchi Tomonlarning biri tarafidan uchinchi mamlakatlar investorlariga ikkiyoqlama soliqqa tortishni bekor qilish yoki boshqa soliqqa oid bitim kuchga kirgan holda afzallikka nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddada koʻzda tutilgan milliy rejim prinsipi xomashyo yoki qoʻshimcha materiallar, elektroenergiya, yoqilgʻi, ishlab chiqarish vositalari va har qanday marketing mahsulotlarini boshqaruvlari yoki ichki moliyaviy bozorga kirish, hamda har qanday boshqa shunga oʻxshash choralarga qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Milliylashtirish yoki ekspropriatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonlarning jismoniy va yuridik sharhlari investitsiyalari hibsga olinmaydi, musodara etilmaydi yoki boshqa shu kabi choralarga duchor qilinmaydi, bunday investitsiyalar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida toʻla himoya va xavfsizlikdan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hech qaysi Ahdlashuvchi Tomon, quyidagi sharoitlarda qabul qilingan choralardan tashqari, boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalariga nisbatan ekspropriatsiya va natsionalizatsiya qilish boʻyicha yoki mohiyati ekspropriatsiya va natsionalizatsiya qilishga oʻxshash yoʻl bilan, jumladan soliqlarni yigʻish, investitsiyalarni qisman yoki butunligicha zoʻrlab sotishga yoki zarar yetkazish yoki boshqarish va nazorat huquqidan mahrum qilish boʻyicha biror-bir chora qoʻllamaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) jamoat maqsadlarida qabul qilingan choralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qonuniy tartibda qabul qilingan choralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) diskriminatsion boʻlmagan choralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) hech qanday ijtimoiy qoida yoki shartnomaning barqarorligi buzilmaydi yoki ekspropriatsiya tegishli jismoniy va yuridik shaxslar va tomon oʻrtasida ekspropriatsiyani amalga oshiradigan investitsion bitimlarda aks ettiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) vakolatli maʼmuriy va yuridik organ qaroriga muvofiq qabul qilingan choralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) investor ekspropriatsiyani xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq amalga oshirilganligini tekshirish uchun maʼmuriy yoki yuridik organga murojaat qilish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) investor ekspropriatsiya qabul qilgan organga nisbatan u qabul qilgan ekpropriatsiya va boshqa shu kabi choralarga qarshi Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga daʼvo qoʻzgʻatish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday badal toʻlovlari investitsiyalarni ekspropriatsiya qilish davrigacha yoki ekspropriatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror barchaga maʼlum qilingan vaqtgacha ekspropriatsiya qilingan investitsiyaning erkin bozor narxi asosida investitsiyani qabul qilayotgan Ahdlashuvchi tomon milliy qonunchilik va xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan baholash tamoyillariga muvofiq aniqlanadi, hamda hisoblab chiqiladi. Bunday badal toʻlovlari ekspropriatsiya qilingan kundan boshlab toʻlov sanasigacha, baholash sanasidagi ushbu valyutani erkin bozordagi almashuv kursi yoki bozor asosida oʻrnatilgan tijorat kursiga oid foizlarni oʻz ichiga olgan, lekin LIBOR kursidan kam boʻlmagan yoki unga teng boʻlgan holda, investitsiyani qabul qilayotgan Ahdlashuvchi Tomonning xorijiy valyutani ayirboshlash qoidalariga muvofiq belgilangan erkin muomaladagi valyuta yoki investitsiya amalga oshirilgan valyutada baholanadi. Yuqorida aytib oʻtilgan holda erkin bozor bahosi aniqlanishi mumkin boʻlmasa, badal toʻlovlari tegishli barcha omillar va holatlar, shu jumladan, investitsiya qilingan mablagʻ, investitsiyaning mohiyati va davri, qiymatini almashtirish, baholash, kundalik daromadlar, hisobga olingan tushumlar, netto-kapital va “gudvil” kabilarni eʼtiborga olib obyektiv tamoyillarga koʻra aniqlanadi. Tamomila aniqlangan badal toʻlovi investorga kechiktirilmasdan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ekspropriatsiya” atamasi shunday qilib Ahdlashuvchi Tomonning investitsiyani amalga oshirmasligi yoki unga toʻsqinlik qilishi, investitsiyani butunlay yoki qisman majburiy sotishi yoxud boshqa shu kabi tadbirlar solish ekspropriatsiyaga oid harakatlarga aralashish yoki tartibga solish choralarini qoʻllashni ham oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Zararlarni qoplash uchun badal toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon investorining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi urush, qurolli toʻqnashuv, favqulodda holat, isyon, qoʻzgʻolon, fuqarolik tartibsizliklari yoki shu kabi boshqa voqealar oqibatida investitsiyalari zarar koʻrgan investorlari uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻz investorlari yoki istalgan uchinchi davlat investorlari uchun restitutsiya, tovon toʻlovi, badal toʻlash yoki boshqa tartibotlarni koʻzda tutuvchi rejimdan kam boʻlmagan qulay rejimni yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli toʻlovlar kechiktirmasdan, erkin tarzda oʻtkaziladigan va erkin ravishda konvertirlanadigan mablagʻ bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalaridan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida avvalgi bandda qayd etilgan har qanday voqea-hodisalar oqibatida quyidagilar tufayli zarar koʻrgan investorlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ularning mulki kuch bilan yoki hokimiyat tomonidan rekvizitsiya qilingan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) harbiy harakat yoki vaziyat taqozo etmagan hollarda ularning mulki kuch bilan yoki hokimiyat tomonidan nobud qilingan hollarda, rekvizitsiya davrida yoki mulki nobud boʻlishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon adolatli va aynan bir xil badal toʻlaydi. Tegishli toʻlovlar kechiktirmasdan, erkin tarzda oʻtkaziladigan va erkin ravishda konvertirlanadigan mablagʻ bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6- modda
Pul oʻtkazmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlariga investitsiyalar bilan bogʻliq toʻlovlarning va xususan quyidagilarning, ammo nafaqat ularning erkin ravishda oʻtkazilishini kafolatlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) dastlabki sarmoyalar qiymati va investitsiyalarni quvvatlash yoki koʻpaytirish uchun kiritilgan qoʻshimcha ulushlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) zayomlar toʻlovi uchun moʻljallangan qiymatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) investitsiyalarni butunlay yoki qisman sotish yoki tugatishdan keladigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mazkur Bitimning 4- va 5-moddalarida koʻzda tutilgan har qanday badal toʻlovlar yoki boshqa toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 7-moddada koʻrsatilgan toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) investitsiyalar munosabati bilan xorijdan jalb etilgan fuqarolarga toʻlanadigan ish haqi va boshqa koʻrinishdagi mukofotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddada qayd etilgan pul oʻtkazmalari hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning valyutani tartibga solish qoidalariga muvofiq, pul oʻtkazilayotgan sanada qoʻllanilayotgan almashtirish kursi boʻyicha erkin muomaladagi valyutada, cheklanmagan holda yoki asossiz kechiktirishsiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddada koʻrsatilgan, bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirgan investitsiyalari natijasida investitsiyalangan joydagi manbalardan har qanday valyutada olgan daromadlari va boshqa summalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida, uning qonunchiligiga muvofiq qayta investitsiyalanishi yoki boshqa maqsadlarda sarflanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7- modda
Subrogatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar har qanday Ahdlashuvchi Tomon oʻz investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi investitsiyalari borasida notijorat xavfidan sugʻurtalashni kafolatlagan va bunday investorlarga ularning ushbu Bitimga muvofiq talabnomalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon, subrogatsiya tamoyillariga muvofiq birinchi Ahdlashuvchi Tomon bunday investorlarning huquqlarini amalga oshirish va talablarini bajarish huquqiga ega ekanligiga rozilik bildiradi. Boshqa Ahdlashuvchi Tomonga toʻlovlarni va huquqlarni oʻtkazish masalalari boʻyicha ushbu Bitimning 4-, 5- va 6- moddalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8- modda
Maslahatlashuvlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan har qanday nizolarni hal qilish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlardan birining talabnomasiga koʻra konsultatsiyalar oʻtkazishga kelishib oldilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9- modda
Investor va Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomon bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investori oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday nizolar, imkon qadar doʻstona yoʻl bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday nizo 1-bandda koʻrsatilgan yoʻl bilan u yuzaga kelgan kunidan boshlab olti oy mobaynida nizoni hal etish toʻgʻrisidagi arizasi hal qilinmasa, nizo investorning talabi bilan koʻrib chiqish uchun investitsion faoliyat olib borilayotgan hududning vakolatli sudiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar yuzaga kelgan nizo yuqorida toʻxtab oʻtilgan jarayonlar toʻgʻrisida xabarnoma berilgan kundan 24 oy oʻtgandan soʻng ham hal etilmasa, investor nizoni koʻrib chiqish uchun 1965-yil 18-martdagi Davlatlar va boshqa davlatlarning fuqarolari oʻrtasida investitsiyaviy nizolarni hal etish toʻgʻrisidagi Vashington Konvensiyasiga muvofiq hakamlik sudiga taqdim etishi mumkin, agar Ahdlashuvchi Tomonlar boshqacha kelishmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bilan, ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar nizolarni aytib oʻtilgan Konvensiya arbitrajida koʻrib chiqish uchun taqdim etishga oʻzlarining soʻzsiz roziligini beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sudning hal qiluv qarori majburiy hisoblanadi va yuqoridagi Konvensiyada belgilangan holatlardan tashqari appelatsiya va sud tartibida qayta koʻrib chiqilmaydi. Qaror ichki qonunga muvofiq bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hech bir Ahdlashuvchi Tomon diplomatik kanallar orqali arbitrajga oid har qanday harakatlarni sud jarayoni tugamagunicha va Ahdlashuvchi Tomon chiqarilgan arbitraj sudi qarorini bajarmagunicha va unga rioya qilmagunicha, arbitraj sudiga berilgan har qanday ishga nisbatan amalga oshirmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ahdlashuvchi tomonlar bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori oʻrtasidagi har qanday nizolar, shu jumladan eng qulay rejim tamoyilini qoʻllash mazkur modda qoidalari asosida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash boʻyicha har qanday nizolarni imkon qadar maslahatlashuvlar yoki boshqa diplomatik yoʻllar orqali hal etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar nizo olti oy mobaynida hal etilmasa, har bir Ahdlashuvchi Tomon talabi bilan nizoni “ad hoc” arbitraj sudiga ushbu moddaning qoidalariga muvofiq taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Arbitraj sudi quyidagicha tashkil etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir Ahdlashuvchi Tomon bir aʼzoni tayinlaydi va bu ikki aʼzo ikkala Ahdlashuvchi Tomon tayinlaydigan arbitraj sudi Raisi vazifasini bajaradigan uchinchi davlat fuqarosi haqida kelishib oladilar. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri nizoni koʻrib chiqish uchun arbitraj sudiga berish niyati toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qilgan kundan boshlab, bunday aʼzolar ikki oy, Rais esa uch oy davomida tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar 3-bandda koʻrsatilgan muddatlarga amal qilinmagan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Tomon, boshqa har qanday kelishuv boʻlmagan taqdirda, zarur boʻlgan tayinlovlarni amalga oshirish uchun Xalqaro Sud Prezidentini taklif qilishi mumkin. Agar Xalqaro Sud Prezidenti Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki shu vazifani boshqa sabablarga koʻra bajara olmasa, zarur boʻlgan tayinlovlarni amalga oshirish uchun Xalqaro Sud Prezidentining oʻrinbosari taklif qilinadi. Agar Xalqaro Sud Prezidentining oʻrinbosari Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki u ham shu vazifani boshqa sabablarga koʻra bajara olmasa, zarur boʻlgan tayinlovlarni amalga oshirish uchun hech bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlmagan, lavozimi keyingi oʻrinda turgan Xalqaro Sudning aʼzosi taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Arbitraj sudi oʻz qarorlarini koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi. Bunday qaror ushbu Bitim va qoʻllanilishi mumkin boʻlgan umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq qabul qilinadi va har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar uchun yakuniy va majburiy hisoblanadi. Bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan arbitraj sudi aʼzosi, hamda arbitraj jarayonida uning vakilligi bilan bogʻliq xarajatlarni har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzi qoplaydi. Prezident, hamda arbitraj jarayoni bilan bogʻliq har qanday boshqa xarajatlarni ikkala Ahdlashuvchi Tomon teng tarzda qoplaydi. Qolgan barcha hollarda arbitraj sudi ish faoliyati tartibini oʻzi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Investitsiyalarni qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim, u kuchga kirgunga qadar yoki kuchga kirgandan soʻng amalga oshirilganligidan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida uning ichki qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan qoʻllaniladi, ammo ushbu Bitim kuchga kirgunga qadar kelib chiqqan yoki hal qilingan nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12- modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar diplomatik va konsullik aloqalari mavjudligi yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, oʻz kuchida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13- modda
Boshqa qoidalar va maxsus majburiyatlarning qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligidagi qoidalar yoxud hozirda mavjud boʻlgan yoki ushbu Bitimga qoʻshimcha tarzida tuzilgan, xalqaro huquq bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar, mazkur Bitimga binoan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari uchun yaratiladigan rejimdan koʻra yanada yaxshiroq rejim yaratish toʻgʻrisidagi umumiy va maxsus qoidalarni oʻz ichiga olsa, bunday qoidalar yanada qulayroq boʻlgan hajmda ushbu Bitimga nisbatan ustun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomon tarafidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori investitsiyasiga nisbatan qabul qilgan kontraktlar yoki majburiyatlar ushbu Bitimda koʻzda tutilgandan koʻra yanada qulayroq boʻlsa, bunday qoidalar yanada qulayroq boʻlgan hajmda ushbu Bitimga nisbatan ustun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon davlati oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari amalga oshirgan investitsiyalar yuzasidan oʻz zimmasiga olgan boshqa har qanday majburiyatlarga rioya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14- modda
Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning yozma tarzdagi kelishuviga binoan ushbu Bitimning 15-moddasida koʻzda tutilgan tartibotlarga muvofiq ravishda kuchga kiruvchi va ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlib qoladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Bitimning kuchga kirishi, amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan konstitutsiyaviy tartibotlar tugallanganligi toʻgʻrisida Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma yuborgan kundan boshlab oʻttiz kundan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim oʻn yil mobaynida amal qiladi. Ana shu muddat tugashidan oʻn ikki oy oldin Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor etmasa, ushbu Bitimning amal qilish muddati oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik davrlarga uzayadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitimning amal qilishi toʻxtatilsa, uning qoidalari ushbu Bitim harakatdan toʻxtatilgan vaqtgacha amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan keyingi oʻn yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2007-yil 26-oktabrda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelganda ingliz tilidagi matn asos sifatida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)