10.10.2012 yildagi 289-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY OVQATLANISH TASHKILOTLARINING FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA XODIMLARINING KASBIY DARAJASINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy pazandachiligi o‘zining noyobligi, pazandachilik an’analarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi, teran tarixiy ildizlarga ega, jahonning ko‘plab mamlakatlarida, shuningdek respublika mehmonlarida Sharq mehmondorchiligi ramzi sifatida g‘oyat mashhurdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarixiy meros va madaniy boylik sifatida pazandachilik san’atini saqlab qolish borasida katta ishlar amalga oshirildi, milliy-tarixiy an’analarni va oziq-ovqat texnologiyasining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda umumiy ovqatlanish sohasini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Umumiy ovqatlanish sohasida yosh yuqori malakali oshpazlar va mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Bularning barchasi milliy pazandachilikning nufuzi oshishiga, uni yanada ommalashtirishga ko‘maklashdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy pazandachilikni ommalashtirish va rivojlantirishda tadbirkorlik subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari alohida o‘rin tutmoqda. Keyingi vaqtlarda umumiy ovqatlanish tashkilotlarida ishlovchi tobora ko‘plab mutaxassislar xorijiy va xalqaro pazandachilik tanlovlarining g‘oliblari va sovrindorlari bo‘lishmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonning milliy pazandachiligini saqlab qolish va yanada ommalashtirish, xalqaro darajadagi oshpazlar tayyorlash, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini rivojlantirish yuzasidan jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga xalqaro standartlarni joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq umumiy ovqatlanish sohasida oshpazlar, pazandalar, qandolatchilar, ofitsiantlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy darajasini oshirish tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi sohasi xo‘jalik yurituvchi subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasini (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Uyushma umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning ta’sis yig‘ilishida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Uyushmaning maqsadlari va vazifalarini yoqlovchi hamda umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi, ovqatlanish industriyasi uchun asbob-uskunalar, buyumlar va vositalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar kelgusida Uyushmaning a’zolari bo‘lishlari mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomlar tayyorlashning milliy an’anasi va madaniyati saqlanishini ta’minlash, o‘zbek milliy pazandachilik san’atining unutilib borayotgan turlarini tiklash, milliy pazandachilik san’atini rivojlantirishga ko‘maklashish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish, ularning malakasini oshirish hamda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi oshpazlarini jalb etgan holda mahorat darslari o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlash masalalarida hamkorlik qilish, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishni tashkil etish, ularni ishga joylashtirish yuzasidan davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish sohasida raqobatni rivojlantirishga, oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan milliy mahsulotlarni sanoatda keng ko‘lamda ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasi (WACS) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, u o‘tkazadigan tadbirlarda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu jumladan xalqaro ko‘rgazmalar, konferensiyalar va seminarlarda qatnashish orqali O‘zbekiston milliy pazandachiligining, uning milliy taomlar va pazandachilik mahsulotlari tayyorlashining noyob xususiyatlari va usullarini chet ellarga kiritib borish, ijobiy nufuzini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar umumiy ovqatlanish tashkilotlarining ovqatlar tayyorlash va xizmatlar ko‘rsatish madaniyati kadrlar tayyorlash sohasidagi ilg‘or tajribasini joriy etish, shuningdek O‘zbekiston milliy pazandachilik san’ati yutuqlarini namoyish qilish va xalqaro maydonda yoyish uchun xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish va ularni yanada mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada, shu jumladan mintaqalarda turli millatlar pazandachiligiga oid tanlovlar, viktorinalar, ko‘rgazmalar, festivallar va maxsus kunlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xizmatlari ko‘rsatish, O‘zbekiston milliy pazandachiligini targ‘ib va joriy etuvchi maxsus nashrlar, kitoblar, jurnallar va bukletlar, elektron nashrlarni tayyorlash va shu jumladan chet ellarda tarqatish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida umumiy ovqatlanish masalalarini faol yoritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining boshqaruv apparati tuzilmasiga 2-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Uyushma muassislari, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Uyushma huzurida faoliyati asosan quyidagilarga yo‘naltirilgan Xalqaro milliy pazandachilik san’ati markazini (keyingi o‘rinlarda Xalqaro markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifi qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun milliy pazandachilik san’ati sohasida yuqori nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan umumiy ovqatlanish sohasi mutaxassislari (oshpazlar, pazandalar, qandolatchilar, ofitsiantlar va boshqalar)ning kasbiy darajasini oshirish hamda xalqaro miqyosda e’tirof etiladigan diplomlar va sertifikatlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy-tarixiy an’analarni va zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda umumiy ovqatlanish sohasi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish tashkilotlari xodimlarini ovqatlar tayyorlashning ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini, shuningdek xizmat ko‘rsatish madaniyatini egallashi uchun qisqa muddatli (1 — 3 oy) va o‘rtacha muddatli (4 — 6 oy) kurslarda o‘qitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma a’zolari (qatnashchilari)ning majburiy va ixtiyoriy ajratmalari, xayr-ehson mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar Uyushmani moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan o‘z mablag‘lari, Uyushmaning ajratmalari, xayriya yordami mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar Xalqaro markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Uyushma va Xalqaro markaz tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va xorijdan olib kelinadigan texnologik asbob-uskunalar, o‘quv-metodik anjomlari va boshqa tovarlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha 2016-yil 1-yanvargacha, istisno tariqasida, bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislarni o‘qitish jarayonini tashkil etishda Uyushmaga va Xalqaro markazga zarur metodik yordam ko‘rsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining umumiy ovqatlanish tashkilotlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashini tashkil etishni, shuningdek ularni keyinchalik ishga joylashtirishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Uyushma muassislariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — Uyushmani tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirlarini amalga oshirish, boshqaruv organlarini saylash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — ushbu qarorga muvofiq vazifalar va tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — Xalqaro markaz Ustavini ishlab chiqish, shuningdek uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma va Xalqaro markaz boshqaruvi apparatini zarur bilimlarga va tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar va o‘qituvchilar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro markaz tomonidan beriladigan sertifikatlar (diplomlar)ning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi yuzasidan Jahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasi (WACS) bilan zarur ishlar olib borish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga va boshqa ommaviy axborot vositalariga Uyushma tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni uning buyurtmanomalariga binoan keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent shahar hokimligi Uyushma va Xalqaro markazni Toshkent shahridagi bo‘sh turgan binolarga joylashtirish masalasini bir oy muddatda hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
289-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrdagi 289-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrdagi 289-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi boshqaruv apparatining tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy soni — 16 kishi (yordamchi va texnik xodimlardan tashqari)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 41-42-son, 479-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)