Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining
Qarori
ALOQA VAZIRLIGI KORXONALARI TOMONIDAN PENSIYA VA NAFAQA TOʻLASh BOʻYIChA YOʻRIQNOMANI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 28-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 165-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF–4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ–1251-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) va 2009-yil 30-dekabrdagi PQ–1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 563-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Aloqa vazirligi tomonidan 1995-yil 18-avgustda tasdiqlangan Aloqa vazirligi korxonalari tomonidan pensiya va nafaqa toʻlash boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 165, 1995-yil 30-avgust) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 15-avgust,
44-k-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2012-yil 15-avgust,
10-8/2928-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 15-avgust
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2012-yil 15-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 40-son, 469-modda)