Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2019 24.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2393
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligining qarori , 24.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2393
Kuchga kirish sanasi
04.10.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

ChET ELDA O‘TKAZILAYOTGAN O‘ZBEKISTONNING MILLIY KO‘RGAZMA-YaRMARKALARI VA XALQARO KO‘RGAZMA-YaRMARKALAR DOIRASIDA QATNAShIShNI TAShKIL ETISh VA EKSPORT KONTRAKTLAR TUZISh IShLARI NATIJALARI BO‘YIChA MAHALLIY XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING MUTAXASSISLARINI RAG‘BATLANTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 24-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2393]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 17-sentabrdagi 408-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2393-1, 17.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-martdagi 73-sonli “Chet elda ko‘rgazma-yarmarka faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 12-son, 131-modda) 4-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chet elda o‘tkazilayotgan O‘zbekistonning milliy ko‘rgazma-yarmarkalari va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari bo‘yicha mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2012-yil 23-avgust,

EG-01/15-4108-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-son

Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SG-5-1/6-38-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 23-avgustdagi EG-01/15-4108, 59, SG-5-1/6-38-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet elda o‘tkazilayotgan O‘zbekistonning milliy ko‘rgazma-yarmarkalari va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari bo‘yicha mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-martdagi 73-sonli “Chet elda ko‘rgazma-yarmarka faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 12-son, 131-modda) muvofiq, chet elda o‘tkazilayotgan O‘zbekistonning milliy ko‘rgazma-yarmarkalari va xalqaro ko‘rgazma yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari bo‘yicha mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarini rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chet elda o‘tkazilayotgan O‘zbekistonning milliy ko‘rgazma-yarmarkalari va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari bo‘yicha mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarini rag‘batlantirish pul mukofoti shaklida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet elda o‘tkazilayotgan O‘zbekistonning milliy ko‘rgazma-yarmarkalari va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari bo‘yicha tuzilgan eksport kontraktlaridan tushgan mablag‘lar mukofotlash manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Rag‘batlantirish mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Rag‘batlantirish mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislariga chet elda o‘tkazilgan O‘zbekistonning milliy ko‘rgazma-yarmarkalari va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari jarayonida faol ishtirok etganlik uchun belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislari chet elda o‘tkazilgan O‘zbekistonning milliy ko‘rgazma-yarmarkalari va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalar doirasida qatnashishni tashkil etish va eksport kontraktlar tuzish ishlari natijalari bo‘yicha eng kam oylik ish haqining 20 baravarigacha bo‘lgan miqdorda rag‘batlantiriladi va rag‘batlantirish bir moliyaviy yil uchun faqat bir marta qo‘llaniladi. Rag‘batlantirish uchun sarflangan xarajatlar mehnatga haq to‘lash xarajatlariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislarni rag‘batlantirishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali reklama kampaniyasini ishlab chiqish va ko‘rgazma stendini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashabbuskorlik, uyushqoqlik va qat’iyatlilik bilan ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda o‘tkazilayotgan O‘zbekistonning milliy ko‘rgazma-yarmarkalari va xalqaro ko‘rgazma yarmarkalarda qatnashishga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktlari loyihalarini tayyorlash va amalda tuzish hamda mahsulotlar eksportini amalga oshirish jarayonida qo‘shgan hissasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mukofotlarning aniq miqdori va chet elda o‘tkazilayotgan O‘zbekistonning milliy ko‘rgazma-yarmarkalari va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalar doirasida imzolangan har bir eksport kontrakti bo‘yicha rag‘batlantiriladigan mutaxassislar xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 16-iyul
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 39-son, 455-modda)