13.09.2012 yildagi 270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyatini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 13-avgustdagi 170-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2007-yil 28-dekabrdagi Bitimga muvofiq tashkil etilgan Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazining samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 360 oʻquvchi oʻrniga va 100 oʻrinli yotoqxonaga ega boʻlgan Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazining qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 255-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning oʻqituvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga aniq miqdori Markaz rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga 70 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilash toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pulli qisqa muddatli kurslar tashkil etishdan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladigan Markazni moddiy-texnik rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning rahbarlari, oʻqituvchilari, ustalari va boshqa xodimlariga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan oʻquvchilarga bevosita Markazda bepul oʻqigan davrida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorida, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga stipendiya toʻlanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash davrida ularga ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning ishlab chiqarish amaliyotini taʼminlaydigan haq toʻlanadigan ish joylari taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki hafta muddatda Markaz ustaviga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin hamda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda Oʻquvchilarni 1 yilgacha muddatga bepul oʻqitishga qabul qilish va ularni qayta tayyorlash hamda kirish malaka imtihonlari (testlari)ni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, bunda qabul oʻqiyotganlarni ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma mavjud boʻlganda, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari yoʻllanmasi boʻyicha tanlov asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan daromad normativini belgilashni hisobga olgan holda qisqa muddatli oʻqitish boʻyicha pulli xizmatlarning qiymatini shakllantirish metodikasini aniqlashni nazarda tutuvchi Markazning moddiy-texnikani rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi taʼlim muassasalari uchun belgilangan pedagogik va oʻquv ishlab chiqarish normalaridan kelib chiqqan holda Markazning shtat jadvalini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Markaz ishida qatnashadigan koreys mutaxassislariga koʻp martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Markaz ishida qatnashadigan koreys mutaxassislariga belgilangan tartibda koʻp martalik kirish vizalari berilishi va ularning muddati uzaytirilishi, shuningdek ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda koreys mutaxassislarini Markazda ishlashga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 13-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
270-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy soni — 32 kishi, ulardan boshqaruv xodimlari — 7 kishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 255-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 37-son, 431-modda; 2017-y., 15-son, 255-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)