OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOʻYIChA HISOBOTLARNI TUZISh VA TAQDIM ETISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI, ShUNINGDEK UNGA KIRITILGAN OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 5-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 710-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 1999-yil 29-martda tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisobotlarni tuzish va taqdim etish toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami 710, 1999-yil 27-aprel);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 2000-yil 20-oktabrda 12-2000-son bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisobotlarni tuzish va taqdim etish toʻgʻrisidagi nizomga 1-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 710-1, 2000-yil 10-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 20-noyabrdagi 2002-13-son “Qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisobotlarni tuzish va taqdim etish toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 710-2, 2003-yil 29-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor v. v. b. B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-avgust,
2012-18-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 24-avgust
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
2012-yil 24-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 36-son, 415-modda)