OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVIning
Qarori
“MOLIYA BOZORLARI IShTIROKChILARI BOʻLGAN BANKLAR TOMONIDAN AXBOROTLARNI OShKOR QILISh TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1162-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 29-iyundagi 17/11-sonli “Moliya bozorlari ishtirokchilari boʻlgan banklar tomonidan axborotlarni oshkor qilish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1162, 2002-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 14-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-avgust,
24/1-son
Kelishilgan:
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori v. v. b.
A. OBIDOV
A. OBIDOV
2012-yil 9-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 404-modda)