07.11.2011 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Vengriya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

Iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Vengriya Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlar davlatlari oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlashni va iqtisodiy va boshqa munosabatlarni rivojlantirishni istab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anʼanaviy iqtisodiy munosabatlarni davom ettirishga va yaxshilashga intilib, shuningdek oʻzaro manfaatli iqtisodiy, industrial, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni jadallashtirish va rivojlantirishni niyat qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv shartlari kengayishi kelajakdagi hamkorlik uchun zarur va maqbul asoslarni taʼminlashiga ishonib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar oʻz davlatlari milliy qonunchiligiga va davlatlari ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalar qoidalariga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish sohasida hamkorlikni kengaytirish va diversifikatsiya qilishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish istiqbollarini va holatini hisobga olib, quyidagi sohalarda, ammo bu bilan cheklanib qolmasdan, uzoq muddatli hamkorlik uchun mavjud maqbul sharoitlarni kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) energetika tarmogʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mineral xom-ashyo resurslarini va togʻ-kon sanoati mahsulotlarini razvedka qilish, qazib olish va qayta ishlash, shuningdek sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qurilish va qurilish materiallari va uskunalarini ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kimyo sanoati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) toʻqimachilik sanoati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo) upakovka qiladigan texnologiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) atrof muhitni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) yogʻochga ishlov berish sanoati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) taʼlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
y) inson resurslarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) sogʻliqni saqlash sohasida xizmatlar taqdim etish, tibbiyot texnologiyalari, farmatsevtika sanoati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) turizm, sport va kurort ishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) kichik va oʻrta biznes sohasida hamkorlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) kommunikatsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) kompyuter va axborot texnologiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) transport va logistika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) ilmiy-texnikaviy sohada hamkorlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

Tomonlar quyidagi yoʻllar orqali hamkorlikni kengaytirish va jadallashtirishni qoʻllab-quvvatlaydilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tijorat tarmogʻi vakillari oʻrtasida oʻzaro manfaatlarni aks ettiruvchi iqtisodiy masalalar boʻyicha ommabop maʼlumotlarni almashishni oʻz ichiga oluvchi aloqalarni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hukumat tashkilotlari, professional assotsiatsiyalar va ishbilarmon doiralar, savdo-sanoat palatalari vakillari, shuningdek mazkur Bitimning 2-moddasida belgilangan masalalarni nazorat qiluvchi hududiy organlar vakillarining tashriflari bilan almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) jismoniy shaxslar va tadbirkorlar tashriflari va uchrashuvlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatish va yaxshilashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) maʼlumotlar almashinuvi, yarmarkalar va koʻrgazmalar oʻtkazishda, seminarlar, simpoziumlar, konferensiyalar va boshqa uchrashuvlarni tashkil etishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarda xususiy sektorning kichik va oʻrta korxonalari ishtirokini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) konsalting, marketing va ekspert xizmatlari koʻrsatish sohalarida hamkorlikka koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) moliya institutlari va bank sektorlarining yaqin aloqalar oʻrnatishda va hamkorlikni mustahkamlashdagi faoliyatlarini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tomonlar mamlakatlaridagi investitsion faoliyatni qoʻllab- quvvatlash, qoʻshma korxonalar, vakolatxonalar va kompaniyalarning filiallarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) oʻzaro manfaatlarni aks ettiruvchi hududlararo va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida, Tomonlar oʻz davlatlarining tegishli organlari va kompaniyalari vakillaridan tashkil topgan Oʻzbekiston Respublikasi va Vengriya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyani tashkil etishlari mumkin. Hukumatlararo komissiya yigʻilishlari Tomonlarning kelishuvi bilan navbatma-navbat Oʻzbekiston Respublikasida va Vengriya Respublikasida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni muhokama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki mamlakat korxonalari oʻrtasidan iqtisodiy hamkorlik shartlarini yaxshilashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning holatini baholash va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Bitimni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya zarur hollarda hamkorlikning maʼlum bir masalalari bilan shugʻullanuvchi ishchi guruhlarini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishining tartibi uning birinchi yigʻilishi davomida aniqlanadi. Tomonlar oʻz davlatlari milliy qonunchiligiga muvofiq Komissiya faoliyati bilan bogʻlik xarajatlarni mustaqil ravishda qoplaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Vengriya Respublikasining Yevropa Ittifoqidagi aʼzoligidan kelib chiqadigan majburiyatlariga hech qanday koʻrinishda zarar yetkazmasligi kerak. Mazkur Bitimning qoidalari bilan Vengriya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga asos solgan Shartnomalaridan, shuningdek Yevropa Ittifoqining asosiy va ikkinchi darajali qonunlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarini butunligicha yoki umuman bekor qiluvchi kuch yoki boshqa koʻrinishda tatbiq qilinishi yoxud izohlanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining u ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalardan, shuningdek xalqaro tashkilotlarga aʼzoligidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga taʼsir etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra ushbu Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanadigan, alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimni talqin qilish va tatbiq qilish bilan bogʻliq har qanday nizolar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8- modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Tomonlar tarafidan u kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartibotlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi soʻnggi yozma xabarnomani olingan kundan oʻttiz kundan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi. Tomonlardan biri mazkur Bitimni bekor qilish niyati toʻgʻrisida yozma xabarnomani boshqa Tomonga yuborish bilan bekor qilish mumkin. Bunday holda Tomonlardan biri bunday xabarnomani olgan sanadan boshlab olti oy oʻtgandan soʻng mazkur Bitim oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 7-noyabrda Toshkent shahrida ikki nusxada, har biri oʻzbek, venger va rus tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda Tomonlar oʻrtasida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)