07.08.2012 yildagi 236-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.08.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

VAZIRLAR MAHKAMASINING “XORIJIY FUQAROLARNING VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELIShLARI, KETIShLARI, BU YERDA BOʻLIShLARI VA TRANZIT OʻTIShLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA” 1996-YIL 21 NOYABRDAGI 408-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]

Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida”gi 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-ilova (Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi)ning 19-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik band chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g — j” kichik bandlar tegishli ravishda “v — e” kichik bandlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarining 40-bandiga muvofiq xorijiy fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasiga kelish cheklangan boʻlsa, unga Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi rad etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-ilova (Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalari)ning 40-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“40. Xorijiy fuqaro Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan taqdirda, yaʼni Oʻzbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar boʻyicha yashaganda, vaqtincha yoki doimiy roʻyxatdan oʻtishning, harakatlanish yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya qilinmaganda, boʻlish muddati tugagandan keyin chiqib ketishdan bosh tortganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtish qoidalariga rioya qilmaganda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kelish huquqini bir yildan uch yil muddatgacha cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni ijro etgandan yoki oʻtagandan yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingandan soʻng, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kelish huquqi cheklangan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun — besh yilga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun — oʻn yilga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun — umrbod Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuboriladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasiga kelish huquqini cheklash muddati, u Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilgan (Davlat chegarasini kesib oʻtish) paytdan boshlab hisoblanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 32-son, 376-modda)